Inson yaralibdiki, u jismoniy va maʼnaviy-ruhiy ehtiyoj qurşovida yaşaydi. Jismoniy ehtiyoji qondirilgan vujud qoniqiş hosil qilganidek, maʼnan ozuqlangan qalb (va albatta tafakkur ham) quvvatli böladi, tozaradi, yuksaladi… Taassufki, bugungi zamon kişisiga moddiyat birlamçi bölib, adabiyot va sanʼat vaqtni oladigan bir narsadek tuyilayotgani ham bor gap.
Moddiyat va maʼnaviyat kuraşi ketayotgan şunday davrda mumtoz adabiyot, xususan, hazrat Navoiyni öqiş va uqiş köpçilikka eriş tuyilayotgani açinarli, göyo şusiz ham yaşaş mumkinday…
Filologiya fanlari nomzodi, navoiyşunos olima Karomat Mullaxöjayeva bilan hazrat Alişer Navoiy ijodi xususida suhbatlaşdik.
– Karomat opa, suhbatimiz yoşlar jurnalida çop etilişini inobatga olib, uni bevosita hazrat Alişer Navoiy asarlarini örganiş va örgatiş masalasiga qaratsak.
Bugungi globallaşuv jarayonining yaxşi tomonlaridan köra kişilarga, aniqroği, yoş avlodga yetkazayotgan ziyonini körib, odamning köngli sal xira tortadi. Şunday esa–da, dilingiz nurafşon böladigan narsalar borligidan xursand bölasiz: yaxşiyam dinu diyonat bor, adabiyot bor, sanʼat bor. Şular vositasida kelajak egalarini turli maʼnaviy balolardan asraşga harakat qilamiz. Şukrki, Navoiy asarlarida biz istagan va bizga maʼnaviy kömakdoş böladigan barça narsa bor. Zero, hazrat Navoiy doim insonni KOMIL körişni istagan. Kişini nima komil qiladigan bölsa, barçasi Navoiy asarlarida aks etgan. Şunday emasmi?
– Globallaşuv, aslida, insoniyatning azaliy orzusi bölgan. Vatandoşimiz Abu Rayhon Beruniyning Amerika qitʼasi haqidagi farazlari, ispaniyalik Xristofor Kolumbning şu qitʼaga qança maşaqqatlar bilan yetib borişi, va nihoyat, florensiyalik Amerigo Vespuççi şarafiga uşbu qitʼaning nomlanişi… Boburning Hindistonda vatan qurişi, bizning mintaqadan ketgan olimlar Beruniy, Ibn Sino, Farğoniy va boşqalarning arab dunyosida şuhrat topib, nafaqat musulmon olamida, balki butun jahonda şuhrat topişi… Xohlaysizmi-yöqmi, ana öşa davrlarda globallaşuvning ilk kurtaklari namoyon bölgan edi.
Bugun “tamaddunlar töqnaşuvi”ni ham keltirib çiqarayotgan globallaşuv bizning özimiz yaşayotgan olam haqida köproq bilişga bölgan qiziqişlarimiz, orzularimizning mahsuli. Bitta sayyorada yaşab turib, unda keçayotgan voqealardan bexabarlikni bugun köpçilik tasavvur ham qilolmaydi. Yer yuzida keçayotgan voqealarni, insonlar hayoti, turmuş tarzi va boşqa ikir-çikirlarigaça kirib borişga bugungi kundagidek heç qaçon yaqinlaşmaganmiz. Baʼzan, butun dunyo kiçik bir şaharça, töğriroği, qişloqqa aylanib qolgandek tuyuladi. Hamma voqealardan tongdayoq (uyqudan köz oçib-oçmay) xabardor bölib ulgurasan. Televideniye, radio va asosiysi, internet tufayli. Bu qaysidir maʼnoda qiziq ham. Çunki dunyodagi qança-qança voqealardan, ulkan kaşfiyotlardan bir zumda xabar topasan. Ayni paytda, har kuni negativ xabarlarni eşitiş, agressiyaga töla zöravonliklar, axloqsizlikka undovçi reklamalarni tomoşa qiliş, öqiş har birimizning ruhiyatimizga taʼsir qiladi. Köp vaziyatlarda bölganidek, globallaşuvning ham salbiy va ijobiy tomonlari bor. Şu bois, biz har safar uning nozik taʼsir kuçiga ega bölgan ommaviy madaniyat bilan boğliq jihatlariga eʼtibor berişga majburmiz. Balki tez-tez ijobiy voqeahodisa va masalalarga eʼtibor qaratsak va ularni köproq tarğib etsak, foydaliroq bölardi. Çunki har bir mamlakatning siyosati, iqtisodi