Har yili yurtimizning turli oliy öquv yurtlariga minglab yigit-qizlar öqişga qabul qilinadi. Talaba böliş öşa damda ular uçun oliy baxtga aylanadi. Lekin kalavaning ikkinçi uçi ham bor. Talaba bölolmaganlar-çi?! Endi ular nima qilişsin? Barçasiga qöl siltasinmi yoki keyingi yili öqişga kiriş uçun bel boğlab, yangitdan tayyorgarlikni boşlaşsinmi? Yana omadlari kelmasa-çi? Mana şunday holatlarda köpçilik qölni yuvib qöltiqqa urib qöya qoladi. Lekin abituriyentlar orasida ketma-ket öqişdan yiqilişiga qaramay, kelgusi yili yana va yana hujjat topşirib, alal-oqibat “oltin davr”ga qadam qöyganlar ham köp. Xöş, ular öz maqsadlariga erişişiga nima tösqinlik qildiyu nima ilhom baxş etdi?
Öğiloy Oltmişova,
Sirdaryo tumani tuğruqxonasi ginekolog-şifokori:
– 1985-yili “Qaydasan, Toşkent?” deya Sirdaryodan yölga tuşdim. Bir umr şifokor bölişni orzu qilganim uçun Toşkent tibbiyot institutiga hujjatlarimni topşirdim. Ming afsuski, imtihondan yiqildim. Qişloqqa “Öqişga kirolmadim”, deb qaytib borişni tasavvur qilsam, yuragim orqaga tortib ketardi. Uyga qaytganimda onam menga: “Xafa bölma, qizim. Soğlik-omonlik bölsa, albatta, yanagi yili öqişga kirasan”, deya ruhiy madad berdilar. Biroq men köçaga çiqsam, tanigan-bilganlar: “Iye, buni qaranglar, öqişga kirolmay qaytib kelibdi”, deb ustimdan kulayotganday tuyulaverardi. Keyin esa bor irodamni töpladim-da, qişloq kasalxonasiga oddiy sanitar bölib işga joylaşdim. Kasalxonada navbatçilikka qolgan kunlarim tuni bilan tibbiyotga oid kitoblarni öqiy boşladim, şifokor va hamşiralarning işlarini obdon kuzatdim. Asta-sekin bu kasb haqidagi tasavvurlarim kengayib, öqişga kiriş uçun özimni ruhan ham tayyorlay bordim. Bir yil işlab, kelasi yili yana tibbiyot institutiga qayta hujjat topşirdim. Ammo-lekin natija köngildagidek bölmadi: öqişga kirolmadim. Ikkinçi yili ham mağlubiyat taʼmini totiş alamli edi, özimni tutolmay yiğlab yubordim. Şunda bir donişmandning: “Tunda quyoş körinmayapti, deb közyoş töksang, osmondagi behisob yulduzlarni ham körolmaysan”, degan hikmati yodimga tuşdi. Demak, özimni qölga olişim, yanada kuçliroq tayyorlanişim kerak, degan qarorga keldim.
Inson özining nima xohlayotganini yaxşi anglasa, maqsadi tanaga qadalgan zirapçaday doimo özini eslatib turadi. Agar odamga Xudo tuğma isteʼdod, qiziqiş bergan bölsa, inson barça qiyinçiliklarga çidab, şu maqsadi sari intilarkan. Öqişga kiriş uçun özimdan ilgarilab ketganlarga yetib olişga, orqamdan kelayotganlar menga yetolmasligiga harakat qilişim zarur, deya özimga mezon qöyib oldim. Nihoyat, uçinçi yili talabalik baxtiga muyassar böldim. Yetti yillik öqiş davomida ustozlarimdan ilm, soha va hayot sirlarini örgandim. Ulardan öla-ölgunça minnatdorman. Hozir Sirdaryo tumanidagi tuğruqxonada faoliyat yuritib, ayollarimizning onalik baxtiga muyassar bölişlariga qölimdan kelgança kömaklaşyapman.
