Ğafur Ğulomning “Şum bola” qissasini öqiganimizda, şu asar asosida sahnalaştirilgan badiiy filmni tomoşa qilganimizda har safar film qahramonining topqirligi, zukkoligi, şöx-şaddodligini körib zavqlanamiz. Garçi yolğonçiligi, şumliklari odob-axloq qoidalariga zid bölsa-da, asar davomida unga xayrixoh bölamiz. Sababi, asarda şum bola özidan-da şumroq hayot bilan yuzma-yuz keladi, taʼbir joiz bölsa, bellaşuvga kirişadi.
Jahon adabiyotida “Şum bola”ning oşnalari – öz uyiga siğmasdan aqlini köçada tanigan, hayot sinovlarida toblangan bolalar haqidagi asarlar talaygina. Quyida ularning ayrimlari haqida maʼlumot berişni niyat qildik.
Jeyms Grinvudning “Mitti juldurvoqi” asari – XIX asr ikkinçi yarmida yaşagan londonliklar hayotiga oid taʼsirli qissa. Ögay onaning adoqsiz janjalu malomatlari, kaltaklaridan bezgan sakkiz yaşar Jim uydan qoçib ketişga va sayoqlik köçasiga kirişga majbur böladi. Öziga qismatdoş bolalar bilan keçasi duç kelgan joyda tunab, kunduz kunlari bozorda kun körib, bezorilik bilan şuğullanib yuradi. Faqat butunlay yöqolmagan tartib va adolat tuyğusi uni jinoyatçiga aylanişdan saqlab qoladi.
Luiza Mey Olkottning “Kiçik erkaklar” asari – yozuvçining uşbu turkumdagi uçinçi kitobi (birinçisi – “Kiçkina xonimlar”). Jo va eri boşqa maktablar qabul qilişni rad etgan bolalar uçun maxsus maktab oçişadi. Ularning tarbiyalanuvçilari orasida köça musiqaçisi Nat ham bor edi. Kunlardan bir kun maktabda Natning örtoği – bezori Den paydo böladi. Qissada didaktik ruh kuçli bölib, bolalarning xarakterlari yaxşi ifodalangan.
Frensis Bret Hartning “Daştda topilgan bola” asari. Ön bir yoşli Klarens begona oilada ösib-ulğayadi va öz ota-onasi haqida heç qanday maʼlumotga ega bölmaydi. Haqiqatni bilgaç, mustaqil ravişda öz yaqinlarini izlab topişga urinadi. U butun mamlakat böylab maşaqqatli va qaltis yölga çiqadi, tabiiyki, safar davomida kutilmagan voqealarga duç keladi.
Aleks Veddingning “Temir buqaça” asari. Ön bir yoşli qişloq bolasi Te Nyu – Temir buqaça Pekin şahriga keladi va tajribasizligi tufayli ilk kundanoq firibgarlardan pand yeydi. Ança payt bezorilik bilan kun keçirgan bolakay tayinli boşpanaga ega bölgaç, hayotida yangi davr boşlanadi.
Redyard Kiplingning “Kim” asari qahramoni – irland askarining öğli, Lohur köçalarida ösgan “butun dunyoning oşnasi”, öz ustamonligi bilan maşhur kiçkina hind daydisi, afğon otsotarining hamrohi, Tibet lamasining şogirdi yoki Qiroliça xizmati xufiyasi qiyofasiga kira oladigan bolakay. Bu kitob Kiplingning keng qamrovli eng yaxşi asarlaridan sanaladi.
Mark Tvenning “Geklberri Finn sarguzaştlari” kitobini katta yoşda öqiş yanada foydaliroq: malakali öquvçining köz öngida sarguzaşt-fabula ortga çekinib, nega bu asarni “Amerika buyuk romani” deyişlari sababi oydinlaşadi. Asar dunyo kino ustalari tomonidan köp marta ekranlaştirilgan.
Jorjetta Gegen-Dreyfyusning “Kiçkina Jak” asari – Parij yaqinida tuğilib ösgan bolakay haqidagi qissa. Uning otasi işsiz qolib, katta oilasini boqişga qiynaladi. Natijada Jak Parijga qoçib ketadi. U bu şaharda köplab sarguzaştlarni boşidan ötkazib, uyiga qaytadi.
Viktor Hyugoning “Gavroş”i parijlik şöx-şaddod, beğubor va jasur bolakay haqidagi, “Xörlanganlar” romani parçalari asosida bolalar uçun tayyorlangan asar. Qörqmas va töpolonçi Gavroş voqealar rivoji söngida barrikadada halok böladi.
Sanjar Javlon tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


