Kuzda mehnat taʼtiliga çiqaman. Bizda ön beş iş kuni bu. Lekin özimning hisobimdan qöştirib, bir oy qilib olaman. Bekorgamas. Qişloğimga boraman-da, akamga yordam beraman. Nima köp, Forişda qişloq köp. Har qir oşganingda bir qişloq. Ularni oralab yonğoq yiğamiz. Rostini aytsam, men şu taʼtil vaqti yonğoq yiğmayman, mening yiğarim boşqa narsa.
Pari momo
– Yonğoq olyapsanmi, bolam, – deydi ozğingina, yonğoq pöstini tozalaganidan qöllari qorayib ketgan momo menga dadil boqib.
– Ha, – deyman jilmayib. Buni menga akam örgatgan. Agar kulib qarasam, sotarmon tez erir ekan.
– Qançadan olyapsan?
– Har xil, olti minggaça.
– Hmm, yaxşi olarkansan. Lekin men vaʼda qilib qöyganman.
– Zakalat olmaganmisiz? – deydi akamning örtoği Sodiq aka (u kişi men bilan maşinasida yonğoq yiğişga çiqadi).
– Nima deysan? – momo diqqat bilan tikiladi.
– Uçidan pul olmaganmisiz? – boş barmoğim bilan körsatkiç barmoğimni bir-biriga işqalab işora qilaman.
– Yöq, lekin lafz qilganman.
– Kim bilan? Men taniymanmi?
– Qizil “Damas”da keladigan yigit bor-ku, oti nimaydi, Lazizmidi?
– Ha, Laziz, – deyman kulib, – u kişi akam böladi. Hozir şaharga ketgan mağiz topşirgani. Şunga men keldim.
– Aldama meni. Uyat böladi. Yonğoqsiz qolsang ham yolğon gapirma.
– Rost aytyapman, momo, – işontirişga urinaman. – “367” “Damas”i bor. Qizil.
– Raqamini bilmayman.
– Men öxşamayapmanmi akamga?
– Yöq, u şilqim emas senga öxşab.
– Qanaqa şilqimlik qildim, momo, – deyman jahlim çiqqanini yaşirmay.
– Lafz qildim, deganimni eşitsa, u allaqaçon ketgan bölardi. Sen esa hali ham oldimdasan.
Endi gapim ortiqça ekanini tuşunaman. Akamning özi kelmasa, bu momodan yonğoq olib bölmaydi.
– Telefon qilib berayinmi, gaplaşasizmi? – deydi Sodiq aka yonğoqdan umidini uzgisi kelmay. – Narxini kelişgan bölsalaring olib ketaveramiz-da. Baribir bir joyga boradi hammasi.
– Hammamiz ham bir joyga boramiz, – deydi aççiqlanib momo.
– Ismingiz nima, momo? – deyman gapidan zavqlanib. – Uyga borganimda akamga aytaman, özi kelib oladi.
– Ma, – deydi xalatining çöntagidan uç-törtta yonğoq çiqarib. – Akangga bersang, özi biladi.
Rostdan ham, akam bu qişloqdagi qaysi yonğoqni körsatsangiz egasini, egasini aytsangiz yonğoği qanaqa ekanini aytib beradi. Axir, ön yildan beri şuğullanadi bu iş bilan.
– Mayli, – deyman momo bergan yonğoqlarni qisib körib. – Oq mağizmi?
– Sendan şaharning isi kelyapti, – deydi momo savolimga javob bermay. – Qişloqning bolasi bölganingda, qirs qilib çaqqan bölarding hozir. Qohati bu. Bu yil kamroq soldi. Baribiram pöstloği yupqa.
Işonmaganimdan qattiqroq qisib köraman yana. Yorilgan pöstloq içidan pilladay oppoq mağiz körinadi.
– Şuni bizga soting, – deyman içim qizib. Axir, bunday çiroyli mağizning narxini bilaman–da. – Akam aytganiga beş yuz qöşaman.
– Meni kim deb öylayapsan? – deydi momo hovlisi sari yurib. Keyin bir nima esiga tuşgandek ortiga qaytadi. – Lazizga telefon qil. Akang bölsa bir gaplaşay.
Umidvor bölib akamning raqamlarini teraman, ovozini balandlatib telefonni momoga uzataman.
– Lazizmisan? – deydi momo u tomonda javob bölgaç. – Mana bu sening ukangmi?
– Ha, – deydi akam. – Pari momo sizmisiz?
– Ha, öşa momongman.
