5 daqiqada öqiladi

320 marta körilgan

Yöqlab yonimga bir kelmaysiz, döstim

Assalomu alaykum, Iroda Umarova!

Neça yildan beri eʼtibor beramanki, heç qaçon, garçi sizdan ikki yoş kiçik bölsam–da, xabarlaringizda “salom” deya söz boşlamagansiz. Doimo “Assalomu alaykum, dugona”, deysiz…

Siz bilan tanişganimizga ham sakkiz yil bölibdi. Adaşmasam, ikkimiz ham ijodni deyarli bir vaqtda boşlaganmiz. Eng qiziği, ikkimiz ham “Bekajon” gazetasida tengma-teng, göyo musobaqa qilgandek qatnaşib kelardik. Sizni ilk marta şu gazeta orqali taniganman. U paytlar 16-18 yaşar qizlar edik. Vaqt suvdek oqib, yoşimiz ham öttizga qarab ketyapti. Endi yozadigan mavzularimiz ham özgargan…

2010-yili siz bilan Samarqandda, gazetaning bayramona tadbirida birinçi marta uçraşdik. Ziyoratgohlarda tuşgan suratlarimiz albomimda turibdi. Şu tariqa internet orqali xabarlaşib turadigan böldik. Masofa uzoqligi bois siz bilan juda kam uçraşamiz, hozir hatto oxirgi marta qaçon körişganimizni ham eslolmay turibman. Şunday bölsa-da, virtual olamda doim hamnafasmiz. Ijodiy işlarimizni özaro kuzatib boramiz, yutuqlarga erişsak qutlaymiz. Sizni köpçilik şoira sifatida taniydi. Ha, çindan ham şeʼrlaringiz yurakka yetib boradi. Qay naşrda sizning şeʼrlaringizni uçratsam, albatta öqiyman. Ötgan yili “Yoşlik” va “Ijod olami” jurnallarida turkum şeʼrlaringizni körib suyundim. Dardli, taʼsirli, samimiy şeʼrlar edi…

“Yoşlik” jurnalining (2007 y, 6-son) “Birinçi uçraşuv” ruknida qator şoiralar safida şeʼrlaringiz çop etilgandi. “Taskin” degan şeʼringizdagi ikki satr sizdan kelgusida katta şoira çiqişiga bizni inontirardi:

 

Yolğiz ovunçoğim – heç kimda yöq ŞEʼR,

Demak, men Xudoning erka quliman…

 

Ha, siz çindan Yaratganganning suygan bandasisiz, satrlaringiz köplab yuraklarni zabt etgan, zabt etib kelayapti. Oradan sakkiz yil ötib yana “Yoşlik”da (2015 y, 3-son) muxlislaringiz bilan dillaşdingiz. Ammo bu  şeʼrlar endi ezgin emas, xiyla kötarinki, umidbaxş edi. Bejiz sölim Forişda tuğilmagan ekansizki, bahor taʼrifini tobiga keltirgansiz:

Bahor bu – bir dona lola qasdida,

Oqsoç çöqqilarga intilgan söqmoq…

 

Mingta şoir bölsa, bahor ularning tilida ming xil taʼriflanadi. Sizning ham har bir şeʼringizda boşqalarda uçramagan topilmalar bor. Göyo manzaralar rassom qölida jonlanayotganga öxşaydi. Köz oldimizda şeʼringiz nafis harakatlana boşlaydi, bizni öşa oppoq çöqqilarga olib ketadi…

Sevgi! Bu haqda kim yozmagan, kim öqimagan? Şoirlarning şoh asarlari ham köp hollarda muhabbat haqida böladi. Sizning ham talay şeʼrlaringiz aynan işq mavzusida. “Ijod olami” jurnalining birinçi sonida sevgi satrlaringizga muxlis böldim.

“Bu sevgi”, “Uni kördim”, “Ilinj”, “Birinçi muhabbat”, “Könglingiz” kabi şeʼrlaringizda özbek ayoliga xos ibo, nafosat, umid, şu bilan birga, biroz ranj, qaysarlik, ğurur seziladi.

 

Tikonli gul

 

Menga açingandek qaramang

Va mehringiz qilmang sadaqa.

Bilmaysizki, kulgidan köra

Köz yoş yaqin qiladi Haqqa.

Öylaysizki, yarimta qalbim,

Kemtigiga armon taxlayman.

Yöq. Tikon-la tugal gul kabi

Şu dardlarim bilan baxtliman. 

 

Bu şeʼr şunçaki ayriliq haqida emas, unda Vaqt, Qadr, Imon, Işonç, Sabr barq uradi. Şunçaki çiroyli qofiyalar yiğindisi emas, qalblarga çuqur kirib boruvçi teran maʼno… Uni faqat öqiş, his qiliş, közingizni yumib, xotiralarga beriliş mumkin.

Ona mavzusidagi şeʼrlar heç qaçon ölmaydi. Sizning volidangizga bölgan soğinçingizni şu satrlar bilan his qiliş mumkin.

 

Diydor lahzalari ötadi zumda,

Kapalak bir kezib çiqqandek çaman.

