Uşbu 2017-yilning 30-iyun kuni mamlakatimiz yoşlari hayotida öçmas iz qoldirgani aniq. Negaki, aynan şu kuni Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev yoşlar vakillari bilan uçraşib, yangi, mutlaqo zamonaviy mexanizm asosida faoliyat yuritadigan Özbekiston yoşlar ittifoqini tuziş taklifini berdi.
Yurtimiz yoşlarining manfaatlarini himoya qiliş, ularning orzu-istaklarini röyobga çiqariş, yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşayotgan kelajak egalarini har jihatdan qöllab-quvvatlaş kabi ezgu maqsadlarni öz vazifasi etib belgilab olgan Yoşlar ittifoqi nainki vatanimizda yaşayotgan yoşlarni, balki çet elda öqiş va işlaş uçun vaqtinça istiqomat qilayotgan yoşlarimizni ham eʼtibordan çetda qoldirayotgani yöq.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Vazirlar Mahkamasi, bir qator vazirlik va idoralar, Din işlari qömitasi masʼul xodimlari, sanʼat sohasi vakillaridan iborat bölgan, Davlat maslahatçisi, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisi Qahramon Quronboyev rahbarligidagi 21 kişilik delegatsiya 30 oktyabrdan 9 noyabrgaça Rossiya Federatsiyasida bölib, minglab özbek yoşlari bilan yuzma-yuz uçraşdi.
Uşbu rasmiy taşrifga bir oy tayyorgarlik körildi. Dastavval Rossiya Federatsiyasida rasmiy va norasmiy mehnat qilayotgan migrantlar va tahsil olayotgan talabalar haqida maʼlumot töplandi. Bu maʼlumotlar hududlar kesimida tahlil qilindi, umumlaştirildi.
Oçiğini aytiş kerak, köpçilik yoşlarimiz işsizlik sabab aynan uşbu davlatga ketişgan. Ammo oralarida tayinli işga ega bölmasdan, faqat kun köriş uçun musofirlik azoblarini çekib yurgan vatandoşlarimiz ham yöq emas. Holbuki, ular özimizda işlab, bundan köproq mablağ topişlari, eng muhimi, oila aʼzolari yonida bölişlari mumkin edi. Şu bois ularga tavsiya qiliş uçun Yoşlar ittifoqi tomonidan respublikamizda mavjud 65 mingga yaqin manzili va oylik maoşi aniq körsatilgan böş iş örinlarining röyxati tayyorlandi.
Delegatsiya ön kun davomida Novosibirsk, Sankt-Peterburg, Astraxan va Moskva şaharlarida bölib, özbek yoşlari bilan uçraşdi. Uçraşuvlarga kela olmaydigan yoşlar uçun Telegram ijtimoiy tarmoğida https://t.me/xorijdagiyoshlar kanali taşkil etildi, bu harakat köp sonli yoşlarning muammolarini örganişda yanada qulaylik yaratdi.
Ilk manzil – Novosibirsk
Musofirlikda qiyinçilik bilan rizq terib yurgan odamni öz yurtidan kimdir yöqlab borsa, boşi osmonga yetişi, Vatani uning manfaatlarini himoya qilayotganini eşitsa, könglida yoruğlik, minnatdorlik hislari uyğonişi aniq…
Novosibirsk Rossiyaning eng sovuq hududlaridan biri bölib, turli davlatlardan keladigan fuqarolar mavsumiy işlar bilan şuğullanişadi. Ular orasida özbekistonlik fuqarolar ham bor. Maʼlum bölişiça, bu yerda rasmiy va norasmiy mehnat qiladigan özbek yoşlari köpçilikni taşkil qiladi. Şu sababli ilk rasmiy uçraşuv Novosibirsk mehnat migratsiyasi taşkiloti vakillari bilan böldi. Unda özbek migrantlari ham iştirok etdilar. Muloqotlar davomida bu yerda mehnat qilayotgan hamyurtlarimizning fikr-mulohazalari, yeçimini kutayotgan muammolari tinglandi. Uşbu muammolarning hal etilişi borasida Novosibirsk mehnat migratsiyasi taşkiloti bilan kelişuvlarga erişildi.
