1 daqiqada öqiladi

330 marta körilgan

EL XAZINASIDAN

Boldiz

– Jizzax tumani şevasida “qaynsi­ngil” degan maʼnoni anglatadi. Masalan: “Jumayevning boldizlari davrani heç kimga bermay raqs tuşayotgan edi”.

Döparast

– Çortoq tumani Peşqörğon qişloği şevasida “qöpol”,  “töng”, maʼnosida hamrohlarini noqulay ahvolga solib qöyuv­çi kimsaga nisbatan qöllanadi. Masalan: “Şodivoyning döparastligi heç qolmadi-qolmadi-da…”.

Indin (indig)

– Qaşqadaryo viloyati şevasida “aslida yöq”, “naslida yöq” degan maʼnolarda işlatiladi. Masalan: “Indinida bölmagandan keyin undan tuzuk odam çiqarmidi?”. Bu söz, şuningdek, zuvalasi qorilayotgan paytdayoq xarakteri şakllanib qolgan, keyinçalik umuman özgarmagan, yomon odatlar bilan ulğaygan kişilarga nisbatan ham qöllaniladi: “Ha-a-a, uni indinida urib ketgan özi”.

Miqtamoq

– Namangan viloyati Töraqörğon tumani şevasida “qiynalib ketmoq”, “qiynab yubormoq” maʼnolarida işlatiladi. Masalan: “Şu bola miqtab yubordi”.

Oxtiq

– Xorazm viloyati şevasida “nabira” degan maʼnoni bildiradi. Masalan: Muzaffar oxtiqlarini birma-bir köz oldiga keltirdi.

Şipiriq

–Toşkent viloyatining Parkent tumani şevasida bir-biriga urilişi natijasida çeti, qirrasi uçgan toşlar yiğindisiga nisbatan işlatiladi. Masalan: “Yöl çeti şipiriq ekan”.

Jasur Jamirov tayyorladi.   

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)