11 daqiqada öqiladi

653 marta körilgan

Oq qoğoz bilan yuzma-yuz

Yuriy Kazakov

Çin maʼnodagi karvonsaroyga aylanib qolgan, dengizçi va sayyohlar bilan tölib-toş­gan köhna, devorlari yağir mehmonxonaning eski qanotidagi xonada ötirardim. Bölmada turli xalta-xurjunlar, aşqol-daşqollar oçilib-soçilib yotar, tamaki qutilari, ustara, qurol-aslaha, öq-dori va hokazolar har joyda qalaşgan edi. Buning ustiga, adabiyot haqida behuda va oğirdan oğir bahs bölgan, hozir deraza yonida horğin ötirar edim. Allaqaçon qoş qorayib, sokin tun çökkan va u mening ruhimga xuddi zahar kabi tobora yoyilib borardi. Garçi xunobim oşib turgan bölsa-da, ertaga bir kemaça tiklab, Yangi Yerga va undan nari Kar dengizi tomonlarga borişimiz haqidagi fikrdan içim yayrardi.

Men hamon derazadan olis-olislarga, tomlarning tepasiga, ufqdagi yengil qizğiş bulutlarga tikilib ötirardim. Tomlar orasidan Dvina daryosi unda-bunda yalt-yalt közga taşlanardi. Bandargoh ostonasida turgan mahobatli örmonçi kemalar esa qorayib körinar, ulardan ğira-şira yoruğlik taralardi. Goh-gohida pişillab buğ kötarilar, işlayotgan ulkan murvatlar böğiq gurillar, şatakçi kemalar itlarday uv tortar, safarga otlanayotgan kemalar esa kuçli va ğamgin zang çalar edi.

Pastda allaqaçon ulovlar siyrak­lab qolgan, tramvayning taraqa-turuği umuman kamaygan edi. Ayni damda ostki qavatdagi restoran vağir-vuğurga tölgan, orkestrning ilhomi bevaqt qözib, ğijjaklar dodlar, noğoralar ustiga tinimsiz muşt yoğilar edi. Keçqurungi sozandalar guruhi odatda nafaqaxörlardan iborat bölardi. Res­toran oynalari hovli tomonga qaragani sababli ovozlar mening xonamga yaxşigina yetib kelardi. Ana, restoranning hamişahozir, özgarmas qorovuli Vasya toğa ayş-işratga örgangan uç-törtta olçoq-muttahamni içkariga qöymadi. Bu paytda mening qadrdon va baxtiyor bir döstim restoranda oşnalari – rumin sirkçilari bilan ispança va eskimosçada suhbatlaşib ötirardi. Men esa yolğiz edim. Boyagina pastki qavatda mahalliy bir bilimdon bilan adabiyot töğrisida qurgan bahsimiz yodimga tuşdi va yozuvçi jasorati haqida öylay boşladim.

Yozuvçi mardonavor bölişi kerak, deb öyladim men. Çunki uning hayoti qiyinçiliklar bilan keçadi. U oppoq qoğoz bilan yuzma-yuz qolgan çoğlari hamma-hamma narsa unga qarşi çiqadi. Ungaça yozilgan mil­yon-milyon kitoblar boş kötarib keladi. Axir, sengaça hamma gap aytib bölingan bölsa, endi qölga qalam olişning nima keragi bor? Buni öylaşning özi dahşat! Yozuvçining yovlari orasida boş oğriği va baʼzan qözğalib qoladigan öziga işonmaslik hissi ham bor. Buning ustiga, işlayotgan paytingda qönğiroq qiladigan yoki yöqlab keladigan turli odamlar, turfa taşviş­laru yugur-­yugurlar, göyo muhimday körinadigan işlar… Aslida, yozuvçi uçun oldida turgan ijodiy işdan köra ahamiyatliroği yöq. Unga hatto quyoş ham xalal beradi: uydan çiqişga, umuman, biror joyga borib, hordiq çiqarişga, atrof-muhitni köriş, biror yaxşi voqeani boşdan keçirişga çorlab turadi. Işga qöl bormay, yurak tisarilib turgan damlarda yomğir ham vahimaning uyasiga aylanadi, işdan tamoman sovitadi.

