Romen Rollan hikmatlaridan
* * *
Agar birgina söz bilan odamni baxtiyor qiliş mumkin bölsa, bu sözni aytmaslik uçun qançalar razil böliş kerak!
* * *
Vijdon – eʼtiqodning hissiy qorovulidir.
* * *
Asov tanasini böysundira olgan irodadan köra havasni keltiradigan narsa yöq.
* * *
Döstlar orasidagi tuşunmovçilik ular orasiga uçinçi odam tuşmaguniça u qadar kuçli bölmaydi.
* * *
Adolatsizlikning oxiri yöq: birini töğrilab, boşqasiga imkon tuğdirişing mumkin.
* * *
Yolğon qarşi qaratilgan odamdan oldin uning egasini halok qiladi.
* * *
Keçiriş jazolaşdan köra köproq jasorat talab etadi.
* * *
Ikkiyuzlamaçi – hamişa qul.
* * *
Kun vayron qilganni tiklaş uçun asr kerak.
* * *
Haqiqiy mağlubiyat, önglanmaydigan yagona mağlubiyatni – duşmandan emas, özingdan topasan.
* * *
Har bir jasoratli, har bir adolatli şaxs Vatanga şon-şaraf olib keladi.
* * *
Soğlom bölişni istagan odam birinçi galda yon-atrofidagi havoni tozalaşi kerak.
* * *
Hasadgöylar – öta yuraksiz kişilardir. Oyoğini bosib olganingizda ham yuzingizga kulib qarab turaverişadi.
* * *
Insonning eng birinçi burçi aslidagiday bölişi, “bu – yaxşi, bu – yomon” degan gapni mardona ayta olişidir.
* * *
Sanʼat öz davri intilişlariga hamohang böladi.
* * *
Qahramon imkoni bor işni bajaradi, boşqalar esa – yöq.
* * *
Hayotga muhabbat ölim qörquvidan ayro emas.
* * *
Sanʼatning birinçi qonuni: agar aytadigan gaping bölmasa, sukut qil; aytadigan gaping bölsa, yolğon aralaştirmay gapir.
* * *
Salomatlik ham kasallik kabi yuqumlidir.
* * *
Şeʼriyat
– qofiyadoş sözlarning şaqir-şuquri bilan emas, keng miqyosni egallaydigan, inson közidan köra çuqurroq va uzoqroqni köra oladigan ruhiyati bilan şeʼriyatdir.
* * *
Fikrni öldiradiganlar uç karra qotildir.
Orif Tolib tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


