(Hikoya)
Salom tegirmonçi qölni hammadan oldin payqadi. Agar uning oilasi jöjabirday jon, ustiga ustak, oz-moz xasisligi bölmaganda, har bir tiyinni xuddi jonini olişayotganday baxillik bilan işlatmaganda, ehtimol, qölni sezmagan ham bölardi: lekin uning oilasi katta bölib, tegirmondan tuşgani oila boqişga yetmagani uçun otasidan qolgan kasbni ham qilardi: u bola-çaqasi bilan tandir yasab sotar, şu sababli uni goh “Salom tegirmonçi”, goh “Salom tandirçi” deb çaqirişardi. Baʼzi tersotaliklar “Salomboyni bitta laqab bilan çaqiraylik, odam çalğib ketayapti!” deganda Panji muallim “Ikkala laqab ham bir-biriga boğliq, tegirmon aylanib tursa, tandirdan non uziladi, un bölmasa, tandirni kim oladi?!” degan ekan.
Ana şu ikki laqabli Salom bir kuni döppisini olib, bundoq xomçöt qilsa, keyingi haftada uyida oziq-ovqatga odatdagi haftalardan köproq xarajat qilinganday tuyuldi. Xaltadagi un ham oldingi oyga qaraganda ança oldin böşadi. Yoğ, piyoz, kartoşka ham möljaldan oldin tugab qoldi. Bundan taşqari, u bolalarining qorni töymay qolayotganini sezardi: ovqatdan söng yana non va şakarga ruju qöya boşlaşdi. Şunda buning sababini aniqlaşga kirişdi. Xotini yeguliklarni hamişagidan kam miqdorda qilmayotganini aytdi. Balkim bolalari katta bölib qolib, oşqozonlari köproq ovqat talab qilayotgandir? Balkim birontasi boşqalarining haqini ham bildirmasdan ikki hissa paqqos tuşirayotgandir? Ana şu şubhada tandirçi ovqat mahali oiladagi har bir oğizni birma-bir kuzata boşladi. Bolalari ham keyingi paytda qorinlari ovqatga töymayotgani uçunmi, oldiga qöyilgan taomdan boş kötarmay paqqos tuşirişga ötişgandi.
Tandirçi kuzata turib, közlariga işonmadi – oilada oltita jon, ammo ovqatda yettinçi qöl ham bor edi – anovilar tönğiç, örtança bolalarining qöllari, bunisi xotininiki, kenja öğlinikini hali qöl ham deb bölmaydi – katta qoşiqqa öxşaydi. Lekin anovi qöl kimniki? U birdan huşyor tortdi: közlarini yumib-oçdi. Nazarida bolalarining va ayolining qölidan taşqari yana bir begona qöl ovqatga şerik bölayotgan edi. U qölni aniq körib turardi: eng qiziği, qöl bor edi, ammo egasi körinmasdi. Qöl ham ovqat olayotganda paydo bölib, keyin ğoyib bölardi. Salom tandirçi qölni körgaç, dastlab, aqldan ozmayapmanmi, deb öyladi. Ammo boşqa kunlari ham u xotinining, özining qöliga öxşamaydigan begona qölni aniq kördi. Qöl bolalari bilan qöşilib, kaftini töldirib ovqat olar, böğiz barobar kötarilganda taom xuddi havoga singib ketgandek ğoyib bölardi. Ovqat bilan ovora bölgan na bolalari, na xotini buni sezardi. Dastlab tandirçi bu şubhasini oşkor qilib, bola-çaqasi oldida kulgiga qolgisi kelmadi. U bir neça kun obdon kuzatdi. Yöq. Begona qöl rostdan ham mavjud edi. Ular bilan qöşilib ovqat yer, sindirilgan nonni olar, göştga şerik bölar, hatto mevalardan ham tatib körar, dasturxonda yegulik qolmasa, ğoyib bölardi. Salom tandirçi mening közimga körinayapti deb öylab, xotiniga bildirmay özini mulla Abzalga öqitib ham keldi. Ammo öqiş taʼsir qilmadi: qöl baribir unga xuddi közga çiqqan çipqondek körinaverdi. Salom tandirçi bir kuni axiyri jazm qildi: u payt poylab turib, bolalarining qöllari orasida turgan, qovoq mantidan olib havo barobar kötarilayotgan qölni şartta uşlab oldi.
