Şoir Faxriyor bilan olim Jabbor Eşonqul suhbati
Şeʼr bilan “dasturlaş”…
– Bir bastakor, har bir tovuş aslida musiqa, faqat uning musiqa ekanini eşitiş qobiliyati borlar his qiladi, degan edi. Agar şu fikrni şeʼr tomon bursak, atrofimizni örab turgan barça narsa – aslida şeʼr. Çunki şeʼr – musiqaning sözga köçgan şakli. Faqat bizni şeʼr örab turganini, bizni qurşab turgan olamning özi şeʼr ekanini hamma ham köravermaydi, his qilavermaydi. Şunday emasmi? Şuning uçun “Şeʼr özi nima?” deb söraşga odam iymanadi. Lekin masala şundaki, şeʼrning nimaligini ham bilamiz, ham bilmaymiz. “Bilamiz” deganimiz umumiy taʼriflardan va yodimizda turgan uçta-tört şeʼrdan tuğilgan tasavvur, xolos. Aslida şeʼrning nimaligini xuddi adabiyot, musiqa kabi hamişa ham teran his qilavermaymiz… Şuning uçun men baribir şu savolni beraman: şeʼr siz uçun nima?
– Qadim zamonlarda inson har doim özini tabiat kuçlari, qonunlari oldida ojiz sanagan, ularning mohiyatini anglab yetmagan. Şu sababli unga jurʼati, sabri, qanoati va, ana boringki, qörquv yoki vahimaga javoban tuğilgan hislarini qarama-qarşi qöyişga odatlana borgan.
Eʼtibor qilinsa, inson öta tarang vaziyatlarda – xoh quvonç bölsin, xoh qayğu bölsin – yuragida gupirib turgan hissiyotlari ifodasi bölmiş şeʼrdan – aytimdan foydalanadi. Quvonsa ham şeʼr aytadi, yiğlasa ham. Tinçlantiriş, uxlatişga möljallangan allada ham endi tuğilgan bolaga Yaratgandan özi yaxşi deb tasavvur qiladigan taqdirni sörab beriş istagi mujassam. Ona ertaga farzandi qanday inson bölişini bilmaydi – yana mavhumlikka röpara böladi. Şuning uçun nomaʼlum kelajakni Yaratganning irodasi bilan “dasturlaş”ga intiladi, yaʼni xaotik körinayotgan kelajakni tartibli, öziga maʼqul keladigan tarzda körişni istaydi.
Har qanday yaxşi niyat ana şu nomaʼlumlikni maqsadga erişiş yölida moddiylaştirişga intilişdan iborat. Şeʼr ham inson istaklarining ifodasi sifatida ana şu “dasturlaş”ga xizmat qiladi. Haqiqiy ilhom bilan yozilgan şeʼrlar közgu misoli kelajakni ham tumanli, ğira-şira, taşbihlar vositasida aks ettiradi, ammo buni faqat insonning içki dunyosi inʼikosi deb qaraşga odatlangan kişi payqaşi qiyin. Payqaganlar ham baʼzan uni, şoir öz taqdirini başorat qildi, qabilida tor tuşunadi va şeʼrga ijtimoiy hodisa sifatida qaraşga yo botinmaydi, yo buni anglab yetmaydi.
Gapim quruq bölmasligi uçun 60-70-80-yillar şeʼriyatidagi bir tamoyilni misol keltirmoqçiman. Esingizda bölsa, Erkin Vohid, Abdulla Orif, Rauf Parfi kabi şoirlar ijodidagi jamiyatda ustuvor metanarratsiyalar: ura-uraçilik, mafkurayu soxta dohiylarga maqtovbozlikdan qoçiş – buni tanqidçilik insonning içki dunyosini kaşf qiliş sari buriliş deb atab keladi – totalitar tuzumga norozilik sifatida ifodalangan edi. Albatta, senzura bunga yöl bermaslikka intilar, lekin adabiyot, jumladan, şeʼriyat taşbihu boşqa topilmalar orqali uning taqiqini aylanib ötiş yöllarini ustakorlik bilan topayotgan edi.
Keyinçalik ayni norozilik şakliy izlanişlarda ham ifodasini topdi va yangiça yönalişga burildi. Aslida öşa 70-80-yillardagi “şakl buzilişi” jamiyat sönggi öttiz yil davomida duç kelayotgan muammolarning başorati edi, desak adaşmagan bölamiz. Şuning uçun şeʼrga faqat şaxsiy yoki adabiy hodisa sifatida qaraş unçalik töğri emas.
