388 marta körilgan

Yulduzday jimirlar hayot ziynati

Alibek Anvariy

“Kazarmada yozilgan şeʼrlar” daftaridan

Alibekni yaxşi bilaman. U adabiyot qadrlanadigan oilada ösib ungan. Bobosi va otasi filologiya fanlari doktorlari – taniqli odamlar. Şu sabab bu yigitning adabiyotga mehr qöyişi meni ajablantirmagan. U ilk şeʼrlarini menga kötarib kelganiga ham tört-beş yil böldi. Bu bosiq, kamgap yigit şeʼrlari haqidagi fikrlarimni jiddiy, oğrinmay, dars olayotganday sidqidildan tinglagani menga maʼqul bölgan.

Uning sizga tavsiya qilinayotgan şeʼrlari mening qölimga kelib tuşişiga esa Alibekning aloqasi yöq. Jurnaldagi ukalarim “bir askardan şeʼrlar kelgani”ni, uni öqib körişimni söraşdi. Ular muallif bilan tanişligimdan tamoman bexabar ekanlar.

Şeʼrlarini öqidim. Alibek şoir sifatida ösibdi. Yurakdagi his-hayajonni sözga köçirişni uddalay boşlabdi. Satrlar erkin, tabiiy. Zöriqiş yöq. Endi uning şeʼrlarini jurnalxonlarga bemalol tavsiya etsak böladi. Alibek izlaniş va öqib-örganiş bir umrlik iş ekanligini yodda tutsa böldi. Özini özi rad etib ijod qiliş ham unga hamişa yöldoş bölişini juda istar edim. Çunki ijodkor şu tarzda yangilanadi.

Usmon AZIM,

Özbekiston xalq şoiri

***

Kutubxonaçi qizga

Quroldan böşagan qöllarim horğin,

Sekin taqillatar eşigingizni.

Mayin jilmayasiz. Boqasiz yorqin.

Körganday bölasiz qöşiğingizni.

Men alik olaman. Ötaman törga,

Javonlar tirilar – entikar sassiz.

Barça kitoblarni yoğduga burkab,

Qarşimda olovday yonib turasiz.

Tokçadagi qizil – gul emas, hayo,

Nafosat sirpanar qadamingizda.

Sözlasam, mörçalar yugurar göyo,

Çinning çinnisiday badaningizda!

Qarang, sahifalar aro gözallik!

Mana, mening çala qolgan izhorim!

Mana, umrim uçun buyuk afzallik:

Qalbimni poyiga eltganim – yorim!

Varaqlar içidan taralar ifor,

Mangu yaşillikda tovlanar visol.

Faqat muhabbatni tan olgan bahor

Yölimga töşalar poyandoz misol.

Yöq! Ölib bölmaydi bunday farahda,

Sevinçlar karvoni ketmaydi izsiz.

Mening könglim şu bir parça varaqda,

Bir qoşiq qonimdan keçing, oyimqiz!

Tuş

1.

Tun. Kazarma. Jimlik. Yuz yetmiş töşak.

Yuz yetmiş xil orom. Yana şunça tuş.

Jonim, öngimizda ayriliq beşak,

Faqat tuşda kelar yöllarimiz duç.

Zinhor ölçay olmas “Soğinç” degan söz,

Adoğsiz tuyğumning quloçlarini.

Topolmam çoralar aro taşlab köz,

Uyğonmay yaşaşning ilojlarini.

Safdoşlar qolipdan köçgan ğişt misol,

Yuz yetmiş xil orom. Yana şunça tuş.

(Ular tuş körişni bilmas, ehtimol)

Men-çi, kaftlaringdan tutaman baxtxuş.

2.

Tugmaday yeçildi bedor hislarim,

Könglimni kötardi lahzalik epkin.

Saboday öynaydi soçing islari,

Kipriging yuzimni siypalar sekin.

Na qadar tirildim! Behiböyginam,

Öngimdan ortiqdir bu tuş qiymati.

Sening közlaringda, muşfiqröyginam,

Yulduzday jimirlar hayot ziynati.

Nelar söylaganim qolmagan yodda,

Ammo tabassuming çiqmas esimdan.

Sening ohang kabi diltortar, sodda

Lutfing mehr bölib çöğlanar zimdan.

Mana, özimizning qadrdon anhor!

Öq yangliğ otilar yomğir oqimga.

Yomğirpöş ostiga çekingan izhor

Iforday qöşilib ketar ruhimga!

3.

Tun. Kazarma. Jimlik. Jami quroldoş

Göyo qörib yotir laziz tuşimni.

Kulgiçing sehriga berolmay bardoş,

Tuşda ham yöqotdim aqlu huşimni.

Dudoqlar jör bölar şu on navoga,

O, qöşiq! Keçirgil… yurak qonmadi.

…Posbon qiçqiradi: “Vzvod, Trevoga!!!”

Uyğonişdan boşqa çoram qolmadi!

***

“Payqamaydi”, deb öylar şamol,

Köz yoşimga turtinib ötdi.

– U sezmaydi, – dedi, – telbahol. –

Jiyda gullar iforin tutdi.

“Şeʼr yozaylik”, – imlar bulutlar:

“Köz yoşingga bölay qofiya…”

Guldiraklar könglimni qutlar,

Ufq lavhida siniq hoşiya!

– Meni sez! – der keskin manzara,

Savalanar bir çetda yalpiz.

– Meni sez! – der lablari yara, –

Sezganimdek men seni yolğiz.

Tarnovlardan oqqan tarona,

Mungiga jör bölmoğim istar.

Yuragimga anduh parvona,

Qoğoz-qalam olmoqqa qistar.

Bir sidraga sizilar borliq,

Bir martaga poklanar qalbing.

Men ketaman boşimni olib,

Men ketaman, lahzalar… qalqing!

Men ketaman, hayrat hududi,

Turgil ortda qolmoqlikka şay!

Men ketaman, labingdan xuddi

Heç narsani payqamaganday!

Intervyu

Bu sigaretning yarmini

şamol çekdi.

Bu orzuning yarmiga

armon tegdi.

Bu tuşlarning yarmini

hijron kördi.

Bu davronning yarmini

soğinç surdi.

Bu öyinning yarmidan

boşladi qismat,

Bu umrning yarmini

yaşadi ğaflat.

Alibek ANVARIY

1994-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universtining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Şeʼrlari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan çop etilgan “Biz istiqlol farzandlarimiz” nomli yoşlar bayoziga kiritilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.