2 daqiqada öqiladi

185 marta körilgan

Ana şunaqa

Rejissyor tanlaş uslubi

Amerikalik maşhur yozuvçi Stiven King boşlovçi rejissyorlar va talabalarga asarlarini ramziy 1 dollar haq evaziga ekranlaştiriş imkonini bergan. Biroq filmlarni tarqatiş huquqi tölaligiça adibda qoladi, ulardan tijoriy maqsadlarda foydalaniş ham mumkin emas. Ana şunday boşlovçi rejissyorlardan biri Frenk Darabont edi. U yigirma yoşida “Palatadagi ayol” asari asosida qisqa metrajli film suratga oladi. Yondaşuv Stiven Kingga maʼqul tuşadi va buning natijasida “Şouşenkdan qoçiş”, “Yaşil milya” va “Tuman” asarlari aynan şu rejissyor talqinida ekran yuzini köradi.

Ijodda ham xizmatkorlar bölar ekan-da!

Aleksandr Dyuma asar yozişda yordamçilardan unumli foydalangan. Ular orasida Ogyust Make ança maşhur edi. Dyumaning taniqli biografi, yozuvçi Klod Şopp guvohlik berişiça, aynan Ogyust Make “Graf Monte Kristo” asari syujetini öylab topgan va “Uç muşketyor” asari şakllanişiga katta hissa qöşgan. Ammo Dyumaning iqtidorini ham alohida taʼkidlaş zarur. Garçi baʼzi asarlari yordamçilarining qölyozmalaridan ösib çiqqan bölsa-da, yorqin detallar va hayotiy dialoglar yozuvçi isteʼdodining mahsuli edi.

Nomdagi xatolik

Atoqli fantast yozuvçi Rey Bredberi yangi romaniga “Farengeyt böyiça 451 daraja” degan nom qöyadi. Asar mazmun-mundarijasidan kelib çiqib şunday nom tanlangandi. Çunki şu haroratda qoğoz öz-özidan yonib ketadi. Biroq qoğoz farengeyt emas, selsiy böyiça 450 darajadan sal oşiqroq haroratda olovlanadi. Adib nom qöyişda öt öçiriş xizmati xodimi bilan maslahatlaşgan va u harorat körsatkiçlarini çalkaştirgani uçun yozuvçi ham xatoga yöl qöygan.

Puşkin va “Revizor”

Maşhur rus yozuvçisi Gogolning “Revizor” pyesasiga asos bölgan voqea Rossiyaning Novgorod guberniyasidagi Ustyujna şahrida bölib ötgan. Bu haqda muallifga Puşkin aytib bergan va asar yozilişiga sababçi bölgan. Gogol “Revizor”ni taşlab qöygan paytlarda ham aynan Puşkin tugallaşga undagan.

Sherlok Xolms haqidagi asarlar

Bu maşhur izquvar haqidagi hikoyalarning muallifi Artur Konan Doyl ekanini bilmaydigan odam kam topiladi. Sherlok Xolms obrazi juda köp yozuvçilarga taʼsir körsatgan. Natijada u haqida boşqa mualliflar ham asarlar yozgan. Bunday mualliflar içida yozuvçining öğli Adrian Konan Doyl, Mark Tven, Stiven King, Ayzek Azimov, Nil Geyman singari taniqli adiblar ham bor.

Orif Tolib

tayyorladi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)