Şundan söng delegatsiya aʼzolari mehnat migrantlari yaşaydigan turarjoylarga kirib bordi. Yuk taşiş uçun möljallangan vagonlarda yaşayotgan hamyurtlarimizni körib, oçiği, ham açindik, ham oğrindik. Hatto ovqatlaniş, yuviniş ham şu joyning özida ekan. Ayrim migrantlar qöşnilari, döstlarining qistovi bilan şoşilinç yölga çiqqanligi, yonlarida puli bölmaganligi va oxir-oqibat iş beruvçidan qarzdor bölib, fuqarolik pasportlarini oldirib qöyganlarini maʼlum qilişdi. Delegatsiyaning migratsiya böyiça maxsus vakili tomonidan 10 nafar yurtdoşimizning vatanga qaytişi böyiça kerakli çoralar körildi. Önlab yoşlarning bir neça oy davomida olinmagan iş haqlari masalasi ham ijobiy hal qilib berildi.
Novosibirskda 12,5 ming nafar özbek yoşlari istiqomat qiladi. Ularning aksariyati mehnat qiliş uçun kelgan. Delegatsiya aʼzolari safarning har daqiqasidan unumli foydalanib, kun böyi yurtdoşlarimiz mehnat qilayotgan joylarda bölişdi. Aytaylik, Novosibirsk bozorlaridagi savdogarlarning yarmidan köpini Özbekiston fuqarolari taşkil qilar ekan. Ular orasida yoşlar ham bor. Namangan, Andijon, Farğona yoşlaridan iborat savdogarlar guruhi bilan yoşlar yetakçisi oçiq va samimiy muloqot ötkazdi. Ularning taʼkidlaşiça, internet orqali Özbekistonda bölayotgan voqealardan, xususan, Yoşlar ittifoqining Rossiyaga taşrif buyurganidan ham xabardor ekanlar. Ammo delegatsiyaning aynan özlari savdo qilayotgan bozorga kelişini kutmagan yurtdoşlarimiz uçraşuvdan mamnun bölişdi…
Şundan söng Sibir boşqaruv institutida özbekistonlik talabalar bilan oçiq muloqot taşkil etildi. Novosibirskdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 1500 ga yaqin yoşlarimizdan 457 nafari uşbu muloqotda iştirok etdi. Uçraşuv davomida talabalar, garçi özlari çetda bölişsa-da, Vatan, Xalq va Prezident ularni qöllab-quvvatlayotganidan mamnun ekanliklarini aytib, minnatdorlik bildirişdi.
Uçraşuv davomida talabalar mavjud şart-şaroitlar, maqsad va rejalari hamda özlarini qiynayotgan muammolar, aytaylik, konsullik bilan boğliq masalalar, turli rasmiy hujjatlar böyiça muammolar haqida sözlaşdi. Uçraşuvdan söng talabalar istiqomat qilayotgan uylarda bölib, yoşlarimizning yaşaş şaroiti bilan yaqindan tanişdik.
Ikkinçi manzil – Sankt-Peterburg
Safarimiz Sankt-Peterburg şahrida davom etdi. Transport universitetida taşkil etilgan oçiq muloqotda Sankt-Peterburgdagi barça oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va özbekistonlik talaba yoşlar iştirok etdilar. Bu yerda ham yoşlarimiz manfaatlariga daxldor masalalar örganib çiqildi. Muloqotlar davomida universitet rahbarlari, şuningdek, professor-öqituvçilar ham sözga çiqib, özbek yoşlarining bilimga çanqoqligini, eng ilğor va salohiyatli talabalar safida ekanligini taʼkidlaşdi.
