– Nizom aka, fan-texnika yutuqlari hayotga tezlik bilan tatbiq etilişi tufayli tilimizda juda köp yangi sözlar paydo böldi. Bu atamalarning aksariyati özbekça muqobili bilan almaştirilmayapti. Yaʼni inglizlar, ruslar, fransuzlar qanday atasa – bizda ham xuddi şunday qöllanilyapti. Bu borada qanday yöl tutsak töğri böladi deb öylaysiz?
– Jamiyat rivoji, fan va texnika taraqqiyoti tilga ham öz taʼsirini körsatmay qolmaydi. Yangi-yangi atamalar paydo böladi va ular dunyodagi barça tillar bağriga singib ketadi. Bu tabiiy hol. Bundan çöçimaslik kerak. Endi muqobil sözlar masalasiga kelsak, boşqa tillardan özbek tiliga kirib kelayotgan barça atamalarning muqobili ona tilimizda bor, deyiş ham töğri emas. Mana, masalan, velosiped, maşina, poyezd, samolyot degan atamalarning muqobili bormi? Yöq. Çunki men yuqorida nomlarini tilga olgan narsalar ilgari bizda bölmagan. Demak, bu atamalarning muqobili bölişi ham mumkin emas. Ularni allaqanday sunʼiy nomlar bilan ataş ğirt nodonlik. Bu sözlar allaqaçon tilimizga örnaşib bölgan va beminnat xizmat qilib kelmoqda. Esimda, 1989-yili özbek tiliga davlat tili maqomi berilişi bilan tilni butunlay “tozalaş” tarafdorlari ham paydo böldi. Aeroportni tayyoragoh, samolyotni uçoq, institutni oliygoh, ilmiy-tadqiqot muassasalarini ilmgoh deyiş rasm böldi.
Ammo bu hol uzoqqa çözilmadi. Tilimiz bu atamalarni hazm qilolmadi, tupurib taşladi. Yana öz özaniga tuşib oldi. Taşqaridan turib tilga zöravonlik qiliş befoydaligiga öşanda amin bölganman.
– Tarjima asarlarda hamon Hegel va Gegel, Hayne va Geyne, Hyugo va Gyugo, Herakl va Gerakl… singari turfalik bor. Bunday ikki xil yozilişning sababi aniq, albatta…
– Siz tilga olgan allomalar ismlarining turliça yozilişi va talaffuz etilişi faqat tarjima asarlarda emas, boşqa naşrlarda ham uçrab turadi. Gap şundaki, rus tilida yumşoq “H” tovuşi yöq, şuning uçun ruslar “H” örniga “G” tovuşi va harfini işlatişadi. Bizga ham ruslardan ötgan. Geyne, Gyugo va hokazo. Özbek tilida esa “H” tovuşi bor, binobarin, bu buyuk adiblar ijod qilgan tillarga mos ravişda Hayne, Hyugo deya talaffuz etilsa va şu şaklda yozilsa töğri böladi, deb öylayman.
– Sizning nazmda ham qalam tebratganingizdan xabarimiz bor. Şeʼrlar, ğazallar va muxammaslaringizni öqiganmiz. Ayting-çi, tarjima qiliş uçun qay biri oson: şeʼrmi, hikoyami?
– Nazmda qalam tebratganim qursin! Eslasam, uyalib ketaman. Sözni qofiyalaştiriş şeʼriyat emasligini anglagunimça… “qança qoğozlarning boşiga yetdim”. Allohga şukr, bu darddan qutilganimga ança yillar böldi. Roman tarjimasi jarayonida duç kelganim şeʼriy parçalarni bir gal Erkin Vohidov, bir gal rahmatli Muhammad Yusuf özbekçalaştirib bergan. Özim uçun esa tört satr şeʼrni tarjima qilişdan köra ön sahifali hikoyani özbekçaga ögiriş yengilroq. Ammo bir narsani ham aytib qöyişim kerak: tarjimalarim kitobxonga sal-pal maʼqul bölayotgan ekan, bunda şeʼriyatga oşuftaligimning ham hissasi yöqmikin, degan öy baʼzan könglim köçalarini oralab qoladi.
– “Söz söylaşda va ulardan jumla tuzişda uzoq andişa kerak”, deb ögit beradi hassos yozuvçimiz Abdulla Qodiriy. Öquvçi (tinglovçi, tomoşabin) didini jizğanak qilayotgan bozor adabiyoti va tijoriy özandagi teatr-kino namunalarining bu boradagi holati barçamizga ayon… Sizningça, sanʼat niqobini tutgan jönlik, sayozlik, örtamiyonalik, didsizlik bilan qanday kuraşiş mumkin? Yo ayrim ziyolilarimiz aytganidek, loyqa oqayotgan daryoning tinişini kutiş kerakmi? Tarjimonning öquvçi didiga moslaşişini yoq(oq)laysizmi?
– Jannatmakon Abdulla Qodiriyning andişa haqidagi gapini zap keltirdingiz-da! U zot asarga qöyiladigan köpdan-köp talablarni nazarda tutgan va özi ham bunga töla amal qilgan. Lekin hozir-çi? Öşa andişa hammada ham bormi?! Kim özini yomon yozuvçi yoki yomon şoirman, deydi? Kim özini yomon rejissyor yoki yomon rassomman, deb istihola qiladi? Ovora bölasiz – demaydi. Siz aytgan “bozor adabiyoti”ning mahsulotlari ham ana şunday andişasizlikning mevalaridir. Afsuski, bunga qarşi kuraşiş oson emas. Çunki “Yomon asar yaratiş taqiqlanadi” degan qonun yöq. Istak bor, xolos. Bilasizki, istak – qonun emas. Butun umid gazeta va jurnal, naşriyot muharrirlaridan. Ularning didi va eʼtiqodi hal qiluvçi kuçga ega. Özim ham noşirlikdan nafaqaga çiqqanman, umrimning köp vaqtini andişasiz qalamkaşlar bilan olişişga sarfladim. Nazarimda, didsizlikka qarşi kuraşiş uçun birinçi galda didni, saviyani kötaradigan asarlarni köproq tarğib qilişimiz lozim.
