Bundan uç-tört yil burun matbuotda eʼlon qilingan xorij hayotiga doir ikki enlik xabarga közim tuşdi. Oradan vaqtlar ötsa-da, ana şu xabar xayolimda aylanib yuraverdi. Oxiri syujetga aylandi. Keyin hikoya tarzida qoğozga tökildi.
Muallif
Elza xonim taklifnoma olgandan beri ğalati bölib qolgan. Xuddi tilla ziragini yöqotib qöyib, onasiga aytişga çöçigan qizçaday behalovat. Toşoynaga termilib yuzidagi yillar bosgan tamğa – ajinlarini siypalaydi. Ğamu taşviş hadya qilgan, deyarli qora tolasi qolmay qirovday oqargan, uzoq vaqtdan beri suv körmagan makkajöxorining popuklariday soçlarini uşlab köradi. Eskirib, rangi önğib ketgan köylaklarini egniga tutib, xuddi tikuvçi biçimini notöğri olganday norozi qiyofada ularni yana burçakdagi qulayman deb turgan şkafning içiga uloqtiradi. Körinişidan hafsalasi pir bölib, xonaning örtasidagi stulga horğin qönişadi. Stol ustidagi taklifnomani olib qayta-qayta, joniga tekkunça öqiydi: “Elza Gorden xonim, Sizni … kuni keç soat 19:00da Norton Vinçda ötadigan ziyofatga taklif etamiz. Şahar meri Robert Krays”. Öqiganda ham biror yumuşi esiga tuşgunça va ehtimolki, kimdir eşikni taqillatib kelgunça öqiyveradi.
Uç-tört kun oldin eşik qoqib xat taşuvçi kelib-ketdi-yu, şu behuzurlik boşlandi. Xat taşuvçi unga taklifnomani tutqazarkan, daftariga imzo çekdirib oldi. Elza xonim qölidagi qoğozni oçib öqidi, közlariga işonmadi.
– Adaşmadingizmi, mabodo? – söradi ayol undan.
– Yöq! – qatʼiy javob berdi xat taşuvçi.
Adaşmaganini isbotlaş uçun taklifnomaning manzil yozilgan joyini körsatdi. Manzil Elza xonimniki edi: “Brendin köçasi 6-uy, Elza Gorden…”.
Öşandan beri ayol taklifnomani ming martalab öqib çiqdi. Doim yonida olib yuribdi. Hatto dökonga qora qotgan non olgani çiqqanda ham sotuvçiga uni körsatib maqtandi:
– Mana, bu dunyoda adolat bor. Qirq yildan buyon köçalarni supuraman. Oxiri mer janoblari xizmatlarimni inobatga oldi. Meni ziyofatga taklif qildi. U yerda kazo-kazolar böladi…
Bu gapdan qöşni xotinlar ham xabar topişdi. Elza xonim taklifnomani ularga ham körsatdi. Uning köngli xijil edi. Allaqanday narsadan taşvişlanayotgandi. Biroq taşvişi nima ekanligini özi ham yaxşi his etmasdi. Qolaversa, şahar merining ziyofatida qatnaşişdek baxtga muşarraf böliş quvonçi barça taşvişlarning, öy-xayollarning ustidan öz hukmini ötkazardi. Hatto özi ham şaharning tozaligiga hissamni qöşganim uçun ziyofatga taklif qilib, mer “xizmatlarimni inobatga oldi”, deb işonardi.
Ziyofatga bir kun qolganda Elza xonim yana bir karra eski, juldur kiyimlarini olib kördi. “Yangi köylak dökonda 50 funt sterling turadi”, – öyladi ayol. Yangi kiyim olgani uning puli yöq edi. U bir oyda 75 funt sterling olar, bu pul har kungi qotgan qora non va ijara pulini tölaşga yetardi, xolos. Elza xonim har oy maoş olişi bilan 44 funt sterlingni ijaraçiga berardi-da, qolgan pullarini rözğorga hisoblab, barça xarajatlardan ortib qoladigan 3 funt sterlingni yiğib borardi. Keyin har uç-tört oyda yemakxonaga kirib, eng tansiq taomlardan buyurtirardi. Ayniqsa, sevimli taomi pitssadan keyin ozgina qizil vino ichardi. Özi uçun uyuştiradigan bunday ziyofat, ehtimolki, yolğizligini ham biroz unuttirardi.
Merning ziyofati kuni ertalab Elza xonim yirtiq-yamoq liboslari orasidan öziga eng maʼqulini tanlab, egniga ildi. U juda xursand edi.
Köçaga çiqib, töğri attorlik dökoniga bordi.
– Sizga nima kerak, – söradi sotuvçi.
– Meni mer ziyofatga taklif qilgan, – dedi ayol qölidagi taklifnomani unga körsatib. – Atir olmoqçi edim. Axir ziyofatda kibor xonimlar böladi. Atir sepib olsam, yomon bölmasdi.
Sotuvçi taklifnomani öqib kulib yubordi.
– Ötgan hafta meni qiroliça mehmonga çaqirgandi. Foytun-aravam buzuq, iş köp, borolmadim, – dedi u ayolni masxara qilib. – Bu yerdagi mollar faqat kibor xonimlar uçun.
Ayol dökondagi xonimlar oldida izza böldi. Xuddi töfon qulatgan daraxt kabi jimgina boşini eggança dökondan çiqdi. Keyin to ziyofat vaqtigaça köçalarda tentirab yurdi. “Uyalişim kerakmas”, dedi öziga özi. “Axir mer meni ziyofatga taklif qilişdan avval, albatta, kimligimni, qanday ahvolda ekanligimni suriştirgan”.
