11 daqiqada öqiladi

849 marta körilgan

Şam va böron

Şam va böron

Ustoz munaqqid Ibrohim Ğafurovga maktub

 

Ibrohim Ğafurovning badiiy olami va fikriy teranligi bir-biriga şu qadar omuxtalaşib ketganki, baʼzan uni badiiyat faylasufi yoxud falsafaning şoiri deging keladi.

Najmiddin KOMILOV

Yuqoridagi sarlavha “Dil erkinligi” kitobingizdan olingan. Undagi maqolalarning biri şunday nomlanadi. Bunda qanday ramziy maʼno yuklaganingiz haqda öylab qoladi odam: şam kiçkinagina xonani yoritadi. U şuning uçun yonadi. Töğriroği, şu maqsadda yondirilgan. Dunyo miqyosida oladigan bölsak, öşa xonani yurtimizga, xalqimizning urf-odat va anʼanalariga mengzasak, şamning bir maromda taralayotgan yoğdusiga qarab qayerdadir böron ham borligini tuyasiz. Böron çegara bilmaydi. Uning “xona”mizga yölamasligini, şamning heç qaçon öçmasligini maʼrifat egalari taʼminlaydilar.

Ibrohim aka, Sizni ana şunday zotlardan deb bilaman. Talabalik yillarimda öqiganimning taʼsirimi,  80-yillargaça yozilgan asarlaringiz  dovruği haqda köp öylayman. Ijodkorlar nazaringizga tuşiş va tuşmaslikni  istaşardi. Istaydiganlar – maqtovga sazovorlar, istamaydiganlar  – tanqidni xuş körmaydiganlar edi.  Ayniqsa, dastlabki “Yonar söz”, “Gözallikning olmos qirralari” kitoblaringiz qölma-qöl bölib öqilgan.

“Gözallikning olmos qirralari” kitobingizda Abdulla Qahhor, Ğafur Ğulom, Asqad Muxtor, Pirimqul Qodirov kabi yozuvçilar bilan asarlari orqali dillaşarkansiz, maqsadni aniq qöyasiz. Ularning fazilatlarini boşlovçi yozuvçilarga namuna sifatida körsatasiz. Çunonçi, Abdulla Qahhor yaratgan iğvogar “hi-hi” obraziga nisbat berasiz. Yozuvçining dialog tuzişidan uning nazmga maylini ilğaysiz:

“– Savodingizni ança çiqarib qöyişibdimi?

– Kim?

– Bilmasam. Domlangiz, domlalaringiz.

– Mening domlam yöq.  Domlam – ikki közim…”

Nimaiki yozsangiz, “hayot jozibasi badiiy asar jozibasiga köçişi” kerakligiga ahamiyat berasiz. Jozibasiz “adabiyotda quyoş örnini kapalak egallaydi”,  asar “izm-izm”larning pardoz qutiçasiga aylanadi” deb kuyunişlaringiz boisi endi ayon bölmadimi? Quyoşga aylanmoqçi bölgan qançadan-qança parvonalar haqiqat otaşida jizğanak bölib ketmadi, deysiz. Lekin özini bilgan kapalaklar hamon boğlarning körki. Çunki özlikni biliş samimiyat bilan boğliq. Şu maʼnoda badiiy adabiyotda samimiyatni jozibaning joni sifatida körişni istab yozasiz: “Şum bola”ning kompozitsiyasi sadafga, içki mazmuni durga öxşaydi”.

Naqadar haq gap….                                     

Siz sevib işlatadigan sözlardan biri  – bahramandlik. Çindan, bu söz şu qadar çuqurki, bunda  hayotning insonga, insonning hayotga taʼsiri körinib turadi. Buni şunday izohlaysiz: “Hayotdan bahramand bölmagan adabiyot heç qaçon adabiyot sanalmaganday, adabiyotdan bahramand bölmagan hayot ham yuksak madaniyatga molik hayot deb hisoblanmaydi”.

