XX asrning boşlarida yurtimizda yangiça ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy harakat – jadidçilik vujudga keldi. Uşbu harakatning iştirokçilari – şoir, yozuvçi, mudarris yoxud tarixçi bölib, ular xalqni maʼrifatli qilişga, ötmişdan xulosa çiqarib, kelajakka özgaça nazar bilan qaraşga undaşgan. Buning uçun esa birinçi galda tafakkur va dunyoqaraşni özgartiriş kerak edi. Şu bois jadidlar, avvalo, ziyo maskanlari – maktab va teatrlar oçişgan, bir neça gazeta va jurnallarni taʼsis qilişgan, maxsus darslik va öquv qöllanmalari tuzişgan.
Millatparvarlarning yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniy haqida öqir ekansiz, uning dastur va darsliklari gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgani, eng avvalo, dunyoviy va ilğor ilm-fanni bolalarga örgatiş, yoşlarning ijtimoiy-siyosiy qobiliyatini şakllantiriş kabi ulkan maqsadlar qöyilganiga guvoh bölasiz.
Bugun-çi? Bugun ham millat ziyolilari taʼlim va tarbiya yölida bir dam töxtagani yöq. Innovatsion oqimlar inson ongu şuurini zabt etişga ulgurgan bir pallada heç bir kişiga oson tutib bölmaydi. Ammo gap öquv kitoblari, xususan, adabiyot darsliklari haqida borar ekan, arzimas köringan zarraday kamçiliklardan ham köz yumib bölmaydi.
Xöş, bugungi kundagi adabiyot darsliklari qay ahvolda? Ular davr talabiga javob bera oladimi?
Darsliklar yaratiş masʼuliyatli va murakkab işligini hisobga olsak, uzluksiz taʼlim tizimi uçun tayyorlangan darsliklar bir-birini takrorlamasligi, aksinça mazmunan töldirişi, öquvçi bilimini bosqiçma-bosqiç yuksaltirişga xizmat qilişi lozim. Hozirgi davr maktab darsliklari katta fundamental iş sifatida eʼtirofga loyiq. Lekin darsliklardagi ayrim örinlar xususida mulohazalar borki, ularni aytib ötişni lozim topdik.
Amaldagi 5-9-sinf adabiyot darsliklarida öquvçilar 67 nafar özbek hamda jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, şuningdek, turli adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari haqidagi maʼlumotlarga ega bölişadi. Har bir mavzu oxirida keltirilgan savol va topşiriqlar öquvçilarni mustaqil fikrlaşga undaydi.
Avvalo, adabiyot darsliklari öquvçilarning yoş xususiyatlari va ruhiy dunyosiga mos bölmoği kerak. Şuni inobatga oladigan bölsak, 5-6-sinf öquvçilari hali turli öyinlarga qiziqadigan, har xil sarguzaştlarga boy ertak va rivoyatlarni eşitişni xuş köradigan, multfilmlarni tomoşa qilib çarçamaydigan yoşda böladi. Maqolani yoziş jarayonida çet el adabiyot darsliklarini örganib çiqdik. Masalan, 5-6-sinf rus bolasi A.Dyuma, J.Vern, M.Tven, E.Seton-Tompson, A.Gofman, L.Tolstoy, A.Pushkin kabi adiblarning bolalarbop sarguzaşt asarlarini öqiydi. Özimizdagi adabiyot darsliklariga ham öquvçilarning yoş xususiyatlarini inobatga olib, ertak va afsonalar, bolalar yozuvçilari tomonidan yaratilgan sarguzaşt asarlar kiritilişi maqsadga muvofiq, deb öylaymiz.
Töğri, 5-6-sinf darsliklarida şunday asarlar bor. Ammo ularning safini kengaytiriş lozim. Şu maqsadda, uşbu sinflarda özbek yozuvçilaridan Nosir Fozilov, Erkin Malik, Anvar Obidjon, Qambar Ota hamda jahon adabiyotidan L.Tolstoy, A.Puşkin, I.Krilov, J.Vern, Lafonten, aka-uka Grim kabi ijodkorlarning bolalarga atalgan asarlaridan namunalar beriş ayni muddao bölardi. Yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar haqida öquvçilar eşitgan bölişi mumkin, ammo ular bu adiblarning ijodi bilan taniş emaslar.