– Bu kimning qöli? – deb söradi u qörquv va hayajon bilan.
Uy sohibining qahrli ovozidan hamma bir sapçib tuşdi va şoşib öz qöllariga, keyin, heç narsa tuşunmay, ovoz egasiga qaraşdi va otalari uşlab turgan qölga közlari tuşdi.
Tandirçi uzun, nozik, ayni paytda şapoloqday qölni uşlab turar, loy qoriyverib, muskullari pişib ketgan baquvvat panjalar orasida qöl xuddi qamçi kabi bilonglardi.
Ana şunda butun oila egasi yöq qölni kördi va qörqqanlaridan baqirib yuborişdi. Salom tandirçi içida yengil tortdi: demak, qöl hammaga körinayapti, gap özida emas. Qölning bilakdan pasti körinib turar, göyo kesib taşlangan qölga öxşardi. Ammo qöl kesilgan emasdi, şunçaki tirsakdan naryoği havoda körinmay turardi. Egasi esa umuman körinmasdi. Bu hol avval bolalarni vahimaga soldi: kenja öğil bir özining qöliga, bir egasiz qölga qarab turib, yiğlab yubordi: u yaqinlaridan birining qöli uzilib tuşgan degan xayolga bordi, çoği. Xotinining esa tili kalimaga kelmasdi. Hamma dasturxondan u-bu yegulik olib, kötarilayotgan qölga vahima va qörquv bilan tikilib turardi. Salom tandirçining umri oğir mehnatda ötgani bois ziqna bölsa ham jasur odam edi. U bu yerda qörqadigan sir yoki biron vahima körmadi: qölni uşlab oldi-da, loyni yerga urib pişitadigan muskuldor qöli bilan qattiq qisdi. Qöl ilojsiz bilongladi, söng bu baquvvat panjalarga kuçi yetmasligini angladi, çamasi, xuddi erib ketgandek havoda ğoyib böldi. Hamma oğzi oçilgança qoldi. Salom şu bilan qöldan qutuldim deb öylagandi. Ammo keçki ovqatda qöl yana paydo böldi: xuddi heç narsa bölmagandek, boşqa qöllar bilan taomga uzaldi. U ovqatni olar, böğiz barobar kötarar, xuddi közga körinmas yuhodek havoning özidayoq ovqat ğoyib bölar, keyin qöl pastga tuşib, yana taomga uzalardi.
Butun oila endi ovqatlariga begona qöl şerik bölayotganiga guvoh bölib turardi. Salom bir neça marta begona qölni uşlab oldi, uni jazolaş uçun har xil usullarni sinab kördi: bir qölida uşlagança ikkinçi qöli bilan muşt qilib tugganda yoki oldindan yoniga keltirib qöygan bolta, piçoq, qamçiga qöl uzalganda yoxud yonib turgan peçkaning içiga tiqmoqçi bölganda qöl öz-özidan ğoyib bölar, keyingi ovqat payti esa heç narsa körmaganday yana dasturxonda paydo bölardi. U bilan kuraşişning natijasi şu böldiki, qöl tezda oila aʼzolaridan biriga aylandi: endi hatto kenja öğil ham uni körsa vahimaga tuşmas, aksinça, qölni hammaga körsatib, uning harakatlaridan qiqirlab kular, qöl esa özini mehribon körsatib, baʼzida bolalarning boşini mehr bilan silab qolardi: bolalar ham asta-sekin uning boşlarini silaşlariga örganib borayotgan edi. Uning yebtöymasligi, bir özi uç kişining ovqatni yeyotganini, oilaning moliyasiga, tirikçilikning yöriğiga zarar yetkazayotganini aytmasa, u beozor qöl edi.
