(Hikoya)
Ön tört yoşimda birinçi marta daraxt bilan suhbatlaşganim esimda. U olma daraxti edi, xuddi buvim singari allaqaçon oltmişdan oşgandi. Odamlar uni Xazarula deb ataşardi.
Ilgari buvim har qişda Xazarula olmalaridan Tbilisiga olib kelardi. Ertalabki birinçi poyezdda şahar vokzaliga tuşar, u yerdan töğri biznikiga yöl olardi. Buvimdan qişloqning xuşböy, yoqimli hidi ufurib turar, meni köksiga mahkam bosib quçoqlab, keyin yotarjoyimga muştdan kattaroq körimsiz olmani taşlardi:
– Ma, ol, nena1, hovlimizdagi Xazaruladan senga sovğa, xuddi Dapinoga öxşab burişib ketgan bölsa ham, bundan yaxşi olma yöq. YE, bolam, ha, dardingni olay-a, bolajonim-a.
Olma çindan ham juda mazali edi.
Uruş boşlanganidan söng men qişloqqa – buvimnikiga köçib keldim va bu yerda Xazarula bilan şaxsan tanişdim. Daraxtning baʼzi joylarini qurt yegan, lekin hali baquvvat va körkam bölib, sersoya şoxlarini keng yoyib turardi. Şoxlariga osilgan çömiç, xumça va köza daraxtga özgaça çiroy bağişlardi. Lekin, bilişimça, Xazarulamiz endi gullamay qöygandi.
Qirq ikkinçi yil bahorining boşlari edi. Bir kuni buvim meni erta tongda uyğotdi. Uning qölida qiliçdek ötkir, yaltiroq bolta bor edi.
– Ha, buvi, meni çopmoqçimisiz? – dedim jörttaga yiğlamsirab va körpaning içiga berkindim.
– Maynavozçilik qilma, tentak! – baqirdi buvim jahli çiqib. – Quloğingdan tortib sudramasimdan öringdan tur… Tur, işingni boşla…
– Erta tongda qanaqa iş? – aççiqlandim men. – Yana nima baloni öylab topdingiz?
– Meni pisand qilmayapti, erkak kişining qölini his qilib körsin, – tönğilladi buvim çimirilib.
– Buvi, kim haqida gapiryapsiz?
– Hah, mutruki2, hazil-mazaxdan boşqa narsani bilasanmi? Tur, dedim!
– Mana, turyapman. Faqat kim haqida gapirayotganingizni ayting, – dedim men va kiyina boşladim.
– Kim bölardi, Xazarula haqida gapiryapman-da. Yaramas, uyati ham, vijdoni ham yöq. Şunaqayam yuzsizlik böladimi? Ayni oçarçilik paytida-ya?!
– Daraxt haqida… gapiryapsizmi?.. – hayratdan tilim gapga kelmay qoldi.
– Ha, daraxt haqida, daraxt haqida.
– Olmani aytyapsizmi? – hanuz quloqlarimga işongim kelmasdi.
– Axir, mevasiz daraxt ham daraxtmi?
– Xöp, men nima qilişim kerak? Uni kesişim kerakmi?
– Yöğ-ye, nega birdaniga kesarkanmiz. Oldin qörqitib köramiz, foydasi bölmasa, keyin kesib taşlaymiz.
Buvim menga Xazarulani qanday qörqitişim zarurligini tuşuntirib, boltani boş tomonimga suyab qöydi va eşik tomon yurdi.
– U meni eşitadi deb öylaysizmi? – tirjaydim men.
– Agar ziğirça aqli qolgan bölsa, eşitadi.
– Özingiz qayerga ketyapsiz?
– Sizlar yolğiz gaplaşişlaring kerak, – dedi buvim va taşqariga çiqib ketdi.
Örnimdan turib, boltani yelkamga qöygança marani3ning ustiga çiqdim va Xazarulaning röparasiga kelib töxtadim. Uning tagidagi nam tortgan yer çopişga tayyor bölgandi. “Qiziq, daraxt xaqiqatan ham odamni eşitarmikan”, deb öyladim va kulib qöydim. Keyin boltani oldim-da, kuç bilan daraxt tanasiga tiradim.