Yozuvçining tevaragidagi jumla olam qaynoq hayot içida tinimsiz harakatlanadi, yelib-yuguradi, butun dunyo qayergadir şoşadi. U esa bu olamga göyo yoşligidayoq asir tuşgan, u boşqalarga qöşilib yaşaşi zarur. Bunday böladigan bölsa, uning yolğiz qolişiga qanaqa ehtiyoj bor? Juda katta ehtiyoj bor. Çunki ijod jarayonida uning atrofida heç kim – na onasi, na xotini, na bolalari – heç kim bölmasligi kerak. U faqat qahramonlari, söz-iboralari va zavqu şavqi bilan birga bölişi zarur.

Yozuvçi işga kirişar ekan, unga qarşi haddan taşqari köp “duşman” qurollanadi, hamma narsa uni çorlaydi, unga özini eslatadi. U esa özigagina xos, özi öylab topgan dunyoda yaşaşi şart. Heç kim heç qaçon körmagan, biroq hayotda borday tuyuladigan qahramonlarini öz yaqinlariday bilişi, ular haqida qayğurişi kerak. Deraza yoki devor ortiga, qayerlargadir tikilib ötirar ekan, u heç narsani körmaydi. Faqat poyonsiz kunlarni, ortda qolgan va oldda turgan sahifalarni, özining omadsizligiyu çekinişlarini köradi, xolos. Bu unga judayam oğir va alamli. Unga heç kim yordam bera olmaydi, çunki u tamoman yolğiz.

Hamma gap ana şunda, unga heç kim kömakçi bölolmaydi, uning uçun biror zot qöliga qalam yoki maşinka olib biror narsa qoralamaydi, qanday yoziş kerakligini körsatib bermaydi. U bu işni özi yolğiz bajarişi kerak. Agar buni eplay olmas ekan, har qanday çiraniş bekor – u yozuvçi emas. Soğmisan-kasalmisan, işingni töğri tanladingmi-yöqmi, sabr kosang çuqurmi-sayoz – bular bilan heç kimning işi yöq. Ana şu holatda özingni yöqotmaslik katta jasorat böladi. Agar sen yomon yozgan bölsang, seni heç narsa – unvoning ham, mukofotlaring ham, oldingi muvaffaqiyatlaring ham qutqara olmaydi. Unvoning baʼzida yomon yozgan narsangni çop etişga kömaklaşişi mumkin, döst-oşnolaring yozganingni maqtab, könglingni kötarişga urinadi, qalamhaqi ham olasan. Lekin bularning baridan qatʼi nazar, sen yozuvçi emassan…

Barini yana qaytadan boşlaş uçun sabr-toqatli, matonatli böliş zarur. Işga kirişgan çoğing birdan isteʼdoding qayoqqadir yöqolib, birinçi jumladayoq tilingga tuşov tuşsa, bunga mardonavor çidaş bermoğing kerak. Isteʼdod baʼzida uzoq vaqtga ketib qoladi, lekin sen çidamli bölsang,  albatta qaytadi.

Haqiqiy yozuvçi kuniga ön soat ter tökadi. Işlar yurişmay qolgan holatlar esa köp böladi. Kunlar ketidan kunlar ötib boradi. U heç narsa yoza olmaydi va, şu bilan birga, bu işdan voz ham keça olmaydi. Alam-ğazab bilan, deyarli közda yoş bilan özi şundoq ham sanoqli bölgan kunlar şuvillab ötayotganini, behuda sovrilayotganini his etib yaşaydi.

Nihoyat, asariga sönggi nuqtani qöyadi. Endi u böm-böş. Göyo endi u boş­qa biror satr ham yozmaydiganday. U, deylik, “Mana, işimni qilib qöydim, stolimda bir boğlam bölib qoralamam turibdi. Bunaqasini hozirgaça heç kim yozmagan. Mayli, mengaça Tolstoy va Çexov ham qalam tebratgan, lekin bu asarni men yozdim. Bu boşqaça narsa. Balki meniki ularnikidan köra mundayroqdir, lekin bu öziga xos asar. Ustiga ustak, yozganimning yaxşi-yomonligi haqida xulosa qilişga hali erta. Qani, qölidan kelsa, boşqalar ham şunga öxşaş biror narsa yozib körsin”, deb öylaşi mumkin.

