2 daqiqada öqiladi

160 marta körilgan

Qadriyatlarni eʼzozlaşga çorlov

Xalq anʼana, qadriyatlari bilan buyuk sanaladi. Uni mahv etiş millatni tanazzulga buradi. Inson öz sobit eʼtiqodi ila  yovuzlikka barham beradi. Özbek xalqi mustamlaka zulmidan aziyat çekkan davrni qoğozga tuşiriş murakkab. Yoş nosir Bobo Ravşan  çigal ijtimoiy munosabatni yoritişga jazm etibdi. Qissada ziyoli oila boşiga tuşgan fojia orqali jamiyat holatiga baho beriladi. Muallif  ikki obraz – Mengziyo va Alpomiş qismatidagi tutaş nuqtani asos qilib ötmiş, bugun, kelajak manzarasini şakllantirişga intiladi. Qissada Tangriqul ota oilasi boşiga kelayotgan fojiaga doston ijrosining oxiriga yetmasligi, köngilning allatovur bölişi tasviri orqali işora beriladi. Sofdil baxşi Mengziyo eskilik sarqiti bölgan eposni kuylab, aksilşöroviy ğoyalarni tarğib etganlikda ayblanib surgun qilinadi. Baxşi misolida yurt öğlonining erki sindiriladi. Qadriyatni oyoqosti qilgan xoin Toşqul johillikda Ultontozga mengzaladi. “Tarozi”, “şöro” laqabi bilan tanilib, hukumat yugurdagiga aylangan kimsa özining özagini qirqişdan rohatlanadi.  Tangriqul oilasiga muşkul damda yurtdoşlari Qobil, Omon, Toşboyning muruvvat körsatişi orqali odamiylik uluğlanadi. Toşqul yigitlikda erişilmagan muhabbat qasdida Oydinni nafaqat turmuş örtoğidan, balki yurtidan ayiradi.  Ayolning musofirlikda azoblanib jon berişi, gödak Elmurodning sağir qolişi dramatizmni kuçaytiradi. Mengziyo va  Oydin juftligi fojiaga yuz bursa-da, el-yurt nazdida eʼzozlanadi. Muallif asosiy fikrni xalq termasi vositasida lönda ifodalaydi:

Öylab tursam sotibsan

Ham elingni, yurtingni…

Nafsi buzuq Toşqul öz millatini xörlagani, anʼanalarni oyoqosti qilgani bois elining laʼnatiga uçrab telba böladi. Asarda zamon va makon özgarsa-da, inson  tubanligi, johilligi  yöqolmasligi asoslanadi.

Voqealar Surxon vohasida bölib ötadi. Voqealar rivoji davomida Boysun, Bobotoğ tabiatining betakror manzarasini çiziladi. Qissada vaqt nomida ramziylik mavjud. Şomda  Tangriqul (ota), Mengziyo (öğil) halokatiga işora beriladi. Elmurod (nabira)ning tongga erişişi oson keçmagani tasvirlanadi. Elmurod ismida  elning istiqlolga yetişişi, umidning ruyobga çiqişi talqin etiladi. Asar yoşlarni özlikni unutmaslik, qadriyatni eʼzozlaşga çorlaydi.

Umida RASULOVA,

filologiya fanlari nomzodi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)