Tevarakdan allaqanday dori-darmonlarning açimsiq isi anqiydi.
Yelkasiga yelvagay taşlangan oppoq xalat tugmasini asabiy öynagan köyi şifoxona yölagida betoqat yurinib turgan Qayum Oçiloviç Idrisov qarşisidagi oynaband eşikka tez-tez umidvor köz taşlab qöyardi. U yon-bu yon sassiz, şarpasiz ötib qaytayotgan hamşiralar, xizmatçilar siyrak soçlariga quyuq oq oralagan, pörim ust-boşli, amaldornusxa bu kişiga beixtiyor boş irğab salom berişadi. Xayollari parişon Qayum aka esa ularni deyarli payqamaydi.
Bir payt oynaband eşik ohista oçilib, kökiş libosli, yalpoq yuz, qiyiq köz şifokor horğin çiqib keldi.
– Qalay, yangangiz yaxşimi? – deb söradi Qayum Oçiloviç unga yuzlanib.
Şifokor xomuş boş çayqagan köyi eşigiga “Boş vraç” deb yozilgan xona tomon yurdi. Qayum Oçiloviç xavotir bilan unga ergaşdi.
– Hozirça zarur muolajalarni qildik, aka, – dedi şifokor baland suyançiqli stuliga öyçan ötirarkan, – lekin yangamni Toşkentga olib borişingiz kerak. Zudlik bilan. Bilasiz, poytaxtda imkoniyatlar keng, maşhur mutaxassislar bor.
– Masalan, siz kimni tavsiya qilişingiz mumkin?
Boş şifokor öşa öyçan qiyofada stol ustidagi qoğoz taxlamlarini nari-beri surdi.
– Masalan…akademik Vosilovni, yoki… özimizdan çiqqan professor Moyliyevni…
– Moyliyevni?! – Qayum Oçiloviç ötirgan joyida bir sapçib tuşdi. – Anovi Boltaboyning bolasini aytayapsizmi?
Boş şifokor mamnun boş irğaganiça jilmaydi.
– Ha öşani. Adaşmasam, u kişi sizga hamqişloq…
– Hamqişloqmas, – Qayum Oçiloviç ğijingannamo qöl siltadi, – qizilqoqlik, bizdan narida.
– Ha, endi-i… baribir sizga ham, bizga ham hamqişloq sanaladi-da, hammamizning faxrimiz, yoş bölsa ham respublikada közga köringan kardiologlardan.
– Masalan, mening faxrim emas, soxta bir professorça-da u! Hammani laqillatib yuribdi. Bor-yöği bir boğbonning bolasi, nonini arang topib yeb yurganlardan, bunaqalardan ilmdor vraç çiqişiga, masalan, men işonmayman.
Boş şifokorning yuz-közida olis poytaxtdagi hamkasbiga eʼzoz-ehtirom balqib turgan bölsa-da, ammo qarşisidagi amaldordan qörqib ortiqça tortişuvga botina olmadi.
– Bu mening fikrim, – deb minğirlabgina qöydi.
– Masalan, bizning fikrimiz boşqaça, – deya qad kerdi Qayum Oçiloviç, – yangangizni biror bir çet mamlakatda davolatiş niyatidaman, masalan… Germaniyadami, Isroildami, bunga siz siz nima deysiz, masalan?
– Ixtiyoringiz, lekin xorijda davolatiş osonmas, serxarajat, sertaşviş iş.
– Bu yoğini özimga qöyib beravering.
– Bilaman, balki sizday martabali kişiga qiyin bölmasligi mumkin, lekin özimizda zör mutaxassislar turganda, boşqa mamlakatni közlaş, menimça, oqilona yeçim emas.
Qayum Oçiloviç yana tutoqib ketdi.
– Zör mutaxassis deganingiz öşa Boltaboyning bolasimi? Masalan, men bunday mişiqilarni bir tiyinga ham olmayman.
– Ixtiyoringiz, – boş şifokor vaqti ziqligiga işora qilganday qöl soatiga köz taşlab qöydi, – xullas, yangam yana uç kunça bizda yota turadi, keyin uyga ketişiga ruxsat beramiz, şu orada özingiz biror qarorga kelarsiz, aka.
– Xöp, bugunoq masalaga kirişaman.
Qayum Oçiloviç iddao bilan örnidan turdi-da, eşik tomon yurdi.
Öşa Boltaboy deganlari aslida Qayum Oçiloviç Idrisovga ona tomondan qandaydir tomirlari tutaşgan, uzoq qarindoş hisobida edi. U butun oilasi bilan Kaltaqir etagidagi boğda işlaydi, öşa yerdagi bir parça tomorqani tirnoqlab amal-taqal tirikçilik qiladi. Qişin-yozin egnidan ohorsiz, olaça tön tuşmaydi, qari eşagini qiçab boqqa borib-kelib yuradi. Bu aslida badavlat odam, qurumsoqligidan yupun-yuvoş yuradi, deb kulişadi köplar. Hazil-mazax bilan uning ismiga atay “boy” qöşib “Boltaboy” deb ataşadi. Şuning uçun ham butun uruğ-aymoği bilan öqimişli, baland kursilardan tuşmagan Idrisovlar Bolta akaning qarindoşligini tan oliş nari tursin, körganda ters qarab ötişga harakat qiladi. Ammo qari boğbon ahyon-ahyon boğning meva-çevalaridan, tomorqaning sabzavotlaridan kötarib, qiyşayibgina darvozdan kirib keladi. Keng-möl hovlidagi çorpoyaga omonatgina ket qöyib, uzundan-uzoq duo qiladi, undan-bundan suhbatlaşgan böladi. U har gal qop qöltiqlab uy yonida qora berganida Qayum Oçiloviçning afti burişadi, hoynahoy, biror yumuş bilan kelgan bölsa kerak, degan öy xayolidan ötadi. Ammo Bolta aka bu uzoq qarindoşidan şu paytgaça heç qanday iltimos qilgan emas. Andak ötirgaç, indamaygina ortiga qaytib ketadi. Şu qurumsoq çolning kenja öğli tibbiyot institutiga öqişga kiribdi, degan xabar bir zamonlar Qayum Oçiloviçning ham quloğiga yetganday bölgan edi. Ammo unçalik eʼtibor bermadi. Buzoqning yugurgani somonxonagaça, deb dimoğida kulibgina qöydi. Vo ajab, öşa bola bugun maşhur, hoziq şifokor bölib ketgan emiş!