U sal bölmasa, begonalar oldida ham özini foş qilib qöyayozdi: hamişa bir yangilik qilib, özining mahalla raisligini eslatib turadigan Azim oqsoqol ota-ona bolalarga dars qilişga qanday şaroit yaratganini tekşiriş uçun mahalla nomidan keldi-da, oşxonani hisobga olmasa, ham yotoq, ham mehmonxona, ham darsxona, ham bolalar xonasi vazifasini ötayotgan ikki xonaning birida sandalga oyoqlarini tiqqança kitobdan boş kötarmay ötirgan (mahalla raisi kelişini boşqa xonadonlardan eşitişgani uçun darsliklar va daftarlar bir haftadan beri sandal ustidan olinmas, hammasi maktab va mahalla hamkorligi talablariga moslaştirilib, taxt qilib qöyilgan, tandirçi ham göyo har kuni bolalar şunday sergöşt taom yeyişayotganday qassobdan sersuyak bölsa ham göşt olib, tuşdan söng pilik-pirmosga osdirib qöygan, darvoza taqillab, Böynoq hurişi bilan hammasi oldindan kelişilgandek sandal atrofiga kelib ötirilgandi) bolalarga közi tuşib, qoniqiş hosil qilgan böldi va odatiga köra dars qilinayotgan xonani birrov közdan keçirdi-da, tandirçining “Bir piyola çoy içib keting” degan taklifiga “odamgarçilik yuzasidan” yöq demadi. Uy bekasi yagona suyakni biratöla suzib kela qoldi. Göşt hil-hil pişgan ekan. Azim rais ortiqça manziratni kutmasdan ovqatga qöl çözdi: tandirçi göşt qozondan endi olingani, şuning uçun sal sovitib yeyilsa mazasi boşqaça bölişi haqida ogohlantirişga ham ulgurmadi – rais katta suyakni ikki qöllab olib, tişini botirdi – öqib yurgan yillarida beş yil yotoqxonada yaşagan, şuning uçun har qanday taomni köz oçib-yumgunça oşqozoniga joylaşning xöb hadisini olgan, bu odatning afzalligini bilgani uçun haligaça tark etgisi kelmas, mahallaga rais qilib saylangaç esa, bu qobiliyatining yangi qirralarini namoyon böla boşlagan edi. Salom tandirçi uning göşt yeyişiga qarab, labini yalab turganda, lip etib paydo bölgan qölni kördi va aytadigan gapi esidan çiqib, birpas esankirab qoldi. Yaramas qöl heçqursa mehmonlar bor payti istihola qilsa kerak deb öylagandi: yöq, unga, aftidan, mehmonmi, boşqasimi, farqi yöq edi, dasturxon yozilişi bilan özining uluşini undiriş uçun şiraga aylangan paşşaday paydo bölardi. Qöl Azim raisning bolalarga şapoloq tuşiraverib, yildan yilga kattalaşib ketgan yirik panjalari orasida turgan ilik tomon intildi. Qöl toki yetib borgunça ilikning töpiqlari katta tişlar orasida sörila boşladi. Bu kutilmagan çaqqonlikdan qöl ham birpas havoda muallaq turib qoldi: u özidan ham abjir qöl, toşni ham hazm qilib yuboradigan oşqozon borligidan ajablanib, havoda garangsib turib qolgandi. Tandirçi paytdan foydalanib qölni uşlab oldi-da, tagiga bosib ötirib oldi: ammo qölni tagida uşlab turolmadi – u tandirçining tagida havoga aylanib, ğoyib bölib, yana dasturxon boşida paydo böldi. Bu orada rais kosadagi şörvani ham kötarasiga içib, böşatib ulgurgan, endi huzur qilib, közini dasturxondan uzmagan holatda qölini bir-biriga işqab turardi. Yaxşiyam, ikki közi dasturxonda bölgani uçun boşida osilib turgan qölni körmadi.
– Ha, mayli, – dedi nihoyat Azim rais dasturxonda yeyişi mumkin bölgan boşqa tansiqroq narsaga közi tuşmagaç, – endi bizga ruxsat.
Keyin har doimgiday nasihatgöylik qilişni esdan çiqarmadi:
– Bolalarni hamişa şunday taomlar bilan ovqatlantiring, iligi töq, miyasi töliq böladi. Miyasi töliq bölsa, maktabda yaxşi öqiydi, maktabda yaxşi öqisa, oliy öquv yurtlariga kirib, mahallaning obrösini oşiradi.