Uyimga siz bergan non-mevalar va

Onamning hidini olib qaytaman…

 

Bularni öqigan kitobxonda eski xotiralar uyğonadi, taniş hislar uning qalbini tirnaydi, öyga çömadi, onasining iforini soğinadi… Ha, siz onalarga qarab balandparvoz satrlar bitmadingiz, birgina işora va holatlar bilan bor mehringizni sezdira oldingiz.

Bahor – sevimli faslingiz bölsa kerak. Özingiz ham gözal mart oyida tavallud topgansiz. Aksariyat şeʼrlaringizda tabiatga bölgan iliq tuyğularni sezaman. Ayniqsa, “Yoşlik” jurnali (2015-yil, 3-son) da çop etilgan “Yalpizginam”, “Navrözgullar” bunga yoqqol misol böla oladi. Şeʼrlarni öqirkanman, göyo çamanzorga tuşib qolgandek, betakror gullarni tuyib-töyib hidlagandek, könglim bahoriy hislarga çulğangandek böladi. Unda nafaqat gullar taʼrifi, balki yurakdagi iztiroblar ham qoğozga tuşgan.

 

Tuşimda bodomlar gullagan oqşom,

Zaminni uyğotdi yaşil xörsiniq.

Osmon kamalakdan yasadi işkom,

Yomğir gul labidan tomgandek tiniq.

Hovuçlab samodan oqqan sellarni,

Döst, közga suraylik navrözgullarni.

 

Öqidim-u, keng dalalarga borib, muattar gullarni közlarimga surgim keldi…

Yana bir rost gapni aytiş kerak, qança naşrlarda çiqiş qilmaylik bizni baribir “Yoşlik” jurnali kaşf etdi. Bu gapni sevimli naşrimizning mualliflaridan biri va albatta, öquvçisi ham bölganim uçun aytmayapman. Sizning ham şu naşrda çiqiş qilib turişingizdan xursandligimni bildirmoqçiman. 2016-yili jurnalning 8-sonidagi bir dasta – guldastadek şeʼrlaringizdan “Döstimga xat”dagi:

“Men sizni tiladim Farğonajondan,

Yöqlab yonimga bir kelmaysiz, döstim”, satrlarini öqiyotib öpkam tölib, közlarimdan yoş tirqirab ketdi. Axir, şunday ham böladimi?! Sizga özini yaqin olgan barça döstlar mening holatimga tuşgan bölsalar ajab emas. Ammo na qilay, özni ovutmoq uçun yana şeʼr öqişga tutinaman:

 

Har gal maktubimga qöşilib jönar

Mehr quşçalari – biram çiroyli…

Har gal şeʼr ufurib bağrimga qönar,

Xatingizdan çiqqan Qöqon şamoli.

 

Nazm va nasrda tengma-teng ijod qiladigan yoşlar köp emas. Sizning hikoya va qissalaringizning ham talaygina muxlislari borligini bilaman. Ular hayotiy, xalqçil, kimlargadir örnak, ibrat böladigan asarlardir.

Menga dastxat bilan sovğa qilgan “Siz uçun” nomli nasriy kitobingiz javonimni bezab turibdi. Şu vaqtga qadar oltita kitobingiz çiqib ulgurdi, 30 yoşgaça şunday yutuqlarga erişganingiz ham katta gap.

 “Nikoh uzugi”, “Mehrga zor”, “Munisa”, “Mehribonginam”, “Singillarim”, “Ögaylik” kabi hikoyalaringiz dilga yaqin, biroq ularda bayonçilik seziladi. Boşini öqigaç, oxiri qanday yakunlanişini taxmin qilasiz. Kutilmagan yeçim, kulminatsiya yetişmaydi. Boşdan oxirigaça bir maromda davom etadi. Hikoyalardagi mavzularingiz şu davrdagi hayotiy muammolar, maişiy ikir-çikirlar, turmuş taşvişlari… Körqamanki, bunday mavzularning umri qisqa. Kelgusi asrlarga qadar hikoyalarimiz yetib borişi uçun marrani balandroq olgan, umumbaşariy mavzularda yozgan maʼqulmikan?

Köplab hikoyalaringiz kuzatuvlar, hayotiy voqealar asosida yozilganini bilaman. Ammo badiiy adabiyotga bularning özi kam. Albatta, yuksak tafakkur asosidagi badiiy töqima, yangi fikr-mulohazalar, maʼnaviy ozuqa ham bölişi şart. Xayolot olamingiz juda keng, agar hikoyalaringizni qayta-qayta işlaşga va badiiy ozuqa qöşişga erinmasangiz, albatta, muxlislaringiz yanada köpayadi, deb öylayman. Darvoqe, nasrdagi maşqlaringizni ham adabiy jurnallarga taqdim etişni maslahat berardim.  Nasringiz ham şeʼrlaringiz kabi baland bölişini istardim!

Iroda, sizdan yanada taʼsirli, yanada samimiy şeʼrlar, hikoyalar, qissalar kutib qolamiz! Men ham muxlislaringizdan biriman. Dildan tökilgan sözlaringiz heç kimni befarq qoldirmaydi. Adabiyotimiz sizdek dilbar şoirasi bilan ğururlansin. Tez orada yuzma yuz uçraşiş, diydorlaşiş, kitoblarimizni almaşiş orzusidaman.

 

Sizga salomatlik, ijodiy barkamollik tilayman.

Dugonangiz Nodirabegim Ibrohimova.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)