“Yöq, men bunday firibgarlarga işonmayman, – deya xayolidan ötkazdi Qayum aka battar tajanglaşib. – U şoxida yursa, men bargida yuraman”.
Yon-atrof keç kuzning sarğiş-qizğiş böyoğiga belanib yotar, kuni keça şarros quyib ötgan yomğirda ivigan dov-daraxtlar diydirabgina turardi.
Qayum Oçiloviç şifoxona eşigidan çiqişi bilanoq poytaxtda yaşaydigan öğliga qönğiroq qildi.
– Xurşidjon, – dedi u uzun-qisqa salom-alikdan söng, – masalan, Germaniyagami, Isroilgami, zudlik bilan uçişga töğri kelyapti.
– Tinçlikmi, dada?
– Bilasan-ku, onangning yuragida dard bor, masalan, keça şu yana xuruj qilib qoldi. Hozir tuman şifoxonasida yotibdi.
– Ahvollari yaxşimi? – Xurşidning tovuşi titrab eşitildi.
– Taşvişlanma, hozirça tuzuk. Öğlim, onangni xorijda davolatib kelsak, degandim, masalan.
– Yaxşi bölardi, dada! Eng zör kardiologlar Germaniyada deb eşitganman.
– Balli, bolam. Öşa yoqqa uçadigan samolyotga bilet-milet topib qöygin.
– Dada,-deb kuldi Xurşid,-u yoqqa tösatdan borib bölmaydi.
– Nega? Masalan, nima qiliş kerak?
– Men avval internet orqali bizga kerakli manzilni topib, xat jönatay, murod-maqsadimizni tuşuntiray, söng ularning javobiga qarab iş tutamiz.
Kompyuter, audio-vedio, internet degan zamonaviy daxmazalar aksariyat katta avlod vakillari kabi Qayum akaning ham ensasini qotirib, ğaşini qözğar edi. Şu boisdan ham öğli hozirgina tilga olgan yumuşlar öta murakkab, boş oğriqli masaladek tuyuldi.
– Xurşid, – dedi u böşaşib, – sen aytgan işlar qança vaqtni oladi, masalan… uni kim bajaradi?
Otasining dovdiraşini sezib turgan Xurşid zavq bilan kuldi
– Dada, qörqmang, bu köp vaqtni olmaydi, nari borsa, ikki kun içida öşa manzillarni topib, xat jönataman, hammasini özim bajaraman.
– Özing bajarasan?! Sen… sen, masalan, ular bilan qanday tillaşasan?
– Dada, men nemis tilini yaxşi örganib olganman. Ular bilan özim gaplaşaman.
Eşitganlaridan Qayum akaning butun vujudi yayrab ketdi.
“Mana, haqiqiy öqmişli bola! – xayolidan çaqmoqday çaqib ötdi uning. – Allaqanday ketmonçilardan emas, Idirisovlar zurriyotidan! Xuddi şunday farzandlardan umid qilsa böladi. Institutni bitirgan yili rusça, turkçani qoyillatardi, mana, işga kirar-kirmas, nemis tilini ham örganib olibdi, barakalla, ota öğil, barkalla!”
– Dada, nega indamaysiz, dada?
Xurşidning xavotirli tovuşidan huşyor tortgan Qayum aka telefonni lab-dahaniga bosib, xuşxandon qiçqirdi:
– Eşitayapman, öğlim, eşitayapman, gapiraver.
– Xatimning javobi ön kunlar içida maʼlum bölsa kerak
– Yaxşi, öşa payt yoningga boraman.
– Ovora bölib yurmang, dada, telefonda gaplaşib qöya qolamiz.
– E-e-e… boraveraman, masalan, seni, nevaraçamni soğindim.
– Ha-a… unda özingiz bilasiz.
Qayum Oçiloviç, çindan ham, öz bilganidan qolmadi.. Ön kun kutişga sabri çidamay, hafta oxirida poytaxtga kirib bordi.
Ulkan şahar ming-mililon çiroqlar yoğdusida yaşnab, yarqirab yotardi. Keng, ravon köçalarni töldirib, çinqirgança yelib ötayotgan avto- ulovlar oqimidan boş aylanadi.
– Hali javob kelmadimi? – deb söradi u öğlini quçib, alqab, erkalab bölgaç. – Bu nemislaringni qistab turmasang, qimirlaşmaydi-yov..
– Keça qaraganimda javobga közim tuşmadi, mana, hozir yana köramiz.
Xurşid şinamgina xona burçagidagi kompyuter tugmalarini bosdi. Qayum aka uning har bir xatti-harakatini zavq bilan kuzatib turar, könglida mamnuniyat, ğurur mavjlanar edi.
Şu orada dasturxon yoyib, qand-qurs keltirgan kelin norizo boş çayqadi.
– Dadam yölda çarçab kelganlar, keyinroq kovlaysiz şu matohingizni.
– Kelinjon, mayli, xalaqit bermang, bi-ir qarab körsin-çi, – dedi Qayum aka yostiqqa yonboşlab.
– Dada! – nogoh qiçqirib yubordi bir payt Xurşid. – Ana, javob kelibdi!
Qayum Oçiloviç ötirgan joyidan örmalab kompyuterga yaqinroq bordi.
– Qani?! Qani, kör-çi, nimalar yozibdi, masalan…
Xurşid monitorda paydo bölgan nemisça matnni hijjalab öqişga tutindi. Otasi goh unga, goh ekranga betoqat köz taşlab turardi.