“Prozaning şoiri” kitobingiz muqaddimasida “safbasta” degan sözni işlatasiz. Bu bilan Said Ahmad prozasidan Oybekdagi “xattiy porloqlik va lirizm”, Abdulla Qahhordagi “löndalik va ötkirlik”, Abdulla Qodiriydagi “plastik taʼsir tuyğusi” taʼsirlarini izlaysiz. Atay Qodiriyni sanoqning oxiriga qoldirasiz. Çunki mazkur ijodiy oçerk şörolar ğoyasi hali hukmron bölgan bir davrda naşr etilgan. Şunga qaramay, Said Ahmad asarlarini uluğ adibning “Obid ketmon”i bilan qiyoslaysiz.  Bunda nozik bir işora bor: Said Ahmad asarlari Qodiriy olamining hali bir ostonasida turibdi, “Ötgan kunlar”, “Mehrobdan çayon”gaça hali ança masofa bor. Xullas… “Obid ketmon”dagi “Quyoş bilan ham kuraşaman” bobiga ahamiyat qaratarkansiz, adibning “atangan” va “aqlovar” sözlaridan dilingiz yorişadi. Nafaqat Qodiriy qahramonlari, uning özi ham millat ravnaqiga atangan, el uçun fido böliş yölida aqlovar şaxs bölganidan faxrlanasiz. Said Ahmad ham u yaratgan maktabning “ildizlari, ildizlaridan quvvatlanadigan anʼanalari, ilğor anʼanalaridan ösib çiqadigan yangiliklar”idan töla bahramand bölişga imkoniyati yetajagini mahorat bilan aytasiz. Bildirilgan fikr içida yana “nimadir” deyiş usulingizga amal qilib kitob davomida ham Qodiriy uçun yana sahifalar ajratasiz.  Dunyo tan olgan yozuvçilar – Gogolning Örta Rossiyani teran tasvirlagani, Amerika yozuvçisi Folkner asarlarida Amerika janubining timsoli sifatida Yiknopatofa ölkasini yaratgani, Hemenguey Ispaniyani, Afrikani, Parij köçalarini sevgani, Şoloxovning Don şoiri ekani, Dostoyevskiyga Peterburg ilhom bergani va nihoyat sanoqni Abdulla Qodiriy uçun Marğilon va Qöqon ilhombaxş muhit bölgani bilan yakunlaysiz. Demak, öşa “nimadir” Qodiriyning ular darajasidan qolişmaydigan adib ekaniga urğu beriş bölgan.

Kitobda Said Ahmad yaratgan “mehnat eʼtiqodiga aylangan kişilar” siymosi haqda fikr yuritib, yozuvçilar ahamiyat berişi şart bölgan xislatlar – voqea quruq pand-nasihatga asoslanmasligi, syujet qaʼrida “oliyjanob didaktika” yotişi lozimligi, sevgining “tanlovçi tuyğu” ekanini  kitobxon his qilişi kerakligi, har bir xalq öz  milliy qadriyatlari bilan yuksalajagi haqda mulohaza yuritasiz: “Niyatdagi porloqlikni aks ettiriş porloqligiga köçiriş” kerakligini uqtirasiz. Bu fikrlar öşa davrda nafaqat Said Ahmad, balki barça ijodkorlar uçun juda zarur edi. Bugun ham öz qadrini yöqotgani yöq. Çunki bu mulohazalarda, öz iborangiz bilan izohlaganday, “aytmay aytiş” sanʼatidan foydalanilgan.

