(Hikoya)
Közing – özingniki, quloğing – özganiki.
Özbek xalq maqoli.
– …Odamboy aka, keling… Ertalabki majlisda aytilganiday: bugundan boşlab şu ikki qizga boşliqsiz. Hozirça… Tez orada dugonalarining taʼtili tugasa, bular ham köpayişib qoladi. Tanişinglar: bu – Nozigul, bunisi – Lobar. Mana şu loysuvoq devorni hu oxirigaça oqlaşlaring şart. Nozik mehmonlar keladigan. Ertaga keçgaça ulgurişimiz kerak.
Qöşimça topşiriqlar bergan direktor şoşilib jönadi. Hali ohaklaşni boşlamaslaridan Nozigul ketiş uçun ruxsat söradi.
– Bolam reanimatsiyada. Bormasam, bölmaydi. Uning yonida bölişim kerak.
– Yöq, – dedi Odamboy piça öylanib turgaç. Uning ovozida açiniş yoki hokimlik qiliş emas, ajablaniş hissi hukmron edi. – Hozirgina ketdi-ku, nega direktorning özidan söramadingiz: ketaymi, ketmaymi, deb? Tuşunardi. Uyam odam.
– U odam bölganda, özim bilardim. Iltimos, javob bering.
Qarasa, Nozigul köz yoşi qiladigan, Odamboy noiloj qolib boş irğadi. Iş çala qoldi: keçgaça devorning uçdan biri ham oqarmadi.
Keç kirdi. Direktor keldi. Uning közlari qizargan, qovoği soliq, boşi egik edi. U oqlanişi kerak bölgan devorni körib tutaqib ketdi.
– Tuşunmadim! Nima uçun devor oqlanmadi, a?! A, nimaga oqlatmading?!
– Nozigulning bolasi…
– Bolasi?
– Ha. Bolasi reanimatsiyaga tuşib qolgan ekan. Bormasam, bölmaydi, deganidan keyin…
– Uning bolasi bor ekanmi? A?
– Ha…
– Rosa laqillatibdi-ku sizni! Heç qanaqa bolasi yöq uning. Men göl bölmasam, kelib-kelib sizga işonamanmi? Örinbosarmiş tağin. Şuni qorovulimga buyurib ketganimdayam yarmini tugatgan bölardi. Eh, men ahmoq… Özi, qölingizdan biron iş keladimi? A? Yarim yil kasalman deb yotdingiz, ğing demadim, oyligingizni oyma-oy şaqillatib sanab oldingiz, indamadik. Yana nima kerak, inson? Nonkörlik qilmang-da. Şunday «yonayotgan» paytimda yordam bermasangiz, qaçon yordamlaşasiz?
Yarim soatlik vaʼzxonlik, buyruqbozlikdan söng direktor:
– Ertaga saharlab mehmonimizni kutib olgani çiqişim kerak. Xullas, keçqurungaça devorimiz oppoq bölsin, şunda sizam oppoqsiz, menam.
Odamboy tuni bilan uxlolmay tölğonib çiqdi. Miyasida aylanayotgan öylardan yuragi sançirdi.
“Şunçalik soddamanmi?! Ustimdan kulib aldab ketişsa-yu, sezmasam? Heç kimga işonib bölmay qoldi. Ayol haq desam, erkakning gaplari örinliga öxşaydi”.
Odamboy qop-qoronği xonada özini közguga solgan kör odamga öxşardi. U özining qandayligini, atrofidagilarning kimligini bilolmay qiynalardi.
“Ertadan boşqa odamga aylanaman”.
– Nega odamni aldadingiz?
Odamboyning qizlar bilan ertalabki “salom-aligi” şunday boşlandi.
– Nima debman?
– Bolamni körgani boraman degandingiz. Bolangiz yöq ekan-ku?
– Nima?! Direktor şunday degandir, hoynahoy. Aytuvdim-a odammas u deb! Mening bolam yöq ekanmi, işonmasangiz, mana, köring.
U sumkaçasidan oq-qora fotosuratni oldi. Unda Nozigul nogiron bolaçani quçoqlab turardi.
– Endi işongandirsiz? Yo qasam içaymi?
