Özbekiston xalq şoiri Normurod Narzullayev dilbar qöşiqlari, xalqona samimiy satrlari, betakror, möljalga naqd borib yetadigan taʼsirçan iboralari bilan muxlislari orasida maşhur edi. Mahmud Sattorov ularni “aytimlar” deb atab, qiziqarli tadqiqot maqola yozdi, Narimon Hotamov şoir haqidagi turkum xotiralarga mualliflik qildi.
Normurod akaning oşna-oğaynisi, taniş-bilişi, muxlislari haddan ziyoda edi. Töy-tomoşalarda tanişu notanişlar uni örab olar, davralariga çorlar, birga suratga tuşişar, şoir esa ular bilan xuddi ming yillik qadrdonlarday samimiy muloqot qilar, “Sizni körgan közlarimdan örgilay”, deya köngillarini kötarardi. Taniş, ammo özi bilan özi bölib ketganganlarga: “Şoir kerakmi, özi?” deya beozor tanbeh bersa, tanimaganlarga: “Normurod Narzullayev men bölaman, bilib qöying – şoir köp, Narziy bitta”, deya lutf qilardi. Baʼzan mutlaqo notaniş kişilar Normurod akaning oldiga kelib, töyga yoki uçraşuvga taklif qilişsa, soğliği kötarmasa ham, yöq demasdi, bunday qilayotganiga ajablanib qarayotganlarga: “Mayli, bu ham bir şoirçilik-da”, deyardi-qöyardi.
Normurod aka döst-qadrdon tanlaşda odamlarning martabasiga qaramasdi – töylarda restoranning dimoğdor mudiri bilan ham, şu yerda xizmat qilib yurgan oddiy xodim bilan ham tanişib, “Nabiralarning töyini, xudo xohlasa, özim ötkazib beraman”, deb vaʼda berar va, albatta, sözining ustidan çiqardi. Dasturxonga tansiqroq taom olib kelgan ofitsiant yigitga: “Şoirning hurmati bor-da, yaşang, albatta ösasiz”, deb qöyardi. Erta bahordan to keç kuzgaça yonida bir dasta taklif qoğozlari bölar, birortasini ham eʼtiborsiz qoldirmas, borib, kelin-kuyovga atab yozgan şeʼrini hayajon bilan öqib berardi. Uçraşuvlarga borganimizda oddiy kasb egalari – dehqonlar, çöpon-çöliqlar, yöl yoqasidagi qölbola dökonlarning şu çoqqaça “tirik şoir”ni körmagan yoş sotuvçilari bilan astoydil tanişar, ularga yangi kitobini sovğa qilar, şeʼr öqib berardi. Odamlarning könglini kötarişdan çarçamasdi.
Şoirni bayram tadbirlariga, turli tanlovlarga, mahalla yoki öquv yurtlaridagi uçraşuvlarga tinimsiz taklif etişardi. Yöq deyişni bilmasdi. “Şoir bölganingdan keyin muxlislaring bilan uçraşuvga bormasang bölmaydi-da”, derdi. Buni Jumaniyoz Jabborov töyxat şeʼrida juda aniq ifodalagan: “Ham gözallar husniga şaydo bölar, Qayga borsa bir yaxşilik paydo bölar. Garçi Nazriy, aslida Narziydir ul, Har neçuk hurmatga ham arziydir ul…”.
Şoir umrining söngi kunlarigaça el orasida, muxlislari davrasida böldi. Şeʼrlaridan birida: “Men kelganman yaxşilik deb dunyoga, azizlarim, yaxşilik deb yaşayman…” deganiday, bu odatini sönggi nafasigaça tark etmadi. Normurod akaning bunday odati baʼzilarga yoqmasdi. “Kap-katta şoir, bu nima yuriş”, deguvçilar ham uçrab turardi. Normurod aka bu gaplarga parvo qilmas, öşa maşhur “şoirçilik” degan aytimini yana bir takrorlab qöyardi, xolos. Uning yana bir odati – heç kimni ğiybat qilmasdi, biror kişi töğrisida yomon gap gapirmasdi. Kimdir suhbat mavzusini ğiybat köçasiga bura boşlasa, örnidan dast turib, “Aka, eşiting, sizga bir şeʼr öqib beray”, derdi-da, davra havosini yangilab yuborardi.
Köp tadbirlarga birga borardik. Şeʼrlari menga yod bölib ketgandi. Yangi-yangi tanişlar davrasida, goho hayajon bosib, baʼzi satrlar yodiga kelmay qolsa, men eslatib yuborardim. Bir kuni şoir Erkin Neʼmatni tuğilgan kuni bilan tabriklaşga bordik. Qölimizda çiroyli guldasta. Yangi turarjoy massivlaridan biriga yaqinlaşdik. Normurod aka tört qavatli uy oldida töxtab: “Mana topdik, yanglişmasam, uçinçi podyezd, birinçi qavat”, dedi-da, gulni qölimdan olib, yöl boşladi. Yölakka kirib, çap tomondagi eşik qönğiroğini bosdik. Xuşröygina bir juvon, eşikni oçib, salom berdi.
– Assalom alaykum…
– E, alaykum assalom, yaxşimisiz, kelin, şoir kerakmi özi sizlarga, – Normurod aka juvonning qöliga guldastani tutqazdi. Keyin menga ögirilib:
– Kiravering, şoirning uyiga şunaqa bostirib kiriladi, – dedi.
– Kiringlar, kiringlar, – juvon yuzidagi nimkulgiyu ajablanişni bildirmaslikka harakat qilayotganini seziş qiyin emasdi. Çoqqina koridorçaga kirib, tuflilarimizni yeçayotganimizda, Normurod aka ayoldan söradi:
– Şoir qayerda? Körinmayaptilarmi?