Bir ifoda yölingizga talabalik yillarimda mahliyo bölganman. Taʼsiringiz ostida yozgan maqolamni öqigan adabiyotşunos olim Sobir Mirvaliyev buni sezgan. Koyigan meni. Hojiakbar Hamidovning xuşovoz xonandaligi, agar Faxriddin Umarovga ergaşmaganida  yana bir öziga xos zör ijroçi  paydo bölişi mumkinligini misol qilgan.  Baʼzan bir örinda, gohida butun boşli maqolangizda köriniş beradigan öşa usulingiz şundan iboratki, bir söz yoki jumladan ritorika yönalişida foydalanasiz. Undan allaneçuk ohang yasab mazmun-mohiyatga sayqal berasiz. Masalan, “Qalb haroratini hayot harorati yaratadi. Hayot haroratini xalqning harorati belgilaydi”. “Harorat” sözi ikki jumlada tört bor takrorlansa-da, eriş tuyulmaydi kişiga. Yoki “Matonat va ezgulik” maqolangiz mohiyatiga adabiy qahramon timsolidagi “Men” barqarorlik baxş etgan. Fikr maşinasini boşqargan: “MEN voqealarni tarixçi kabi hikoya qiladi”, MENning faoliyati voqealarga kuçli emotsional talqin baxş etadi”, “MEN voqealarga işonç uyğotadi”, MENning köz qaraşi qiziq”, “MEN qişloq yölidan bormoqda”.

Bu va bunga öxşaş tasvir imkoniyatlaringiz ijodiy  faoliyatingizda ravnaq pillapoyasidan kötarildi. Tarjima asarlaringiz, nasriy nazm – mansuralaringizga ham salmoq bağişladi.

“Lirikaning yuragi” – keng qamrovli adabiy tadqiqotlaringizdan biri. Kitobda zamonaviy şoirlar Ğ.Ğulom, H.Olimjon, U.Nosir, A.Muxtor, E.Vohidov, A.Oripov, O.Matjon, O.Hojiyeva, H.Xudoyberdiyeva, R.Parfi, X.Davron singari shoirlar ijodiga murojaat qilingan bölsa-da, ora-orada qadimgi yodnomalar  –  “Avesto”, “Injil”, “Pançatantra”, “ Dhammapada”, “Ekklesiast”, “Ketsalkoat” kitoblari, Pablo Neruda, Nozim Hikmat, Jak Prever, Bartolt Brext asarlarida qöllanilgan badiiy vositalar tahliliga bağişlangan maqolalarni ham kiritgansiz –  balandga kötarilib olib pastga nazar taşlagansiz.  Qiyosiy tahlil asoslaridan foydalanganingiz yaxşi samara bergan. Qadimgi adabiy manbalarimiz yaltiroqlikdan, balandparvozlikdan xoli bölganini isbotlar ekansiz, oldingizga savol qöyasiz: “Köraylik-çi, bugungi şoirlar uçun eng muhim narsa nima ekan?” Endi nomdor, zamonamiz peşqadam şoirlarining şeʼrlarini şunday yuksak darajali manbalar bilan qiyosan qilgan tahlillaringizning avvalo ularning öziga, keyin  yoş ijodkorlarga qanday taʼsir etganini tasavvur etiş qiyin emas.

