5 daqiqada öqiladi

283 marta körilgan

Mitti yulduzlarning jimir-jimiri…

Qalamga talpinib…

“Menda şeʼr dastlab fikr tarzida, baʼzan majoz tarzida namoyon böladi. Keyin u şeʼr bölib şakllanadi… Qattiq mehnat natijasida, albatta. Lekin mehnatda zavq bölişi kerak. Ilohiy zavq. Zero, qattiq mehnatni yuk taşuvçi jonivor ham qiladi. Bu ilohiy zavq sizga uyqu bermasin. Bu ilohiy zavq böğzingizga qadar kelsin, içingizdan toshib tursin. Közingiz yumilib ketayotgan esa-da, qölingiz qalamga talpinsin. Xullas, mehnat, yana mehnat… Çöntagida ikkita şeʼr qoralamasi yurmagan şoirni men şoir sanamayman: kezi kelganda tuzatiş kiritiş uçun “ammo”ning örniga “lekin”ni qöyiş kerak bölar, masalan. Yoşligimda men uxlamaslikdan qörqmasdim, endilikda uxlamagan tunim ertasiga darhol öz taʼsirini bildiradi”.

Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripovning suhbatlardan birida aytgan sözlarini aynan keltirdik. Şeʼriyatimizda yangi iqlim yaratgan, qiyin va murakkab ijod yölini bosib ötgan Ustozning hayotiy xulosasi! Bu yölning şarafiyu maşaqqatini yoş qalamkaşlarga uqtiriş asnosida ularni mehnatga çoğlaşning benazir xitobi, desak ham yangliş bölmaydi. Çunki bugun şeʼr yozaman deganning köpi qalam tutişga qöli kelmasdan avval “oş”ga “toş”, “bahor”ga “nahor”ni qofiyalay boşlagandi. Özini şeʼrga “urayotgan” öğil-qizlar safi kun sayin kengayib borayotir. Xöş, bu yaxşimi? Bola, söz qöllaşga örgansa, qaçon qayerda qanday sözlamoqqa odatlansa… xullas, bolakay özi uçun ijoddan adabga, adabdan adabiyotga yöl oçsa, yot ğoyani yoniga yölatmasa, har şeʼr yozganda va ijodga har tökilganda köngilçasi KÖNGILga aylana borsa… buning nimasi yomon? Kurtak yozayotgan ilhomni avaylaş kerak, xolos. Yöl-yöriq darkor. Bolaning butun boşli şeʼrida atigi bitta söz yarq etib körinsa agar, uni çöğ deb qabul qilib “puf-puflaş”, uçqunni olovlantiriş – oliy saodat. Bu borada yurtimizda amalga oşirilayotgan xayrli işlar qatoriga yaqinda yana bir taşabbus qöşildi. Olti viloyatda Ijod maktabi taşkil etildi. Namanganda Ibrat, Nukusda Ibroyim Yusupov, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya, Farğonada Erkin Vohidov, Qaşqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf nomidagi Ijod maktablari oçildi. Mazkur ilm dargohlarida ona tili va adabiyot fanlari çuqurlaştirilgan tarzda olib boriladi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi

  • Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24 maydagi qarori asosida taşkil etilgan.
  • Qarşi şahrida joylaşgan.
  • 142 nafar öquvçi tahsil olmoqda.
  • 25 nafar öqituvçi taʼlim bermoqda.
  • Maktab eng sönggi rusumdagi kompyuterlar bilan taʼminlangan.
  • Kimyo, biologiya, fizika fanlari uçun öquv-laboratoriya xonalari mavjud.
  • Zamonaviy sport zali va suziş havzasiga ega.
  • Faollar zali 210 öringa möljallangan.
  • 50 örinli yotoqxona, 75 örinli oşxona öquvçilar ixtiyorida.
  • “Ifodali öqiş”, “Nutq madaniyati”, “Notiqlik sanʼati” böyiça qöşimça darslar yölga qöyilgan.

– Ismi tilga kelişi bilan çehrasi köz öngimizda çaraqlab ketadigan siymolar bor, – deydi maktab-internati direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Yoqutxon Jamolova. – Abdulla Oripov özbekning ana şunday tanti, şeʼri va şuuri toza ustoz ijodkorlaridan. Şoir ijodidan bahramand bölib ulğayganmiz, gözal taşbeh, topilma va benazir söz ifodalaridan tölqinlanib yurgan paytlarimiz köp bölgan. Bugun Abdulla Oripov nomi bilan atalayotgan uşbu maskanda dars berayotganimiz – baxtimiz. Şuning öziyoq öquvçilar ruhiyatida ijodga mehr uyğotadi.

Endi köring, respublikamizda ön mingdan ortiq… öquv muassasasi bor. Ularda yuz minglab öğil-qiz taʼlim olmoqda: birlari musiqa va sanʼat yönalişida, birlari sportda, hunarning etagidan tutgani qança. Xullas, öqiş bobida har kim öziga maʼqulini tanlayotir. Ijod maktablarining öz oldiga belgilab qöygan maqsad-muddaosi bor, albatta. Yöqsa, ularning umumtaʼlim maktablaridan farqi nimada deb öylaysiz? Har ikkalasida ham barça fanlardan dars ötilsa. Öqituvçilar, öşa-öşa sinfxonalar, öşa-öşa doska, parta… Zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlanganlikni aytmaganda, aslida, bular oddiy maktab uçun ham yangilik bölmay qoldi, hisobi. Hamma gap öqitiş tizimida!

