7 daqiqada öqiladi

351 marta körilgan

Bolangizni “bobov”larga berib qöymang!

Bolangizni “bobov”larga berib qöymang!

Siz tirikçilik taşvişi bilan köproq köça-köyda yurasiz. Bolangiz esa maktabga ketadi. Kunning asosiy qismini uydan taşqarida – boşqa kişilar orasida ötkazadi. Maktabdan uyga qaytgunça nimalargadir çalğib, har xil joylardan ötadi. Ammo siz farzandingizning aynan qaysi yöldan uyga qaytişiga va bu paytda kimlar bilan yuzma-yuz bölişiga heç qiziqqanmisiz? Va yana, kuzatganmisiz, maktab yoşidagi bolalarning ayrimlari köp hollarda örtoqlariga qöşilib, bir nimalarga çalğib doim boşqa yöldan uyiga qaytadi.

Har qadamda internet klublari hamda kompyuter öyini markazlari bor. Bu yerda nafaqat ösmirlar, hatto kiçik yoşdagi maktab bolalari ham jangari, behayo hamda dahşatli tasvirlarga boy, vahşiylikni tarğib qiluvçi qörqinçli öyinlarni kiprik qoqmasdan öynaşadi.

Bir kuni zarurat yuzasidan internet klubga kirdim. Qarasam, ötirganlarning barçasi maktab öquvçilari. Işonsangiz, yoşi eng kiçik bola uçinçi yoki törtinçi sinfda öqiydi. Baʼzilari öyinga qiziqib sumkasini ham yeçmasdan örindiqqa ilinib ötirib olgan. Ayrimlari esa tik turgança öyin öynardi. Lekin, eng açinarlisi, birorta bola faqat odamkuşlik va vayronkorlikdan iborat bu öyinlardan qörqmas va jirkanmas edi. Aksinça, özi boşqargan “qahramon”ining vahşiyligidan huzurlanar, “ğalaba”ni nişonlaşda öşa öyinlar taʼsirida orttirib olgan ğalati harakatlarni namoyiş etardi…

Bir paytlar “bobov”, “olaböji” degan afsonaviy mavjudotlarning nomini eşitib, rangi öçadigan bolalarimiz bugun ulardan beşbattar qörqinçli va badbaşara maxluqlar bilan bemalol virtual muloqotga kirişmoqda, ularga yöl-yöriq körsatib, xayolan minglab odamlarning qonini tökişmoqda. 

Baʼzi öyinlar guruh bölib öynaşga möljallangan. Uç-tört sinfdoş öyinda özaro raqib böladi-da, bir-birini söyişga, portlatişga, otişga, xullas, öldirişga kirişib ketadi… Bu öyinlarni muttasil öynab ulğayayotgan bolada mehr hissi qolarmikan?! Axir, endi sakkiz-ön yoşga kirgan bola har kuni vayronkorlik, buzğunçilik, qon tökiş kabi vahşiyliklarni köraversa va buni özi bajarayotganday rohat olaversa, unga yaxşilik, saxovat, mehr-oqibat haqidagi pand-nasihatlarimiz arzimas çöpçak, oddiy vaysaş va ezmalik bölib tuyulmasmikan?! Çunki kompyuter qoşida bola özini öyin qahramonidek his etadi. Butun xayolini egallagan bu buzğunçi öyinlar oqibatida bola mahdud fikrlaydigan, öquv fanlarini özlaştira olmaydigan, özlaştirsa-da xotirasida uzoq vaqt saqlab turmaydigan bölib qoladi. Şu ruhda ösgan bola sal ulğaygaç (masalan, 7- yoki 8-sinfga köçganda), öqişga deyarli rağbat sezmay qöyadi.

Ular bu öyinlarni deyarli har kuni, kamida bir soat öynaşadi. Keraksiz, ayni paytda zararli narsalar bilan tölgan kiçkina miyasi Navoiy va Boburning ohanrabo va nafis ğazallariyu Anvar Obidjon hamda Tursunboy Adaşboyevning gözal va öynoqi, öz navbatida ilmli va zakovatli bölişga undaydigan, vatanparvarlik ruhini şakllantiradigan şeʼrlarini öziga singdira olarmikan?

Tafakkuri va tarbiyasiga keskin zarar keltiradigan bunday öyinlarni muttasil öynab yuradigan bola birinçi galda atrofdagi olamdan uzilib qoladi. Aniqroği, yonidagi odamlar va hodisalarga befarq qaraydigan böladi. Zöravonlik, vahşiylik va qotillikka asoslangan öyinlar közi pişib ketgan bolaning ongu şuurini öğirlab, unda hayotda ham şunday, yaʼni birovni qiynab, unga zöravonlik qilib, “lider”ga aylaniş lozim, degan tasavvur uyğota boşlaydi.