– Nimalar yozibdi, tezroq aytsang-çi?
Ançadan söng Xurşid otasiga taajjub aralaş xayolçan tikildi.
– Gapira qolsang-çi, masalan, nega sönarasan? – dedi Qayum aka battar betoqatlanib.
– Bir yil avval bizda malaka oşirib ketgan toşkentlik professor Moyliyevga uçraşinglar, u barça muammolaringizni hal qilib beradi, deyişibdi.
– Nima?! – Qayum Oçiloviç bir sapçib tuşdi, – Moyliyevga?! Anovi Boltaboyning bolasigami?!
Xurşid hanuz xayolçan, boş irğadi.
– Ha, Ernazar Boltayeviç Moyliyevga, ana, işonmasangiz, özingiz qarang, aniq-tiniq manzillari bilan yozib qöyilgan. Markaziy Osiyodan bizga murojaat qilgan barça bemorlarni öşa professorga yöllayapmiz, Ernazar Boltayeviç yetuk mutaxassis, deb yozişibdi.
Qayum Oçiloviç heç narsaga tuşunmasa-da, öğli işora qilgan, ekran yoruğidan yoğdulanib turgan bitiklarga bir zum angrayib qaradi.
– Bundan çiqdi… bundan çiqdi, masalan… unga hatto nemislar ham tan bergan ekan-da, a, – dedi arang ğudranib.
– Ha, şunga öxşaydi.
Şu payt xontaxta ustida yotgan Qayum akaning qöl telefoni jiringlab qoldi. Ammo öz xayollari bilan andarmon ota uni payqamadi. Xurşid uzatib, telefonni qöliga oldi.
– Dada, onam qönğiroq qilyapti, gaplaşasizmi?
Qayum Oçiloviç hardamxayollik bilan telefonni quloğiga tutdi.
– Al-yo.
– Assalomu alaykum, yaxşi yetib oldingizmi, dadasi?
– Ha, yaxşi.
– Xurşidjon, kelinim, nevaram qalay? Öynab-kulib ötirişgan ekanmi?
– Ha, hammalari tuzuk, senga köpdan-köp salom aytişyapti.
– Salomat bölişsin, ilo-yo, haligi… – deb bir zum jim qoldi ona, – haligi, Xurşidjonning xatiga javob kelibdimi?
– Ha, kelibdi, onasi, kelibdi. Germaniyaga ovora böp yurmanglar, masalan, Toşkentda juda zör döxtur bor, öşanga uçraşinglar, masalan, unga biz ham tan berganmiz, deb yozişibdi.
– Kim ekan öşa döxtur, dadasi?
– Professor Moyliyev!
– Iya?! Anovi Boltaboyning bolasimi?
Qayum Oçiloviç viqor bilan tomoq qirib oldi.
– Sa-al öylabroq gapirsinlar, Boltaboy emas, Boltaboy toğa deng, axir. Masalan, u bizning ona uruğdan-a… Palagi toza kişilar…
Ovçi qismati
Hikoya
Oxiri, qoya ustiga tirmaşib çiqib oldik. Oyoq-qölimizda majol qurigandi. Siyrak öt-ölanlar ustiga harsillab çözildik. Bir neça kundan beri jaği-jağiga tegmay, hayvonot dunyosi haqidagi özining ilmiy nazariyalari bilan garang qilgan hamrohim – poytaxtlik professorning ham allaqaçon sasi öçgandi. U kirçil, keng ayvonli şlyapasini goh kiyib, goh qöliga olib yelpinar, bir inqillab, bir “uf-f” tortib bellarini, oyoqlarini uqalar edi. Men korjomamning çöntagidan sigaret olib tutatdim. Yutoqib-yutoqib bir-ikki dud tortgaç, badanlarimdagi zirqiraş andak bosilib, çarçoğim quvilgandek böldi.
Biz sulayib yotgan yerdan tevarak-atrof yaqqol körinib turardi. Bir-biriga yelka tutgan toğlar, qoyalar, çuvalaşib ketgan siyrak arçazorlar, keng, tor daralar şundoqqina qöl uzatsak yetadigandek edi. Kun botar tomondagi yalanglikda jimir-jimir oqib yotgan soy, soy böyidagi toğ ovulining pastqam, toşqoloq uylari elas-elas közga taşlanadi.
Meni mudroq bosa boşladi. Bahor quyoşining iliq tafti badanlarimizga moydek yoqib, tobora lanjligim oşib borardi. Professor qöllarini yostiq qilib, şlyapasini köziga qoplagan köyi çinakamiga pinakka ketgandi. Bir payt şundoqqina biqinimizda toşlarning şaqir-şuquridan ikkovimiz ham barobar çöçib ögirildik.
Ön-ön beş qadam narida novça böyli, ösiq soçlari tözğin, yigirma beş yoşlar çamasidagi bir yigit qadalib tikilib turardi. Uning egnidagi eski paxtalik kamzul, belini sirib turgan askarça kamar, yelkasida qöşoğiz miltiq, beixtiyor huv, kinolardagi partizanlarni eslatib yuborar edi.
– Kimsizlar? – deb söradi u allaqanday dağal ovozda.
– Partizanlar, – dedim ensam qotib.
Yigit qöpol kirza etigini sudrab bosgança biz tomon yurdi. Şundoqqina tepamizga kelgaç, yana qoqqan qoziqdek turib qoldi. Professor, diqqati oşib, aççiğnamo ohangda:
– Muborak qölingizni bi-ir uşlab qöysak, – dedi-da nozik, löppi qöllarini tepasidagi “qoziq” tomon uzatdi.