Jamiyatda hukm surayotgan total yolğonga javob, hattoki muxolif fikr tarzida vujudga kelgan norozilik şeʼriyati undan voz keçişni istayotgan edi. Şuning uçun şakliy özgarişlarni faqat kimgadir ergaşiş deb qaraş mutlaqo notöğri. Şeʼr şaklining erkinlaşuvi jamiyat parokandalikka yuz tutayotgani inʼikosi edi. Balki barmoq vaznidan şu sababli qoçilgandir. Çunki tartibsizlikni, parokandalikni turoği, qofiyasi, böğinlari tartibli vaznda ifoda qilib bölmasligini intuitiv tarzda his qilgan şoir sarbastga qöl urganmikan, degan bir iştiboh keçadi odamning xayolidan.
Mayli, bir lahza barmoqda ifoda qilişning imkoni ham bor edi, deb öylaylik. Unda nega sarbast aynan şörolar hokimiyati fatorat topişi arafasida urfga aylandi?
Xullas, savollar köp. Bunga mavridi kelib, adabiyotşunoslik javob berar.
– “Şeʼr nimaligini bilaman deb kitob titib yurgunça, uning özini öqib qöya qolsang bölmaydimi?!” degan ekan bir adabiyotşunosimiz şogirdiga. Domla aslida töğri aytgan. Şeʼr nima ekan, deb boş qotirib nima qiladi? Undan köra şeʼrni öqisin, keyin tahlil qilsin, ayrim juzʼiy nuqsonlarini aniqlab, umummaʼnoda isteʼdod namunasi desin… Bizda minglab öziga xos qiyofaga, öziga xos şaklga, öziga xos maʼnoga ega şeʼrlar bir xil tahlil qilinib, bir xil baho berilgan. Bu sizning şeʼrlaringizga ham taalluqli. Ellikdan ham oşdingiz. Şeʼrlaringiz bilan özbek şeʼriyatiga öziga xos yönaliş, öziga xos ifoda usulini olib kirdingiz. Lekin, nazarimda, hamon Faxriyor degan şoirning adabiyotdagi örnini baholaş masalasi oçiq qolmoqda. Heç kim siz şeʼriyatga olib kirgan şaklni ham, ifoda tilini ham, ohangni ham, şeʼrlaringizdagi texnokratik majozlarni ham yetarli tahlil qila olgani yöq. Demak, şoir Faxriyor ijodiy eʼtirof nuqtayi nazaridan yoş şoirlar bilan bir qatorda. Bu sizni xafa qilmaydimi? Sababi nimada deb öylaysiz? Bu savollarga, matbuot bot-bot takrorlayotganidek, postmodern uslubida ijod qilayotgan şoirning öz javobi har qanday öquvçi uçun qiziqarli tuyuladi.
– Zamonaviy şeʼriyatni – modern yoki postmodern ifoda yösinini zaminidan uzilib qolgan yoki oydan tuşgan şaklbozlik deb emas, bugungi şeʼrni yangilaş ehtiyoji deb qaraş lozim. Albatta, barmoq vazni hali imkoniyatlarini töliq namoyon qilib bölgani yöq, şuning uçun verlibr yoki postmodern şeʼrga ehtiyoj bormi, degan savol tuğilişi tabiiy.
Javobim şuki, adabiyot har doim tilning, adabiy janrlarning içki imkoniyatlari barobarida taşqi – özga adabiyotlar orttirgan tajriba bilan özaro çoğiştirib, sintez qiliş orqali rivojlanadi. Bugungi milliy adabiyotimizdagi izlanişlar, istaysizmi-yöqmi, öz zaminiga tayanadi, çetdan taʼsirlaniş orqali adabiy tafakkur imkoniyatlarini kengaytirişga intiladi, uning çegaralarini mavhumlik, mutlaqo yangiça kodlaşlar – ramzlar sari surib boradi. Yangi asarlar yaratilişiga maydon hozirlaydi.
Buning heç qanday yomon joyi yöq.
Biroq yangiça izlanişlar, har qança original taşbihlar bilan bezalmasin, hali özining aniq şaklu şamoyilini, ritmini, sözni isrof qilmaslik meʼyorlarini, çegaralarini – poetikasini qatʼiy belgilab olgani yöq. Bu borada har bir ijodkorning tayyorgarligi, isteʼdod miqyosi bilan boğliq izlanişlar tajriba tariqasida davom etmoqda.