Iş bitganda yozuvçining xayoliga şunday gaplar kelişi ehtimolga yaqin. U asariga sönggi nuqtani qöydimi, demak, özini özi yengdi. Bu judayam qisqa va öta maroqli kun böladi. Çunki u yaqin orada yangi bir işga kirişadi, hozir esa ana şu qisqagina zavq lazzatini totib qolişga urinadi.

Çunki u, deylik, bahor ötib ketganini birdan sezib qoladi. Aprel boşida kunbotarda qora bulutlar töplangan va öşa tomondan kuçli iliq şamol esib, qorlarni ilma-tekşik qilib eritib yuborgandan buyon qança vaqt ötib ketibdi-ya! Muzlar erib bitibdi, soylar quribdi, kök­lam maysalari qovjirabdi, boşoqlar tölişib, sap-sariq rangga kiribdi – butun bir asr suvday oqib ötibdi. U esa hammasini boy beribdi, bularning birortasini körolmabdi. Şu davr içida jahonda nimalar bölmadi, odamlarning hayotida qanday özgarişlar yuz bermadi. U esa faqat işladi, qarşisida yangi va yangi qoğozlargina paydo böldi, dunyoni öz qahramonlaridagina kördi. Ötgan vaqtni endi unga heç kim qaytarib bermaydi, u umrning bu bölagidan manguga judo böldi.

Bundan söng yozuvçi asarini jurnalga beradi. Eng yaxşi holatni olib köraylik. Uning yozganlarini birdaniga, mamnuniyat bilan olib qolişdi. Yozuvçiga qönğiroq qilişadi yoki telegramma jönatişadi. Boşqa jurnalga berib qöymasin deb oğiz köpirtirib maqtaşadi. Yozuvçi zavqu şavq bilan, tölib-toshib tahririyatga boradi. Uni körganidan hamma xursand, u ham xursand. Judayam ajo­yib odamlar, ajoyib çehralar. “Qadrdon, – deb gap boşlaydi tahririyatdagilar. – Yozganlaringizni beramiz, albatta beramiz. Ön ikkinçi sonda ketadi!”. Ön ikkinçi son degani dekabrda çiqadi. Qişda. Hozir esa yoz…

Yozuvçiga hamma mamnun boqadi, tabassum qiladi, qölini siqib, yelkasiga qoqib ham qöyadi. Hammada ğaroyib bir işonç borday, göyo yozuvçi yana beş yuz yil yaşaydi. Göyo bu olti oy olti kunday tez ötadi-ketadi.

Yozuvçi uçun ğalati, oğir bir davr boşlanadi. U vaqt tezroq ötişini istaydi. Yoz tezroq oyoqlayqolsaydi. Hali bu yoqda kuz ham bor. E-e… Dekabr, unga dekabr kerak. Dekabrni kutaverib yozuvçining tinkasi quriydi.

U yana işga kirişadi, xuddi oldingi safargiday işi birda yurişadi, birda oqsaydi. Vaqtning uçqur tulpori esa tinmay yeladi, yil ötib, yana aprel keladi. Endi işga tanqidçilik aralaşadi.

Yozuvçilar tanqidni töğridan töğri qabul qiladi. Ayrim yozuvçilar özlari haqida nima deyişayotgani bilan qiziqmaydi, degan gap mutlaqo xato. Bunday paytda bardoş yozuvçiga har qaçongidan ham köra zarurroq. Tanbehlaru adolatsizliklarga çidaşning özi böladimi! Ğazablanmaslik kerak, ustingdan döl yoğdirişayotgan paytda işingdan qölni yuvib qöltiqqa urmaslik kerak. Agar maqtaşsa, maqtovga uçmaslik darkor. Maqtov qörqinçli narsa, u yozuvçida özi haqida aslidagidan köra ijobiy, qanoatli fikrlar paydo qiladi. Endi u öziga örgatiş örniga birovlarga örgatişni boşlaydi. Axir, yozuvçi yangi asarini qay darajada qoyilmaqom yozgan bölmasin, bundan ham yaxşi yoziş imkoniga ega. Buning uçun undan mardonavor böliş va özini tarbiyalaşda davom etiş talab etiladi.