Yigit salomlaşiş endigina esiga tuşib qolganday, şoşa-pişa biz bilan qöl berib körişişga tuşdi. Men uning rapidadek, dağal kaftiga kaft bosar ekanman, mulozamat yuzasidan iljayib qöydim. Lekin notaniş yigit iljaymadi. Miltiğini yelkasidan qöliga sidirib olib, yonimizdagi ğadir-budir xarsangga orqasini qöyarkan, goh menga, goh professorga qadalib-qadalib tikilişda davom etdi. Oçiq gap, uning ötkir nigohlariga tob beriş qiyin edi. Şuning uçun ham biz beixtiyor közimizni duç kelgan tomonga opqoçardik. Eng ğalatisi, ikkovimiz ham uzatilgan oyoqlarimizni allaqaçon yiğiştirib, hurmatli bir zot huzurida ötirgandek yuvoş tortib qolgandik.
– Men viloyat örmon xöjaligi boşqarmasining masʼul xodimi, – dedim göyo şafqat sörayotgan tutqunday, – bu kişi esa… katta olim, poytaxtdan kelgan.
Notaniş yigit andak muloyimlaşgan qiyofada “maʼqul” degandek boş irğab qöydi. Biroq, nazarimda, “örmon xöjaligi”dan boşqa heç vaqoga tuşunmadi, şu sabab menga sinovçan tikilib:
– Mehmonmisizlar? – deb söradi.
Men qanday javob bersam bu turqi sovuqqa yoqişni öylab piça çaynalib qoldim.
– Yöq, – dedim, oxiri çinini aytişga bel boğlab, – kattalar maxsus topşiriq bilan yuborişgan. Şu atrof katta qöriqxona böladi, biz şart-şaroitni örgangani keldik.
Şörim qisdi-yov, yigit bir zum ilgarigidan battar çaqçayib tikilib qoldi, söng:
– Qöriqxona… – dedi dimoğidan masxaraomuz kulib.– Kimdan nimani qöriqlaysizlar?
Men “hammasi tuşunarli-ku”, degan maʼnoda yelka uçirib, muloyim tabassum qildim.
– Men ovçiman, – dedi yigit, söng yalanglik tomon iyagi bilan işora qilib qöydi, – mana, şu ovulda yaşayman…
Biz hali ovulda bölmagan edik. Biroq:
– Ja-a, zör joylar ekan, – deya professor gapni ilib ketdi. – Odamlari ham oqköngil, mehmondöst…
Oraga piça vaqt önğaysizlik örnaşdi.
– Sizlar şaharliksizlar-a? – deb sörab qoldi nogoh ovçi yigit, allaneçuk sergaklanib. Biz ehtiyotkorona boş irğab qöydik. Ovçi yigit yerga öyçan tikildi, nazarimda, uning ötkir közlari maʼyus tortib qolganday böldi.
– Otamni şaharliklar öldirgan, – dedi u piçirlab.
– Yöğ-ye, qanday qilib, – söradim astoydil ajablanib.
Professor ham közlarini aybdorona pirpiratgança ovçiga yuzlandi:
– Yöğ-ye, qanday qilib?
Ovçi yigit qöl siltab:
– E, bu uzun doston, – deb qöydi. Biroq öşa “uzun” doston”ni gapirib bergisi kelayotgani yuz-közidan sezilib turardi. Professor ovçi yigitning kayfiyatini darrov ilğadi, şekilli, yaqinroq surilib:
– Agar malol kelmasa… aytib bering, – deb minğirladi.
Ovçi yigit xörsinib boş qaşladi. Söng negadir bizga emas, goh osmonga, goh oyoği ostidagi toşlarga termilib, öziga özi sözlaganday öşa “uzun doston”ni boşladi…
* * *
Otam böyi ikki quloç, qörğoşindan quyulganday qoruvli, qizğiş soqoli yaraşiqli, serğayrat ovçi odam edi. U uçib borayotgan quşning közidan ura oladigan mergan bölgan, desam balkim işonmassiz. Lekin ovulimizda hamma bunga iqror. Otamning ötkir közlariga taşlanib qolmaslik uçun menman degan yirtqiç jondorlar ham qoçib-pisib yurardi. Huvv, kunçiqarga qarang, töşida bulutlar çodirday töşalib yotgan oq qalpoqli çöqqilarni köryapsizmi, otamning poyi-qadami hatto öşa yerlarga ham yetgan, öşa odam bormas qoyalarda ham öktam ovozi jaranglagan, endi bu tevarakni qöya berasiz…
Men beş qiz içida yolğiz öğil edim. Biroq otam heç qaçon erkalamas, kerak bölsa, tez-tez kaltaklab taʼzirimni berib turardi. Lekin baribir otamni juda yaxşi körardim. Esimni tanib, songa kirgan yoşimdan boşlab otam meni ham tez-tez ovga ergaştirib çiqadigan bölib qoldi.
Kunlar şu zayl orom ötib borardi. Kutilmaganda boşimizga musibat tuşdi. Adaşmasam, öşa kezlar ön sakkizni qoralab qolgandim. Qorli, böronli bahor kunlarining birida xonadonimizga körgilik doridi. Vaqt peşindan oqqan mahal edi. Men hovlida terlab qor kurab yotardim. Bir payt oğil tarafda boğliq yotgan itimiz irğişlab vovullay ketdi. Sergaklanib, yarim oçiq darvoza tomon ögirildim. U yerda ikki notaniş – biri örta yaşar odam, biri menga tengqur öspirin qunişibgina turardi. Ust-boşlaridagi qimmatbaho, pörim kiyimlari ularning şaharlik ekanidan darak berardi. Şu orada boğ tarafdan otam çiqib kelib, ular bilan körişdi, uyga taklif qildi. Mehmon amaki otam ortidan uy tomon yura turib men bilan ham ipakdek eşilib salomlaşdi. Söng qöltiğidagi qöppaygan xaltasini qölimga tutqizdi-da: “Buni içkariga olib kiring, jiyan”, deb şipşidi. Har xil şirinliklar, bir-ikki qatlam ayollarbop mato böy körsatib turgan bu xalta ularning sovğa-salomi ekanligini payqadim. Ammo xalta qölimdan sirğalib tuşib ketişiga oz qoldi. Axir anovi mehmon bolaga beixtiyor angrayib qolgandim-da. Rangi oppoq, ozğin, qizlarnikidek şahlo, qop-qora közlari çuqur-çuqur botgan, yupqa lab, döngpeşona bu oğayni, hoynahoy, kasal edi. Kallasi öz holiça tinmay tebranib turardi. Oradan köp ötmay, mehmonlar bilan gurung çoği ularning ota-bolaligi, yigitçaning çindan-da dardmandligi, hatto tildan qolganligi oyday oydin böldi.
