3 daqiqada öqiladi

245 marta körilgan

Alamdan yaralgan asar

“Bölaman degiç el bir-birini botirim deydi”. Elning jipsligi, bir-biriga qayişişi haqida bundan ötkazib aytiş qiyin. Aksini esa şoirimiz Şavkat Rahmonning maşhur “Turkiylar” şeʼrida öqiymiz:

Qirqida qirqilgan – imdodga muhtoj,

Yovlarga ters qarab itlarday hurar,

Bir-biriga duşman,

Bir-biridan koj.

“Bir-biriga duşman”lik, “bir-biridan koj”likning sabablari haqida aytişga ojizman, ammo xalqimizning ötmişida bot-bot bunday ayançli qusurlarning böy körsatgani bor gap. Bobo Ravşanning “Şom va tong orasida” qissasida mazkur alam yangilanibdi…

Taʼkidlaş kerakki, uzoqday tuyulsa-da, aslida hali bir asr ham ötmagan tariximizdan tanlangan mavzuda köp yozilgan, ammo Bobo Ravşan qissasidagi taqdirlar yangi, uning nigohi, ifodasi özgaça. Muallif özbekona tutumlarni, xalqçil munosabat şakllarini yaxşi tasvirlagan. Misol uçun, Tangriqul boboni kutib olgan mezbon öğlini çaqirib şunday deydi: “Uyga mehmon keldi! Söng özing berman qara”. Bu yerdagi birgina söz – “söng” otaning aytganida bir neça yumuş borligini – avval onani xabardor qiliş (u esa öz navbatida mehmonni kutib olişga taraddud köradi), söng özining kelişini anglatmoqda. Yaʼni sözlaşda köp çaynalmaydigan otalar haqida yozayotgan muallif ham hijjalab ötirmaydi. Tangriqul bobo tilidan aytilgan “Molimiz qolib, jonimiz bozorga tuşgan”, “Gazandani kallasidan uşlaş kerak”, yoki boşqa personajlar aytgan “Qarindoşning tovuşi qoronğida taniş deb kelaberdik” singari ifodalar adibning xalqona tafakkurni nozik ilğaşidan dalolat beradi. Ayni paytda noörin qöllangan söz va iboralar ham yöq emas. Masalan, Tangriqul bobo bir örinda “Boybova, uzr endi, sizdi bemahal bezovta qildik”, deydi. Menimça, “uzr endi”lar hozirgi davrga kelib ommalaşdi, qissada zamoniga mos lutflar işlatilişi kerak edi.

Mengziyoning tergovçiga böy bermayotganidan jahli çiqqan tilmoç unga dakki beradi: “Alpomiş jon jigaringmidi, bunça tarafini olasan?” Mana, sizga bir xalqning ikkiga ayrilgani: biri Alpomiş timsolida botir va mard oğasini köradi, boşqasi undan osongina tonadi. Menimça, asardagi boş ğoya mana şu – millatni millat qilib turuvçi qadriyatlarning boy berilişi va uning aççiq oqibatlari. Xalqning maʼnaviy ustunlarini mahkam uşlaganlar taqdiri bilan undan voz keçganlar qismati yonma-yon körsatilganday.

Qissada taşvişga botgan, ilinjga muhtoj kişilar tasviri ham işonarli çiqqan. Masalan, Tangriqul bobo ovçi bilan uçraşib, uning bir oğizgina gapidan söng ortiga qaytarkan, öğliga öxşaş taqdir egalari haqida (öğli haqida emas!) eşitgan-bilgan odam topilganidan quvonib borardi. Uyda esa “Bobodan öğli haqidagi xuşxabarni eşitgan Maryam momo ovçini alqab uzoq duo qildi”. Bedarak ketgan farzand doğida kuyayotganlar uçun taxminiy gap ham quvontirarli edi.

“Oqşom çökib, tölin oyning yoğdusi darçadan butun xonaga oqib kirardi”, “Oy esa najot kutayotgan mahbusday panjaraga yuzini qattiq bosib turardi” va boşqa tasvirlarda manzara öquvçi köz oldida yaqqol körinadi. Ammo tasvirlaş emas, tafsilotga berilgani uçun ayrim örinlarda asarning taʼsir kuçi susaygan. Deylik, Mengziyoni Toşqul şöro oldiga solib olib ketar çoği muallif “Ayni paytda Oydin içki bir sezgi ila oldinda katta kulfat kutib turganini his etardi” deya izoh beradi. Holbuki, şöroning tongdan kelişi, uning “taşrif”i deyarli xayrli bölmasligi, qolaversa, Oydinning yiğisi kelgusidagi nedir köngilsizliklardan darak bermoqda, binobarin, adibning bu izohi ortiqçadir. Yoki “Zarifa momo bilan öğli Qobil aka Mengziyoni olib ketgan kuni ham kelib, qarindoşlariga tasalli berib ketişgan edi. Bugun ham Mengziyoning ahvoli ne keçgani, undan biror darak bor-yöqligi haqida biliş uçun kelişgandi” kabi bayonlar ham keraksiz, çunki qarindoşlarning özaro gap-sözidan ham keluvçilar maqsadi anglaşilib turadi.

Toşqul şöro portretiga oid baʼzi çizgilar ham işonçsizroq çiqqan. Masalan, u “hukumatning kuç-qudrati yonida özini kuçliroq şamolda uçib ketadigan tuyaqorinday his etardi”. Holbuki, buning aksi emasmi? Şöroning Mengziyo (va unga öxşaganlar) uyiga oyoq yeçmay kirişi, dağdağa qilişi, özidan yoşi uluğ odamlarni ham mensimasligi aslida uning “hukumat kuçi”dan kuç olayotganini körsatmaydimi? Nazarimda, bunday odam “hukumat kuç-qudrati”ni öziga ham tegişli, hatto özini bu “kuç-qudrat”ning egasi deb biladi.

Asarning oxiri, xususan, Oydinning ölimi va undan keyingi voqealar bayoni tezlaştirilganday tuyuldi. Elmurodning Toşqul bilan duç keliş sahnalari şöroning qiyofasi yanada tiniqroq çiqişiga xizmat qilardi.

Bobo Ravşan öz qissasida körmagan zamon haqida yozdi, ammo bilmay yozmadi. U alamimizni yangiladi, biroq adibning istagi şuki, zora, bu yangirişdan söng jarohatlar bitsa, özbölarçilik, burnidan uzoqni körolmaslik, xudbinlik, zimdan çoh qazişlar tabiatimizda ortiq qolmasa…

Otabek SAFAROV,

tadqiqotçi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)