504 marta körilgan

Sözlar sening hamrohing bölsin

Kumuş Abdusalomova

Taqiq

 

Bizda arslonlarni bölmaydi ovlab,

“Bizda arslon ovi qilingan taqiq!”

Ohularga tegmang, beçora,

Qarang, közlarida körinar hadik.

 

Quşlarni ovlamang, baliqlarni ham,

Tabiat yemrilib ketmasin sekin.

Bizda bitta xavf bor – xavfsiz, beziyon –

Faqat köngillarni ovlamoq mumkin!

 

Axtam devona

 

Axtam devonaning didiga qoyil!

Devona Maşrabdan ğazal öqiydi.

Kuni, huv, tollarning tagida ötar,

Tolning çiviğidan savat töqiydi.

 

Eski çoponini egniga ilib,

Köçadan ötadi qilib xirgoyi.

Bilmam, yolğizligi sabab bölibmi,

Qişloqda nom oldi jinni, savdoyi.

 

Hamma yaxşi tanir Axtamqul çolni,

Axtam devonani hamma taniydi.

Suv keltirib bersa, qanday yaxşi-ya!

Ötinlarni yorib bersa qaniydi.

 

Öttiz yil haydagan traktoriga

Mehri tuşib qolgan bölsa kerag-ov.

Ğildirak loyini silab yiğladi

Hujjatlarni sörab kelganda birov.

 

Tanişi yöqmikan borib aytgani,

Nega yum-yum yiğlar kirib şu yoşga.

Axtam devonaning, Axtam jinnining

Tanişi yöq edi… Xudodan boşqa!

 

Fotokörgazmadan keyin

 

Bu dunyoning körgazmalarin

Közlarimga xato körgizma!

Bugun sanʼat galereyasi

Taşkil etmiş fotokörgazma.

 

Kimga nima? Bilmadim. Yurak

Çok-çokidan sitilgan edi.

Bunda surat kördim: ayolning

Oğizlari tikilgan edi.

 

Pardoz gözal qilgan yuzingni

Qani endi yoşing bilan yuv.

Farang xonim buning örniga

Jurnalistga berar intervyu:

 

“Juda yuksak baholaş mumkin

Muallifning mahoratini…”

Men maqtovni eşitganim yöq,

Faqat… taqdir haqoratini.

 

Körgulik deb öqibman, uzr!

Körgazma deb bitilgan edi.

Bunda surat kördim: ayolning

Oğizlari tikilgan edi.

 

Şu oğizga kökragin tutib

Ona sutin içirmaganmi?

Şu tikilgan lablar qaçondir

“Sevaman” deb piçirlaganmi?

 

Şeʼr söraysiz. Daftarlarimning

Varaqlari titilgan edi.

Şeʼr söraysiz mendan… Öşa kun

Oğizlarim tikilgan edi.

 

Yomon közlar

 

Sözlar sening hamrohing bölsin,

Lek gap-sözdan asrasin deysiz.

Közlarimga qaraysiz, keyin

Yomon közdan asrasin deysiz!

Eng çiroyli, eng uzun ertak,

Nima derdim, bizniki bölsa?!

Tegsa tegsin, roziman, öşa

Yomon közlar sizniki bölsa!

Zangortepa bilan suhbat

 

Ikki qişloq… Ikki baxmal qoş,

Örtasida ulkan tepalik.

Bahor kelsa, lola – qizil çöğ –

Lovullaydi gulxan tepalik!

Lekin şörlik tepaning bir kun

Quloq solsam oh-u dodiga,

“Qaysi nom-la muhrlanaman, –

Dedi, – avlodlarning yodiga?!

Öng qişloqda “Zangortepa” deb

Ataşadi erkalatişib.

Söl qişloq-çi, “Qoratepa”, voh,

Yiğlasammi uzala tuşib?”

Tepa bilan dardlaşdik uzoq,

Yengil tortgan bölib körindi.

Sezdim, özin ilgarigiday

Xursand körsatmoqqa urindi.

Qoyil qoldim munkaygan, çökkan

Tepalikning xayollariga.

Şunda rahmat aytdim çin dildan

Öng qişloqning ayollariga.

Yuziqoralikdan asrasin!

Osmon rangi – olis, zangori.

Umr desa, yodimga tuşar

Öşa “Zangortepa”ning zori.

Hut keldi

 

Boş kötardi öt-ölan,

Çelak töla sut keldi.

Aytdim dilda öt bilan –

Hut keldi-yo, hut keldi!

Hut keldi-yo, hut keldi!

 

Qirda kördim buğdoyni,

Elning noni but keldi.

Dilga şodlik siğmaydi.

Hut keldi-yo, hut keldi!

Hut keldi-yo, hut keldi!

 

Qanisiz, çolğuçilar?

Tanbur bilan ud keldi.

Oyoqdan çalguvçilar,

Hut keldi-yo, hut keldi!

Hut keldi-yo, hut keldi!

 

Bitsin qirğinbarotlar,

Yuzlari şuvut keldi.

Iroq yoqlar, Şom yoqlar,

Hut keldi-yo, hut keldi!

Hut keldi-yo, hut keldi!

 

Yuragim yonyaptimi –

Çap köksimdan dud keldi.

Taraddudlanib tursam,

Hut keldi-yo, hut keldi!

Hut keldi-yo, hut keldi!

 

Yigit yozgan maktubga

Qizdan javob – “Kut!” keldi.

Hammamizni kuttirgan

Hut keldi-yo, hut keldi!

Hut keldi–yo, hut keldi!

 

Kumuş ABDUSALOMOVA

1996-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti talabasi.

“Isteʼdod maktabi” VII respublika yoş ijodkorlar seminari iştirokçisi.  2015-yilda “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida “Kuylamasam bölmaydi” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (3)

  1. Ozodbek Mirzayev

    Kumuş ABDUSALOMOVAning şerlarini goyasi, mazmuni yakşi. Lekin şerning yunalişlari buzilgan. Misol uçun: Takik sherini oladigan bulsak kofiyalashda birinchi turtlik a-a-b-a ikkinchi turtlik esa Murabba yunalishida yozilgan yani a-b-a-b bunda sherni ukilyotganda barkarorligi yukoladi.

  2. Şahrizod Şodiyev

    Ajoyib! Kumuş Abdusalomovada yana şe'rlar kutamiz. Ijodingiz gurkirayversin!

  3. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Şoiraga yetkazib qöyamiz.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.