Maktab-internatida til-adabiyot darslari alohida-alohida guruhga ajratilgan holda ötiladi. Bitta sinf ön-ön ikki öquvçidan iborat. Demak, darsda öquvçining har biri bilan individual şuğullaniş imkoni oşadi. Dars saviyasi, savodxonlik ham şunga yaraşa kötariladi. Imlo qoidalarini ijod nuqtayi nazaridan tuşuntiriladigan örinlar bor. Baʼzan bitta vergul yo nuqtaning tuşirib qoldirilişi şeʼr, matn tizginini tamoman boşqa tomonga burib yuborişi mumkin. Ana şu jihatdan bolalar salohiyatli, savodxon kadrlar sifatida öz kelajagi sari muhim qadam taşlaydi.

Maktabda muzey faoliyati yölga qöyilgan bölib, unda şoir hayoti va ijodi tilga kiradi. Bolaga soatlab dars ötiş, mavzuni birma-bir örgatiş mumkin. Biroq uning qabul qiliş imkoniyatini ham hisobga oliş şart. Miyasi toliqqan bolaga ötilgan dars havoga gapirgan bilan teng. Şunday damda “Heç bir aytilgan söz aytilmay qolgan sözçalik foyda keltirgan emas” naqli qöl keladi. Muzey “gapiradi”. Uning bir burçida turgan beşik, sandal, dutor… ana ular bizdan köra köproq dars ötadi. Bu beşik bir paytlar şunday uluğ şoirni tebratgani haqida öylaşi bilan öquvçilar köngliga ijod oralaydi. Bolani qalamga talpintiruvçi bundan ortiq maktab yöq, nazdimizda.

Rustam MUSURMON,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir:

– Abdulla Oripov nomidagi iqtidorli bolalar maktab-internati. Maktabga kiraverişda ustozning şeʼr xayoliga tolgan siymosi tasvirlangan muhtaşam haykalga röborö kelişdan boşlanadi. Boşida döppi, egnida tön, nigohlari öyçan. Zarhal harflar bilan ustozning şoh satrlari bitilgan. Maktab muzeyiga kirganimda u yerdagi suratlar, qölyozmalar va buyumlarni tomoşa qilarkanman, ustoz bilan birga işlagan yillar, voqealar xayolimda qayta jonlandi. Yoş ijodkorlarning Zomin, Ellikqalʼa tumanlarida ötgan respublika seminarlaridagi suhbatlar, ustozning bebaho sözlari quloqlarim ostida jaranglaganday böldi. Ustozning barhayot ruhi kezib yurganini his etdim. Maktab öquvçilari bilan bölgan uçraşuvda ustoz Abdulla Oripovning hayot va ijod saboqlari haqidagi ayrim xotiralarimni sözlab berdim. Beixtiyor bir voqea yodimga tuşdi. 2013-yil 25-mart. Öşanda “Ustoz Mirtemir saboqlari” sarlavhali yangi şeʼrining qölyozmasini menga esdalikka bergan edi. Mana öşa şeʼr:

Ustoz Mirtemirni eslayman hanuz,

Rahmdil, bağrikeng, ayovli, tanti.

Yuz bor qalamida qayralardi söz,

Yuz bor özgarardi şeʼrning har bandi.

 

Muloyim boqardi Ustoz doimo,

Tegrasida bizlar – uzoq-yaqinlar.

Qarşidan, Qöqondan, Sirdaryodan to

Xorazmdan kelgan ösmir oqinlar.

 

Işlang, – derdi ustoz, – şeʼr bölsin ravon,

Mehnatdan qoçmasin ijodkor xalqi.

Lekin kamsitmasdi bizni heç qaçon,

Ustoz şuning uçun Ustozdir, balki.

Bugun mana şu şeʼrni öqib, hayratlanaman. Ustoz Abdulla Oripovning özida ham “Ustoz Mirtemir saboqlari” şeʼrida ifodalangan fazilatlarning barçasi mujassam edi.

Abdulla Oripov ijod maktabi öquvçilariga Prezidentimizning mehri tuşib turibdi. Bu maktabdan el-yurtimiz havas qiladigan ijodkorlar yetişib çiqişiga işonaman.

Viloyat naşri – “Navqiron” gazetasida “Abdulla Oripov izdoşlari” rukni taşkil etilgan. Unda öquvçilarning ijodiy işlari yoritib kelinmoqda. Şeʼriy maşqlar orasidan saralanib, töplam çiqarildi. Töplamni varaqlay turib, Ustozning bolalik damlaridan hikoya qiluvçi sözlari esga keldi: “…bu joylarda janub keçalari, yulduzli osmon nihoyatda gözal bölar edi. Tim qora osmonda qöl çözsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar çaraqlab turardi. Hayotimda bunday gözal manzaralarni keyin uçrata olmadim”.

Akmal Murod

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)