“Lirikaning yuragi”dagi deyarli barça maqolalar vaqtli matbuotda eʼlon qilingan. Masalan, quyidagi fikringizni olaylik: “Andrey Voznisenskiy “Faqat hissiyot gözal” degan ğoyani örtaga taşladi. Men uning bu sözlarini tahrir qilib, “Faqat mehr gözal, faqat muhabbat gözal” deyişni istardim”. Isteʼdodli şoir Muhammad Yusuf sizni nihoyatda hurmat qilardi.  Siz haqingizda tölib-toshib gapirganiga köp bora guvoh bölganman. Endi-endi öylasam, öşanda Muhammad aka şu mulohazangizdan taʼsirlanib  “Mehr qolur, muhabbat qolur” degan gözal şeʼrini yozgandir, özining sodda va samimiy şeʼriyati anhorida yana bir tölqin hosil qilgandir, ehtimol. Demoqçimanki, kitoblaringizdagi adabiy mulohazalaringiz juda köp yoş ijodkorlarning ilk şeʼrlari, kitoblarini adabiy muhokamalarga tavsiya etib, matbuotda yoritilişiga kömaklaşiş – ularga amaliy yordam berişlaringizday ahamiyatli va unutilmasdir. Çunki muşohadalaringiz badiiy tafakkur, mehru muhabbat, şu bilan birga  ajoyib andişa va yuksak did mevasidir. Çunonçi: “Şoir olam içida emas, olamlar içida yaşaydi va olamlar hosil qiladi”, “Xarakter öz qimmat va mohiyatini faoliyatda oçadi”, “Bu odamning nimadan, nega “temir” bölib qolganligi maʼlum emas”, “Köçamizda beton qoradigan taşkilot bor. Şu minora tepasiga “Eng muhimi, bolalar, qalban qarimaslikdir” deb yozilgan. Har safar unga közim tuşsa, quvvayi jismimda qiyinçiliklarni yengib ötişga tabiat tomonidan berilgan kuç qanday bölmasin ortganday bölib tuyuladi”. “Muhabbat –  uyqudan uyğotib yuborgan şeʼriyatning gözal sadolari” (Zulfiya şeʼriyatiga nisbatan), “Maʼlum bir qonuniyatlar qölni boğlamagandan söng istagança suxandonlik qiliş mumkin deb qarovçilar yöq emas” (sarbast, erkin şeʼr janrlarida ijod qiluvçilarga nisbatan), “Şoir xuddi oğzida qovun bilan tamşanib sözlayotgandek…”, “Soddalik talantga ergaşib yuradi”…

Usmon Nosirga bağişlangan “Lirikaning yuragi” maqolangizda Abdulla Alaviyning bir şeʼrini töliq keltirasiz. Unda şunday quyma satrlar bor: “Bu keçaning yumşoq ipak kulgisi”, “Qöşiq aytgan şarşarakni öpaman”…

Mazkur maqolada uning zamondoşidan misol keltiriş orqali bir haqiqatni asoslaysiz:  Usmon Nosir, baʼzilar aytganday “osmondan” tuşgan şoir emas, mavjud adabiy muhitda şakllangan,  u ham kimlardandir va nimalardandir taʼsirlangan, ilhomlangan. Umid va umidsizlik orasida umr keçirgan. Yöqsa dermidingiz: “Şeʼr qidirayotgan odamda böladigan hamma ziddiyatlar unga ham xos edi”. Faqat “şeʼri mehriga berkingan”. Bu şoir tarjimalari muhokamasida ham körinadi. Puşkin, Lermontovdan qilgan tarjimalarining baland saviyada ekanligini taʼkidlarkansiz, baʼzi kamçiliklarini ham asoslab berasiz. Tarjimalarni asl matn bilan sözma-söz, mantiqma-mantiq soliştirib tahlil qilasizki, toki bunday kamçiliklar boşqa tarjimonlarda uçramasin.

Usmon Nosirning adabiyotdagi örni, uning tuyğu şakllanişi borasidagi  yutuqlari iqtidori ustida çekkan zahmatlari bilan boğliq ekanligini uqtirib, ilmiy muşohada va badiiy talqin muştarakligida fikringizni  “Nil va Rim” misolida şunday izohlaysiz: “Men bu qadar obrazlari oğir zarbli şeʼrni kam öqiganman, bunday şeʼrlar katta şoirlarda ham sanoqli böladi”, Usmon Nosir  “kuyib tuşgan har qanotdan bir jon topadi”, “ölik közlar oynasida yillar, odamlar qiçqiradi, ularning bosgan qadamlari eşitiladi. Nil bu – qullar tökkan yoş, yeru osmon qullar faryodidan larzada, qul uçun erk qulf, xayol qulf, xudo qulf, uning kosasida suv, xaltasida non, rangida qon, közida köz, belida bel yöq. Şeʼr şu istibdod tagiga öt qöyib, mağrur firʼavnlar haykali qarşisida buyuk ozodlik obidasini qurgan, spartaklar avlodi, gomerlar şogirdi bölgan nasl nomidan qonxörlik, xorlikka laʼnat öqiydi”.