Tandirçi soxta jilmayib, boş irğagan böldi, ammo içida zil ketdi: u rais paqqos tuşirgan kattagina ustixonni ham mehmon, ham butun oila uçun möljallab turgandi. Endi esa dasturxonda töpiğigaça sörib taşlangan ilik kiyimi şir yeçib olingan yalonğoç boladay bölib yotar, hatto kekirdak joyi ham çaynab taşlangandi. Har qalay, çuldirak bölsayam şörvasi qoldi-ku, şunisiga ham şukr, deb öyladi tandirçi.
Azim rais yuziga fotiha qilgan böldi-da, örnidan turib, narigi xonada dars qilayotgan bolalarga yana bir köz taşladi. Keyin mamnun jilmaydi.
– Mayli, dars qilaverişsin, xalaqit bermay çiqib ketaman.
Tandirçining baxtiga rais dasturxonga qaramasdan çiqib keta boşladi: agar qaraganda “Bu oçofatdan biron yegulik qolganmikin?” degan umidda dasturxon ustida timirskilanayotgan egasiz qölni körişi mumkin edi.
Şundan söng tandirçi uyiga mehmon ham aytmaydigan böldi: u qöldan taşvişda edi. Agar birontasi körib qolsa, qişloqda qança gap-söz paydo bölişini tasavvur ham qilolmasdi: hamma tandirçining uyidan jin çiqqanday özini olib qoçadi, yana qança ğiybatlar köpayadi, yana qança malomatlar yoğiladi.
Tandirçi bolalariga ham, xotiniga ham qöl haqida birovga ğing demaslikni tayinladi: eşitgan odam tandirçining xonadoni ustidan ketini uşlab kulişlari aniq edi. Qolaversa, qöl qanday paydo bölgan bölsa, şunday ğoyib bölar, degan umid ham yöq emasdi. Biroq oradan ikki hafta ötsa ham qöl ğoyib bölmadi: u örtaga taomga uzalgan oltita qölning yettinçisi bölib, xuddi öz uyida taomlanayotganday ğoyibdagi qorniga ovqatni paqqos taşlayverardi, “tuşirardi” emas, aynan taşlardi: qöl panjalari yoki kaftini töldirib olgan taom bir odamning oğzi barobar kötarilardi-da, xuddi yutib yuborilgandek ğoyib bölardi. Baʼzida tandirçi ğira-şira, xuddi xira tumandek bijirlab turgan bahaybat, meşday qorinni körib qolgandek bölar, “Bu qorinni töydurgunça, men adoyi tamom bölaman-ku” degan vahima bosardi. Qölning paydo bölişi oilaviy xarajatlarni bir hissaga köpaytirgan bölsa-da, biroq tandirçining sabr qilişdan boşqa iloji yöq edi. Aslini olganda, u bu baloni birovga qanday gapirib berişni bilmasdi: tabiiyki, eşitgan har bir odam tandirçining soğligiga şubha bilan qaray boşlaydi.
Tandirçi qöl bilan kuraşib oxiri çarçadi. Endi u birinçi marta bölganidek qölni uşlab, jazolaşga urinmasdi, zero, buning foydasi yöqligini ham bilardi.
Salom tandirçi va xotini bu ins-jinslarning işi deb, uyda qilmagan irim-sirimi qolmadi. Xotini folbinni ham, qöşnoçni ham, avval isitib, keyin sovituvçini ham yoki soviganni isituvçini ham boşlab kelişdi.
