She’riyatga baxshida umr

0
25
marta ko‘rilgan.

Abdulla Oripov o‘zbek she’riyatiga benihoya katta hissa qo‘shdi. Shoir o‘z so‘zi, ovozi, ruhi bilan zamonaviy she’riyatimizni yangiladi, desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning she’rlarida chuqur falsafiylik, isyonkor ruh, el-yurtga muhabbat, diniy-axloqiy teranlik, milliy g‘urur chinordek bo‘y ko‘rsatib turadi. Istibdod qilichi qayralib turgan zamonda u baralla “O‘zbekiston – vatanim manim” dedi. Shu bois o‘zbek xalqining ulug‘ farzandi Islom Karimov bir so‘zida shoirni e’zozlab, “Abdulla Oripovdek shoir yuz yilda bir marta tug‘iladi” degandi.

Abdulla Oripovdan adabiyot ixlosmandlariga, o‘zbek xalqiga ellikka yaqin she’riy to‘plam, ikkita drama, bir qancha jahon shoirlari ijodidan qilingan tarjimalar qoldi.

Shoir ustoz sifatida ko‘plab ijodkorlarga oq yo‘l tiladi, unga ergashib bir necha shoirlar o‘zbek she’riyatini go‘zal asarlar bilan boyitdi. Shoirga bag‘ishlab tengdoshlari, shogirdlari ko‘plab she’rlar, bag‘ishlovlar yozdi. Ana shunday she’rlarni eslaganda, albatta, O‘zbekiston xalq shoiri  Halima Xudoyberdiyevaning satrlari yodga tushadi:

Shunday. Turli larzalardan tirilmoqda tomirlar,

Moziyga-yu, ruh ichiga kirmoqda bir pok nurlar.

Ota Turon dashtlarida bosh ko‘tarar g‘ururlar,

Bitta sinmas g‘urur Sensan. Tillo og‘am sen mening,

Qodiriyning o‘rnin bosgan Abdullo og‘am sen mening.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.