Öşa keç qönoq uçun bir eçki söyilib, qozonga solindi, çoğroqqina mehmonxonamizga qalin körpalar töşalib, köpdan beri olov körmagan peçiga arça ötin yoqildi, işqilib, uzoq şahardan kep qolgan mehmonlarning izzati joyiga qöyildi.
Ha, şu oqşom uyimizga çinakam bir begona ruh, begona ob-havo kirib kelgandi. Mehmonxonamiz ota-boladan anqiyotgan, bizning dimoğlarga hali yot bölgan, allaqanday ötkir atir hidiga bökib ketdi. Men çoy quyib uzatib ötirarkanman, mehmonlarni zimdan kuzatib-kuzatib olardim. Ular toşqoloq devorlari ğadir-budir, pastakkina uyimizga, burçakda osiğlik qora chiroqning xira yoruğiga könikolmay, besaranjom ötirişardi. Kasal bola xumday kallasi tebrangan köyi goh çirsillab yonayotgan olovni, goh çiroq şuʼlasida akslanayotgan soyalarimizni angrayib-angrayib kuzatar, onda-sonda otamning yuzidagi, bir paytlar ayiq bilan olişuvdan qolgan çandiqqa qörqa-pisa köz taşlab olardi. Otasi esa, göyo tinçlantirmoqçiday, tez-tez uning nozik, oppoq qöllarini silab-silab qöyardi. Nazarimda, şunday kezlar mehmon amakining oq oralagan siyrak soçlari battar oqarib, salqi qoş-qoboqlari, lab-lunji tağin osilib ketganday tuyuldi. U goh yonboşlab, goh çordona qurib, otam bilan suhbatlaşar, özini dalli-ğulli körsatişga tirişar, ammo xayollari parişon edi. Men uning uzundan uzoq gap-sözlaridan katta bir idoraning xöjayini ekanini, bir taşviş sabab toğu toşlarga qadam bosganini arang angladim. Ular avval ovulimizni, söngra uyimizni topgunça xöb qiynalişibdi. Maşinalari bu yoqlarga yurolmay, uni ovuldan ön çaqirim naridagi geologlar qönalğasida qoldirişganmiş. Bir oqsoq çöponning kömagi bilan biznikini arang topib kelişibdi.
Otam, nasib etsa, bahorda qizlarga sep yiqqani şaharga boriş taraddudida ekanligini aytgandi, mehmon amakiga jon kirdi. U “Töppa-töğri biznikiga boravering, özim hamma xizmatingizni bitiraman”, deb çiroyli kostyumi çöntagidan kaftdekkina qoğoz, tillarang, ğalati bir ruçka çiqardi. Söng qoğozni tizzasiga qöyib, tez-tez allanimalarni yozdi-da, “Mana, mening adresim”, deya otamga uzatdi. Otam mamnun boş irğay-irğay qoğozni olib, uni öziça uzoq közdan keçirdi, keyin eski, yağir telpagining qatlangan joyiga qistirib qöydi. Otamning qiliqlarini, hoynahoy, kuzatib turgan bölsa kerak, men kasal bolaning yupqa, qonsiz lablari qoqsuyak çakkalari tomon çarmday çözilib ketganini kördim. “Ay, şaharlik-a, biz toğliklarning ğörligidan kulasan-a”, deb hazillaşgan böldi otam, şekilli, u ham kasal bolaning iljayganini payqab qolgandi. Şu bahona böldi-yu, mehmon amaki uzuq-yuluq qilib, öğlining dardi haqida gap qözğadi.
Şaharlik bolaning bunday çalajon bölib qolganiga ham roppa-rosa uç yil tölibdi. Qiş kunlarining birida maktabda allaqanday kasallikka qarşi emlaşibdi-yu, oradan çorak soat ötar-ötmas, bola tildan qolib, kallasini tutib turolmaydigan ahvolga tuşibdi. Bu körgilikning sababini heç kim aniq aytib berolmaganmiş. Birov öşa em dori meʼyoridan ortib ketgan desa, yana allakim bola qattiq qörqqan, igna nozik asab töqimalarini zararlantirgan, deya tusmol qilibdi.
– Davo istab bormagan joyimiz qolmadi, – dedi mehmon amaki qop-qora deraza tomon xomuş tikilib. – Не-не профессорларнинг, аъзайимхон табибларнинг остонасига бош урдик, афсус… heç naf yöq. Yaqinda bir tabibga uçraşib içimiz sal yorişdi, ovçi toğa. U kişining gapiga qaraganda, bunday kasallarning beş-oltovini heç körmaganday tuzatib yuborgan ekan. “Qörqmanglar, aytganlarimni oqizmay-tomizmay bajarsalaring, bolangiz bulbulday sayrab ketadi”, deyapti u…
Bolaning kasaliga xuddi aybdorday boş egib, qoboq uyub ötirgan otamga jon kirdi.
– Xöş-xöş… – dedi u, – nima qiliş kerak ekan?
Mehmon amaki piça jim qoldi. Nozik, ingiçka barmoqlari bilan siyrak soçlarini taroqlay-taroqlay, otamga javdirab tikildi.