Nozigulning közlari jiqqa yoşga töldi. Odamboy qaqqayib qoldi.
– Mayli, – dedi Odamboy zörğa öziga kelib. – Keçgaça ohaklab tugatinglar.
– Men yana kasalxonaga borişim kerak.
– E, qiziq ekansiz-ku, ertalabdan ketadigan ekansiz, nega keldingiz işga?
– Sizga işonib keldim. Özingiz tuşunadigan odamsizku: erta-indin oylik beradigan. Pul topişning boşqaça yölini bilmasam…
– Keçiring-u, sizga javob berolmayman. Meniyam tuşuning: birovning dod-faryodini manavi yerimga olaversam, – Odamboy çap köksini körsatdi. – Özimnikini qayerga siğdiraman? Agar işdan ketsam, bu diplomim bilan şahardan boşqa iş topolmayman. Men ham yaşaşim kerak. Özi, direktor bilan örtamizda işkal bor. Şuning uçun devorni oqlab bölinglar-u, istagan tomonlaringga ketaveringlar.
– Akajon, özingiz yaxşi odamsiz-ku, tuşuning, öğlimning ahvoli oğir. – Nozigul höngrab yiğlab yubordi. – Iltimos, oxirgi iltimosim, meni himoyangizga olib turing, işdan böşatib yubormasin. Döxtirlar öğlingizni beş kunligi bormi-yöqmi, bilmaymiz, deyişyapti. Nega işonmaysizla-a-ar?
Lobar Nozigulni bağriga oldi. Odamboyning ham köngli buzildi. Nozigul ketaversin, degan maʼnoda Lobarga işora qilib qorovulxonaga kirib ketdi.
Lobar keçgaça işlaganidan söng devorning yarmigina oqlandi. Odamboy Nozigulga ruxsat berib töğri qildim, deb öylagandi, lekin direktor kelib uning işonçini şubhaga aylantirdi.
– Şunga işonib ötiribsizmi? Öğlim bor degan öşa yolğonçining tilini suğurib olmadingizmi? Birovning bolasini körsatgandir öğlim deb. Bu yerda yetti yildan beri direktorlik qilaman. Bunaqa muttaham, firibgarlarning mingtasini sinovdan ötkazganman. Menga işonasizmi, ungami? A? Menda xodimlarimning hamma maʼlumotlari bor: kim uylangan, neçta farzandi bor, neçta xotini, neçta öynaşi – hamma-hammasini bilaman. Bilmadim, nima qilsangiz, qiling, ertaga tuş paytigaça devor oqlansin, oqlanmasa, arizangizni yozing, uyam yozsin. Agar şundan keyin ham işni qilolmasangiz, qildirolmasangiz, arizalaringiz stolimning ustida bölsin, bölmasa, ayab ötirmayman…
Odamboy aldagani uçun Nozigulni işdan böşatişga qaror qildi. Ertalab iş joyiga kelib devor oqlayotgan Lobarning özini kördi.
– Nozigul hozirgina ketdi, – dedi Lobar. – Aravaçada öğilçasini opkelgandi. Şiringina kulib ötirgan bolakay birdaniga huşidan ketib tipirçilab qoldi. Yugurganiça yana kasalxonaga ketdi.
“Biz hammamiz şunaqamiz. Bir işni qilayotganimizda vijdonni, burçni unutamiz, qilayotgan işimiz töğriday tuyuladi. Lekin vijdonimiz uyğonganda, burç, eʼtiqod tuşunçalari esimizga tuşganda, özimizdan uyalamiz, xatomizni tan olamiz”.
Odamboyning hozirgi ahvoli şunday edi. Lobarning gapini eşitib, Nozigulning ketganini töğri deb öyladi. Lekin közi bilan körmagani uçun va vazifasini, direktorni eslab fikridan qaytdi.
Direktor keçki payt Odamboyning işdan böşaş haqidagi arizasini stoli ustida kördi.
Özbektoş QILIÇBEK
1986-yili tuğilgan.
Şeʼri va hikoyalari “Kaftdagi nihol”,
“Zangor fasl” bayozlariga kiritilgan.
“Quvonç” hikoyalar töplami naşr etilgan.
Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti magistranti.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


