Biz kunda minglab sözlarni işlatamiz, gohida turli maqol va topişmoqlar aytamiz. Ammo köpçiligimiz doim işlatib yuradigan sözlarimiz maʼnosini bilmaymiz, ehtimol, bilişga intilmaymiz. Quyida kunda-kunora isteʼfoda qilinadigan ayrim sözlarning etimologiyasi (kelib çiqişi) xususida söz yuritamiz.
Anor va qozon
Jahon Otin Uvaysiyning anor haqidagi “Ul na gumbazdur eşigi, tuynigidin yöq nişon”, deb boşlanuvçi çistoni borligini yaxşi bilasiz. Eʼtibor bergan bölsangiz, anorning dumaloqligi gumbazga öxşatilmoqda. Boşlanğiç sinf öquvçisi ekanligimizda ustozimiz juda köp topişmoqlarni yodlatgan. Ular orasida: “Kiçkinagina dekça, içi töla mixça”, degan topişmoq ham bor edi. Javobi anorligini hamma bilardi. Lekin “dekça” nima ekanligini na ustozimiz aytgan, na özimiz söraganmiz…
Tojiklar qozonni “deg” deb ataşadi. -ça kiçraytiriş maʼnosidagi özimizning qöşimça. Dekça – qozonça degani. Söz özagidagi g tovuşi jarangsiz ç tovuşi taʼsirida k ga özgargan. Demak, anorning dumaloqligi kiçkina qozonni esga solganligi uçun dekça deyilgan ekan.
Kundoşning kuni qursin
10–12 yoşlarda edim. “Ötkan kunlar” kinofilmini oilaviy körayotgan edik. Kumuş va Zaynabning taqdiriga açinibmi, buvim: “Kundoşning kuni qursin”, – dedilar. Bu gaplarini yana bir-ikki marta eşitganim ham esimda. Keyinçalik ayrim sözlarning etimologiyasiga qiziqiş uyğona boşlagan paytlarda “kundoş” sözini ustozlardan sörab kördim. Ayrimlari oddiygina: “Bir erkakning ikkitadan köp xotini bölsa, öşalar kundoş böladi”, – deyişgan bölsa, ayrimlari istehzoli kulib qöyişdi…
Sinfda birga öqiydiganlar sinfdoş, bir-birining sirini biladiganlar sirdoş, bitta mahallada yaşaydiganlar mahalladoş deyilişini ona tilidan öqigan menday öspirin kundoş sözi ham kun sözi va -doş qöşimçalaridan yasalgan bölsa kerak deb öylardim. Rostdan ham, kuni bir uyda ötgandan keyin kundoş böladi-da!..
Taxminni bir çetga surib, endi manbalarga murojaat qilaylik. Qadimgi turkiy tilda kun sözi “qizğan”, “ğayirlik qil” kabi maʼnolarni anglatgan feʼl hisoblanadi. Bu maʼlumot maşhur tilşunos olim Sevortyanning tört tomlik “Etimologiçeskiy slovar tyurkskix языков” kitobida qayd etilgan. Kun söziga -i qöşimçasi qöşilib ot yasalgan. Keyin yana -da qöşimçasi qöşilib feʼl hosil qilingan. Kunida sözi oxirida -ş qöşimçasini olib, qizğanadigan odam maʼnosida qöllanilgan. Kunidaş talaffuzda özgarişga uçrab, bugungi kunda kundoş holiga kelib qolgan.
Qiziq. Taxminim ham, ilmiy asos ham mohiyat eʼtibori bilan bir nuqtaga kelib birlaşarkan: erini bir-biridan qizğanib, kunlari bir uyda, bir köyda ötayotganlar kundoş ekan-da…
Toğamiz özbek, ammamiz arabmi?