Darhaqiqat, şunday asarlar böladiki, kitobxonini özi topadi. Bizni qaysidir adabiy manba öziga çorlamadimi, demak, ikki tomonning qaysi biridadir kemtiklik bor. Siz doimo adabiy asarlarni şu holatda körmaslik taşvişini qilgansiz: “Xalqimizning forobiylari, xorazmiylari, beruniylari, sinolari, navoiylari, huvaydoyu maşrablari bor edi. Lekin ular yaratgan hayotbaxş kitoblar asrlarning tokçalarida qimirlamay yotar edi”.

Endi ahvol özgardi. Siz singari ziyolilarning orzusi uşaldi: tokçadagi kitoblar polapon quşlarday qanot çiqara boşladi.

Adabiyotşunos tanlagan tahlil vositasi adabiy muhit, jarayonga xos bölsagina, taʼsiri sezilsagina, ahamiyat kasb etadi. “Örtoq şoir” ilmiy risolangiz ana şu jihatdan öz vaqtida köpçilikda juda katta taassurot qoldirgan. Çunki tahlil ortida publitsistik şeʼrda badiiy salmoqni saqlagan, tarixni poetik jonlantirgan, hayotni falsafiy nazarda köra olgan Şayxzoda turibdi. Buning ustiga, ijodiy mahorat poydevorini Şayxzoda salohiyati orqali “hayotdan, yillardan, tajribalardan, insoniyatning uluğlaridan orttirilgan saboqlar va ulardan tuğilgan özlik” deb bilasiz. Şoir qöllagan badiiy vositalar – öxşatiş, taşbeh va metaforalardan avvalo özingiz zavqlanasiz. Çunonçi: “Miyaning suratxonaga öxşatilişi Şayxzodaning eng gözal va ayni çoqda  ilmiy izlanişlaridan biridir:

Fikr kiyar xayol libosin,

Öxşar suratxonaga miya”.

Darhaqiqat, şoir baʼzi satrlari bilan tasavvuringizni elakka öxşatib qöyadi. Biroz çalğiysiz. Mohiyatni anglaganingizdan keyin gap elak içidagida emas, ostidagi tozalangan unda ekanligi ayon böladi. Masalan, “Safar va yöl va kema” misrasini öqib, nega “va” boğlovçisini ikki marta qöllagan, deb öylaysiz. Aslida birinçi boğlovçi quruqlikdagi jarayonga, ikkinçisi suv olamiga tegişli. Şoirning öziga xos ifoda usuliga özingizni moslagaç, boğlovçilarning heç birini olib taşlaş mumkin emasligini bilasiz.

Şayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi”, “Mirzo Uluğbek” dramalari  ham adib dunyoqaraşini obdon örgangan holda tahlilga tortilgan. Ikki dramada bir mantiqiy boğliqlik bor. “Jaloliddin Manguberdi”da öğil otaning ösal dunyoqaraşi tufayli yovni tamomila yengolmaganiga işora qilinadi:  “Tarixiy maʼlumotlar şoirning adabiy muddaosi uçun kalit va kalitçalardir”. Şayxzodaning “Mirzo Uluğbek” dramasida ham şu “kalit va kalitçalar”dan foydalanganini kuzatarkansiz, asarda keltirilgan Mavlono Tarxoniyning baytiga murojaat etasiz:

Tuşgani band içra böldim ul pari devonasi,

Kök saro – fonusdur, ul şamu, men parvonasi.