– Endi… bu yoği sizga ham boğliq, ovçi toğa, – uning tovuşi tobora titrab çiqardi. – Bolaga tirik börining issiq qonidan içiriş, terisini şilib, ustiga yopintiriş kerak ekan… – u şunday deya dağ-dağ qaltirayotgan qöllarini otam tomon iltijoli çözib, tağin hirqiradi, – “Yöq” demang, jon ovçi toğa, dovruğingizni eşitib, atay sizni izlab keldik, öla-ölgunça xizmatingizda bölaman…
Otam oğir söliş olib, xiyol qaddini tikladi. Xonaga oğir jimlik çökdi. Burçakda miltirabgina turgan çiroq battar xira tortganday böldi. Bu orada mehmon bola yostiqqa yonboşlab pinakka ketgandi.
– Börini tirik tutiş qiyin, – dedi otam past, xotirjam ovozda.
– Yaradori ham bölaveradi, – deb şoşa-pişa gapga qöş soldi mehmon amaki. – Tabibdan söraganman, yaradori ham bölaveradi, işqilib, joni çiqmagan, qoni issiq bölsa, bas…
– Yarador qiliş ham qiyin, – dedi otam tobora tundlaşib. – Böri juda ziyrak hayvon.
Mehmon tağin yalinişga zör berdi:
– Endi, bir iloj qiling, jo-on, ovçi toğa, noumid qaytarmang, xizmat haqqi xohlaganingizday böladi.
Otam qanşaridagi çandiğini qaşib ança payt mum tişlab ötirdi.
– Yaxşi, – dedi nihoyat. – Qani, tong otsin-çi, u yoğiga ham xudo poşşo… bir gap bölar. – Söng menga yuzlandi: – Mehmonlarga örin-töşak qilib ber, bolam.
Ertalab çöçib uyğonganimda kun xiyla yorişgan, deraza ortida çumçuqlar çirqillaşayotgan edi. Qunişib taşqari çiqdim. Otam ov anjomlari saqlanadigan omborxonada kuymalanib yotardi.
– Uyğondingmi, – dedi menga közi tuşgaç, – Qaşqaqoyadagi böri uyasi esingdami, sahar borib tekşirib kördim, qanjiq böri ovga çiqqan, qaytişida urib olsak böladi, şoşiliş kerak, bolam.
Otam sönggi sözlarini aytayotganda közlarida allaneçuk uçqunlar porlab, burun kataklari ovçilik ilhomidan titrab ketdi.
Biz şoşilinç yölga otlandik. Mehmon ota-bolani eşakka mindirib, özimiz yayov jönadik. Yon-atrof oppoq, qalin qor bilan qoplangan. Havo oçiq. Toğlar ortidan çaraqlab böy körsatayotgan bahor quyoşi nuridan qor yuzasi sim-sim zardek tovlanadi, qadalib qaragan közlarni qamaştiradi. Biz siyrak arçazorlarni oralab ötgan söqmoq böylab dam sayin yuqorilab borardik. Men mehmonlarga, ayniqsa, anovi kasal bolaga tez-tez köz taşlab qöyardim. Kallasidagi qusurini aytmasa, u sira dardmandga öxşamasdi. Közlari çaqnagança tevarakka yutoqib termular, eşak ustidan uzalgan köyi qorga belangan arça barglarini tortqilab-tortqilab öynoqlar, öziça mamnun iljayar, işqilib, dimoği çoğ edi. Aftidan, u qayoqqa ketayotganimizni bilmas, töğriroği, bunga ahamiyat bermasdi.
Oxiri, bir soatdan köproq qiçab yöl yurgaç, közlangan manzilga, Qaşqaqoya etagiga yetib keldik. Bizdan xiyla ilgarilab ketgan otam çimrilgan köyi betoqat kutib turardi. “Bu yoğiga hammamiz yayov boramiz”, dedi u. Men eşakni panaroq bir arça şoxiga boğlab keldim. Ulkan-ulkan arçalar, xarsang toşlar oralab tağin jönadik. Oradan yana çorak soatlar vaqt ötdi. Bizdan beş-olti qadam ilgari ketayotgan otam birdan yonboşlab, özini xarsang panasiga oldi, bizga ham “pusinglar” işorasini qildi. Negadir uning rangi bözarib, közlariga öyçanlik soya taşladi. “Ob-bo, keçikdik, – deb boş çayqadi otam, biz pusib unga yaqinlaşgaç. Qanjiq böri ovdan qaytibdi”. Men özim avvaldan yaxşi biladigan, böri uya qurgan qiyalik tomon poylab köz yugurtdim. Ha, bizdan yuz-yuz ellik qadam narida, çoğroqqina kungay yalanglikda kulrang böri tumşuğini oyoqlariga qöyib, xotirjam çözilib yotar, tevaragida mitti-mitti tört bolasi bir-birini tortqilab öynoqlardi. Men ham ovçilikdan unça-munça xabardorligimdan qaltis vaziyatga yöliqqanimizni angladim. Böriga ayni mahal heç bir tarafdan yaqin borib bölmasdi! Munça masofadan turib aniq nişonga oliş, amri mahol edi. Ustiga ustak, yonida bolalari… Bunday payt menman degan ovçi ham öq uzişga botinolmaydi. Içi-taşim muzlab otamga ögirildim. Otam qanşaridagi çandiğini qaşlab butkul öyga çömgandi. Bu orada mehmon amaki ham möralab börilarni ilğadi, söng heç vaqoga tuşunmay, goh bizga, goh tevarakka qiziqsinib alanglab turgan öğliga imo-işora bilan, “Ana, u yoqqa qara”, deb şipşidi. Kasal bola ham bizga taqlidan, hammamizni taşvişlantirib qöygan tomon pisib möraladi.
Biroq uning oriq, oppoq yuziga biznikidek öyçanlik inmadi, qaytam, közlari porlab, iljaygan köyi tomoşaga berilib ketdi. Hatto irğişlab örnidan turib ketişiga oz qoldi, otasi uni arang panaga tortdi, imo-işora bilan pöpisalar qildi, bu qiliği yaxşi emasligini uqtirdi.