va boşqa sohalari bilan birga madaniyati, mumtoz sanʼati va adabiyoti bor. Har bir insonda ruhiy yuksaklikka undaydigan maʼnaviy ruhoniy ehtiyojlar bor. Ayniqsa, tarbiyaçilar, muallimlar, va albatta, ota-onalar inson tarbiyasida şu jihatga köproq eʼtibor qilişlari zarur. Insonni kamolotga yetkazişda, avvalo, uning şaxs sifatidagi xususiyatlarini şakllantiriş masalasi muhim örin tutadi. Tarbiyada boş masala şu. Çunki şaxs sifatida şakllangan inson öz fikriga ega böladi, har bir voqea-hodisaga öz munosabatini bildira oladi. Har kimga ergaşib ketavermaydi. Ehtimol, bugun bot-bot takrorlayotganimiz maʼnaviy immunitetni şakllantirişning bir yöli mana şudir. Adabiyot, şu jumladan, hazrat Alişer Navoiy ijodi bu masalada yaqindan yordam beradi, albatta. Çunki Navoiyning özgalar xizmatida, sözning xizmatida keçgan umri, agar masalaning mohiyati anglab yetilsa, har bir inson uçun ibrat böladi. Töğri taʼkidlaganingizdek, Navoiy asarlari qahramonlari kamolotga intilişi bilan ajralib turadi. Ularni hayotdan uzoq bir mifga, qöl yetmas orzuga aylantirib qöymaslik kerak. Har birida insonning baxti va baxtsizligi bilan aloqador tuyğularni his etiş, kitobxonni şu tuyğularni keçirişga, yaşab ötişga örgatiş kerak va mana şundagina biror natijaga erişiş mumkin. Buning uçun Navoiy asarlarini öqitayotgan mualllimning – rahnamoning özi şaxs sifatidagi xususiyatlarga ega bölişi kerak. Agar biz Navoiyni tuşuniş darajasiga yaqinlaşa boşlasak, köplab muammolar öz-özidan hal bölib ketardi, deb öylayman.
– Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid bir şeʼrida: “Hazrat Navoiyga yetmoq-çun, ey, dil, Yana beş yuz yillar yurmoq kerakdir”, deb yozgan edi. Şoir şu örinda Alişer Navoiy ijodiy olamining kengligiga işora qilib, inson bolasi bu zoti muborakning asarlaridagi maʼno-mazmunni tölaligiça anglay olmaydi, demoqçi. Ammo bu satrlar bizning hazrat Navoiydan borgan sari uzoqlaşayotganimizga ham işoraday tuyiladi. Uluğ mutafakkir şoirimiz ijodi haqida yozilgan kitoblarni, tadqiqot işlarini jamlasak, kattagina kutubxona bölsa kerak. Ammo baribir Navoiy xalqning, ayniqsa, yoş avlodning köngliga bor böy-basti bilan kirib bormayotgandek…
– Haqrost, Navoiy haqida köp tadqiqotlar olib borilgan, yuzlab kitoblar, minglab maqolalar yozilgan. Bundan keyin ham yozilaveradi. Aytiş mumkin bölsa, ular Navoiyni tuşuniş, töğri idrok etiş yölidagi urinişlar. Albatta, uşbu kitob va maqolalarning muayyan qismi Navoiyni tuşunişga kömak beradi. Biroq biz Navoiy asarlarini, iloji bölsa, asliyatda öqişga örganişimiz kerak. Luğat bilan, yordamçi izoh va şarhlar bilan bölsa-da, Navoiy qalamidan tökilgan sözlarni anglaşga urinişimiz lozim. Mehnat qilişdan çöçimasligimiz kerak. Maktablarda öquvçilarni şunga yönaltirib tarbiyalaş, taʼlim beriş burçimizdir.
– Hozirgi maktab öquvçilariga “Alişer Navoiyning qaysi şeʼrlarini bilasiz?” deb savol bersangiz, deyarli barçasi “Kelmadi”, “Sanga” radifli ğazallari va “Ğurbatda ğarib…” deb boşlanuvçi ruboiysini aytişadi, xolos. Buning sabablarini özimça anglaganday bölaman: neça yillardan beri u darslikdan bu darslikka bir xil ğazallar va bir xil tahlillar köçib ötyapti; mumtoz adabiyot, xususan, Alişer Navoiy asarlarini taʼlim jarayonlarida öqitişda yaxşi tizim yaratilmayotgandek… Umuman, maktab darsliklaridagi mumtoz adabiyot, xususan, Navoiy ijodining yoritilişi qoniqarli darajadami?