– Ukam böladi şu bola, menga yordamlaşayapti. Yonğoqni tozalab bölgan bölsangiz, momo, undan berib yuboravering.
– Sen aytib ketgan pulga beş yuz söm qöşib berarmiş, yonğoqni bersam, – deydi momo boşini egib, bir nuqtaga tikilgança. – Senga yordam beradigan bola şunaqa bölami?
– Bermaganingizga aytişgan-da, momo. Özi yaxşi yigit, Samarqandda işlaydi.
– Qöy, bolam, senga lafz qilganman. Közingni körmasam, baribir könglim xijil bölaveradi. Berolmayman.
– Mayli, momo, indinga özim boraman…
– Negadir şu yigitni yaxşi köraman, – deydi momo telefonni menga berayotib. – Pulida baraka bor.
Akamga öxşamaganimdan uyalib ketaman.
Izzat
– Orif aka bormi? – deyman akam aytgan kişining uyini suriştirib topgaç, yöqlab borganimda uyidan çiqqan qizga.
– Yöq, – deb javob beradi qiz.
Nigohlarim qizni boşidan tovoniga qadar suratga oladi. Qaldirğoç qanotlarini-da yölda qoldiruvçi qoşlar, qoşdan-da tim qora közlar, silliq taralib, bitta qilib örilgan soçlar va ularning barçasini mukammal etib, gözal libosga öralgan qaddu–qomat.
– Yonğoq bor degan ekan, – deydi Sodiq aka, qiz savol nazari bilan qarab turgani uçun oydinlik kiritadi.
– Töyga ketgan edilar. Qişloqni aylanib, qaytişlaringda sörab ötinglar, balki ungaça kelib qolarlar.
– Onangiz ham yöqmi? – deyman umid bilan.
– U kişi ham ketgan edilar töyga. Uyda bölganlarida ham sizga benaf. Bizda savdoni erkak kişi qiladi.
– Unda akangizmi yoki ukangiznimi çaqiring.
– Akam öqişda, ukam esa dadam bilan birga. Töyda.
– Siz ham bormabsiz–da, – deyman piçing qilib, – Hovlini, ana, – tilini çiqarib bizga qarab ötirgan itga işora qilaman, – olapar qöriqlab turardi.
– Hali ham şunday böladi, – deydi qiz kinoyamni havoga sovurib.– Bazmgaça boraman-da.
– Unda bizga yölboşçi böling, Orif aka bahonasida töy yeb qaytardik.
– Bahona qidirmay boravering. Bizning qişloqdagilar taklifnomasiz ham kiritaveradi töyxonaga.
– Yomon çiqdi-ku bu qiz, – deydi Sodiq aka sekin şivirlab. – Gapdonlikni qöy, söz topolmay qolmasingdan ketaylik.
– Şoşmang, – deyman qöl silkib qöyib, keyin qizga sözlanaman: – Töğriku-ya, lekin Orif akaning tanişlari ekan deb törga ötkazib yuborarmidi deyman-da.
– Telefon qilib aytib qöyaman, – deydi qiz nim tabassum bilan. – Borgunlaringizça tördan joy ajratib qöyişadi. Ammo ilik yetmay qolsa, öpkalamay ketasiz-da.
– Xöp, – deyman Sodiq akaga ketdikmi deb işora qilib, – Iligimiz töq, ilikka muhtojligimiz yöq.
Qiz bir zum jimib qoladi. Maşinamiz joyidan jilayotgan paytda çaqiradi:
– Hoyo aka!
– Töxtang-çi, – deyman Sodiq akaga. – Tinçlikmi?
– Men hazillaşdim, ammo özingiz birinçi boşladingiz…
Sodiq aka signal çalib, gazni bosadi. Men esa xayrlaşganday qizga qöl siltab qöyaman.
– Qanday, – deydi Sodiq aka töyxonani sörab ketarkanmiz, – bopladi-ya?
– Maza qildingizmi?
– Ha-da.
– Endi unga nisbatan fikringizni ayting.
– Taşqaridan qarasang, şaddod, betgaçopardek, lekin töğri qildi. Sen bilan laqillaşib ötirsinmi…
– Töğri qilmadi, – deyman içimda qizni oqlasam-da. – Biz mehmon edik. Tanimagan, bilmagan odamiga ham şunday gapiradimi?
– Qanaqa mehmon?! – deb qizişadi Sodiq aka. – Biz kliyentmiz. Sen yonğoqqa emas, öziga xaridor böla boşlading. Özing aytganingday mehmon bölsang, izzatingni bilişing kerak edi. Endi nima deb özingni oqlaysan.
