1 daqiqada öqiladi

388 marta körilgan

Şeʼriyatga baxşida umr

Abdulla Oripov

Abdulla Oripov özbek şeʼriyatiga benihoya katta hissa qöşdi. Şoir öz sözi, ovozi, ruhi bilan zamonaviy şeʼriyatimizni yangiladi, desak, heç mubolağa bölmaydi. Uning şeʼrlarida çuqur falsafiylik, isyonkor ruh, el-yurtga muhabbat, diniy-axloqiy teranlik, milliy ğurur çinordek böy körsatib turadi. Istibdod qiliçi qayralib turgan zamonda u baralla “Özbekiston – vatanim manim” dedi. Şu bois özbek xalqining uluğ farzandi Islom Karimov bir sözida şoirni eʼzozlab, “Abdulla Oripovdek şoir yuz yilda bir marta tuğiladi” degandi.

Abdulla Oripovdan adabiyot ixlosmandlariga, özbek xalqiga ellikka yaqin şeʼriy töplam, ikkita drama, bir qança jahon şoirlari ijodidan qilingan tarjimalar qoldi.

Şoir ustoz sifatida köplab ijodkorlarga oq yöl tiladi, unga ergaşib bir neça şoirlar özbek şeʼriyatini gözal asarlar bilan boyitdi. Şoirga bağişlab tengdoşlari, şogirdlari köplab şeʼrlar, bağişlovlar yozdi. Ana şunday şeʼrlarni eslaganda, albatta, Özbekiston xalq şoiri  Halima Xudoyberdiyevaning satrlari yodga tuşadi:

Şunday. Turli larzalardan tirilmoqda tomirlar,

Moziyga-yu, ruh içiga kirmoqda bir pok nurlar.

Ota Turon daştlarida boş kötarar ğururlar,

Bitta sinmas ğurur Sensan. Tillo oğam sen mening,

Qodiriyning örnin bosgan Abdullo oğam sen mening.

Abdulla Oripov Abdulla Oripov Abdulla Oripov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)