Xabaringiz bölsa kerak, oxirgi paytlarda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida yoşlar örtasida mojarolar röy berayapti. Bu töqnaşuvlarda öquvçilar sovuq qurollar – piçoq, bigiz, hatto kiçik boltalardan ham foydalanib, bir-birlariga jarohat yetkazişmoqda. Şunday voqealarning ayrimlari ölim bilan tugagan… Bularga nima sabab bölişi mumkin? Ota-onaning eʼtiborsizligimi, taʼlim dargohlarida intizomning yöqligimi yoki öşa zararli öyinlarning murğak onglarga ötkazgan beayov taʼsirimi?

  Maʼlumotlarga qaraganda, kompyuter quliga aylangan bolalarda ösmirlikka ötiş davrida keçadigan fiziologik va ruhiy özgarişlar tengdoşlariga nisbatan jiddiy tus oladi. Ular haddan taşqari jizzaki va qaysar bölib qoladi. Özlariga nisbatan qarşiliklardan juda tez jahli çiqadi va bunga nisbatan jismoniy javob qaytarişga intiladilar. Ular faqatgina öz fikrlarini inobatga olib, boşqalarning gaplarini nazar-pisand qilişmaydi.

Hatto şunday voqealar ham bölganki, kompyuter öyini quliga aylangan bola öz  yaqinlarini kaltaklagan, tan jarohati yetkazgan va hatto… qotillik qilişdan qaytmagan. Endi diqqat qiling. Rossiya Federatsiyasining bir neça şaharlarida quyidagi holatlar yuz bergan: Petrozavodskda yoş yigit 80 yoşli buvisini kaltakladi. Tergov paytida u “Buvim kompyuter öynaşimga xalaqit bergani uçun kaltakladim”, degan. Kemerovoda 14 yoşli Saşa K. kompyuterda öyin öynayotganida çalğitgani uçun 20 yoşli opasini ğişt parçasi bilan urib öldirdi. Saşaning öqituvçilari u maktabda juda yaxşi öqigani, lekin keyingi olti oyda özlaştirişi pasayganini bildirişdi. Krasnodarda 15 yoşli Yaroslav M. otasini unga kompyuter öynaşni taqiqlagani sababli öldirgani uçun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ijevskda 17 yoşli yigit otasining qotiliga aylandi. U butun kunini internetda ötkazar, turli onlayn öyinlar öynardi. U hattoki xonasidan kunlab çiqmay qöydi, ovqatini ham xonasida yeydigan böldi. Sabr kosasi tölgan ota uning kompyuterini olib qöymoqçi bölganida yigit otasini piçoqladi…

Xöş, bolalarning bunday “rohatxona”larga kelişiga nima sabab bölmoqda?

Bir kuni ön yoşlar çamasidagi bolakay kompyuterxonaga örtoğini yetaklab kirdi-da:

– Dadam har olgan “beş”imga beş yuz sömdan beradilar. Keça beşta “beş” olib borgandim, mana, ikki yarim ming söm berdilar, – deb unga pulni körsatdi. Yonidagi bola örtoğining dadasi naqadar saxiyligidan quvondi, şekilli, közlari çaqnab ketdi. – Kontir öyniymizmi?

Bola otasi bergan pulni ovqatlanişga işlatmasdan, faqat otib öldirişdan iborat “Sounter strike” öyinini öynaş uçun asragan.  Ammo ota-onasi unga “kontir öynagin” deb pul bermagandir!? Nega unda bola bu yerga keldi? Kim yetaklab kelgan uni birinçi marta bu joyga? Buning javobi bor. Avval aytganimizdek, maktabga ketişida izidan kuzatilib, kelişi nazoratsiz qoldirilgan bolaning çalğigan holati bu. “Voy-bö, şunga şunça vahimami? Öynasa, öynabdi-da, sening pulingga öynamaydi-ku”, deydiganlar topiladi. Töğri, otasining puliga öynaydi. Lekin bundan kim, qanday naf topadi? Bunday zararli öyinlarni köp öynaş bir tomondan bolaning tarbiyasiga salbiy taʼsir qilsa, ikkinçi tomondan soğliğiga ziyon yetkazadi. Kompyuter oldida soatlab ötiriş köriş qobiliyatini yomonlaştiradi. Közdagi qattiq oğriqlar, köz yoşlanişi, qoraçiq va qovoqlar qizarişi, peşona sohasidagi zirqiraşlar, tez çarçaş holatlari – ekran oldida köp ötirişning oqibati.

Qolaversa, kompyuter va boşqa elektr asboblari özidan elektromagnit nurlari çiqaradi. Alaloqibat, çiqayotgan elektrostatik nurlar hamda mayda çang zarralari terining oçiq joylariga tuşişi natijasida turli xildagi allergik kasalliklar kelib çiqadi. Hatto soç tökilişi, teri qurişi ham kuzatilar ekan. Bundan ham dahşatliroği, köp ötiriş davomida stul bilan tana örtasida öziga xos “issiq kompress” hayoti yuzaga kelib, prostatit, gemorroy kasalliklariga sabab böladi. Kam harakatlilik moddalar almaşinuvi buzilişi hamda semiriş kasalligiga ham zamin yaratadi.