Sel oqib ötib, özan hosil bölgandan söng undan oqayotgan suv tiniqlaşişi uçun muayyan vaqt kerak böladi. Buni tezlaştiriş uçun ilğor, hozirgi şeʼriy tajribalarni yaxşi tuşunadigan, ularni tasniflab, sarasini saraga, puçagini puçakka ajrata oladigan adabiy tanqid ham kerak.
Bormi öşa tanqid? Umuman, bizda modern, postmodern şeʼriy tajribalar alohida tadqiq qilinib, ularda mavjud qonuniyatlarni oçişga harakat qilingan birorta tadqiqotni ayta olasizmi? Töğri, urinişlar bor, tahlilga harakatlar bor, lekin tölaqonli tadqiqotni körmayapman.
Şeʼrni öqiş ham, mağzini çaqiş ham, kerak bölsa, tahlil ham qilib köriş kerak. Şunda ijodkor uni sanʼat darajasiga kötargani yoki kötara olmagani maʼlum böladi. Buning uçun jahon tajribasini ham örgangan holda bugungi yangi şeʼriyatning öziga yaraşa qonuniyatlarini belgilab oliş zarur.
Savolingizning ikkinçi qismiga kelsak, men ham qalamdoşlar qatori qölimdan kelgan va qilişim kerak, deb hisoblagan işni qilyapman. Uni birov eʼtirof qilişi-qilmasligi – yuzinçi, hatto undan keyingi masala…
Jahon adabiyotidagi şeʼriy tamoyillarni imkon qadar kuzatib boryapman, yozayotganlarimni öşalar bilan soliştirib körib, qilayotgan mehnatim behuda ketmayotganini köryapman.
“Imlo luğati” sindromi
– Ortega-i-Gasset, adabiyot xos kişilarning yumuşi va zavqiga aylanadi, deb odamga tuşkun xulosa beradi. Yuqorida biz şeʼrni tuşunmayotgani uçun aybni öquvçi yoki adabiy tanqidning didiga yukladik. Lekin boşqa tomondan, döppini olib, öylab qaralsa, bugungi kunda yangiça, postmodernça yozaman deb, özi ham tuşunmaydigan narsalarni qoralayotganlar ham köpayganini tan oliş kerak. Atayin rebusnamo şeʼrlar yoziş, keyin, mening şeʼrlarim murakkab bölgani uçun boşqalar tuşunmayapti, deb özining dunyo adabiyoti şohsupasidagilar bilan yonma-yon qöyiş hollari ham bor gap. Bu holat ham öquvçini şeʼrdan uzoqlaştirmayaptimikin? Umuman, adabiyotni atayin rebusga aylantirişga qanday qaraysiz? Rebus asarlar tuğiladimi yoki töqiladimi? Asl şeʼr tuğilişini inobatga olsak, unda rebus şeʼrlar asl emas ekan-da…
– Siz aytayotgan faqat murakkab, birovlar tuşunmasligi uçun şeʼr yozişga intiliş va bu bilan maqtanib yuriş durust iş emas. Bobolarimiz nafaqat şoir, hatto şeʼrxon oldiga ham “Dilda darding bölmasa, sardaftarimni kovlama”, degan talabni bejiz qöymagan. Dardi yöq şoir ham, şeʼrxon ham undan uzoq yurgani maʼqul. Ana, ermak kerak bölsa, kino körsin, oldi-qoçdi narsalar öqisin.
Endi “rebusnamo şeʼr” degan iboraga kelsak, modern yönalişdagi maşqlar kamçiliklarini ham istisno etmagan holda, ayrim tanqidçilarning yangiça şeʼr nima ekanini tuşunmaganini xaspöşlaş uçun öylab topgan bahonasi ekanini ham aytiş joiz deb hisoblayman.
– Ommaviylik bilan xoslikning çegarasi qayerda, degan savol ham dolzarb bölib turibdi. Modomiki, zamonaviy adabiyotdagi kodlarni öqiy olmayotgan ekanmiz, demak, özimizni anglaş darajamiz ham pasayyapti yoki umuman özimizdan, özligimizdan uzoqlaşib, boşqa tomonga qarab ketyapmizmi?
– Bir parodoksal holatni kuzataman: hamma şeʼr haqiqiy sanʼat namunasi bölişini istaydi va şuni şoirdan talab ham qiladi. Bu – yaxşi. Ammo sanʼat asari bölgandan keyin uni tuşuniş uçun did barobarida ozroq saviya bilan bilim ham kerak emasmi? Nima uçun şoir yoki yozuvçi hamma narsani çaynab öquvçining oğziga solişi kerak? Özi talab qilayotgan sanʼat asari unga çindan ham kerak bölsa, öşani tuşuniş uçun u ham mehnat qilsin, jonini koyitsin.