Lekin eng xavfli narsa maqtov va olqişlar ham emas. Eng qörqinçlisi ­– sen haqingda hamma sukut saqlasa. Biror kitobing çiqsa, uning çinakam asar ekanini bilib tursang-u, bu haqda birov lom-mim demasa. Xuddi ana şu damda matonatli böliş zarur!

Adabiy haqiqatning ildizi hamişa hayot haqiqatiga borib taqaladi. Yozuvçi özining matonat fazilatiga uçuvçilar, dengizçilar, işçilar – peşona teri bilan hayotimizni gullatayotgan odamlarning, yaʼni bölajak qahramonlarining matonatini ham birlaştirişi kerak. Axir, u turfa xil odamlar haqida, deyarli hamma haqida yozadi. Demak, u bu odamlar bilan birga nafas olişi, ular his qilgan narsani his qila bilişi şart. Maʼlum bir muddat davomida u geolog, örmonçi, işçi, ovçi, traktorçi bölib “yaşaş”i zarur. Yozuvçi payti kelganda baliq ovçilari bilan ov kemasining umumiy xonasida birga ötiradi, boşqa bir guruhga qöşilib esa tayga örmonlarida kezadi, qutb aviatsiyasi uçuvçilari bilan birga samoga kötariladi yoki Buyuk Şimol yöllaridan kemalarni olib ötadi.

Yozuvçi Yer yuzida yovuzlik yaşayotgani, odamlarni yöq qiliş, oddiygina erkinliklardan judo etiş, ularni eziş, oçlik, mutaassiblik va ahmoqonaliklar, uruşlar va vahşiylik mavjud ekanini yodida tutmoği zarur. U qölidan kelganiça bularga qarşi turmoği kerak. Uning yolğon, munofiqlik va jinoyatlardan köra baland­roq ovozi jasoratning alohida bir şaklidir.

Yozuvçi, va nihoyat, jangçi askar bölişi darkor. Çunki uning jasorati, agar olişuvdan omon çiqsa, yana stolga ötirib, oq qoğoz bilan birga bir çiqişga yetmoği zarur.

Yozuvçining matonati yuksak darajada bölişi kerak. Va bu fazilat uning doimiy yöldoşi bölmoği darkor. Çunki ijod bir kun yo ikki kunlik emas, butun umrlik yumuşdir. Hammasi har safar yangidan boşlanadi va yanada qiyinroq keçadi.

Yozuvçida iroda yetişmas ekan, uning ado bölgani şu. Hatto isteʼdodli bölsa ham, yöqoladi, yitadi. U endi hasadçiga aylanadi. Özining kasbdoş döstlarini haqoratlaşni boşlaydi. Ğazabga minadi, uni falon-falon örinlarda esga olişmagani, mukofot berişmagani haqida öylay boşlaydi… Bundan söng u yozuvçilikning çinakam baxtini heç qaçon his qilmaydi. Yozuvçining esa haqiqiy baxt-quvonçi bor.

Ijodiy jarayonda işlar yurişib ketgan vaqtlar ham böladi. Fikrlar oson-ravon qoğozga tuşadi, keça çiranib qilolmagan işingni bugun joningni koyitmay uddalaşing mumkin. Maşinka xuddi pulemyot kabi tasira-tusir işlaydi, bir tomonda qoralama varaqlar ustma-ust taxlanaveradi. Bunday paytlarda yozuvçi özida kuç-quvvat va samimiyatni yaqqol sezadi.