Körinib turibdiki, bunday kompyuter öyinlari endi ösib kelayotgan bolaning ham jismoniy, ham maʼnaviy, ham ruhiy kuşandasidir. Şunday ekan, ota-onalar farzandlariga doimo eʼtiborli bölişlari, har bir bosgan qadamidan boxabar bölmoqlari kerak. Bundan taşqari, mutasaddilar tomonidan kompyuter öyinxonalari nazorat ostiga olinişi zarur. Töğri, kompyuter öyinxonalari davlat röyxatidan ötib, mustaqil ravişda qonuniy faoliyat yurityapti. Ammo bu degani maktab bolalariga, hatto  dars vaqtlarida ham öyin öynaşga bemalol ruxsat beriş mumkin, degani emas-ku. Millat bolalari ongini zararli ğoyalar bilan zaharlaşga şaroit yaratiş – xalqqa, uning kelajagiga xiyonat qiliş bilan baravar. Şu bois ongi endi şakllanayotgan, ön beş-ön olti yoşdan kiçik maktab öquvçilarini bunday joylarga kiritmaslik zarur, deb öylayman.

Maktab öquvçilarini befoyda amallardan qaytariş uçun bir qator çora-tadbirlar körilişi kerak. Jumladan, har bir öyinxonaga maktab öquvçilarining kirişini taqiqlovçi yöriqnoma ilib qöyiş lozim. Şu talabni buzgan kompyuter öyinxonalari egalariga tegişli jazo qöllanilişi kerak. Şundagina bolalarimizda ommalaşib ketayotgan dangasalik hamda bilimsizlikning oldini olamiz, ularni milliyligimiz va qadriyatlarimizga zid ğoyalar taʼsiridan asragan bölamiz. Bunday qatʼiy çoralar körilmasa, befarqligimiz juda katta illatlarga yöl oçişi mumkin. Negaki, qiziqarli körinayotgan öyinlar zamirida ayyorona ğoyalar va çorlovlar bor. Vahşiy öyinlar ulğayayotgan boladagi nozik tuyğularni xiralaştiradi, ijobiy xislatlarning yöqolişiga zamin yaratadi. Uning eʼtiqodi va dunyoqaraşini teskari tomonga burib yuboradi. Ongi, fitrati buzilgan ösmir esa kelajakda jamiyatning katta muammosiga, boşoğriğiga aylanadi. Çunki, yaxşi bilamiz, bola niholday gap. Kim qayoqqa tortsa, öşa tomonga egilaveradi…

Mutaxassislarning fikriça, bolasi bilan suhbatlaşişga vaqt topmaydigan, ularning qiziqişlariga befarq bölgan ota-onalarning farzandlari köproq köçadan “mehr” topadi. U köproq köçada yurişni, döstlari bilan qayerlargadir borişni doimiy odatga aylantiradi. Buning oqibatida kompyuter öyinlariga qiziqib, ularga mukkasidan ketişi mumkin. Şu boisdan ham psixologlar ota-onalarga quyidagi tavsiyalarni berişadi. Birinçisi, bolangiz bilan har kuni gaplaşing, dardlaşing. Bolangiz öqiyotgan maktabga tez-tez borib, uning öqişini suriştiring. Kunda-kunora işingizdan ortib, uni maktabidan olib, qiziqarli joylarga olib boring va özingiz uyga kuzatib qöying. Şunda bolangiz unga befarq emasligingizni, doim uni tergab turişingizni içdan his qiladi. Yoki bölmasa, ikki haftada bir marta qöğirçoq yoki yoş bolalar uçun möljallangan teatrlarga olib boring. Yana bir tavsiya: farzandingizga maktabdan qaytgaç, to özingiz işdan kelguningizça şuğullanib turişi mumkin bölgan biror bir qiziqarli maşğulotni bajarişni tayinlang. Va albatta uşbu topşiriqni bajarganligiga qarab mukofotlaşni ham unutmang. Şunda bolangizning böş vaqtini zararli işlarga sarflamasligining oldini olgan bölasiz.

Köpinça ota-onalar farzandlarini “Suyangan toğim” deb erkalaydi.  Bir umr oq yuvib, oq taragan dilbandiga keksaygan çoği suyanişni öylaydi. Albatta, bu har bir ota-ona uçun ulkan baxt. Lekin bu baxt öz-özidan kelmaydi. Eʼtiborliroq böling,  suyanmoqçi bölgan toğingizning “olaböjilar in qurgan” kompyuter qoşida, közingizdan pinhon ravişda nuraşiga yöl qöymang…

Husan MAQSUD

1991-yili tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining özbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)