Şahboz Mamadaliyev,
Farğona davlat universitetining kimyo-biologiya fakulteti 3-bosqiç talabasi:
– Maktab payti “Kim bölmoqçisiz?” mavzusidagi sörovnomalarga “Kelajakda uçuvçi bölaman”, deb javob berardim. Lekin birgina orzuning özi kamlik qilarkan. Toşkent aviasozlik institutiga tört yil davomida hujjat topşirdim, biroq omadim çopmadimi yoki dangasalikdanmi, öqişga kiriş menga nasib etmadi. Töğrisi, ayb özimda, öqişga jiddiy qaramadim. Dangasalik şunçalar imillab harakat qilarkanki, muvaffaqqiyatsizlik unga tezda yetib olarkan. Şu tört yil davomida mening eng katta duşmanim “ertaga” degan söz böldi. Ha, işonavering. Öqişdan yiqilgaç, özimga nisbatan işonçsizligim ortib, maşğulotlarni keyinga qoldiraverardim. Özi, bugungi işni ertaga qöyişni ikkilanuvçi, öz kuçiga işonmaydigan odamlar öylab topganmi, deyman. Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan söng hamma narsaga şubha bilan qaraydigan bölib qolgandim. Biror işni bajara olmayman, deb köngilga keltirdingizmi, şu paytdan boşlab, uni uddalay olişingiz ikki hissa qiyinlaşarkan.
Yoşlar biror nimaga erişişida kattalarning daldasi ham juda muhim. Bobom kerakli maslahatlarni berib, özimga nisbatan işonç uyğotdi. Ularning yöl-yöriqlari bilan Farğona davlat universitetiga hujjat topşirdim. Baʼzi bir sinfdoşlarim oliy öquv yurtini bitirişayotganda men endigina birinçi kurs talabasi bölgandim. Mayli-da, heçdan köra keç, deya özimga taskin berdim. Ana şunaqa gaplar. Hozir şu institutning uçinçi kursida öqiyapman.
Hasan Abduğaniyev,
Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan:
– Kamina tört yil deganda Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga öqişga kirganman. Birinçi va ikkinçi urinişlar muvaffaqqiyatsiz yakunlangaç, döppini yerga qöyib, obdan öylab kördim. “Qayerda xato qilyapman? Şunçalik bilimsizmanmi yoki omadsizmanmi?” degan öy-xayollar iç-etimni yerdi. Hammasiga qöl siltab, Qaşqadaryoga qaytdim. Özimni ötga-çöqqa urdim. Butun vujudim bilan qora işga şönğidim. Ruhan ezilib yurganimni körgan adabiyot öqituvçim bir kuni yoniga çaqirib: “Hasanboy, hayot özi şunaqa, kuraşdan iborat. Agar hammamiz ham niyatimizga osongina erişaversak, uning ziğirça qadri qolmasdi. Aqling butun, bilagingda kuçing, oyoğingda mador bor ekan, kuraşişdan töxtama. Dadang bilan gaplaşib bildim – jurnalistika sohasida öqimoqçi ekansan. Senga aytadiganim şu: jurnalistikani kör-körona emas, balki içkaridan örgan. Demoqçimanki, nazariyalar öz yöliga, sen xalqqa yaqin böl”.
Ustozimning gaplaridan kerakli xulosalarni çiqarib oldim. Endi kitob öqiş bilan birga gap-gaştaklarda keksalarning gap-sözlariga ham quloq tuta boşladim, ulardan tilimiz imkoniyatlarini bir qadar örgandim. Töy-haşamlarda örtakaşlik qildim. Sözamolligim oşdi, xalqning dardini, quvonçu taşvişlarini tuşuna boşladim. Ana endi agar jurnalist böliş nasib etsa, nima yozişni bilardim, öqişga kirişdagi imtihonlarda ham “mum tişlab” qolmasdim. Şunday qilib, 2008-yili talabalik baxtiga muyassar böldim.
Saidjalol Saidmurodov tayyorladi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