Sir boy bermaslik uçun kiftimni qisaman.
Dallol
Töyxonadagilar sira qöyişmagaç, içkariga kirdik. Dasturxonga palov tortgan çoğda bir kişi kelib salom berdi, keyin özini taniştirdi.
– Ismim Orif, sörab kelgan ekansizlar? – Yuziga qarab asabiylaşganini sezaman, lekin özini sipo tutişga urinadi. – Men boyvaçça bilan edim. Kutib ololmadim, uzr.
– Boyvaççangiz kim? – deyman özimni taniştirib.
– Uka, – deydi Orif aka ovqatga işora qilib. – Sizlar ham qişloqning bolasisizlar. Şu paytgaça qişloqlaringda birortasi töy-maʼrakasiga ofitsiant olib kelganmi?
– Yöq, – deymiz Sodiq aka bilan bir-birimizga qarab.
– Bizning olifta ukamiz esa şahardan oltita yigit olib kelibdi. Nima emiş, “Töyimda hamma maza qilib ötirsin” emiş. Töyda kuyovdan boşqasi xizmat qiladi, öynaydi. Mana şu-da mazasi. Otasi yer bölib ötiribdi. Buni tuşunmaydi boyvaçça kuyov bola. “Sen bilan yelka tiraşib katta bölgan jöralaring ölganmi?” dedim, oxiri jahlim çiqib. “Köpçiligi uylanganda töyiga kelolmaganman, xizmat qilmaganman. Ular ham qaytarsa kim qiladi xizmatni?” deydi özini oqlamoqçi bölib. Şu ham gapmi, ukalar?! Töğri, nomus qilayotgandir, ammo sababi bordirki, kelolmagandir. Qolaversa, yuziga soladigan nomard bölganida şu paytgaça nomi çiqardi. Bir haftadan beri qişloq şu yerda, heç kim özini tortgani yöq. Bugun bu şunday qilsa, ertaga yana bitta ahmoq çiqadi-da unga ergaşadigan, “Töy-maʼraka qilsam, ofitsiant olib kelaman”, deb elga el bölgisi kelmaydigan. Odamning kimligini bildiradigan şu töy bilan aza-ku, töğrimi? Maxtumquli aytganmidi, “Maʼrakada ötirib turişin köring”, deb? Uzr, ukalar, qizişib ketdim. Sizlar ovqatdan olaveringlar. Qonim qaynab ketdi-da. Oxiri çidolmaganimdan böralatib sökdim. Haqqim bor-da, otasi bilan amakivaççamiz. Anavi xizmatga kelgan yigitlarga bittang turib xizmat qilmaysan, deb aytdim. “Mehmonday ötirib, yeb–içinglar. Keyin özim olib borib qöyaman şaharga. Pulingniyam beraman”, dedim, bittasi taraddudlanib turgandi. Pul odamning oridan azizmi?!
– Biz aslida sizni yöqlab kelganmiz, yonğoq yiğib yurgan edik, – deydi Sodiq aka muddaoga köçib. – Uyingizni söragan edik, bu yoqdaligingizni aytişdi.
– Men bugun böşamayman. Yigitlardan birortasini qöşib yuboraman. Yonğoqni köringlar, keyin insofga qarab narx qöyib olib ketaveringlar. Men Lazizni bugun körgan emasman, örtamizdagi yonğoqni puçga aylantirmanglar.
Borliğimni egallab borayotgan allaqanday vahm bilan töyxonadan çiqaman. Endi men xaridor emas, akam va Orif aka örtasidagi dallolman.
Mehrning aksi
– Kelinglar, kelinglar! – oçiq çehra bilan kutib oladi Mehrigul opa (ismini keyinroq bilib olganmiz).
– Assalomu alaykum, – darvozadan içkariga kirib salom beraman opaga. – Yonğoq olib yurgandik.
– Yaxşi-yaxşi, – deydi opa, keyin uyi tomonga qarab öğlini çaqiradi. – Davron, bu yoqqa qara, bolam. – Davron çiqib kelguniça, bizni temir çorpoyaga taklif qiladi. – Havo ham isib ketdi. Hozir tarvuz söyib beraman. Bir salqinlab olinglar.
– Opa, taşvişga qöyamiz sizni, – deyman xijolat tortib. – Biz qaytamiz. Yonğoğingiz bölsa köraylik.