Töğri, bu ijodkorlarning kitoblari naşr etilmoqda, balki maktab kutubxonlariga ham yetib borgan. Ammo öquvçilar ularning asarlari haqidagi maʼlumotlarni eng avvalo maktab darsligi orqali bilib olişlari kerak emasmi?
Adabiyot darsliklarida berilgan ijodkorlarning tarjimayi holi haqidagi maʼlumotlar xususida töxtalib ötsak. Ayrim şoir-yozuvçilarning hayot yöli bayonida faqat maʼlumotbozlik böy körsatadi. Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi köpligidan, nafaqat öquvçi, hatto öqituvçi ham şoşib qoladi. Masalan, 5-sinfda Maqsud Şayxzoda, 6-sinfda Turob Töla, 7-sinfda Mirmuhsin va Ölmas Umarbekov, 8-sinfda Fitrat, 9-sinfda Furqat kabi ijodkorlar hayoti haqidagi maʼlumotlar şu qadar köp va quruq holatda berilganki, bu öquvçini toliqtirişi, çalğitişi tabiiy.
Quyidagi iqtibosga eʼtibor bering: “…yoşlar gazetasida adabiy xodim, Özbekiston Davlat radioeşittiriş qömitasida muharrir va suxandon, Özbekiston Davlat naşriyoti (Özdavnaşr) muharriri, “Özbekfilm” kinostudiyasida ssenariy bölimi mudiri, Respublika Kinoçilar uyuşmasida kotib, Madaniyat vazirligi sanʼat işlari boşqarmasi boşliği, Hamza nomidagi teatr direktori, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi Adabiyotni tarğib etiş markazi rahbari” (6-sinf, 1-qism, 27-bet). Bu – şoir Turob Tölaning tarjimayi holidan parça. Öquvçiga ijodkorning qaysi mansabda işlagani emas, qanday asar yozgani, uning mazmun-mohiyati ahamiyatli (aslida, bu yoşdagi bola bu lavozimlarning farqiga bormaydi ham).
Ayrim ijodkorlar haqidagi mavzular sinfdan sinfga ötarkan, heç özgarişsiz, qöşimça va töldirişlarsiz köçiriladi. Masalan, 6-sinfda keltirilgan Muqimiy hayoti haqidagi maʼlumotni olaylik. Şoirning vafotidan keyin, uning 4-5 ta töplami naşr qilingani haqida aytmasak, 5-sinf darsligida berilgan maʼlumotlar şundayligiça takrorlangan. Şuningdek, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Ötkir Hoşimov kabi ijodkorlarning ham tarjimayi hollari özgarişsiz, yangi maʼlumotlarsiz darslikdan-darslikka köçib ötavergan.
Hazrat Alişer Navoiy – maʼnaviyatimiz quyoşi, uluğ mutafakkir. Ul zoti şarifning ibratlarga töla hayot va ijod yöli maktabgaça taʼlim muassasalari hamda boşlanğiç taʼlim jarayonidan yoş avlodga örgatilib kelinayotgani tahsinga loyiq.
Ammo darsliklarda Navoiy ijodi haqidagi mavzular, bizningça, tizimli ravişda berilmagan. Masalan, 5-sinfda uluğ şoir hayoti va ijodi haqida ikki sahifa, 6-sinfda esa bir sahifagina maʼlumot berilgan bölib, barçasi umumiy gaplardan iborat bölib qolgan. Vaholanki, 6-sinfda öquvçilar Alişer Navoiy haqida avvalgi sinfda berilmagan maʼlumotlarni öqişlari, ul zotning hayoti va ijodiga taalluqli yangi bilimlarga ega bölişlari kerak edi.