Folbin keksa ayol edi: u şapkör bölsa ham örtaga taşlangan qand-qurslarni mazza qilib terayotgan panjalarni körib qoldi va qölga xuddi tanişini körganday bir zum ajablanmasdan qarab turdi-da, “Yo piray, bu otangning qöli-ku!” deb yubordi tösatdan. Avvaliga er-xotin sirlari foş bölganidan dovdirab qolişdi, keyin, bu esi kirdi-çiqdi bölib qolgan kampirning gapiga baribir heç kim işonmaydi, degan öyda unga qöl haqidagi bor gapni aytib berişdi. Folbin tezda xöroz söyib, muşkulkuşod qilişni, yettita kampirni çaqirib, is çiqarişni maslahat berdi. “Bu aniq otangning qöli. Arvohi çirqillab qolibdi. Oçga öxşaydi. Is çiqarsang, kelmay qoladi!” dedi. Salom tandirçi kampirga otasining çap qöl örta barmoğining yarmi bölmaganini, yoşligida öroq yulib ketganini, bu qölning örta barmoği esa boşqa barmoqlardan bir en uzun bölib, közga xunuk körinib çiqib turganini aytib ötirmadi: otasining qöli bölmasa, biron avlod-ajdodining qölidir, hozir buning nima farqi bor?! Tegirmonçi otasining qölini kampir qanday taniganini suriştirib ötirmadi, kampir aytgan irimni ham qilib körişga qaror qildi. Bir oyoği görda turgan yettita kampir, ularni yetaklab kelgan yana yettita kelinçak, is çiqişini eşitib, bexabar qolişsa, xafa bölişini hisobga olib qöşimça çaqirilgan öntaça xotin-xalaj, jami öttizga yaqin ayolning is kuni yeb-içgani tandirçining yarim yillik asrab-avaylaganini havoga uçirdi. Kampirlarning nafasi ham, ularning qölidagi yonayotgan paxta ham surbet qölni çöçita olmadi, lekin kampirlar yoqqan paxtalarni deb uyi sal bölmasa yonib ketayozdi – olov pardaga tutaşganda tandirçi kirib qoldi va pardani uzib olib, oşxonadagi suv töla paqirga tiqdi, oqibatda is çiqarişning asorati bölib, uy devorining yarmi qorayib qoldi.
Şundan söng maʼlum böldiki, qölning arvohlarga aloqasi yöq, u boşqa bir narsaning alomati edi: unga heç narsa, hatto bodi qözib, örnidan turolmay yotgan Mulla Ablazning bir kosa suv orqali yuborgan duoyu nafasi – “dam”i ham kor qilmadi, zero, bu qöl ğoyibning hukmiga öxşar, xuddi tandirçining oilaviy tutumini, barakasini yöqqa çiqariş, uni kafangado qiliş uçun rözğoriga qarğişdek kirib kelgandi.
Salom bu tang vaziyatdan qanday çiqib ketişni bilmasdi: qölni har körganda bu balo öziga qayerdan yopişgani, xudoga yoqmaydigan nima gunoh qilgani haqida oğir öyga çömar, butun umrini taftiş qilar, keyin bir paytlar otasiga qattiq gapirib, çölga ketib qolganini, özining aybini tuşunib qaytib kelganda otasi bu dunyo bilan xayr-xöş qilib bölganini, otasining könglini oliş qiyomatga qolganini esladi. Balkim, aynan şuning uçun xudo unga mana şunday jazo jönatgandir? Ammo tandirçi içidagini taşiga çiqarolmas, zero, otasi haqidagi xotirani özidan va otasidan boşqa heç kim bilmasdi: tandirçi öz yoğiga özi qovrilib yotardi.
Oradan ikki oy ötib, böşab qolgan unxaltayu yoğ idişlarni körgaç, tandirçining sabri çidamadi. “Bu qanday adolatsizlik! – deb öyladi u jahl bilan. – Men bolalarim bilan kun uzoği loy tepib, bir tişlam nonni zörğa topsam-da, bir tekinxör teng şerik bölib ötirsa…” Oxiri u kirib kelgan tönğiz yilining xosiyatsizligi haqida başorat qilib, Rajab çöponning ola qözisi junida “Alloh” degan yozuv alomatini anglagan mulla Keldiyorga bor gapni aytadigan böldi.
Nazar EŞONQUL
1962-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Ilk asari – “Uruş odamlari” qissasidan (1989) söng, “Momoqöşiq” (1991), “Yalpiz hidi” (1996), “Ufq ortidagi quyoş”, “Maymun yetaklagan odam” (2004), “Şamolni tutib bölmaydi” (2005), “Şaftoli guli” (2011) kabi kitoblari naşr qilingan.
Davomini jurnalimizda öqiysiz
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