– Xijolati bormi? Musofir bölsalaring. Mana, Davronim ham yaqinda çet eldan keldi. Boşidan ötkazganlarini aytsa, yiğlab yuboribman. Hamma özbek bölolmas ekan. Bölolmaydi ham.
– Biz şu yerning bolasimiz, opa, – deydi Sodiq aka. – Lazizni taniysizmi? Qizil “Damas”i bor. Joyi kelsa, kirakaşlik qiladi. Mavsumida tarvuz-qovun sotadi. Mana, endi yonğoq yiğyapti. Bu ukasi böladi, – deb meni körsatadi. – Yordamga kelgan. Birga yuribmiz.
– Tilla bola-da, – deb menga tikiladi Mehrigul opa. – Akang kam bölmasin, baraka topsin. Menga köp yordami tekkan. Davron çetda, kattam Toşkentda. Nabiralar bilan qolgan paytlarim qişloqqa yöli tuşsa, nimani iltimos qilsam yöq demaydi. Rözğor-da, hali u, hali bu kerak bölib turadi. Tuman markaziga borib-kelişning özi bölmaydi. Şunaqa paytlar “Uka, yana qaçon kelasiz, menga falon narsa kerak edi”, desam, aytgan narsamni olib kelib berib ketadi. Baraka topsin, ilohim. Menda telefon nomeri ham bor. Davronim kelgunça ham bir-ikki telefon qilib u-bu tayinlaganman. Endi aytay desam, öğlim unamaydi, taşvişga qöymang, deb.
– Töğri-da, – deb gapga qöşiladi Davron, – u kişining taşvişi kammi? Aytişga uyaladi odam. Yozda kelib qolişsa, ikki-uçta qovun bilan tarvuz taşlab ketişarkan. – Xijolat tortasan kişi.
Akam haqidagi iliq sözlardan tölqinlanib ketaman.
Tarvuzni yeb bölgaç, dasturxonga duo öqib, örnimizdan turamiz. Şunda Davron bir qop yonğoqni olib çiqadi.Çaqib körmoqçi bölsam:
– Şartmas,– deydi Mehrigul opa. – Bu akangga, dehqonçiligimizdan.
– Akam olmaydi, – deyman qatʼiy qilib. – Feʼlini bilsangiz kerak, opa?
– Unday bölsa aytmaysizlar-da, – deb kuladi opa. – Öng qöling berganini çap qöling bilmasin deydi-ku.
– Sotsangiz olib ketaman, bölmasa qoladi yonğoğingiz, – deyman nima deyişni bilmay.
– Buni atab olib qöygandim. Sotiladiganlarini keyinroq aytarman, sotadigan paytimda. Hozir pulga zaruratimiz yöq.
– Bitta iş qilaylik, – deydi Davron. – Laziz aka berganingiz bilan baribir bir qop yonğoqni olmaydi. Duongiz yetadi, deb ketarkan-ku. Şuning uçun hamma yonğoqni olib ketişsin. Sotib, puldan foydalanib turişsin. Bu yerda turganidan nima naf?!
Menga yaxşi yöldek tuyiladi bu iş. Lekin yonğoqni olib kelganimni eşitgan akam mendan ranjiydi.
– Bekor qilibsan. Bir oymi, ikki oymi ötib, yonğoqning narxi oşsa afsuslanişadi. Yaxşi iş bölmabdi.
Şunday deb Mehrigul opaga qönğiroq qiladi:
– Opa, ukam xato iş qilib kelibdi. Pul kerak bölgan vaqti aytsangiz, öşa paytdagi narx bilan beraman pulni. Agar narx-navo taşlasa, bugungi narx bilan. Bölmasa, yonğoğingizni ololmayman…
Mehrigul opa rozi bölgaç, göşakni qöyadi.
– Öşa yonğoqlarni bir çetga olib qöy, – deydi akam.
– Nega?
– Menga omonat ular.
Aka
– Men senga narxini aytdim, uka, – deydi Şomir degan kişi savdomiz kelişavermagaç. – Aytganimdan bir tiyin ham tuşmayman.
– Aka, siz ham tuşuning, bir-ikki söm naf köraylik deb yuribmiz. Sizga dehqonçilik-ku, bunçalik qattiq bölmang-da.
– Sen olmasang, boşqasi oladi. Kunda neçta xaridor keladi. Yaxşi foyda qilişyaptiki, qişloqma-qişloq yurişibdi.
– Töğri, pulni pulga almaştirib yuriş uçun çiqmaydi heç kim bozorga. Lekin sotarmonda ham ozgina xayr-baraka bölişi kerak, aka. Injilmay bersangiz, sotib olgan baraka topadi.