Ayni şu 6-sinfdagi Alişer Navoiy mavzusidan keyin berilgan savol va topşiriqlar qismida “Alişer Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va boşqa sanʼat asarlarini bilasiz?” degan savol bor. Töğri, 5-sinfda adib Mirkarim Osim qalamiga mansub “Zulmat içra nur” qissasidan parça berilgan. Öquvçilar, agar yaxşi öqigan bölişsa, şuni aytişlari mumkin. Ammo 6-sinfning özida şoir tarjimayi holida bu haqda biror gap aytilmagan. Öquvçi bu savolga qanday javob berişi mumkin?! Darslikning keyingi naşrlarida Alişer Navoiy siymosi aks etgan badiiy kitob va boşqa sanʼat asarlari haqidagi maʼlumotlar ham kiritilsa maqsadga muvofiq bölar edi. Şuningdek, 6-sinf darsligida xuddi quyi sinfdagidek Navoiy haqida yozilgan biror asarni beriş foydadan xoli bölmaydi. Masalan, Oybekning “Alişerning bolaligi” asaridan parçalar berilsa, buyuk bobokalonimizni quruq faktlar bilan emas, badiiy tasvir orqali yaxşiroq tanitgan va öquvçilarda ul zotga nisbatan mehrni yanada oşirgan bölardik.
Hozirgi öquvçilardan hazrat Navoiyning qaysi ğazallarini bilasan, deb sörasangiz, “Keça kelgumdir debon…”, “Körgali husnungni zoru…” kabi ğazallari, “Ğurbatda ğarib…”, “Zohid sanga huru…” singari ruboiylarinigina aytişadi, xolos. Afsuski, buning asosiy sababi bir neça yildan beri özgarmasdan, şunda ham faqat 8-sinf darsligidagina berib kelinayotgan “dejurniy” şeʼrlar. Aslida, darsliklarda Alişer Navoiy ijodidan namunalarning beriliş tizimi ham munozarali. Eʼtibor bering: 5- va 6-sinflarda hazratning “Hayrat ul-abror” va “Mahbub ul-qulub” asarlari, 7-sinfda “Sabʼayi sayyor” dostonidan parçalar, 8-sinfda bir turkum ğazal hamda qitʼalari, 9-sinfda esa “Farhod va Şirin” dostonidan parçalar berilgan. Nahotki, butun bir yoş avlod faqat 8-sinfda akasi, opasi, amakisi, xolasi yodlagan ğazallarni yodlaşi kerak!? Axir, hazrat Navoiyning özbek tilida yozilgan 2600 dan oşiq ğazali bor-ku!
Şu maqsadda har bir sinf darsligiga şoir ğazallariyu ruboiylaridan, qitʼalari va tuyuqlaridan namunalar hamda ularning tahlillarini kiritiş lozim.
7-sinfda “Sabʼayi sayyor” dostonidan parça berilgan. Bizningça, birinçi galda asar nima uçun “Yetti kezuvçi” deb nomlangani, uning asosiy syujeti va mazmun-mohiyati haqida öquvçiga tuşunça berilişi kerak edi. Ammo bu asarning ğoyaviy-badiiy xususiyatlari, tuzilişi haqida bir jumla bölsa-da, maʼlumot berilmagan. Şoir hayoti tugaroq, “Beşinçi iqlim yölidan kelgan musofirning doston oroliği”, deb Mehr va Suhayl haqida voqealar boşlanib ketgan. Aslida bu asar şoh Bahrom hamda uning husn va tafakkurda tengsiz bölgan yori Dilorom haqida bölib, Bahromning şoşqaloqligi va kaltabinligi oqibatida Diloromdan ayrilgani, Bahromni çalğitiş uçun turli rangdagi yettita qasr qurilib, yetti keça unga turli rivoyatu afsonalar aytilgani, Mehr va Suhayl haqidagi rivoyat beşinçi keça – çorşanba kuni moviy qasrda bir jahongaşta sayyoh tomonidan aytilganini öquvçilar bilmay ulğayişmoqda. Şunday ekan, “Sabʼayi sayyor” qanday asar, deb söraganingizda, Mehr va Suhayl haqida deyişsa, heç ajablanmang…