– Bir paytlari professor Natan Mallayevning maktablar uçun yaratilgan darsliklarini bugun tez-tez eslaydigan bölib qoldik. Muayyan sistemaga ega bölgan bu darsliklarda materiallar bolaning yoş xususiyatlari bilan boğliq holda taqdim etilardi. Yuqori sinflar uçun adabiyot darslari ikki asosiy kitob – nazariy masalalar öz ifodasini topgan maxsus darslik hamda manbalar saralab jamlangan xrestomatiyaga asoslanib ötilardi. Öqituvçi uçun ham, öquvçi uçun ham işlaş oson keçardi. Bugungi adabiyot darsliklarini qölga olganda, nafaqat öquvçi, balki öqituvçining ham hafsalasi pir böladigan örinlar talaygina. Nega bu ahvolga tuşib qoldik? Katta-katta olimlarimizning mehnati nega samara bermayapti? Nega maktabda, litseyda öqiyotgan öquvçining çetdan qöşimça dars olişga ehtiyoji haddan ortiq kuçayib ketdi, bunday “taʼlim” uçun xususiy yöl bilan qöşimça “darslik” va “qöllanmalar” çop etilyapti? Qöşimça darslarning hammasi, u adabiyot böladimi, matematikami, buning farqi yöq, taʼlim-tarbiya bilan birga olib borilmaydi, kerak bölsa, köp fanlardan faqat yodlatiş yöli bilan maqsadga erişiladi. Qarabsizki, şunday usulda öqib, oliy öquv yurtiga yuqori ball bilan kirgan talaba hamma narsani qaytadan boşlaşi kerakligini tez orada tuşunib yetadi. Nazarimda, qöşimça darslarga ruju qöyib öqişga kirayotganlarda muayyan tizim yöq, ular köpinça fanlararo integratsiyani his qilmaydilar. Çunki ular fanni bilimli böliş uçun emas, faqat imtihondan ötiş uçungina özlaştiradilar.
Maktab darsliklarida Alişer Navoiy ijodining taqdim etilişida muayyan sistema yöq. Bolaning yoş xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiylikdan murakkablikka qarab borişdek eng muhim prinsip buzilgan. Qöpol bölsa ham aytiş kerak, takrorlar, örinsiz taqdim etilgan matnlar har bir sinf darsligida uçraydi. Bugun taʼlim-tarbiyani boğçadan maktabgaça, yaʼni tarbiya muassasalaridan boşlaş muhim masala sifatida kötarilgan paytda, kerak bölsa, maktabgaça taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlim mutaxassislari birgalaşib mumtoz adabiyot böyiça mavzularning uzviyligini taʼminlaş böyiça dasturlarni birgalikda tuzib olişlari, ularning konsepsiyasini puxta işlab çiqişlariga jiddiy ehtiyoj tuğilgan. Şunda Alişer Navoiy ijodiga ham şu nuqtayi nazardan maxsus murojaat qiliş imkoniyati tuğiladi.
Endi, siz aytgandek, Navoiyning faqat “Kelmadi”, “Sanga” radifli ğazallari va “Ğurbatda ğarib…” deb boşlanuvçi ruboiysining ommalaşib ketişiga kelsak, bu ayrim öqituvçilar “mehnati”ning samarasi. Aslida, bolalarimizning imkoniyatlari juda baland. Ayniqsa, yodlaş qobiliyati. Yaqinda Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi 12-maktabda böldik. Navoiydan, boşqa mumtoz şoirlarning asarlaridan yuzdan ortiq şeʼr yod olgan öquvçilarni kördik. Ğazalxonlikdan musobaqa boşlandi. Iştirokçilar orasida boşlanğiç sinf öquvçilari ham bor edi. Hatto şoirning katta-katta dostonlarini yod olganlar bor. Tumandagi boşqa maktablardan ham vakillar keldi. Hayratda