– Kesaymi, kesmaymi? – deb söradim bir neça marta baland ovozda.
Nihoyat uzoq öylanişdan söng boltani pastga tuşirdim va şunday baralla gapirdimki, meni Xazarula tugul, toşlar va yerda kömilib yotgan köza ham eşitdi.
– Mayli, bilganingni qilaver, – deb ogohlantirdim söng, – yana bir yil kutaman, şundayam meva qilmasang, özingdan kör. Tag-tuging bilan köçirib taşlayman.
Xullas, buvimning topşiriğini qoyilmaqom qilib bajardim. Ammo Xazarula pinagini ham buzmas, xotirjam edi. U endigina çiqayotgan quyoş nurlarida isinmoqçi bölgandek, butun tanasi bilan yuqoriga intilayotganga öxşardi.
Bu safar endi buvimning ustidan emas, özimning ustimdan kuldim. Boltani yerda yotgan tönkaga zarb bilan sançdim-da, ortimga qaytdim.
– Qalay böldi? – söradi buvim.
– Uni ölgudek qörqitdim. Körmayapsizmi, beçora haliyam qaltirayapti, – deb javob berdim va buvimni daraxtga qaraşga undadim.
Şunda men ovoz çiqarib kulib yubordim – Xazarulaning tanasi rostdan ham titrayotgan edi!..
Şarq tomondan şamol esardi.
Toğlarga katta odimlar bilan bahor keldi. Gubazauz örmonidan bir nazar taşladi-da, töğri hovlimizga kirdi. Xuddi qiyiq qizga öxşab etagini sal kötargança yaşil ötloqlarni bosib-bosib ötdi. Hamma-hammani – mol-hol, quşlar, ösimliklarni ham aqldan ozdirdi. Hayot qaynay boşladi.
Buvim meni yana saharda uyğotib, Xazarulaga qaraşimni söradi.
Oq-puşti libosdagi salobatli Xazarula biz tomonga istehzo bilan qarab turardi.
– Senga aytgandim-ku! – buvimning sevinçi içiga siğmasdi.
– Nahotki, aqlga siğmaydi-ya! – deb ajablandim men.
Xazarula çaman bölib gullagan edi. Unga har yoqdan asalarilar kelib qönardi. Vaqt ötişi bilan şoxlar son-sanoqsiz meva tugdi. Olmalar asta-sekin tölişib, pişa boşladi. Xazarula yil böyi bizni va qöşnilarimizni olma bilan taʼminlab turdi. Olma çaynayverib hatto mollarning ham tişi qamaşib ketdi. Bir kuni savat töla olmani Teofan Dugladzening sigiriga olib borganim yodimda.
– Böldi, bas qil, sigirni tinç qöy! – haddan taşqari ğamxörligimdan Teofanning jahli çiqdi. – Bu ketişda hademay sut örniga olma şarbat soğib olamiz.
– Qanday qilib butun qişloqni lol qoldirding, Xazarula? – söradim qiş arafasi daraxtning uçidagi quş çöqigan olmani olayotib.
– Mevali daraxt bölsang, buning ustiga, olma bölsang, şunday qilişing kerak! – dedi u qarigan böğimlarini ğiçirlatib.
Bu yil uzoq vaqtgaça yodimizda qoldi: Xazarula qaytib meva bermadi. Uni qançalik qörqitmay, qançalik döq urmay, hatto yalinib ham kördim – foydasi bölmadi. Xazarulaning xazarulaligi yöqoldi.
Ikki yildan keyin, xumdan musallas olayotganimizda buvim tösatdan osmonga, söngra Xazarulaga qaradi va boş çayqab, menga xuddi begonaga gapirayotgandek dedi:
– Bugun qor yoğadi, ötinimiz esa tugagan. – Uning ovozi titrar edi. – Sovuqdan tamom bölamiz, Xazarulani kesiş kerak.
– Yana bir yil kutaylik, buvijon, keyin kesarmiz, – yalindim men. – Uni yana qörqitib köraman…
– Uning kuni bitgan, nena, heç narsa bilan qörqitolmaysan.
