1 daqiqada öqiladi

223 marta körilgan

Adabiyotning buyuk elçisi

Çingiz Aytmatov

Çingiz Aytmatov… Bu nom butun dunyo kitobxonlariga juda taniş va qadrli. Uning qissalari, romanlari uslub jihatidan ham, janr jihatidan ham tubdan farq qiladi, bir-birini takrorlamaydi. Lekin birgina jihatdan öxşaş – ular orasidan birorta nosamimiy asarni topolmaysiz. Samimiyat – Aytmatovning ilk qissalaridan to sönggi yillarda yaratgan falsafiy romanlarigaça yöğrilib ketgan. Davr ruhi bu asarlarga daxl qilolmaydi – hammavaqt kişiga birday taʼsir etadi, kitobxon bu kitoblarni har safar öqiganida yangi-yangi sifatlarni kaşf qilaveradi. Uning asarlaridagi psixologizm kitobxonga juda kuçli taʼsir körsatadi. Yozuvçi jamiyatning qatʼiy insoniy qadriyatlari, özgarmas maʼnaviy qonuniyatlariga suyanib asar yozdi.

Çingiz Aytmatov – olamni nozik muşohada qiluvçi donişmand, inson qalbining eng teran, sirli torlarini çertişga qodir mohir musiqaçi va faylasuf edi. Muallifdagi ana şu xislatlar uning sönggi romanlaridan biri – “Kassandra tamğasi”da yana bir bor öz aksini topdi.

Adib haqli ravişda özbek xalqining ham sevimli yozuvçisiga aylangandi.

Çingiz Aytmatov

Çingiz Aytmatov

Çingiz Aytmatov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)