– Menam yomon narx aytmadim, yonğoğim sinovdan ötgan, uka.
– Pöçoqning içida hammasi. Biz Xudoga tavakkal qilib olamiz. Mağzi yaxşi çiqsa, baxtimiz. Bölmasa – peşona, puç yonğoqni qöltiqlab ketganimiz qoladi.
– Mening yonğoğim puç emas.
– Biror işimiz Xudoga xuş kelmasa, puçga aylanadi-da, aka. Men aytgan narxdan baland sörab kelişsa, berib yuboravering. Lekin siz istayotgan narx hali yöq. Balki keyinçalik bölib qolar, ungaça kutsangiz, albatta.
– Mayli, kimga taqdir qilgan bölsa, öşa oladi-da.
– Aytganingizdan qança ötib berasiz. Mana, oxirgi marta sörayin. Mol bozoriga çiqsangiz, “Devorning ham kemtigi bor”, “Kindigingni özing kesganmisan?” degan gaplari böladi-ku, – kulib qarayman Şomir akaga. – Ana şunday siz ham aytganingizga sotmay, bir nima ötib bering.
– Bölari şu.
– Mayli unda. – Şomir akaning xonadonidan ortimga qayta boşlayman. Şu payt boğ tomon bir ayolning şoşib kelayotganiga közim tuşadi. “Yonğoği bölsa, aytişga kelayotgandir balki?” – özimça xayollanib yurişdan töxtayman. Ayol hansiragança yaqin kelib:
– Yonğoq olyapsizmi? – deydi.
– Ha, – deyman ayol tomon yurib. – Qança bor?
– Köp emas. Bor-u, hali tozalab ulgurmadim. Bolam kasalxonaga tuşib qoldi, aka, – ayol Şomir akaga qarab qöyadi-da, yana menga yuzlanadi. – Hozir ön-ön beş kiloça bor.
– Yuring, – deyman-da ayol kelgan boğ tomon qadam bosaman. – Şu tomondan boramizmi?
– Ha-ha, yuravering.
– Bolangga nima qildi? – jimgina qarab turgan Şomir akaning közida xavotir akslanadi.
– Hali bilmayman. Isitmasi tuşmayapti. Analiz topşirtirib, yotqizib keldim, – deb ayol köziga yoş oladi.
– Uka, – deydi Şomir aka meni çaqirib, – Boya yonğoğimga qança beraman deding?
– Kilosiga olti ming uç yuz.
– Öşa aytganingga olaqol. Ikki qopdagi ellik kilodan oşsa kerak. Özimiz tortaveramiz. Hozir mana bu opangga uç yuz ming berib yubor. Qolganini hisob-kitob qilaveramiz. Bolasining oldiga ketaversin. Yonğoğini keyin kelganingda olarsan. Ungaça tozalab qöyişadi hammasini.
Hozirgina bir tiyin ham tuşmayman, deb turgan odamning birdan özgarib qolişidan hayratlanaman. Yonğoqni tortib olayotib sörayman:
– Şomir aka, opa kimingiz böladi?
– Singlim, – mehr bilan javob qaytaradi Şomir aka. – Öğli bilan yolğiz yaşaydi. Şu yerdan uy solib berganmiz.
Öşa ayol kelguniça, tasavvurimda pöstloği oq-u, mağzi qorayib ketgan yonğoqqa öxşatib turganim Şomir aka töğrisidagi fikrlarim tubdan özgarib ketadi.
***
“Yonğoq qirq dardni qözğaydi, köp yemanglar”, derdi Iqbol momom. Taʼtil vaqtim nihoyalab akam bilan bozorga çiqdim. Odamlarga: “Yonğoq oling, yesangiz qirq dardni qözğaydi bu. Dard qözğasa, davosini izlaysiz”, deyman. Odamlar menga “jinnimi” degandek qarab qöyişadi. Akam eʼtirozli ohangda:
– Şoir, puç yonğoqday köp şaqillama, – deydi. Söng “Kelasi yil yana kelasanmi?” deb söraydi.
– Kelaman, – deyman beixtiyor.
Asliddin MUSTAFOYEV
1980-yili tuğilgan.
Samarqand davlat universitetining
özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Fanodagi çiziq”, “Tegirmon”, “Yölovçi”,
“Hassa” singari hikoyalari adabiy naşrlarda çop etilgan.
“Isteʼdod maktabi” respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi (2011).
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