– Yöq, – dedim men, – uni kesa olmayman.
– Nega?! – buvimning jahli çiqdi. – Mening gapim senga bir pulmi?
– Yöq, buvi, unday emas… Baribir uni kesolmayman.
– Voy, nega? – ajablandi buvim.
– Axir, özingiz aytmaganmisiz, daraxt hamma narsani eşitadi deb?!
– Odam qariganda nimalar deb aljiramaydi. Yaxşilab quloq sol. Baʼzan bir daraxtni deb odam odamni eşitmaydi… Frontda esa odamlar bir-birini öldirib yotişibdi. Men öşanda hazillaşgan edim, uni esingdan çiqar.
– Yöq, – qattiq turib oldim men. – Bunday qilolmayman. Menimça, daraxt eşitişdan taşqari körişi ham mumkin. Qarang, u bizga ters ögirilyapti.
– Yo tavbangdan ketay! Nimalar deydi-ya bu bola?! Bunaqa gaplarni eşitgandan köra kar bölganim yaxşi edi, – yiğladi buvim va jahl bilan peşanasiga şapatiladi. – E-e, bor-ye, sendan foyda yöq. Sen xomkallani boplab laqillatgandim. Özi bir adabingni berib qöyiş kerak. Hoy qöşnilar! Hoy yaxşilar! Bu bola esidan oğib qopti! Zanjirga boğlaş kerak buni! Adoyi tamom böpti! – U endi bor ovozi bilan hay-haylaşga tuşgandi.
– Ey Kalandadzening bevasi! Boladan nima istaysan? – qiçqirdi uning dod-voyiga javoban çetan devorlar orasidan ketib borayotgan Ananiya Salukvadze va hovlimiz tomonga burildi.
– Eh, Ananiya, özing öylab kör, avvalgi yili nabiramni meva bermaydigan Xazarulani qörqitib qöyişga köndirgandim. Endi esa uni kesib taşlaşini sörab yalinsam ham, unamayapti. Bilasanmi, nimaga? Daraxt hamma narsani körib, eşitib turarmiş… He, örgildim! – dedi buvim aççiqlanib va mehmonga bir stakan vino uzatdi.
– Salom alaykum. Xudo quvvat bersin, – buvimni duo qildi Ananiya Salukvadze va musallasni şunday zavq bilan içdiki, körib oğzimning suvi keldi.
– Köradi… Eşitadi, degin? – takrorladi Ananiya tovlanib turgan sarğiş soqolini silab.
– Şuning özigina emas, bu ahmoq daraxt gapirişi mumkinligiga haliyam işonadi, – nolidi buvim. – Lekin uning aybi yöq, men özim uning miyasini aynitganman. Endi, mana, şu ahvolga tuşib ötiribman.
– Nabirang mabodo ertalabda vino-pinodan tatib körgani yöqmi?
– Ha, bir-ikki stakan içvoganga öxşaydi, – javob qildi buvim: unda tösatdan umid uçqunlari paydo böldi.
– Unday bölsa, musallasingdan menga yana bitta quy-çi, Darejan, – jilmaydi Ananiya. – Bolani sen yoki vino aqldan ozdirganini aniq aytib beraman.
Buvim stakanni töldirdi. Ananiya uni bir kötarişda böşatdi.
– Menimça, Darejan, – deb gap boşladi u uzoq töxtamdan söng, – ikkalangiz ham uni aqldan ozdirgansiz: sen ham, vino ham. Lekin oxirgi qarorimni aytişim uçun yana bir stakan quy.
Buvim yana musallas quydi, ammo öşa paytda Ananiyaga şunday köz bilan qaradiki, agar uning örnida bölganimda, idişga lab tekkizgani ham qörqqan bölardim. Lekin Ananiya heç narsa bölmagandek uçinçi stakanni ham içib bitirdi. Bu safar u öz hukmini darhol aytdi.
– Bolaning nima uçun aqldan ozgani menga hoziroq ravşan böldi, – dedi u musallasni körsatib. – Daraxt hamma narsani körib turişiga işonasan-a, töğrimi?..