Darslik yaratiş muşkul iş. Buning uçun katta bilim va salohiyat, mehnat qiliş kerak. Şu bois kitoblar bir neçta muallifdan tarkib topgan jamoa tomonidan yozilgan. Amaldagi darsliklarning mualliflari ham taniqli, çuqur bilimga ega bölgan adabiyotşunos olimlar. Darsliklar 4-5 yilda yangilanadi (oxirgi ön yillikdagi yangilanişlar unçalik farq qilarli darajada emas). Ammo mualliflar özgarmaydi. Bizningça, maktab darsliklarini tuzadigan mualliflar tarkibini qayta şakllantiriş, töldiriş kerakday. Bu bilan hozirgi darsliklarning muallifi bölgan hurmatli olimlarimizni qatordan çetlatiş kerak, demoqçi emasmiz. Faqat kitoblarning saviyasini va mavzu mundarijasini yana yuksaltiriş uçun mualliflar safini kengaytiriş tarafdorimiz, xolos. Dunyoni teran anglaydigan, uyğoq fikrli kitobxonlarni tarbiyalab voyaga yetkaziş adabiyot taʼlimining keçiktirib bölmas birlamçi vazifalaridan biri hisoblanadi. Şu maʼnoda, ilm-fanning eng sönggi yutuqlari, adabiyotşunoslikning yangi sözi asosida zamonamizning yuksak surʼati va şiddatli tafakkuri darajasiga munosib bölgan, mukammal darsliklar yaratiş lozim. Bu işga millat bolalarini sevgan, ularning kelajagi va maʼnaviy dunyosi uçun özini javobgar deb biladigan har bir ezgu niyatli kişi daxldor bölişi kerak.
Şu maqsadda, darslik-majmualarda adabiyotning turli sohalari – nasr, nazm va dramaturgiya yönalişlari böyiça ilmiy-tadqiqot olib borayotgan, turli oliy öquv yurtlarida adabiyot ilmi böyiça saboq berayotgan, adabiyot öqitiş metodikasi bilan muntazam şuğillanayotgan yuksak salohiyatga ega fan doktorlari va professorlarni ham jalb qiliş lozim. Bunday deyişga ham sabab bor. 9-sinf adabiyot darsligida mumtoz adabiyot vakillaridan Navoiy, Bobur, Maşrab, Ogahiy, Furqat kabi uluğ şoirlar bor. Ammo darslik mualliflari safida na navoiyşunos, na boburşunos, na ogahiyşunos, umuman olganda, mumtoz adabiyot olimlari bor. Agar uşbu darslik mualliflari navoiyşunos olimlarni ijodiy hamkorlikka çorlab, birga işlaganlarida edi, “Farhod va Şirin” dostonidagi “Maşaqqatdin yigitni el qori der/ Ki, qozilmiş iki-uç yuz qori yer” bayti “Mamlakatdin yigitni el qari der/ Ki, qozilmiş iki-uç yuz qari yer” deb tuşunarsiz holda darslikka kiritilmasdi. Yoki bölmasa, 5-sinfda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi mavzuda şoirning “Hajringda bu tun köngilda qayğu erdi / Vaslingğa yetişmadim, jihat bu erdi / Ohim tutuni birla közimning yoşidin / Yöl balçiq edi, keça qoronğu erdi” ruboiysining oxirgi ikki misrasi şunday izohlanadi: “Keyingi ikki satrda şoir hazil-mutoyibaga ötadi. Fojia hazil bilan beriladi…” Bizningça, bu yerdagi holatni fojia deyiş va şoirning izohini mutoyibaga yöyiş töğri emas. Oh tutun kabi atrofni tuman kabi zim-ziyo qilişi, közidan oqqan tinimsiz yoş sabab hammayoq loy-balçiq bölişi – bu mubolağa, börttiriş sanʼatidir.