Şundan söng Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavçenko Smolniyda Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisi Qahramon Quronboyev boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi. Muloqot davomida Poltavçenko mehnat migratsiyasini muvofiqlaştiriş, turizmni rivojlantiriş, madaniy-tarixiy yönalişda qöşma loyihalar taşkil etiş, yoşlar taşkilotlari va oliy öquv yurtlari örtasida hamkorlikni yölga qöyiş har ikki tomon uçun juda muhim ekanligini taʼkidladi va Özbekiston hukumatining yoşlarga qaratayotgan eʼtiborini yuksak baholadi. Qahramon Quronboyev Özbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburgga yoşlar siyosati böyiça hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqiş uçun taşrif buyurganini maʼlum qildi. Öz navbatida, Georgiy Poltavçenko ham öqiş yoki işlaş uçun bu yerga kelgan özbek yoşlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaşini alohida taʼkidlab ötdi. Şuningdek, gubernator millatlar va dinlararo tinçlik-totuvlikni, barqarorlikni mustahkamlaşda Sankt-Peterburgdagi «Özbegim» markazining mavqeiga yuksak baho berdi.
– Işonçim komilki, bugungi uçraşuvimiz va hamkorligimiz asnosida rejalaştirayotgan tadbirlarimiz kelgusida mamlakatlarimiz munosabatlari rivojida muhim örin tutadi, – dedi gubernator uçraşuv söngida.
Safar kunlari ommaviy axborot vositalari tomonidan noxuş xabar tarqaldi: «Narodniy» supermarketida işlayotgan Tojikiston va Özbekiston fuqarolari zaharlanib, şifoxonaga tuşibdi. Delegatsiya bu xabarni eşitgaç, öz dasturiga özgartiriş kiritib, 33 nafar bemorni borib kördi. Ularning faqat 2 nafari Özbekiston fuqarosi ekan. Şohjahon Ibragimov özini yaxşi his qilayotgani uçun şifoxonadan ruxsat berildi. Nargiza Qarşiyevaning hayotiga ham kasallik rahna solayotgani yöq – u ham tez kunlarda şifoxonadan çiqişi maʼlum böldi.
Delegatsiya aʼzolari Sankt-Peterburgda ham bu yerga işlaş uçun kelgan yurtdoşlarimiz bilan uçraşdi. Uçraşuvda qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, yöqolgan fuqarolik pasportlari mehnat muhojirlarining Vatanimizga qaytişiga tösiq bölayotgani aytildi. Bu masala yuzasidan delegatsiya aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi boşliği Badriddin Şorixsiyev ularga kerakli tavsiyalarni berdi. Suhbat davomida mehnat muhojirlariga amaliy yordam körsatiş va ularni Vatanga qaytariş böyiça tizimli işlar olib borilişi taʼkidlandi.
Sankt-Peterburgdagi muhtaşam teatr binosi. 500 kişilik zal turli oliy taʼlim muassasalarining özbekistonlik talabalari va hududdagi mehnat migrantlari bilan liq töla. Delegatsiya aʼzolari yiğilganlar bilan qariyb bir yarim soat oçiq muloqot ötkazdi. Özbekistonda olib borilayotgan yoşlarga oid davlat siyosatining mohiyati, bugungi kunda yoşlar uçun yaratilgan şaroitlar, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş uçun amalga oşirilayotgan islohotlar mazmuni sodda, samimiy tilda tuşuntirildi. Öz navbatida, yiğilganlarning munosabatlari, fikr-mulohazalari örganildi.
Samimiy ruhda ötgan uçraşuv davomida öttiz nafarga yaqin yoşlar Özbekistonga qaytişga qaror qilganlarini aytişdi. Jumladan, bu yerda işlayotgan uç nafar malakali şifokor ham endilikda bor iqtidorini Özbekistonda körsatib, yurtdoşlarimizning salomatligini yaxşilaşga hissa qöşadigan böldi.
Oçiq muloqotdan söng elimiz ardoğidagi sanʼatkorlar iştirokida konsert dasturi uyuştirildi. Millatdoşlarimiz Vatan, tinçlik, ota-ona va mehr-muhabbatni madh etuvçi özbekona qöşiqlarni tinglab, raqsga tuşdilar. Ona tilimizda yangragan bu kuy-qöşiqlarni tinglarkanmiz, tomirlarimiz Vatan tuproğiga qançalik çuqur botganini, qayerda bölmaylik, Vatan tuyğusi bizni birlaştirib, mustahkam halqa hosil qilişini anglab yetdik.