qoldik… Bunday muvaffaqiyatlar ortida öz kasbini sevadigan, fidoyi öqituvçilar bor edi. Menimça, öz kasbini seviş, halol mehnat qiliş, bu ommaviy hayqiriqlarni bir çetga qöyib, köngilning tubiga çökib, vatanni seviş demakdir. Şu narsa aniqki, öquvçining neçta ğazal yodlaşi-yu, qaysi kitobni öqişi, eng avvalo, öqituvçiga boğliq. Yaxşi öqituvçi öquvçiga qanot beradi. Navoiydek buyuk insonlarni şunçaki emas, balki asarlari orqali, ibratli hayot yölini anglatiş orqali sevişga örgatadi. Balki vatanni sevişga şu yöl bilan borilar…
– Şu örinda bir voqea yodimga keldi. Talaba paytimiz, aniqroği, özbek tili va adabiyoti yönalişining ikkinçi bosqiçida tahsil olib yurgan çoğlarimiz edi. Biz seminar darsi deb ataydigan, maʼruzalar öqib bölingaç, özlaştirilgan bilimlar alohida baholab boriladigan yakka tartibdagi dars maşğulotimizni mumtoz adabiyotdan unçalik uzoq bölmagan bir fan nomzodi olib borardi. Mavzu Navoiy “Xamsa”sidagi “Layli va Majnun” dostoni, uning mazmun-mohiyati haqida edi. Xullas, talabalarning fikridan unçalik qoniqmadi şekilli, ustozimizning özi dostondagi oşiqlik, jununlik haqida sözlay ketdi: “Majnun şunday sevganki, uning köziga heç nima körinmay qoladi, boşqa narsalarda ham u Laylining jamolini körganday böladi. Mana, masalan, yigitlar qaysidir qizni sevib qolsa, hatto avtobusdagi çiptaçi ham unga öz sevgilisi bölib körinadi, çipta oling, desa, unga tikilib turaveradi. Sevgi şunday böladi”, degan mazmundagi gaplarni aytdi hamda işqi ilohiyni öquvçilarga şunday sodda, zamonga moslab örgatiş kerak degan nuqtayi nazarni bölajak til va adabiyot mutaxassislariga uqtirdi. Xöş, aslida bu qançalik töğri? Sizningça, Navoiy nazdidagi IŞQni qanday tuşunmoq va tuşuntirmoq lozim?
– Fan nomzodi degan nomni kötarib yurgan bu öqituvçingiz Navoiyni juda jön tuşuntiribdi, degan gapni faqat men emas, bu voqeani eşitgan har qanday odam aytişi mumkin. Albatta, sizlar uning sayoz gapirganini bilib turgansiz.
Navoiy asarlari mazmun-mohiyatini taşkil etgan işqni mukammal tuşuniş uçun uning asarlarini töliq öqiş kerak. Şoirning asarlari tizimli adabiy olam. Undagi bir masalani tuşuniş uçun ikkinçisiga murojaat qiliş va uçinçisidan asosli şarh topiş mumkin. Şoir bir dostonida: “Bölmasa işq ikki jahon bölmasun, Ikki jahon demaki, jon bölmasin”, degan bölsa, boşqasida “Ey işq ğarib kimyosan…” degan fikrlarini beradi. “Mahbub ul-qulub”da işqqa mukammal taʼrif berib, uning darajalarini körsatadi. Bular Navoiyning boşdan-oyoq işqning sirlariga kömilgan minglab ğazallarini tuşunişda bir oçqiç vazifasini ötaşi mumkin.
Navoiyning barça asarlarini mukammal özlaştirişni hammadan talab qilib bölmas, biroq şoir ijodi bilan şuğullanayotgan, uning asarlari yuzasidan tadqiqotlar olib borayotgan xodimlar bunga amal qilişi kerak. Çunki töğri xulosaga keliş uçun Navoiy badiiy olamidan, uning dunyoqaraşidan yaxşi xabardor böliş kerak, zero, tadqiqotlarning natijalari Navoiy asarlarini öqitiş va anglatişga xizmat qilişi zarur.