Ayrim çet tillarida ota yoki onaning aka-ukasi yoxud opa-singlisiga nisbatan bitta söz işlatiladi. Masalan, xola yo ammani inglizlar aunt deydi. Ruslar ham bu sözlar uçun bitta leksema qöllaydi – tyotya. Yoki bölmasa, toğa va amaki tuşunçasi ingliz tilida birgina uncle sözi bilan ifodalanadi. Rus tilida ham şunday: toğaga ham, amakiga ham ruslar dyadya deb murojaat qiladi. Lekin bizda otamizning oğa-inilari amaki-amma, onamizning jigarlari toğa-xola deyiladi. Şundan körinib turibdiki, tilimizda har bir tuşunça uçun alohida söz bor. Toğa sözining özagi bizda aynan ona tomon qarindoşi ekanligini özida aks ettiradi. Qanday deysizmi?..
Qadimgi turkiy tilda ona maʼnosida tay sözi isteʼmolda bölgan. Uşbu sözga aka maʼnosida keluvçi ağa sözi qöşilgan – tayağa. Bora-bora talaffuzda özgarişlar yuz bergan – y tovuşi talaffuz qilinmay qöyilgan. Keyinçalik bu söz quyidagi körinişlarda talaffuz qilingan (ikki nuqta çöziqlikni bildiradi) tayağa – ta:ağa – ta:ğa – tağa – toğa. Ammo bu söz “Devonu luğatit – turk”da tağay deb körsatilgan va amaki deb tarjima qilingan. Taniqli tilşunos olim Ş. Rahmatullayev Koşğariyning şu fikrini nazarda tutib tağay sözining amaki deb ifodalanganligini xatolik bölsa kerak, deb taʼkidlaydi. Çunki amaki sözi otaning aka-ukalarini ifodalaydi.
Arab tilida jins kategoriyasi mavjud bölib, söz oxiri -un qöşimçasi bilan tugagan sözlar mujskiy roddagi, -atun qöşimçasi bilan tugagan sözlar jenskiy roddagi söz hisoblanadi. Bizning tilimizga kirgan ayrim arabiy sözlarning oxiridagi uşbu qöşimçalar tilimizga köçgaç, tuşib qolgan. Masalan, kitob (aslida kitabun), jamiyat (aslida jaʼmiʼatun). Amma sözi ham aynan şu – aʼmm(un) sözi bilan boğliq: aʼmm(atun) – otaning opasi yoki singlisi.
Demak, toğa sof turkiy söz, amma sözi arabiy negizga ega bölib çiqyapti.
Miyiğida kulmoq
Kulmoq sözining tabassum qilmoq, qiqirlamoq, tirjaymoq, işşaymoq, xoxolamoq, qahqah otmoq kabi maʼnodoşlari bor. Şu maʼnodoşlar orasida miyiğida kulmoq degan ibora ham bor. Xöş, miyiqda kuliş nima degani?
Miyiq sözi sof turkiy söz bölib, möylov degan maʼnoni bildiradi. Uşbu söz aslida бызық tarzida talaffuz qilingan. Xuddi qaddimizni tik tutib turadigan tana aʼzomiz avvalboşda odoq, keyinroq ozoq, oxiri oyoq bölgani kabi, бызықdagi z fonemasi y tovuşiga aylangan: быйық. Uşbu söz ham yana taroşlanib, alaloqibat miyiq şakliga kelgan…
Eʼtibor berganmisiz, möylovi bor odam (ustiga-ustak u unça-munçaga kulmaydigan jiddiy bölsa) kulganida uning oppoq tişlariga darrov közingiz tuşadi, şu paytgaça şunday oppoq tişlarini körmaganman deb öylaysiz ham. Sababi, yuqori labining ustida doim qop-qora möy (tuk) körganingiz uçun, uning sadafday tişlari eʼtiboringizni tortadi. Jiddiy odam deyarli kulmaydi. Kulganda ham istehzoli holatda yoki nomiga miyiğini (möylovini) kötarib qöyadi. Miyiğida kuliş degan ibora şunday holatlar oqibatida paydo bölgan bölsa, ajabmas.
Husan Maqsudov
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