Uçinçi manzil – Astraxan
Qayerda bölmasin, özbeklar mehnatsevarligi, halolligi va tantiligi bilan boşqa millat vakillarining işonçini qozonişi ayon haqiqat. Safar davomida buni rasmiy iş beruvçi taşkilot vakillari ham, mahalliy aholi ham köp taʼkidlaşdi. Astraxanda ham xuddi şunday ğayratli, sofdil özbek fuqarolari mehnat qilişadi…
Uşbu viloyatda mehnat migrantlari bilan işlaş jarayoni boşqa hududlarga nisbatan tizimli yölga qöyilgan. Delegatsiya dastlab Astraxandagi ğişt zavodida işlayotgan özbek yoşlari bilan uçraşdi. Delegatsiya aʼzolari vatandoşlarimiz mehnat qilayotgan sex, bölimlarda bölişdi, ularga zavod tomonidan yaratib berilgan şaroitlar bilan tanişdi. Yoşlarimizni öylantirayotgan muammolar, kelgusidagi rejalari haqida fikr almaşildi. Yaşaş va iş şaroitlarini yaxşilaş böyiça zavod maʼmuriyati bilan kelişib olindi.
Delagatsiya faqat işlayotgan yoki öqiyotgan vatandoşlarimiz bilan uçraşibgina qolmasdan, hujjatsiz yurgan, mamlakat içki tartib-qoidalariga amal qilmagan, natijada tergov izolyatorida saqlanib kelayotgan, aksari Qoraqalpoğiston, Xorazm, Surxondaryodan kelgan hamyurtlarimiz bilan uçraşuvlar uyuştirdi. Muloqot davomida ularning bu yerga kelib qoliş sabablari, mavjud qonun-qoidalarni çetlab ötişlariga sabab bölgan omillar batafsil örganildi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar iştirokida hujjatlar örganilib, şaxslari tasdiqlanganidan keyin uç kun içida ular Özbekistonga jönatildi. Ayni damda izolyatordan ozod qilingan 9 nafar yurtdoşimiz Özbekistonda – ular özlari yaşaydigan hududda iş bilan taʼminlandi.
Özbeklar azaldan bunyodkor va binokor xalq bölib, buni butun dunyo eʼtirof etadi. Astraxan şahrida barpo etilayotgan yigirma qavatli binolarda ham özbek quruvçilarining katta hissasi bor. Qurilişda işlayotgan 15 nafar vatandoşimiz bilan uçraşdik. Samimiy muloqot davomida özbek quruvçilarining yaşaş şaroitlari, oylik maoşi va hujjatlariga oid masalalar söraldi, ularni qiynayotgan baʼzi muammolar örganildi. Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, quriliş-bunyodkorlik sohasidagi yangilanişlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Quruvçi yoşlar ham mamlakatimizdagi jarayonlarni internet orqali kuzatişayotgani, yaqin kunlarda Özbekistonga qaytiş niyatida ekanliklarini aytişdi. «Qaytganimizdan söng albatta yurtimizdagi obodonçilik va bunyodkorlik işlarida iştirok etamiz», deb yöqlov uçun minnatdorlik bildirişdi.
Törtinçi manzil – Moskva
Özbekiston fuqarolari boşqa hududlarga nisbatan Moskva şahrida köpçilikni taşqil qiladi. Şu bois bu şaharda delegatsiya aʼzolarini intiq bölib kutgan yurtdoşlarimiz köp edi. Buni ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilgan fikr-mulohazalardan ham seziş mumkin.