Otam qölidagi miltiğini obdon közdan keçirdi, belidagi uzun tiğli piçoğini paypaslab qöydi, ov xurjunini men tomon surdi, Uning qandaydir qatʼiy qarorga kelganini tuşundim. “Qörqma, öğlim, hali heç qaçon uyatga qolmaganmiz”, deb quloğimga şipşidi otam, söng olğa emaklab ketdi. Biz uni hayajon bilan kuzata boşladik. Otam tağin yigirma-yigirma beş qadamlar oraliqqa toşlar oralab pusgança örmalab bordi. Keyin “lip” etib örnidan turdi-da, töppa-töğri börilar tomon yurdi! U miltiğini orqasiga yaşirişga tirişardi. Otam beş-olti qadam qöyar-qöymas, qanjiq böri boşini şahd bilan kötarib ögirildi. Hatto biz ham uning otamga qahrli tikilgan közlarini, dikkaygança pirpirayotgan quloqlarini yaqqol kördik. Böriçalar esa hurkib, onasining pinjiga suqildi. Otam börilarni nogoh uçratib qolgandek, bir zum qotdi-da, öng tomondagi arçazorga öziça qoça boşladi. Ona böri u tomon quyunday qözğaldi. Baquvvat, uzun oyoqlari ostidan qor saçratib uç-tört sakraşdayoq otamga yaqinlaşdi. Şu payt otam ilkis orqaga burildi. Burildi-yu, birdan öq ovozi gumbirladi. Biz jon holatda kökka bir sapçib qulayotgan börining serjun böğzidan tirqirab qon otilib ketganini yaqqol kördik. Kulrang jondor şundoqqina otamning kirza etiklari yonida qor tözğitgança çirpirak tölğonib qoldi. Otam ehtiyotkorlik bilan özini çetga tortib qiçqirdi:
– Idişni opke-ye-yel!
Men xurjundan sopol kosani olib, jonu jahd bilan olğa otildim-u, köz oçib yumgunça otam oldida paydo böldim. Şu payt… şu payt toğu daralarni aççiq bir qiçqiriq tutib ketdi. “A-a, a-a!”
Biz “yalt” etib ovoz kelgan yoqqa qaradik. Qaradig-u, közlarimizga işonmadik. Axir, bu tovuş, bu aççiq qiçqiriq öşa şaharlik bolaniki edi!
“A-a-a-a!” – u shunday çinqiriq bilan qoqila-surilgança biz tomon yugurgiladi. Otam ikkimiz angrayib qoldik. Mehmon amaki bir zum kalovlanib turdi-da, şodon qiyqirib öynoqlay ketdi: “Tilginangdan, ovozingdan bolam…”.
Şaharlik bola pixillab-xirillab jon berayotgan ona böriga gandiraklagan köyi yaqin keldi. Uning kallasi avvalgidek tebranmas, qop-qora közlari çaqçayib boqar, yupqa, qonsiz lablari yana bir qiçqiriqqa hozirlanganday pir-pir uçardi. Bola çalajon jondorga, öq ovozi gumburlagandayoq böri bolalari tirqirab qoçgan uya tomon bir zum ola-kula boqib turgaç, şahd bilan otamga yuzlandi. Yuzlandi-yu, mutloq soğlom bir tovuşda vahimali şanğillay ketdi:
– Nega otdingiz, nega? Endi bolalari nima böladi?
Şu orada quvonçdan entikkança yetib kelgan otasi öğlini quçoqlab, “tilingdan, tilingdan…” deya öpişga urinib ketdi. Biroq bola, göyo tuzalganidan puşaymondek, otasining qöllarini siltab taşlab, goh çalajon böriga, goh otamga çaqçaygança qarab turardi. Mehmon amak esa hovuri bosilmay, hansiragan köyi, pörim pöstinining içki çöntagidan bir dasta pul çiqarib, qiyqirgança otamning boşidan soçib yubordi. Yana bir dastani ğoyat çaqqonlik bilan mening seryamoq çöntagimga tiqib yubordi.
Şu payt otamning qop-qora terga botgan köyi dağ-dağ titraşga tuşganini nogoh sezib qoldim! Miltiq, haligina men uzatgan sopol kosa allaqaçon yerparçin bölib qorga qorişib yotardi. “Ota-a!” – deya beixtiyor qiçqirib yubordim, birdan içu taşim muzlab. Ammo otam javob bermadi, goh oyoqlari ostida sönggi nafasini olayotgan ona böriga, goh şaharlik bolaga javdiray-javdiray qon saçragan qor ustiga behol ötirib qoldi. Men ilkis olğa otilib, uning yelkalaridan quçdim. “Ota-a, bizni qörqitmang, ota!” U qalin-qalin lablarini qimtib-qimtib gapirmoqçi böldi, biroq uddalay olmay qöl siltab qöydi. Men şunda… şunda aççiq bir haqiqatni angladim: otam tildan qolgandi!
Şaharlik bola közlari battar olayib, beixtiyor orqaga tisarildi. Söng bir ingranib, vahima bilan ovul tomon çopa ketdi.
Mehmon amaki hamon öşa quvonç qalqib turgan tovuşda: “Iya-iya, ovçi toğa, sizga nima böldi? Hazillaşmang-yey”, deb otamga parvona böla boşladi.
Men köz oldim qoronğilaşib unga qiçqirdim: “Yöqo-o-ol, otamni yedilaring!”. Beixtiyor paypaslanib yerdan miltiqni oldim. Mehmon amaki, “iya, jiyan, özingizni bosing, odam otişning javobgarligi bor-a?!” deya ğudranib, qalt-qalt titragança orqaga tisarildi, söng, önglanib öğli ortidan yörğalab qoldi.