Eng gözal, eng şohona satrlarni bitganda esa kalomning ilohiyligini his etadi. Bunday holat hatto daholarda ham kamdan kam yuzaga keladi. Biroq u faqat matonatli yozuvçilardagina kuzatiladi. Bu maşaqqatlaru ötgan umr uçun, özidan qoniqmaslik va noumidlikka toqat uçun berilgan mukofotdir. Mana şunday nurli lahzalarda yozuvçi özidan boşqa narsa emas, xuddi ana şu sahifalar qolişini sezadi.

Ijodkor haqiqatni yoziş ehtiyojini sezgan paytda uning yakkayu yagona najot yöli faqat haqiqat böladi. Albatta, sening haqiqating birdaniga, sözsiz qabul qilinmaydi. Ammo sen son-sanoqsiz notaniş odamlar uçun ham şunday yozişing kerak. Çunki sen alal-oqibat öşalar uçun yozasan. Axir, sen yo muharrir, yo tanqidçi, yo pul uçun yozmaysan. Garçi pul hamma qatori senga ham zarur bölsa-da, közlagan asl maqsading boşqa. Pulni boşqa kasb-hunar qilib topiş mumkin, buning uçun yozuvçilikdan foydalaniş şart emas. Sen sözning ilohiyligi va haqiqatni yodingda tutgan holda yozasan. Yozarkansan, adabiyot bu insoniyatning özini özi anglaşi, sening timsolingda özini ifodalaşi ekanini öylaysan. Buni sen hamişa yodda tutişing va yelkangga şunday şarafli vazifa tuşganidan hamişa baxtiyor bölişing, faxrlanişing kerak.

Tösatdan soatga közing tuşgan paytlar ikki yoki uç bölganini körasan. Yarim tun. Hamma şirin uyquda. Ulkan borliq bağrida hozir kimlardir uxlayapti, kimlardir bir-biriga muhabbat izhor qilyapti va ular uçun sevgilaridan boşqa heç narsaning qiziği yöq, kimlardir esa bir-birini yöq qiliş payida, qaylardadir bomba ortgan samolyotlar kökka kötarildi, qaylardadir miriqib raqs tuşişyapti, qaysidir radiostansiyalarning suxandonlari bölsa, yolğon uçun yoki odamlarni tinçlantiriş uçun, vahima va şov-şuvlar yoki öyin-kulgi uçun, umidsizlik yoki umid bağişlaş uçun elektr energiyasini sarflab yotibdi. Sen esa madoring qurib, tamom yolğizlikda ötiribsan. Közingga uyqu kelmaydi, olam va odam haqida öy surasan. Yer yuzidagi barça odamlar nihoyat baxtli va erkin bölişini, tengsizlik yöqolib, uruşlar, irqçilik, qaşşoqlik barham topişini orzu qilasan. Hamma öz manglay teri bilan halol non topişini istaysan.

Lekin asosiy saodat boşqa narsada – tun bağrida uxlamay öyga çömgan birgina sen emassan. Sen bilan birga boşqa yozuvçilar ham, sening sözdoş döstlaring ham uyqudan voz keçgan. Sizlarning umumniyatingiz, maslagingiz bitta – dunyo bundan yaxşiroq, inson insoniyroq bölişini xohlaysiz.

Senda dunyoni özing istagan holga keltiriş qudrati yöq. Lekin sening öz haqiqating, öz sözing bor. Va sen uç karra matonatli bölişing şart. Çunki baxtsizliklaring, omadsizliklaring, muvaffaqiyatsizliklaringga qaramay, odamlarga quvonç ulaşişing va hayot bundan yaxşiroq bölişi kerakligi haqida töxtamay gapirişing zarur.

1966

Yuriy Kazakov

(1927–1982)

Ötgan asr yangi rus hikoyaçiligining eng yirik vakillaridan. Ilk kitobi – “Moviy va yaşil” (1956). Şundan söng yozuvçining “Teddi”, “Kiçik stansiyada”, “Qönoq”, “Yiğlagayman, bözlagayman”, “Izğirinda qolgan yuraklar”, “Eman örmonlarida kuz”, “Şimol kundaligi”, “Sen uyqungda qattiq yiğlading” singari kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)