Bu satrlardan taʼsirlangan Uluğbekning  baytdan öz taqdiriga moslab xulosa çiqargani, “Fojiali bir nasiba borga öxşaydi”, deb ökingani va bu içki holatni Şayxzoda çuqur his qilganiga  ahamiyat qaratasiz. Bu bilan ikki dramani boğlaydigan bir ğoya – ota va öğildagi taqdir almaşinuviga diqqat qilasiz: birida ota – Xorazmşoh, ikkinçisida öğil – Abdulatif ğaddor zamon öyinçoğiga aylanadi.

Umuman, “Örtoq şoir” risolangizda Maqsud Şayxzoda şeʼrlaridagi timsollar şakllanib, orolanib tarixiy asarlariga badiiy-ğoyaviy barkamollik bağişlagani har tomonlama asoslab berilgan.

Gapni “Dil erkinligi” kitobingizdan boşlagandik. Undagi “Şam va böron” topilma iborangizning bir ramziy maʼnosiga töxtalgan edik. Endi şamga boşqa bir mazmun ham berib köraylik. Kitob erkinlik şabadalari esa boşlagan kunlarda naşrdan çiqqan. “Dil erkinligi” azaliy orzularimizday, ota-bobolarning otaşin nafasiday taassurot uyğotadi. Bu nafas “xona”miz – ona yurtimizga toza havoday jonbaxş ekanligiga işora qilib, mazkur adabiy töplamga tarixiy hikoyalar, uluğ bobolarimizning orzu-armonlarini ifodalovçi mansuralar va badialaringizni kiritgansiz. Dili hamişa erkin holda yaşab ötgan Maşrab haqda yoziş tasodifiy emasdek tuyuldi. Kitobning “Ozod nafas” bobidagi “Gala” hikoyangizni öqib, kitobxon sizni tamomila unutadi. Köz öngiga Maşrab keladi: “Karomatingdan örgilayin-o… daraxt neça yil ösib ötni öz tanasida yiğib borgan. Olovga aylanmoq uçun hozirlik körgan… har qayda tiriklik bor, u doim uç alangaga aylanadi. Avvalgisi kök alanga. Bu sening şavkat va qudratga yetişgan çoğlaring. Keyingisi sariq alanga. Bu sening munkayib şavkat va qudratdan ajralgan payting. Uçinçisi, böz alanga. Bu şamol xokingni kökka va yerga sovurişidir?!”

Istiqlol yillarida ham ijodingiz gurkirasa gurkiradiki, aslo susaygani yöq. “Hayo – xaloskor”, “Mangu latofat” nomli töplamlaringizni adabiy jamoatçilik, söz şaydolari iliq kutib olişdi. Şu töplamlarda zukko munaqqid, donişmand adib, söz sehrini sezuvçi mohir tarjimon köz oldimizda yaqqol namoyon böladi. Aytiş mumkinki, uşbu töplamlar bilan adabiyot olamida badia janrining mavqei ança kötarildi.

Kitoblaringizni sinçiklab öqigan kitobxon hikmatga döngan jumlalaringizdan zavqqa töladi. Hayot, hayotdan olib yozilgan asarlar ummonidan nozik didingiz topib çiqqan  nodir mulohazalaringiz köp. Bularning egasi böliş uçun boşqa qator kitoblaringizni öqib, uqmoq joizdir.

Tahririyatdan:

Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida Ibrohim Ğafurov Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan “Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi” unvoni bilan taqdirlandi. Ustoz munaqqidni uşbu yuksak unvon bilan köp sonli şogirdlar, adabiyot muxlislari nomidan tabriklaymiz.

Ilhom AHROR

1960-yili tuğilgan.

Toşkent davlat madaniyat institutini (hozirgi ÖzDSMI) tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi.  “Tadorik”,  “Gulşan çiroylar”,  “Uyquga kunikkan toğlar” kabi şeʼriy, bolalarga boğişlangan “Bozorga yuzlangan bola” hikoyalar töplamlari, “Yetti iqlim dostoni” nomli adabiy-tanqidiy maqolalar kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)