5 daqiqada öqiladi

254 marta körilgan

Olislar yaqin-u, yaqinlar olis

Olislar yaqin-u, yaqinlar olis

Odamlar qadim-qadimdan hamkorlik, hamrohlik, ham­ji­hat­likka intilib yaşab keladi. Bir-birini izlaş, bir-biriga intiliş inson hayotining asosiy maʼno-mazmunidir.

Ötmişda insonning bu ehtiyojini taʼminlovçi ilk vosita YÖL edi. Odamlar dastlab yöllar orqali bir-birovi bilan aloqa qila boşladi. Yöl avvaliga qabilalarni şakllantirdi, keyinçalik qişloqlar, şaharlar va butun boşli davlatlarning paydo bölişiga zamin yaratdi.

Asrlar mobaynida quruqlik yöllari, dengiz yöllari in­soniyatni özaro boğlab keldi, XX asrda esa havo yöllari oçildi. Ammo bular insoniyatning bir-birini izlaş, bir-biriga intiliş va özaro muloqot ehtiyojlarini baribir qondirolmadi. Çunki bu yöllar iqtisodiyot, madaniyat, siyosat va savdoga köproq xizmat qilardi.

Insonlardan bir-biriga söz, fikr taşuvçi maktubning qadr-qimmati esa asrlar mobaynida tuşmay keldi. Nomalar odamlarning hayot hikmatlari, dil rozlari, taklifu tabriklari, ökinçu ötinçlari, quvonçu taşvişlarini qişloqlar, şaharlar, qitʼalar oşa bir-biriga yetkazardi.

XX asrning söngida keng isteʼmolga kirgan internet sayyo­ramiz kişilarini bir-biroviga juda yaqinlaştirdi. Ay­niqsa, ijtimoiy tarmoqlar insoniyatni yuzma-yuz qilib qöya qoldi.

Internetni majoziy maʼnoda “örgimçak töri” deyişadi. Le­kin, ijtimoiy tarmoqlar haqiqiy maʼnoda örgimçak tör­laridir. Ijtimoiy tarmoqlar borasida söz ketganda, bugun gap “tör”da emas, balki “ÖRGIMÇAK­LAR”da bölib qoldi.

* * *

Köpçilik “Ijtimoiy tarmoqlar” deganda internetdagi onlayn sotsial tarmoqlarni tuşunadi va uning kelib çiqişini ham şunga boğlaydi. Aslida, bu tuşunça ilgaridan bor, ijtimoiy tarmoqlardan internet paydo bölmasidan oldin ham samarali foydalanişgan.

“Ijtimoiy tarmoq” tuşunçasini 1954-yili “Manchester maktabi” öquvçisi J.Barns kiritgan.

Ijtimoiy tarmoqlarning keng ilmiy ör­ganilişi dunyoni tarmoqlar orqali boş­qariş nazariyalariga ham asos böldi. Buni internetdagi ijtimoiy tarmoqlar misolida ham yaqqol köriş mumkin. Yil sayin ularning maʼnaviy-mafkuraviy taʼ­siri kattarib bordi. Ijtimoiy tarmoqlar vositasida sodir etilgan inqiloblar, turli talotöp­lar qançadan-qança mamlakatlarning taqdirini xavf ostida qoldirmoqda.

Aloqalar qança köp bölsa, körsatadigan taʼ­sir doirasi şunça katta va keng böladi. Binobarin, ijtimoiy tarmoqlardagi şaxs­lararo va guruhlararo har qanday aloqalar tarmoqlar “boşida” turganlarning nazorati ostida ekanini unut­maslik kerak.

* * *

Dunyo taraqqiy etayapti, bizning “oğiri­miz­ni yengil” qilgan narsalar axborot texno­lo­giyalarining yutuqlari bilan albatta boğliq. Bugun ummon ortidagi oğaynimiz bilan bemalol sözlaşişimiz mumkin. Uyda ötirib onlayn dökonlardan ul-bul xarid qila olamiz. Umuman olganda, internet imkoniyatlari juda keng.

Maʼlumotlarga köra, dunyoda insonlar 50 foiz yangilikni ijtimoiy tarmoqlar or­qali olmoqda. Bugun jahonda huquq-tartibot organlarining uç­dan ikki qismi jinoyatlarni foş qilişda ij­timoiy tarmoqlardan foy­dalanyapti. Internet har oltinçi işsizga iş topişida yordam beryapti. Anʼanaviy ommaviy axborot vositalarining 65 foiz muxbiri yangiliklarni ijtimoiy tar­moq­lardan topadi. Köpçilik odamlar ij­timoiy tarmoqlardan uzoqdagi oila aʼzolari yoki döstlari bilan aloqa qiliş maqsadida foydalanadi, yangi döstlar orttiradi. Xul­las, köpçilik uçun ijtimoiy tarmoqlarsiz hayot töxtab qolar darajaga yetdi.

Ha, haqiqatan ham, aksariyat kişilar uçun ijtimoiy tarmoq bölmasa “hayot” göyo töxtaydi. Çunki ijtimoiy tarmoqlarda mil­­lionlab odamlar özi “yaratgan” virtual olamda özi xohlaganday “yaşamoqda”. Bu yerda odamlar real hayotdagidan köra ön çandon erkinroq, ular uçun fikrini bayon qilişda, munosabatlarda, axloqda çegaralar yöq. Tarmoqda kim bilan döstlaşiş va kim bilan gaplaşmaslikni foydalanuvçining özi hal qi­ladi. Agar tarmoqdagi dösti ni­masi bilandir yoqmay qolsa, şunçaki uni öz röyxatidan öçiradi-qöyadi. Biror narsani tuşuntiriş yoki öz ha­rakatini asoslab berişning hojati yöq. Bu makonda hamma “öz olami” hukmdori, hammani öziga qaratgisi keladi, özining qiziqişlarini boşqalarga ulaşadi, aqlli sözlar topib dunyoni lol qoldirişni istaydi. Bu olamda undan çi­royli va kelişgan odam yöqligini isbotlaş uçun özining turfa xil körinişdagi suratlarini joylaştiradi. Xullas, ular uçun bu “hayot” öziga xos zavqli.