Elza xonim tabassum bilan eşik oldidagi soqçilarga taklifnomani körsatdi. Ular taklifnomani öqib, özaro köz uriştirib, nimalarnidir gaplaşişdi.
– Axir bu… – soqçilardan biri endi oğiz juftlagan ediki, ikkinçisi uning gapini böldi.
– Bu bizning işimiz emas!
Söng xonimni içkariga kirgizib yubordilar. Elza xonim ziyofat zaliga kirib, hayratdan yoqa uşladi, oğzi lang oçildi. Kazo-kazo odamlar: boşqa şaharlarning merlari, senatorlar, kibor xonimlar… xullas, ayol yetti uxlab tuşiga kirmagan kişilarning davrasida, ular bilan bir xonada edi. Elza xonimning boşi aylanib ketdi. U har bir odamni diqqat bilan kuzatar, özini tutişi, egnidagi kiyimlariga termilgan sari özidan uyalardi. Söng odamlar orasidan baland ovoz eşitildi:
– Xonimlar va janoblar! Hozir, şu tobda bizning faxrimiz, onaxonimiz Elza Gorden xonim oramizda. U kişini yonimga çaqiraman. Elza xonim!
Ayolning oyoq-qöllari böşaşib ketdi. Nahotki… Şu tobda u xayolidan nimalar ötayotganini anglolmas, ammo közlari yoşlanganini, bu sevinç yoşlari ekanligini his etardi. Çorlov ovozi bir neça marta takrorlandi. Elza xonim özini qölga olib, tovuş kelayotgan tomonga yurdi. Mehmonlar orasidan ötib, merning oldiga kelib töxtadi. Buni körganlar taajjubda edi. Odamlar xuddi tuyaning dumini yerga tekkanini körganday yoki qizil qor yoğayotganiga guvoh bölganday merni va Elza xonimni kuzatişardi. Mer esa Elza xonimga eʼtibor ham bermadi. U şu tobda egniga yoqut toşlar taqilgan olmaxonmöynali kibor xonimlarni kuzatar va balki ular orasidan kimnidir qidirardi. Elza xonimning yoşlangan közlari merga nimanidir sözlayotgandek edi. Bir muddatdan söng mer boyagi ohangda:
– Marhamat, Elza xonim, – dedi ayolni gapirişga undab.
Elza xonim kafti bilan köz yoşlarini artib, jilmaydi.
– Janob mer, bizning faxrimiz deb oşirib yubordilar. U kişining gaplarini yolğon deyişga tilim bormaydi. Janob mer, imonim komilki, mening xizmatlarimni inobatga olib, ziyofatga taklif qilib, katta iltifot körsatdi. Azizlar, men qirq yildan beri şahrimiz obodligiga hissa qöşaman. Xudoga işonaman. Menga öxşagan köpçilik “Dunyoga kelib bir umr röşnolik körmadim”, deb Xudoga yozğiradi. Alamzadalikdan işini ham qöl uçida bajaradiganlarini köp kördim. Men esa har doim bir narsaga özimni işontirdim: agar men işimni sidqidildan bajarsam, bir kuni Yaratgan egam mendan marhamatini dariğ tutmaydi, dedim. Axir xuddi men singari şamol ham köçalarni tozalaydi. Xazonlarni u yoqdan-bu yoqqa uyadi. U tabiatning beminnat xizmatkori. Şu bois Yaratgan egam unga erkinlik bergan. Bugun men ham uning marhamatiga sazovor böldim. Mana, mana öşa kun, azizlar…
Elza xonimning közlari yoşlanib, boşqa gapirolmadi. Uning gapini mer davom ettirdi:
– Döstlar, kelinglar, bunday soddadil ayolni – Elza xonimni olqişlaylik.
Bir neça daqiqa olqişlar sadosi yangrab turdi. Dastlab mer ayolni quçoqlab minnatdorlik bildirgan bölsa, keyin barça ziyofatdagilar birma-bir qöl olişdi.
Ziyofat nihoyasiga yetdi. Ayol juda baxtiyor edi. Ketar jafosida mer uning yoniga keldi.
– Meni keçiring, janob mer, – dedi ayol. – Qarşingizda turgan Elza Gorden oddiygina köça supuruvçi ayol. Ehtimol, aft-angorimdan, ust-boşimdan jirkanayotgandirsiz. Ammo işoning, bu ziyofatga kelişni judayam xohladim, judayam. Aslida taklifnoma mendan uç uy narida, 9-uyda yaşovçi Elza Gorden xonimga tegişli ekanligini bilardim. Biroq davrangizda bölişni judayam istagandim…
Mer uning gapini böldi:
– Hammasi joyida.
– Mendan jahlingiz çiqmadimi?
– Aslo… Yaxşi boring!
Elza xonim şu qadar xursand ediki, taʼriflab bölmasdi. Özini xuddi qora tanlidan oq tanliga aylanib qolganday his qilardi. Çap köksida bir juft kaptar potirlayapti-yu, ularni tinçlantirişga uringanday köksini siypalab-siypalab qöyardi. Nazarida, bunday quvonçdan ertalabgaça yuragi yorilib öladigandek edi…
Şavkat ODILJON
1989-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Isteʼdod maktabi” III respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Baxt bekati” şeʼriy töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