Şuningdek, darsliklarda berilgan xalq oğzaki ijodiga doir namunalar – turli xalq qöşiqlari, maqol va topişmoqlar, dostonlarning tahlilida ham folklorşunos olimlarning kömagidan foydalaniş mumkin edi…
Adabiyot darsliklarida bir qança ilmiy-uslubiy, imloviy xatolar ham mavjudki, ularni tuzatiş maqsadga muvofiqdir. Quyidagilarga eʼtibor bering:
- 5-sinf darsligida Imom al-Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” kitobi töğrisida fikr yuritilib (31-bet), uşbu kitobga 600 ming hadisdan 7397 ta hadis kiritilgani aytilgan. 7-sinf “Özbekiston tarixi” darsligining 102-betida “Al-jomeʼ as-sahih”ga kiritilgan hadislar soni 7275 ta deb körsatilgan. Bir neça yil böldiki, bu tafovut heç kimning eʼtiborini tortmadimi, şundayligiça qolib ketayotir. Faraz qiling, oliy öquv yurtiga kiriş imtihonidagi abituriyentga ona tili va adabiyot, tarix hamda çet tilidan iborat testlar töplami keldi. Ikki fandan tuzilgan testlarda ham bir xil – Imom Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” kitobiga qança hadis kiritilgan, degan savol berildi deylik. Öz-özidan maʼlumki, abituriyent ikkala fan kitobida qanday yozilgan bölsa, öşani belgilaydi.
Xöş, öquvçilarni çalğitayotgan maʼlumotning aslida qaysi biri haqiqatga yaqinroq? Bu savolga töğri javobni 2017-yili “Özbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy naşriyoti tomonidan naşr qilingan “Islom” ensiklopediyasidan topamiz: “Undan (“Al-jomeʼ as-sahih” – H. M.) Imom Buxoriy tomonidan töplangan 600 mingga yaqin hadis orasidan işonçli hadislar sifatida tanlab olingan 7275 hadis (takrorlanadiganlari bilan birga) joy olgan. Töplamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 dan iborat” (415-bet). Uşbu ensiklopediya bir neça tarixçi olimlar, islomşunoslar, diniy ulamolar tomonidan tayyorlangan. Demak, hadislarning 7275 taligi haqiqat. Şunday ekan, 5-sinf adabiyot darsligining keyingi naşrida bu maʼlumot töğrilanadi, degan umiddamiz.
– 5-sinf adabiyot darsligining 2-qismida Alişer Navoiy 90 yoşli Lutfiy bilan körişganida 12 yoşda ekani aytiladi. Hazrat Navoiyning tuğilgan yilidan kelib çiqsak, bu voqea 1453-yilda yuz bergan. 8-sinf adabiyot darsligida Lutfiyning tuğilgan sanasini 1366-yil deb körsatilgan. 1366 ga 90 ni qöşsak, 1456 hosil böladi. Demak, bu maʼlumotda ham tafovut bor.
– 5-sinfda turli afsona va rivoyatlardan iborat hind eposi sifatida “Pançatantra” va “Kalila va Dimna” alohida asarlar sifatida sanab ötilgan. 8-sinfda esa u bitta asar sifatida izohlangan: “…sanskrit tilida maşhur “Pançatantra”, yaʼni keyinalik “Kalila va Dimna” nomi bilan maşhur bölib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi” (72-bet).
8-sinfdagi maʼlumotga tayanilsa, ikkala asar bitta ekanligi oydinlaşadi. Körinib turibdiki, maʼlumotlar bir-birini inkor qiladi.
– 6-sinfning 1-qismida Turob Tölaning “Yetti zoğora qissasi” asaridan olingan “Dönan” nomli hikoyaning hajmi tört sahifa. Ammo hiqoya haqidagi tahlil undan katta – olti sahifani egallagan. Bizningça, tahlilning haddan ziyod köpligi öquvçining fikrlaşi uçun imkon qoldirmaydi.
– 6-sinfda Ğafur Ğulomning “Şum bola” qissasi berilgan bölib, mavzu oxirida şunday savol keltirilgan: “Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar öşa asar bilan bir xil bölişi kerak, deb hisoblaysizmi? Kinofilm va qissaning öziga xos hikoya yösinini soliştirişga harakat qiling”. 12 yoşli bolaga bunday savol bilan murojaat qiliş töğrimikan?!