Har qanday sanʼat vakilining, jumladan, tarjimonning ham, öquvçi yoki tomoşabin didiga moslaşişi – istiqbolsiz yöl. Bu yöl adabiyotni ham, boşqa sanʼat turlarini ham tubsiz jar yoqasiga yetaklaydi.
– Maşhur gruzin yozuvçisi Nodar Dumbadzening “Ellada” (Hellados), “Kukaraça”, “Oq bayroqlar”, “Abadiyat qonuni” asarlarini özbek tiliga mahorat bilan ögirgansiz. Yana amerikalik yozuvçi Irvin Şouning “Tungi darbon” romanini ham özbek öquvçilari eʼtiboriga havola qildingiz. Dumbadzening falsafiy, öylaşga undovçi asarlaridan “Tungi darbon” butkul farq qiladi; bu har işga uçib-qönib yuradigan kişi haqidagi sarguzaştlarga boy roman. Sizni uşbu badiiyati unçalik baland bölmagan asar tarjimasiga nima undadi?
– Nodar Dumbadze – boşqa olam, albatta. Irvin Şouning “Tungi darbon” romanini esa ustoz Ozod Şarafiddinovning buyurtmasiga köra tarjima qilganman. U kişi öşa kezlari “Jahon adabiyoti” jurnalining boş muharriri edilar. Jurnal endigina çiqa boşlagan yillar edi. Yangi naşrga öquvçilarni kengroq jalb etiş uçun sarguzaşt asar kerak bölib qolgan-da. Buning boşqa boisi yöq. Tarjima jarayonida özim ham asar voqealari qaʼriga şönğib ketganimni sezmay qolganman. Siz aytgandek, badiiyati unça baland bölmagan şu kitob Moskvada bir neça million nusxada çop etilgan.
– Bugun xorijiy tillardan bevosita tarjima qilayotgan yoş tarjimonlarimiz paydo böldi. Biroq ayrim tarjimonlarning işlarida pala-partişlik, matnni bir marta ögiriş bilan kifoyalaniş, tahrirga qaytmaslik kabi qusurlarning asorati közga taşlanmoqda. Bu borada ustoz tarjimon sifatida qanday maslahat berardingiz?
– Tarjimonlar safi kengayib borayotgani kişini quvontiradi, albatta. Ammo gap sonda emas, sifatda. Talab yoşu qariga barobar. Töğri tarjima – yaxşi tarjima degani emas. Şuning uçun yoş tarjimonlarimiz tinmay izlanişlari, öqib-örganişlari, adabiy til nimayu badiiy til nima – buning farqini aniq-ravşan ajrata oladigan bölişlari zarur. Tarjima orqasidan boyib ketaman deyiş – xomxayol. Tarjima jarayonida şirin azoblarni his etsangiz, sizdan boy odam yöq. Ana şu azoblarni his etiş uçungina yaşaydigan ijodkorlar bor.
– Tarjima qiliş uçun biror xorijiy tilni mukammal bilişning özi kifoyami?
– Til bilgan yaxşi. Ammo biror bir tilni mukammal bilaman, deyişdan hayiqiş kerak. Har bir til – tubsiz ummon. Uning tagiga yetib bölmaydi. Nima, meni özbek tilini mukammal biladi deb öylaysizmi? Be-e! Tarjima jarayonida undan söz tilanaman, xolos. Qaysi tildan qaysi tilga tarjima qilmang – umringiz “tilançi”lik bilan ötadi.
– Sizga yoqqan, tarjimon sifatida tan bergan uçta tarjima asarni aytib ötsangiz. Va albatta, sabablarini ham…
– Yaxşisi, men tan bergan uçta tarjimonning ism-şarifini aytib qöya qolay. Bular – Mirzakalon Ismoiliy, Qodir Mirmuhammedov, Ibrohim Ğafurov. Ularning tarjimalari bu dargohga qadam qöygan yoş tarjimonlarga yölçi yulduz vazifasini ötaydi.
– Yoş tarjimonlardan kimlarning ijodini kuzatib boryapsiz? Ularning yutuqlari nimada? Suhbat söngida yoş tarjimonlarga qanday tilaklaringiz bor?
– Yoş tarjimonlarning ijodini kuzatib boraman, desam, yolğon sözlagan bölaman. Keksalik… Özim ham tarjimani yiğiştirib qöyganman. Negadir şeʼr öqigim kelaveradi. Sakson yoşga yaqinlaşib qolgan odamning şeʼr öqib yurişi ğalatiroq, şundaymi?! Ammo naçora… Yoşlikda bergan köngil.
Yoş tarjimonlarga maslahatim: şeʼriyat bilan döst tutining – muşkulingiz oson böladi.
Nizom Komil,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
1937-yili tuğilgan.
Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika institut(hozirgi universititet)ida tahsil olgan.
Nodar Dumbadze, Erix Mariya Remark, Fozil Iskandar kabi adiblarning asarlarini özbek tiliga mahorat bilan ögirgan.
Ğiyosiddin Önarov gurunglaşdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