– Erkin akani sörayapsiz, şekilli, ular narigi podyezdda turişadi, – dedi juvon kulimsirab.
Normurod aka gapni töğrilab yubordi:
– Iye, adaşibmizmi, yöğ-ye, adaşmadik, sizdek ajoyib singlimizga gul sovğa qilmasdan ötib ketolmadik-da. Mayli, uyingiz hamişa gulga tölsin, hozir men sizga bir şeʼr öqib beraman, keyin şoirni birga tabriklaymiz…
Bir gal Andijon safaridan Normurod aka, men, Murodilla Abdullayev qaytayotganimizda Qamçiq dovonida qiziq voqea yuz bergan. “Tanga topdi” degan joyga kelganimizda, yöl yoqasidagi qölbola bozorçaga töxtab, turşak, asal, qurut olmoqçi böldik. Normurod aka sotuvçi qizlarga: “Meni taniysizlarmi, şoir Normurod Narzullayev bölaman”, deyişi bilan, sotuvçilar akani örab olişdi. Şeʼrxonlik boşlanib ketdi. Yoşi elliklardan oşgan bir opaxon şoirning “Söroqlar” nomli maşhur qöşiğidan bir-ikki satrni öqib beruvdi, Normurod akaning köngli toğday kötarilib, yayrab ketdi. Opa bilan quçoqlaşib körişib, u kişiga ham bir neça şeʼr bağişlab yubordi. Men esa bu holatni darhol qoğozga tuşirdim:
“Bu qişloqning nomi erur Tanga topdi,
Şu qişloqda şoir Narziy yanga topdi.
Tangasini bilmadim-u, yangasi köp –
Şoir akam özigayu manga topdi…
Qiz-kelinçaklar bilan hazil-mutoyiba qilib, turşak, qurut, olma xarid qilib, xursand holda yölga tuşdik. Ohangarondan ötganimizdan keyin maʼlum böldiki, tangatopdilik qaqajonlar xaridlarimizning pulini uçovimizdan ham olişgan ekan…
“Şoirçilik”da bunday kulgili, ammo samimiy voqealar köp bölgan.
Normurod aka xalq içidan çiqqan, xalq içida yuradigan şoir edi. Birovdan öpkalanmoqçi bölsa: “Gunohi ne erdi bu tilla boşning?” derdi. Hamma iş risoladagidek borayotgan bölsa: “Kadrlar joy-joyiga qöyilgan”, “Xalqim, sen bilan qalbim”, derdi. Radioda qöşiq boşlanib qolsa, majlismi, jiddiy bir muhokamami, “Ketdi, bizning qöşiq ketdi”, deb yuborar, özi yozgan qöşiqni özi birinçi marta eşitayotganday, zavq bilan tinglardi. Yozgan qöşiqlari, bir qarasangiz, juda jön tuyulardi: “Yoğoçsiz ötin bölmas, olovsiz tutun bölmas”, “Egovlaşib umrini, boşlarini yedilar. Öldirişib axiyri, oşlarini yedilar”, “Öng közingiz qaysi, çap közingiz qaysi? Izlab borib topolmadim, adresingiz qaysi?”. Ammo bu satrlar qöşiqqa aylanganida tinglasangiz edi… Normurod akaning şeʼrlari bastakorlarning qöliga, hofizlarning tiliga tuşişi bilan ularga jon kirardi, misralar qanot boğlab, zavq-şavqqa tölib, tinglovçi qalbini zabt etişga oşiqardi. Birgina “Söroqlar” qöşiği yoki “Yalla” ansambli uçun yozilgan tarona, mana, öttiz yildirki, tinglovçilarni rom etib keladi. Bu qöşiqni Özbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning iltimosiga binoan yozib berganiga özim guvohman.
Normurod aka “Yangi asr avlodi” naşriyotida işlar ekan, köplab yoş şoirlarning peşonasini silab, ustozlik qildi, birinçi kitoblarini naşrga tayyorlaşdan çarçamadi. U bağrikeng noşirlarimizdan edi.
Şu satrlarni qoğozga tuşirayotganimda radiodan “Söroqlar” yangrab qoldi:
“Şoir tutgil odil yölni, yöldan adaşma,
Gar adaşsang bir kun seni vijdon söroqlar…
Şoir bilan sönggi muloqotimiz dala hovlimizda böldi. Keyingi ikki-uç yilda oğir dard azobini tortayotgan, şu dard bois önğaysiz bir ahvolga tuşib qolgan bölsa-da, bu töğrida heç kimga oğiz oçmas, töy-tomoşalarda, şeʼrxonlik keçalarida avvalgiday hayqirib, özi zavqlanib, boşqalarni ham zavqlantirib şeʼr öqirdi, özini sodiq döstlari, muxlislari davrasiga urardi. Öşa kuni Normurod aka meni bağriga bosib: “Endi beş muçal bölibsiz, hali hammasi oldinda”, deya samimiy tabrikladi. Keyin esa, biroz çarçaganini aytib, uzr söradi…
Vafotidan uç-tört yil ötgaç, tahririyatga kelgan bir şoir kutilmaganda… Normurod akaning soğliğini sörab qoldi. “U dunyoda ham şeʼr öqib, hammani xursand qilib yurgan bölsalar kerak”, degan edim, beixtiyor “oh”lab yubordi:
– Şunday quvnoq odam-a?
Bunday hayratni hali-hanuz eşitib turaman…
Ahmadjon MELIBOYEV
1946-yilda tuğilgan. Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tugallagan.
“Bir zaminda yaşaymiz”, “Umidli dunyo”, “Yolğiz yaşab bölmaydi”, “Huştakni kim çaladi?”, “Umr uçar yulduz”, “Torning çömiçdan farqi” kabi publitsistik töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