– “Xamsa” dostoni Hazrat Navoiy ijodining yuksak çöqqisi. Uşbu “panj ganj”ning butun içki botiniy maʼno-mazmunini öquvçilarga oçib beriş borasida, ayniqsa, istiqlol yillarida közga körinarli işlar amalga oşirildi. Kutubxonalarda doim bir narsaga közim tuşadi: yoşlar (hatto til va adabiyot mutaxassisligi talabalari ham) “Xamsa”ning zamonaviy özbek tiliga tabdil qilingan (deyiş mumkin bölsa) yoxud nasriy holda bayon etilgan, faqat syujet tizimidan iborat talqinini öqişmoqda. Şu kitoblar vositasida Navoiy ularning köz öngida gavdalanmoqda. Bu xavotirli hol, deb öylayman. Negaki, bunday kitoblar yoşlarni Navoiydan uzoqlaştiradi, hazrat aytmoqçi bölgan maqsad-muddaolar yöqolib ketadi, oşiqlarning Yorni körib, huşdan ayrilişlari kulgili, xayoliy holday körinaveradi…
– Navoiy asarlarini, jumladan, “Xamsa”ni tuşuniş faqat bugun emas, hamma zamonlarda ham oson keçmagan. Buning köp sabablari bor. Jumladan, şoirning özi ham “Xamsa”ning yaratiliş sabablari haqida gapirganida, unça-munça odam unga yaqinlaşa olmasligini başorat qilgan edi. Albatta, şoirning uşbu fikrlari uning taqlidçilariga qaratilgan bölsa-da, “Xamsa” botinidagi mazmundan köpçilikning aqli şoşib qolişi haqidagi gaplari ham bejiz aytilgan emas. Demak, “Xamsa” yozilişidan oldinroq, uning tarhi tuzilayotgan paytidayoq mukammallik va teranlik maqsad qilib olingan. Bu Navoiy dahosining hosilasi. Şuning uçun öz zamonidayoq Navoiy asarlari luğati tuzila boşladi. Bilamiz, şoir asarlarining tili ança murakkab. Çunki şoir “Xamsa”da turkiy tilning butun imkoniyatlarini, jumladan, söz özlaştiriş imkoniyatlarini ham körsatgan edi. Qadimgi turkiy tildagi, kerak bölsa, şevalardagi sözlarning, arabiy, forsiy va boşqa tillardan ham özlaşgan sözlarning qöllanilişi turkiy tilning va, albatta, Navoiy imkoniyatlari ulkanligining namoyişi. Şu bois öşa davrdayoq luğatlar yaratilgan. Bugun ham ularni tuşunişda qiynalayotganimizdan qörqmasligimiz, luğatlar bilan işlayotganimizdan uyalmasligimiz kerak. Biroq masalaning ikkinçi tomoni bor. Bu asarlar mazmun-mohiyatini töğri tuşuniş masalasi. U idrok etiş bilan, tafakkur bilan boğliq jihat. Eʼtibor qilsak, Navoiydan keyin XX asr boşlarigaça bölgan vaqt mobaynida yaratilgan adabiy manbalar içida şoir “Xamsa”sining nasriy bayonlari asosida maxsus asarlar, muallifi maʼlum yoki nomaʼlum bölgan alohida-alohida dostonlar, kitoblar vujudga keldi. XX asrda va bugun XXI asrda ham şoir asarlarini kitobxonlarga yaqinlaştiriş uçun turli naşrlar amalga oşirilmoqda. Bir paytlari Sadriddin Ayniy boşlagan, kitobxonga “Xamsa”ni oson tuşuntirişga möljallab yaratilgan naşr bugun ham dolzarbligini yöqotmagan. Akademik Ğafur Ğulomning “Xamsa” dostonlaridan biri – “Farhod va Şirin”ni tabdil qilişi kitobxonni Navoiyga yaqinlaştiriş istagidagi harakatlar edi.
Bugun “Xamsa” dostonlarining baytma-bayt nasriylaştirilgan naşrlari, tabdillari hamda nasriy bayonlari kitobxonlarga yetib borgan. Siz aytmoqçi, bu naşrlar baʼzan kitobxonni Navoiydan uzoqlaştirib qöyişi ham mumkin.
Albatta, töğri bajarilmagan tabdil va nasriy bayonlar şunday xulosaga olib kelişi mumkindir. Ammo ustoz Ayniy va akademik Ğafur Ğulomdek ilmiy-badiiy tafakkur sohiblari bu işga qöl urayotganda nimanidir öylagandir. Ruslarning “Igor jangnomasi” deb nomlangan kitobi bor. Öşa kitobning önga yaqin yangiça tabdil, tarjima naşrlari mavjud. Bu sanoq men bilganlarim. Yana qança naşrlari bordir. Aytmoqçimanki, muayyan asarni tuşuniş uçun bu kabi tajribalardan çöçimaslik kerak. Axir asarni muzey uçun saqlab qöymaymiz-ku! Biroq har qanday işda bölgani kabi bu örinda ham muayyan prinsiplarga rioya qilişimiz, Navoiy dahosining hurmatini öz örnida saqlaşimiz kerak. Şunda har xil çalğituvçi fikrlarga yöl qöymaymiz.
Bugun faqat biz emas, balki butun dunyo Navoiydek daholarning asarlariga ehtiyojmand. Şunday ekan, Navoiyni öqişdan, uqişdan heç qaçon çarçamaylik.
– Mazmunli suhbatingiz uçun rahmat. Siz ham Navoiy asarlarini öqitişda, xalqqa yaqinlaştirişda xizmat qilişdan tolmang.
Suhbatdoş – Husan Maqsudov.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