Siz aytayotgan xoslik ommalaşmasligi mumkin, biroq bu bilan uning ahamiyati pasayib qolmaydi.
Takror bölsa ham aytaman: öquvçini öşa xoslikni anglay, kodlarni öqiy oliş yölida tarbiyalaş lozim.
– Nega keça stadionlarga toshib çiqqan şeʼriyat bugun kiçik davralardan, kitoblarning 500-1000 ta adadidan, ijtimoiy tarmoqlardan nariga öta olmayapti? Umuman olganda, adabiyotning vazifasini nimada deb bilasiz?
– Töğri, bugun 60-70-yillarda öta ommalaşib ketgan şeʼriyatning muxlisi kam. Buning öziga yaraşa sabablari bor.
Birinçidan, öşa vaqtlar, boya aytib ötganimday, şeʼr muxolif fikr yoki qaraşlar vazifasini ötagan, publitsistik ruh ustuvor, mavjud ijtimoiy norozilik taşbih yoki qoçirimlar bilan aytilayotgan edi, qolaversa, mafkura yolğonlaridan çarçagan xalqning şunga ehtiyoji bor edi.
Ikkinçidan, hozirgi kunda axborot olişning ham, ermakning ham mingta yöli bor. Şunga moslaşgan ommaviy madaniyat (tuturuqsiz qöşiqlardir, yengli-yelpi filmlardir, oldi-qoçdi adabiyotdir) qaysidir maʼnoda haqiqiy sanʼat turlari, jumladan, adabiyotni çekkaga surib qöygani ham, afsuski, bor gap. Öquvçi esa nimanidir öqiyapman-ku, deb özini ovutadi. Şu bilan maʼnaviy ehtiyojini qondirganday böladi.
Aslida bu – xato tuşunça
Neyrobiolog Jeremi Bennettning aytişiça, inson miyasi obyektiv voqelik bilan tasavvurning farqiga bormaydi. Inson hamişa özi istagan narsani köradi, masalan, birorta avtomaşina sotib olsangiz, beixtiyor şahar köçalarida köproq öşa rusumdagi avtomobillarga eʼtibor bera boşlaysiz.
Köryapmizki, odam izlanmasa, miyasini işlatib, biror maqsad sari intilmasa, bori bilan ovora bölib qolaveradi. Ermak vositalari mingta bölişi mumkin, ammo heç narsa odamni kitobçalik, öqiganda ham foydali kitob öqigançalik yuksaltirmaydi. Buning uçun esa ozroq mehnat qiliş, tirişqoqlik darkor. Bundan taşqari, yangi uslubdagi şeʼrlaru prozani tarğib qilişning, yaʼni don bilan somonni bir-biridan ajratib beradigan aniq mexanizmi bölişi şart.
Biz adabiyotning fundamental vazifasini odob yoki insonning içki dunyosini kaşf qiliş bilangina çegaralamoqçi bölamiz. Vaholanki, uning talqinidagi obrazlar, taşbihlar har qanday öquvçi uçun fikr, hatto kaşfiyotlarga yetaklovçi ğoyalar generatori, fantaziya va ilhom manbayi sifatidagi amaliy ahamiyatiga köp ham eʼtibor qaratmaymiz. Bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan televizor bir zamonlar klassik adabiyotda “oynayi jahon”, yaʼni ğoya sifatida mavjud edi. Yoki folklordagi uçar gilamlarni eslang.
Bundan taşqari, yozuvçilar bank kartalari (Edvard Bellami) va inson tana uzvlarini köçirib ötkaziş (Stanislav Lem), suvosti kemasi va Yerning tortiş kuçini yengib ötiş (Jyul Vern), lazer, eskalatorlar, elektr stansiyalari (Gerbert Uels), yerning sunʼiy yöldoşi (Artur Klark), barmoq izi bilan oçiladigan eşik qulfi (Rey Bredberi), internet (Mark Tven) paydo bölişini başorat qilgan, öşa sohalarda izlanayotgan olimlarga turtki bergan edi.
Yangi uslubdagi şeʼrlar yoki proza xususida şuni aytiş lozimki, ayrim madaniyatşunoslar Ğarb jamiyatining hozirgi taraqqiyotida modern adabiyot muhim poydevor bölib xizmat qilganini eʼtirof etmoqda. Şuning uçun yangilikdan yotsiramay, uni yaxşilab tadqiq qiliş, kamçiliklarini ham körsatib beriş ziyon qilmaydi.
Suhbatning davomini jurnalimizda öqiysiz
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