– Ha! – tasdiqladim men.
– Toş-çi?
– Toş ham.
– Daryo-çi?
– U ham…
Ananiya mening haqqimga duo qildi, söng buvim tomonga ögirildi:
– Ha, ana, hammasi tuşunarli, Darejan. Aytaylik, sen daraxtsan… Aytaylik, ana şu Xazarulasan. Agar sen, nevarang aytganidek, körsang, eşitsang… menga öxşagan, bolta kötargan kişini darrov payqamasliging mumkin emas. Odam senga yaqinlaşadi va çopmoqçi böladi. Tuşunyapsanmi? Çopmoqçi böladi. Hammasini körib, bilib turasan-u, lekin qoçib ketolmaysan. Bunday paytda aqldan oziş heç gapmas-ku, töğrimi? – dedi Ananiya va böş stakanni uzatdi, ammo buvim bu safar negadir şoşmadi. – Quysang-çi, tezroq! – deb qiçqirdi Ananiya. – Senga aytişim kerak bölgan narsalarning köpi hali oldinda.
Buvim stakanni tölatdi.
– Sen-çi, bolakay, şaharlik bölsang ham, – deb menga yuzlandi Ananiya, – bizning qişloqça hikmatlarimizni örganib olişing kerak. Dehqon uçta narsani qöl ostida saqlab turmasligi zarur: nasl qoldirmaydigan hayvonni, meva bermaydigan daraxtni va farzand körmaydigan… – şu yerga kelganda u buvimga tikilganiça ikkilanib qoldi.
– Menga baqrayib qarama, Ananiya, – kuldi buvim. – Gapingni oxirigaça ayt, uyalma. Öğlim bölmaganda qayerdan nevara körardim?
– Gaping töğri… Xullas, uçinçisi – farzand körmaydigan xotinni… Buving Darejanning yetti farzandi bölgan. Ha, şunaqa…
– Mendan nima istaysiz, Ananiya toğa? – söradim undan.
– Nega daraxtni kesmayapsan? – savolga savol bilan javob berdi u.
– Unga rahmim kelyapti.
– Demak, bolakay, daraxtga açinyapsan. Sen tengqur bolalar frontda tanklar tagida yotibdi, sen bölsang…
– Ha, davlatimizga oğir. Bunaqa oğzidan ona suti ketmagan gödaklar bilan Hitlerni yengib bölarmidi?
– Yöq, bunaqa gaplarni gapirma, Darejan, – Ananiyaning birdan jahli çiqdi.
– Gapirmay böladimi? Ölar holatda bölmaysanmi, bu bola tovuq tugul, hatto jöjayam söyib bermaydi. Ana, daraxtni kesmay ötiribdi, rahmi kelayotganmiş. Kezi kelganda aytay, ikki yil oldingi Yangi yilda bir jonliqning böğziga piçoq tortgandi. Beçora jonivorni bu yili Intabuyetida topişibdi. Böynida piçoq lökillab turganmiş. Şuyam işmi endi? E-e… – deb zorlandi buvim.
– Buving rost gapiryaptimi, jiyan? – deb söradi Ananiya.
– Ha, rost, Ananiya toğa. Faqat menga behuda nasihatgöylik qilmang, baribir Xazarulani kesmayman.
– Rahming kelyaptimi, bolakay?
– Nima, rahmim kelmasinmi?
– Bilganingni qil, rahmdil! Yana bir stakan quy, Darejan. Ertaga ertalab Xazarula yerga ağnab yotgan böladi. Özim ertagayoq kesib taşlayman: bugunça qölim tegmaydi.
Ananiya buvim quygan musallasni içdi.
– Darejan, senda mabodo gazak topilmaydimi? – yöl-yölakay söradi u.
– Gazakka tayoq yeyişni xohlamaysanmi? – dedi buvim kesatib.
Ananiya indamay hovlidan çiqdi va qişloq yöli böylab sekin yuqoriga keta boşladi.
– Ey, Ananiya, u yoqda nima qilasan? – qiçqirdi buvim. – Pastga ketayotgan eding, şekilli.