– 9-sinfda berilgan “Farhod va Şirin” dostonida ham mazmunga putur yetkazadigan bir qança imloviy xatolar bor. Masalan: “Bu farni hodiyi baxt yetgaç irşod, Ravon şahzoda otin qöydi “Farhod” (aslida “Bu farni hodiyi baxt etgaç irşod, Ravon şahzoda otin qöydi “Farhod”); “Bu jalvalkim, çekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda” (aslida “Bu jadvalkim, çekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda”); “Ne imkonim qaror ölğay köngulga, Tasalli oşkor ölğay köngulga” (aslida “Ne imkonkim qaror ölğay köngulga, Tasalli oşkor ölğay köngulga”).
– Yana şu sinfda mustaqillik davri özbek adabiyoti haqidagi mavzuda “Şoirning töyi”, “Çapaklar va çalpaklar mamlakatida” nomli asarlar muallifi sifatida “A.Aʼzam” degan ism-şarif körsatilgan. Zamonaviy özbek adabiyotidan boxabar bölgan kişi bu asarlar Ahmad Aʼzamga emas, Erkin Aʼzam qalamiga mansubligini biladi.
– 5-sinfda Saʼdiy Şeroziy hayoti va ijodidan keyin berilgan topşiriqlarda şunday savol bilan murojaat qilinadi: “Tabʼi aybjöylik bölsa agar bas, Tovus oyoğidan boşqasin körmas” satrlari maʼnosini tuşuntirib bering”. Xöş, 12-13 yoşli bola şu savolga javob topa oladimi? Aslida, Şayx Saʼdiyning asarlaridan olingan şeʼriy parçalarni birinçi galda tahlil qiliş, öquvçilarga soddaroq tilda tuşuntiriş lozim edi. Ammo mualliflar bundan çekinib, yuqoridagi kabi savollar bilan öquvçini öylantirib qöyişmoqda.
Şu örinda muhim bir masalaga töxtalsak. Til va adabiyot sohasining ham ilmiy, ham amaliy jabhasi bölgan muassasalar – Özbekiston Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, şuningdek, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti nega darslik yaratiş jarayoniga jalb qilinmaydi? Kelajak egalarining tafakkurini rivojlantiriş va ularning köngliga ezgulik hamda töğrilik uruğlarini qadaşda, nahotki, sanoqli mutaxassislarning maqolalariyu taqrizlari yetarli bölsa?! Bizningça, bu işda köpçilik bölib, bahamjihat işlagan maʼqul. Şu boisdan ham, yuqorida sanab ötilgan taşkilotlarni darslik yaratiş jarayonida bevosita iştirok etişlari, öz fikr-mulohazalari bilan darsliklarning yanada mukammalroq bölişiga hissa qöşişlari kerak.
… Yaqinda oliy öquv yurtiga kiriş uçun repetitorga qatnaydigan bir yigit bilan suhbatlaşib qoldim. Adabiyot sohasiga yaqinligimni bilib, “Hozir ham tirik şoirlar bormi?” deb qoldi. Dafʼatan kulib yubordim. Kulganimdan xijolat böldimi, “Töğri-da, darslikdagi hamma şoirlar vafot etgan. Hozir ham yaşab ijod qilayotganlari kiritilmagan, demoqçiman”, dedi. Bu gapdan keyin esa kulolmasdim, aksinça, iç-içimdan xörsindim. Negaki, bu yigit darslikka qarab, bugungi kunda adabiy asarlar yaratilmayapti, boşqa şoir-yozuvçi yöq ekan, degan xayolga borayotir.
Afsuski, bunday yoşlar (abituriyentlar) köplab topiladi. “Bularning hozirgi adabiy jarayondan uzoqligiga özlari aybdor, gazeta-jurnal öqişmaydi, televideniyedagi badiiy-maʼrifiy körsatuvlarni körişmaydi”, deydiganlar ham topilsa kerak. Balkim.
