784 marta körilgan

Usmon Qöçqor

Usmon Qöçqor

1953-yilning 15 iyulida Buxoro viloyatining Şofirkon tumanida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tugatgan.

Şoirning “Hayajonga kömilgan dunyo”, “Akssiz sadolar” (1986), “Uyqudagi minora” (1987), “Oğir karvon” (1991), “Çamangul”, “Şiroq” kabi şeʼriy kitoblari çop etilgan.  Buyuk muhaddis bobomiz Imom Buxoriy hazratlari haqida “Imom Buxoriy” nomli şeʼriy drama yozgan.

Usmon Qöçqor ozarbayjon adiblaridan Husayn Jovidning “Amir Temur” va “Şayx Sanʼon” dramalarini, Jalil Mammadqulizodaning qissa va hikoyalarini, Yusuf Samad öğlining “Qatl kuni”, Anorning “Beş qavatli uyning oltinçi qavati” va boşqa asarlarini özbek tiliga tarjima qilgan.

Şoir 2017-yil 21 sentyabrda Toşkent şahrida vafot etdi.

Usmon Qöçqor

***

Usmon Qöçqor adabiyotimizda, xususan, şeʼryatimiz va tarjima sanʼatimizda yorqin iz qoldirgan şoirlarimizdan biri. 

Usmon mohir tarjimon edi. Xalqimiz ongini östiradigan, milliy tuşunçani şakllantiradigan asarlarni tarjima qilgani bilan köpçilikning hurmatini qozondi. Yusuf Samadöğlining “Qatl kuni” romani, Husayn Jovidning asarlari fikrimiz dalilidir. Usmon ozarbayjon adabiyotidan qilgan tarjimalari bilan özbek-ozarbayjon adabiy aloqalarini yana bir poğona yuksaltirdi.

Usmon bilan tengdoş, fikrdoş, yöldoş edik. Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyotida, “Jahon adabiyoti” jurnalida birga işladik. Bilimli, isteʼdodli, vijdonli muharrir edi. Bu uç fazilati bilan u halol non topdi, oilasini boqdi, adabiyotimizga, matbuotimizga, xalqimizga xizmat qildi. Usmonning boşqalardan farqi ana şu uç fazilatida deb bilaman va şuning uçun doim uni hurmat qilganman, qadrlaganman. Turkiston adabiyoti, turkiy dunyo adabiyoti deb yaşagan Usmon bir çoğlar: “Moviy dunyolardan nafasim kelur…”, deb yozgani kabi nafasi endi samoviylaşdi, moviylaşdi.

Döstimni Alloh rahmatiga olgan bölsin.

Tohir Qahhor

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.