– Ha, pastda işim boridi, Darejan, – deb tan oldi Ananiya. – Lekin raisimizning daraxtlari rosa gullabdi. Boğbonçilikka esa, bilasan, men kerak bölaman.
U qöl siltadi.
– Unday bölsa, qadrli Ananiya, Şakroianing qörasiga suyanaqol, – dedi buvim uning qadam taşlaşidan xavotirlanib. – Meniki özi zörğa turibdi.
U bir hatlab qişloq yöliga ötdi va Şakroia Mikaberidzening panjarasiga suyanib oldi. Yana yölga tuşdi-yu, birdan töxtab, menga qaradi:
– Ey jiyan, – deb çaqirdi meni. – Demak, sening Xazarulang körar ekan-da?.. Sen özi… Xazarulangni hoziroq, – qiqirlab kuldi u. – E, közim heç baloni körmayapti-yu.
Ananiya gandiraklagança ohista qadam taşlab olisladi.
Men haq edim. Çurq etmay turgan bargsiz daraxt hammasini körgan va eşitgandi. Xazarula yarim tungaça öyladi. Yarim tunda yuragini qattiq siqimladi, ildizlarini tortdi. Ildizlar qurşovida qolgan xum larzaga keldi. Xazarula buni sezdi va ildizlarini yanada qattiqroq qisdi… loydan yasalgan xumning yonboşi ezildi, lekin sinmadi. Xazarula ildizlarini oldingidan ham mahkamroq qisdi, közada birinçi yoriq paydo böldi. Undan qizil suyuqlik sizib çiqib, daraxtning uzun tomirlarini suğora boşladi. Xazarulaning butun tanasini dahşatli titroq bosdi. Lekin asta-sekin bu titroq tuşunib bölmaydigan yoqimli qaltiroqqa aylandi. Halokati muqarrar va taşna daraxt közaga mahkam yopişdi, qizil suyuqlik uning tomirlari böylab oqa boşladi. U yaqin yetmiş yildan beri ildizlari orasida saqlab kelayotgan möjizaviy suyuqlikni şimiy boşladi: ötgan şunça yildan beri heç narsadan xabarsiz daraxt uni hayotbaxş yerosti şoxlari içida ardoqlab kelgandi… Uni qançalar himoya qilib, asrab kelgandi-ya!.. Qizil suyuqlik közaning yoriğidan tinimsiz şarillab oqardi. Xazarula közani yanada qattiqroq siqdi, ajoyib suyuqlikni töyib-töyib içdi. Uning ğalati, yoqimli titroqdan qaltirayotgan tanasi issiqlik va quvonçga töldi. Xazarula dunyodagi jamiki narsani unutib, qayta-qayta içdi… Oxiri sarxuş holga keldi, dunyo köziga gözal körina boşladi!
Möjiza yuz berdi!.. Kun yorişgunça köza böşadi, Xazarula oxirgi tomçini içdi, şunda unga odamning va ğalati suyuqlikning siri maʼlum böldi. Yöq, u endi nega odamlar bir-birini quçoqlaşiga, qölida kosa tutgança yiğlaşiga, bir-birini quvlab, janjallaşişiga, kulişişiga, qöşiq kuylaşiga umuman ajablanmaydi. Odamlar bir-birining qölini tutib uning atrofida raqs tuşişi, közani yaxşilab yuvişi va eʼzozlab yana ajoyib suyuqlik bilan töldirişi ham endi uni hayratlantirmaydi. Xazarula barçasini tuşundi, şunda uning özi ham ölguniça kuylaşni, yiğlaşni, yugurişni, raqs tuşişni xohladi… Lekin bularni qanday qilib bajarişi mumkin? Beçora Xazarula, axir u odam emas, daraxtligiça qoldi-ku. Şunda u qölidan kelgan hamma narsani qildi – ertalabgaça u yoq-bu yoqqa silkinib, guvillab turdi.