Yaxşiyamki, oliy öquv yurtlaridagi kiriş imtihonlarida ona tili va adabiyot fani qöyilgan ekanki, köpçilik yoşlar test uçun bölsa-da, şoir-yozuvçilarimizning hayoti va ijodini öqib, yodlaşmoqda.
Şu maʼnoda, adabiyot darsliklari bugungi adabiy jarayon darakçisi bölişi ham kerak. Omon Matjon, Muhammad Ali, Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Döst, Erkin Aʼzam, Xayriddin Sultonov, Yöldoş Eşbek, Usmon Azim, Xurşid Davron, Azim Suyun, Mirza Kenjabek, Xurşid Döstmuhammad, Eşqobil Şukur, Sirojiddin Sayyid, Nazar Eşonqul, Iqbol Mirzo, Şoyim Bötayev, Luqmon Börixon, Isajon Sulton, şuningdek, marhum ijodkorlardan Muhammad Rahmon, Matnazar Abdulhaqim, Aʼzam Öktam, Ravşan Fayz kabi şoir-yozuvçilarning borligi, ularning ajoyib asarlari özbek adabiyotining eng yaxşi namunalari ekanligidan bexabar avlodning köpligiga ham ayni şu hol – maktab darsligida zamonaviy özbek adabiyoti vakillarining, “tirik” ijodkorlarning yöqligi sabab bölayotir. Bundan taşqari, Şukur Xolmirzayev, Rauf Parfi, Şavkat Rahmon kabi ijodkorlarning yurt va millatni sevişga undaydigan, erk va ozodlik kabi muqaddas tuyğularni öz asarlarida boş ğoya sifatida aks ettirgan asarlari negadir darslikdan tuşib qoldi… Ularning örniga kiritilgan Saida Zunnunova, Xayriddin Saloh, Turob Töla, Mirmuhsin kabi ijodkorlarga ehtirom körsatgan holda ismlari avvalroq keltirilgan şoir-yozuvçilar haqida ham öquvçilar bilişi, asarlarini öqib örganişlari lozim, deb hisoblaymiz.
Töğri, 9-sinf darsligining oxirgi mavzusida mustaqillik davri özbek adabiyoti haqida muxtasar maʼlumot berilgan. Ammo uşbu mavzu may oyining oxirlariga töğri kelişini inobatga olsak, bu mavzuning ötilişi gumon (uşbu mavzu matni mustaqillik davridagi özbek adabiyotining ahvoli haqida xorij jurnalida eʼlon qiliş uçun yozilgan taqrizga öxşaydi: muallif va asar nomlari köp, umumiy gaplardan iborat). Qolaversa, öquv yili oxirida darslar taʼtil kayfiyatida ötilişi sir emas. Ayniqsa, 9-sinf öquvçilari bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik körib, nafaqat adabiyot, balki boşqa fanlarni ham diqqat bilan öqib, özlaştirişmaydi. Şuning uçun heç bölmaganda 7-, 8-, 9-sinflarda yuqorida nomlari sanab ötilgan ijodkorlarning hayoti va ijodini yoritiş ayni muddao bölar edi.
Şu örinda yana bir narsani eslab ötiş kerak. Akademik litseylarning 3-bosqiç adabiyot darsligining oxirgi bölimida mustaqil öqiş uçun hozirgi adabiy jarayon vakillari asarlari berilgan. Ammo bular ham öquvçilar tomonidan katta qiziqiş bilan öqilmaydi. Sababi bölimning nomidan bilinib turibdi: mustaqil öqiş uçun! Şuning uçun ham hozirgi davr ijodkorlarini maktab darsliklariga kiritiş zaruriy holga aylandi.
Yuqoridagi barça fikrlar oddiy bir kitobxonning mulohazalari deb qaralişini istardik. Biz darsliklar mualliflarini tanqid qiliş yoki ularga aql örgatiş iddaosidan yiroqmiz. Istagimiz, uşbu fikrlar taklif sifatida qabul qilinib, agar maʼqul bölsa, keyingi naşrlarda eʼtiborga olinsa…
Husan MAQSUD
1991-yili tuğilgan. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universitetining özbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


