3 daqiqada öqiladi

1 922 marta körilgan

Qisqa hikoyalar

Qisqa hikoyalar

Tom Odenkrans

Ajal

Qoronğilikda özimni noqulay sezaman. Sovqotyapman.

Bir neça soat oldin tungi qisqagina işim menga birvarakayiga naqd beş ming dollar keltirişi kerak edi.

Pako ham keldi, ammo nimadir çappasiga ketdi.

Sirenalarning çiroği yuzimga nur soçadi. Oq xalatli odam oyoğimning barmoğiga yopiştirilgan yorliqdagi ism-familiyamni öqiydi. Men unga javob qaytarolmayman.

Devid V. Mayers

Sevişganlar va jin

Sevişganlar kimsasiz sohilda sayr qilib yurib, Olovuddinning sehrli çiroğini topib olişdi.

– Meni ozod qilişlaring evaziga, – dedi jin, – har biringning bittadan tilagingni bajo keltiraman.

Qiz yigitga köz taşlab qöyib dedi:

– Istaymanki, biz bir-birmizni qiyomatgaça sevaylik.

Dengizga tikilgança yigit:

– Men esa öşa qiyomat hoziroq kelişini istayman, – dedi.

Norman va Ben Lir

Eng qayğuli hikoya

Uç kişi töqsoninçi qavatga zinapoyadan kötarila boşlaşdi. Lift duşanbagaça işlamas ekan, dam oliş kunlari Semga u-bu hujjatlari kerak bölib qolgandi. Qavatma-qavat kötarilişarkan, vaqtni öldiriş hamda zerikib qolmaslik uçun galma-gal turli-tuman – quvnoq va qayğuli hikoyalarni aytib berişga kelişib olişdi. Nihoyat, töqsoninçi qavatga çiqişganda, eng qayğuli hikoyani Sem aytib berdi.

– Pastda kalitni unutib qoldiribman, – dedi-yu, behuş bölib yiqildi.

Devid Xofman

Sinfdoş dugonalar uçraşuvi

Maktabda ular oralaridan qil ötmas dugona edilar.

– Qönğiroq qilib tur, unutib yuborma, – dedi u dugonasiga bitiruv oqşomida.

– Albatta, sen ham.

Maktabni bitirganlariga ellik yil tölişi munosabati bilan uyuştirilgan sinfdoşlar uçraşuvida ular şu payt davomida birinçi marta gaplaşişdi.

– Seni körganimdan xursandman.

– Men ham.

– Qönğiroq qilib tur, unutib yuborma.

– Albatta, sen ham.

Xoup Ey Torres

Gul va muhabbat

Tina boğda turar ekan, uning özi tomon çopib kelayotganini kördi.

– Tina! Mening gulim! Hayotim!

Nihoyat şu gapni aytdi-ya!

– O, Tom!

– Tina, o, gulim!

– O, Tom, men ham seni sevaman!

Tom Tinaga yaqin keldi-da, uni nari itarib, engaşdi.

– Mening gulim! Sevimli atirgulimni bosib olding!

Joşua Xeyns

Orzular amalga oşganda

Bob istaganlarining barçasiga erişdi. Unda faqat bitta tilak tilaş qolgandi.

– Sönggi tilakni sal keyinroq tilasam böladimi? – söradi u.

– Sen xojasan. Men esa oddiy jinman.

– Juda soz.

Uyga qaytarkan, Bob özini şunçalar baxtli his etardiki, birgina dimoğni çoğ qiladigan qöşiq yetişmasdi, xolos. U eski bir italyan qöşiğini eslab qoldi.

– Eh, qaniydi, italiyalik baliqçiga aylanib qolsam…

Dik Skin

Million dollarlik bazm

Charli oxirgi çaqasiga lotereya çiptasini sotib oldi va ön million dollar yutuq egasiga aylandi. Köça-köydagi oşna-oğaynilari bilan yutuqni naq ikki hafta “yuvdi” va alal-oqibat ortiqça yeb qöyganidan bökib öldi.

Hukumat uning millionlarini meros qilib oldi, ammo odamlar uning ismini hamişa yodlarida saqlaşadi – u insoniyat tarixida eng katta bazm uyuştirdi, axir.

Ha, darvoqe, uning familiyasi nimaydi?

Şiri Pelemye

Dublyor

– Spektaklni qoldirolmaymiz. Şou davom etişi kerak, – dedi rejissyor pyesaning birinçi pardasi boşlanişidan bir lahza oldin maşhur aktyor behuş bölib yiqilganda. – Bugun u yulduz, har holda, şunçaki ölikning rolini öynamaydi-ku.

Dublyor barçaning köz öngida yuksaldi. Uning ijrosi ilhombaxş çiqdi. Yangi yulduz yakunlovçi sahnada rolini qoyillatdi.

Dublyor çöntagidagi şprisni barmoqlari bilan silab-siypab, olqişlar ostida taʼzim bajo etdi.

Dolores Rup

Sönggi nasiba

Uylarga tuşişga odatlangan öğri Billi öz işining betakror lahzalarini yoqtirardi.

Bu tong u devor oşib, binoga kirdi. Barça qimmatbaho taqinçoqlarni yiğiştirib olib, maşinasiga eltdi.

Bu payt qorni judayam oçgandi. Oynayi jahon qarşisida tamaddi qiliş uçun uyga oxirgi marta kirdi. Ovqatlanib bölgaç, tarrakday qotdi. Xonadon sohiblari kalamuşlarni zaharlamoqçi edi.

Tom Ford

Jumboq

– Bugun juda mamnun körinasiz, Vatson.

– Keçirasiz-u, Xolms, bu safar jinoyatni ikki dunyoda ham foş qilolmaysiz.

Xolms örnidan turib, trubkasini jöşqinlik bilan silkita boşladi.

– Yana xato qilyapsiz, deb qörqaman, Vatson. Missis Vorsingtonni kim öldirganini bilaman.

– Juda qiziq! Na guvohlar, na dalil-isbot bor! Xöş, kim qilibdi bu işni?

– Men, Vatson!

Rus tilidan
Saidjalol Saidmurodov
tarjimalari

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)