Döppini bir çetga qö­yib öylab köra­digan, bir qur kuzatadigan bölsak, bu “hayot”ning zavqi-ku yaxşi, ammo jabri ham kam bölmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarga muk­kasidan ketgan bolalar, yoşlar ham­dardlik bildiriş, ham­fikr böliş tuyğusini yö­qotib qöyişmoqda. Virtual olamda özini qanday tutsa, hayotda ham şunday tutişga odatlanyapti.

Ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ket­gan­­larda maʼnaviy muloqotning örni, qadri yö­qolib boryapti, muloqot şunçaki aloqaga aylanmoqda. Internetga boğlanib qoliş hollari kuçaymoqda. Ular kun da­vomida bir neça marta saytlarga kirib, u yerda soatlab qolib ketişmoqda. Aynan şundan jahldorlik, ğazab, işyoqmaslik, harakatsizlik, atrofga nisbatan be­farqlik şakllanayapti. Bundan taşqari, virtual dunyoda begonalar bilan tanişiş va özi istagan narsani real narsadek tasavvur qiliş oson. Ammo köpçilik yoşlar soatlab kompyuter yoki telefon oldida ötirib, özini real xursandçiliklar, hayot gözalliklaridan çeklab qöyayotgani, özi öylab çiqargan ob­razda yaşaş natijasida esa jiddiy ruhiy buziliş­larga uçrayotganini sezmayapti.

Nafaqat yoşlar, hatto örta yoşdagi ki­şilar ham ijtimoiy tarmoqlarga kirib olib, miyasiga kelgan fikrni aytib odamlarni eʼtiborini tortmoqçi böladi, uni kimdir maʼqullasa, öziga katta baho berib qo­layotganlar ham yöq emas. Öz suratlarini joylaştirib, tagiga yozilgan maqtov sözlardan öziga işonçi ortib va özida bölmagan xislatlarning borligiga işo­nib, natijada yolğon tasavvur girdobiga tuşib qolayotganlar talaygina. Öz ijodidan şeʼr yo hikoyami joylaştirgan ijodkorlarni virtual dunyodagi haybarakallaçi döstlari maqtab, kökka kötarib buyuk ijodkorga çiqarib qöyayotgan holatlar ham köp uçrayapti. Ijodkor beçora esa virtual hayot­dagi “obrö”sini real hayotdan izlab topolmay ovora. Bularning barisi inson ruhiyatiga putur yetkazmoqda, didini, saviyasini susaytirib, ta­fakkurini ğariblaştiryapti.

Heç qanday texnologiya insonning örnini bosa olmaydi. Farzand tarbiyalaş, uni imonli, eʼtiqodli qilib ulğaytiriş, oq-qorani tanitiş kabi burç va masʼuliyatlarni faqat insonning özigina uddalay oladi.

Internet adabiyotning ommalaşişiga xizmat qilyapti, dunyoning bir çetidagi ijodkor asarlarini bir zumda ummon narisidagi öquvçiga ham öqiş imkoniyatini yaratib, adabiyotning boyişiga xizmat qilmoqda degan gaplarga töliq qöşi­lolmayman. Bugun internetdagi, öquv­çilar­ning talabi, didi haminqadar. Virtual olamdagi did bilan real hayotdagi didning farqlanişini olimlar isbotlagan. Saviyasi past kitoblarning bozori çaqqon bölib borayotganiga internet ham katta yordam beryapti. Çinakam adabiyot inson qalbi, tafakkuri, şuuri bilan boğliq jarayon. Ijodkor qalamidan tökilgan ondayoq adabiy asarning taqdiri hal bölgan böladi. Xoh uni internetga joylang, xoh yozuv stolida yotsin, yaxşi asar yaxşi asarligiça, yomon yomonligiça qolaveradi.

Boya aytganimizdek, bugun bolalar yoppasiga internetga, ijtimoiy tarmoqlarga yopişgan. Hali aqlini tanimaydigan bolaning qölida “aqlli” telefon. Internet yoniq bölsa, bilingki, dunyo bilan yuzma-yuz. Internetning “jin köça”lari köp, bu “köça”larda esa ğaraz niyatli kimsalar izğib yuradi. Şuning uçun bolalarimizning ruhini tarbiyalab, saviyasini östirgaçgina, kompyuter va telefonlar bilan, internet bilan oşno qilsak bölar. Aks holda, ğör köngillarni boy berib qöyiş heç gapmas.

Xullas, YÖLdan boşlangan muşo­ha­dalarimiz yöli ham oxirlab qoldi. Insonni birdamlikka undagan, yuksalişga boşlagan YÖL odamlar qalbida ham, hayotda ham yölligiça qoldi. Odamlarning ongini, qal­bini tutaştiruvçi internetga pistirma qurgan qaroqçilarning molimiz bilan işi yöq, ular ruhimizni, şuurimizni möljal oladi. Şuning uçun hamişa vijdonimiz bedor, qalbimiz uyğoq bölsin! Özimizning ke­lajagimizni asraylik!

Nurali ŞODIYEV

1984-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasida tahsil olgan. 2014-yili Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida  “Közga aylangan köngil” kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)