Men butkul özimni yöqotib, esankirab qolgandim. Otam ovulga qaytişni istamasdi. Yolvorib yetaklamoqqa çoğlansam, qöllarimni siltab taşlab, “özing ketaver” deganday imo-işora qilar, xarsanglarning biriga omonatgina çönqayib, uzoq-uzoqlarga javdirab termular edi. Vahima bosib yiğlab yubordim. Bir payt orqamdan qadam tovuşlari eşitilganday böldi. Qarasam, uç-tört ovuldoş hovliqib kelişyapti. Taniş odamlarni körib, negadir, baralla höngrab yubordim.
Ular ovul oralab ğalati-ğalati qiyofada orqa-oldiga qaramay ötib borayotgan ota-bolani körib qolişgan ekan. Ajablanib, sörab-suriştirgaç, bizning mehmonlar ekanini bilişibdi. Söng, ovuldoşlar, “Bu yerda bir sir bor-ov”, degan şubha bilan töppa-töğri uyimizga borişganmiş. Enam bizning mehmonlarni boşlab Qaşqaqoyaga çiqib ketganimizni, hamon qaytmaganimizni, özi ham yuragi xijil tortib xavotirlanayotganini aytibdi. Ovuldoşlar özaro maʼnoli köz uriştirib, darhol Qaşqaqoya tomon jönaşibdi.
Öşa kun keçga yaqin çalajon otamni bir amallab uyga orqaladik. Men yöl-yölakay uzuq-yuluq qilib ularga bölgan voqeani aytib berdim. Ovuldoşlarni ham allaneçuk vahima bosdi. Ulardan biri “Ovçini qon tutgan”, desa, yana biri “öşa şaharlik bolaning kasali yuqqan”ligiga şaʼma qildi.
Otam bir paytlar çin ovçilar yo qoyadan uçib, yo yirtqiçlar bilan olişib ölim topişini menga uqtirar, hatto bu haqida qiziq-qiziq çöpçaklar aytib berar, bir kun kelib, özi ham şunday ajalga yöliqişiga işonib ğururlanar edi. Otam öşa tundayoq qöl-oyoği taraşadek qotib, körpa-töşakka mixlanib qoldi. Oradan bir hafta ötgaç, jon berdi. Men öşanda otamning göyo qismatidan, ölimidan roziday, yuz-közida allaneçuk tabassum qotib qolganini kördim…
* * *
Ovçi yigit “endi tamom”, deganday birdan jimib qoldi.
– Ha, hayot şunaqa aççiq, – dedi oğir bir söliş olib professor, göyo azadordan köngil söraganday. – Xafa bölmang, uka…
Men ham özimça, “Ha, taqdir-da, taqdir”, deb minğirlab qöydim. Lekin könglimning bir çeti xiragina yorişib turardi: çunki “uzun doston” men qörqib kutgandan boşqaça xotima topdi. Boya ovçi yigit, “Otamni şaharliklar öldirgan”, degani uçun “uzun doston” davomida muqarrar bir piçoqbozlikni, otişmani kutgandim. Yöq, xudoga şukr, unday bemaza bölib çiqmadi. Şu sabab ovçi yigitning közini şamğalat qilib, şerikka şipşidim:
– Bu ölimda şaharliklar “ni priçyom-ku”…
Gapim yoqmadi, şekilli, professor bir çimirilib qöydi. Söng qöl soatiga köz taşlab, “keçikyapmiz” işorasini qildi.
– Endi uka, bizga ruxsat, – dedim sipogarçilikni qöldan bermay. – Huvv, soy böyida şeriklar, maşina kutib qoldi.
Ovçi yigit öz xayollariga şunçalar berilib ketgan ekanki, beixtiyor çöçib tuşdi. Ikkovimizga uyqusirayotganday bir-bir qarab çiqdi…
– Ketasizlarmi?
Biz boş irğab, örnimizdan qözğaldik. Qöl-oyoqlari, beli xuddi menikidek hamon zirqirab yotgan bölsa kerak, professor yuzlarini ayançli buriştirib, ixrab yubordi.
– Haligi, – dedi ovçi yigit örnidan qözğalarkan bir menga, bir şerigimga köz taşlab, – qöriqxona qurişlaring çinmi?
Men tağin qanday javob ovçiga yoqişini bilmay çaynalib qoldim. Professor, har qalay professor-da, darrov möljalni töğri oldi:
– E, hammasi xom gap, uka, – dedi u öziça beparvo qöl siltab, – heç taşviş tortmang.
Ovçi yigit çippa-çin işondi, şekilli, yuz-közida şodlik şarpalari kezindi.
Biz xayr-xöşlaşib, ehtiyotkor qadamlar bilan pastga – yalanglikka tuşa boşladik.
– Ğalati odamlar ekan-a, – dedim hiringlab.
Professor çaqir toşlar, sertikan öt-ölanlar bilan qoplangan söqmoqçadan köz uzmay, “him-m” deb qöydi.
Nihoyat, yalanglikka endik. Men qörqa-pisa bundan çorak soat avval ötirgan tomonimizga – qoya çöqqisiga köz taşladim. Köz taşladim-u, “Anovini qarang!” deb yubordim, beixtiyor şerigimni turtkilab. Xayolçan ketayotgan professor bir çöçib, men işora qilgan yoqqa alangladi.
Qoya çöqqisining tik qirğoğida, turtib çiqib turgan xarsang ustida ovçi yigit mağrur qad kerib turardi.
– Nima balo özini taşlamoqçimi u? – dedim çinakamiga xavotirlanib. Çunki uning ovçilar qanday ölim topişi haqida aytganlari hamon quloğim ostida jaranglab turardi.
– Yö-öq, – dedi professor öyçan, – ovçi bizni kuzatib qöyyapti. To manzilga yetgunimizça şunday turaveradi u.
Biz xotirjam burilib yölda davom etdik…
Luqmon Börixon
1965-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. “Jaziramadagi odamlar”, “Temiryöl”, “Tun qaʼridagi şuʼla” kabi kitoblar muallifi.
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