Tongda esa… Tongda yonboşiga tegayotgan ovozsiz zarbani his qildi. U sira oğriq sezmadi, şuning uçun zarbaga eʼtibor bermadi… Keyin narigi yonboşida ham xuddi şunaqa zarbani his qildi, lekin bunga ham parvo qilmadi… Uning tanasiga ketma-ket zarbalar kelib tuşdi. Oradan bir soatdan oşiq vaqt ötdi. Nihoyat, allaqanday kuç uni öngga, çapga oğdirayotganini angladi. Bosim yanada kuçaydi, çöziq va kuçli ğirçillagan ovoz eşitildi… Xazarula dastlab sekinlik bilan egildi, keyin tösatdan böşaşganiça özini yerga taşladi. Endi u faqatgina qöllari, yelkalarining ğiçirlaşini, böğimlari va suyaklarining singan tovuşinigina eşitdi… Lekin u zarraça oğriq tuymadi, közlarini yumib, çuqur va şirin uyquga ketdi.
– Tur, tur örningdan, toyçoğim! – uyğotdi buvim. – Ananiya tong qoronğisida Xazarulani kesib yiqitdi. Boltani olib, heç qursa şoxlarini buta, – dedi-da, oşxonaga çiqib ketdi.
Buvimning sezgirlik qobiliyati pand bermadi. Keçasi rostanam qor yoğibdi. Qişloq xuddi oppoq köylakdagi kelinçakka öxşab qolgandi. Faqat bizning hovli motam tutayotgandek edi göyo: maranida novdalari singan, yaqinda kesilgan ulkan Xazarula yotardi. Bu manzarani körib könglim maʼyus tortdi. Maraniga kötarildim va şoxlarni butaşdan oldin daraxtning kesilgan joyiga kelib ötirdim. Ötirib, sinçiklab qaradim va dong qotib qoldim: kesik tomirlardan qondek qip-qizil suyuqlik tomçilab turardi.
– Buvi! – qiçqirdim men.
– Nima deysan? – derazadan boş çiqarib qaradi u.
– Bir daqiqaga bu yoqqa keling.
– Nima böldi?
– Keling, özingiz körasiz.
– Nima bu? – söradi buvim hayron bölib.
– Menimça, daraxtning qoni bölsa kerak, – javob qildim titroq ovozda.
– Bölişi mumkinmas, hozir yanvar-ku, hamma daraxt uyquda böladi. Faqat fevraldan keyin daraxt tanasiga şira keladi, – dedi buvim.
U suyuqlikka barmoğini tekkizdi-da, hidlab kördi. Tösatdan rangi oqarib menga qaradi.
– Xumni oç! – buyurdi menga.
Men darhol yerga kömilgan xumning ustidagi toş va qopqoqni olib taşladim. Buvim ikkalamiz şoşib uning içiga qaradik. Xum böm-böş edi!..
– Ey Xudo, özing rahm qil, bizni aqldan ozdirma! – iltijo qildi buvim. Uning ovozi titrar edi. Qöllarini yuqoriga çözgança, yerga tizzaladi.
Sovuqdan dir-dir qaltirayotgan Xazarula közlarini oçdi. Unga dunyo ostin-ustin bölib ketganga öxşab tuyuldi. U ajablandi. Dastlab hammasiga ğalati qizil suyuqlik aybdor deb öyladi. Lekin şu payt boltaga tirsagi bilan suyanganiça, boşini egib ötirgan ğamgin öspirinni, sal nariroqda, oğzi oçiq xumning röparasida, oppoq qorda tiz çökib, qöllarini osmonga kötarib ötirgan kampirni kördi-yu, özining jonsiz Xazarula ekanini tuşundi va közlarini yumdi.
Xazarula mangu uyquga ketdi.
Nodar Dumbadze
(1928-1984)
Atoqli gruzin yozuvçisi Nodar Dumbadze özbek öquvçilariga yaxşi taniş. Uning “Nişonga tegmagan öqlar” (“Kukaraça”), “Abadiyat qonuni”, “Qörqmang, onaginam”, “Oq bayroqlar”, “Ellada” (“Hellados”) kabi asarlari allaqaçon kitobxonlarning köngil mulkiga aylangan. Dumbadze ijodiga insonparvarlik, oqibat, mehr-muhabbat tuyğulari singib ketgan.
Rus tilidan
Mirjalol MADVALIYEV
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