Moskva şahriga taşrif avvalida Rossiya Federatsiyasi yoşlar ittifoqi taşkiloti vakillari bilan rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Muzokaralar davomida özbek va rus yoşlari örtasidagi döstona aloqalarni yanada mustahkamlaş, hukumat örtasida amalga oşirilayotgan işlarni ikki taşkilot hamkorligi tizimida mustahkamlaş xususida söz bordi. Şuningdek, Özbekiston yoşlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev va Rossiya yoşlar ittifoqi raisi Pavel Krasnoruskiy özaro anglaşuv Memorandumini imzoladilar.
Qahramon Quronboyev muloqot davomida, jumladan, şunday dedi: “Biz mamlakatlarimizning yoşlar taşkilotlari örtasidagi hamkorlik taşabbusini qöllab-quvvatlaymiz. Mana, bir neça kun davomida Rossiyaning turli şaharlarida bölib, bu yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanişdik. Bizni, yoşlarimizni hamma joyda juda iliq kutib olişganidan mamnunmiz. Bugungi uçraşuvimiz ikki mamlakat yoşlari örtasidagi hamkorlikni yangi sifat bosqiçiga olib çiqadi”.
Ikki davlat yoşlar taşkilotlarining 2018-yilga möljallangan hamkorlikdagi iş rejasi işlab çiqilib, özbek-rus yoşlari biznes inkubatori oçilişi va Rossiya – Özbekiston II yoşlar forumi Özbekistonda ötkazilişi uşbu muloqotning muhim natijalari sifatida qayd etildi.
Delegatsiya Moskvadagi Milliy tadqiqot texnologiya universitetida (MISiS) ham bölib, bu yerda taʼlim olayotgan özbekistonlik yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi. Uçraşuv davomida Özbekistonda MISiS universitetining filialini oçiş böyiça kelişuvga erişildi.
Safar söngidagi öylar
Hozirda Rossiyada 1,5 millionga yaqin Özbekiston fuqarosi yaşamoqda. Biroq, atigi 40 ming nafar yurtdoşimiz konsullik hisobida turişi alohida urğu bilan qayd etildi. Albatta, buning turli sabablari, omillari bor. Şu bois Rossiya Federatsiyasida qöşimça konsullik markazlarini oçişga ehtiyoj borligi aytildi. Bu borada ikki tomonlama fikr-mulohazalar almaşildi va bundan buyon Rossiyaning har bir federal okrugida Özbekistonning konsulliklari oçiladigan böldi. Xususan, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg şaharlarida Özbekiston konsulliklarini oçiş böyiça kelişuvlarga erişildi…
Bir söz bilan aytganda, uşbu safar Özbekiston delegatsiyasining xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoşlarimiz faoliyatini yaqindan örganişga qaratilgan ilk urinişi, dastlabki katta safari böldi.
Eng muhimi, uçraşuvlarda iştirok etgan minglab yoşlarimiz Özbekistondagi islohotlar, yangilanişlardan benihoya ruhlanayotganlarini aytib, musofirlikda qiynalayotganlari uçun emas, balki Prezidentimiz, xalqimiz bilan yonma-yon turib yurtimizda röy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda faol qatnaşiş istagida Vatanga qaytişga söz berdi. Safar taassurotlari qoğozga tuşirilgan şu kunlarda esa yuzlab yoşlar Özbekistonga qaytib kelgani maʼlum böldi.
Özbekiston yoşlar ittifoqi bundan keyin ham çetda öqiyotgan, işlayotgan yoşlar bilan izçil muloqot örnatadi. Xususan, yoşlar taşkiloti qoşida iş boşlaydigan Umumjahon yoşlar assositsiyasi vakillari çet eldagi har bir vatandoşimizning haq-huquq va manfaatini himoya qilişda tizimli işlarni amalga oşiradi.
Taşkilotning rasmiy sahifasiga kelgan yuzlab murojaatlarda bildirilgan minnatdorlik izhorlari uşbu taşrif qançalik samarali ötganini, xorijdagi yoşlarimizning muammolarini örganiş va hal qilişdagi ahamiyatini körsatib turibdi.
Murodilla Alimboyev,
Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşining Xalqaro aloqalar bölimi mudiri,
Gulçehra Aşurova,
Markaziy Kengaş apparati Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi boş mutaxassisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


