2 daqiqada öqiladi

256 marta körilgan

Bir ÇIMDIM

Farrux JABBOROV,

ÖzR FA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanç doktoranti:

– “Yoşlik” juda jumboqli topşiriq berdi: hikoya muallifi körsatilmagan, tezda tanişib çiqib, tanimagan ijodkorimga ikki oğiz munosabat bildirişim kerak. Söz holiğa emas, sözçi holiğa boqib öqişga, garçi bunday mutolaa oldindan qandaydir tasavvur, yöl-yöriq, ruhiy bosim bersa-da, şunga könikib qolganmiz. Köz öngingda soqolli-soqolsiz, şlyapali-şlyapasiz, çol yoki yigit va yo juvon adib(a) tursa, yozganlarini muallifiga moslab qabul qilişing oson keçarkan. Maşhurlardan hikmat izlaysan, hali nomi çiqmaganlardan illat qidirasan, sal mensimayroq köz yugurtirasan…

Hikoyadan olgan birinçi taassurotim – nomaʼlum qalamkaş gazetda unça-munça yil işlab, qalamini rosa qayraganini sezdim. Tergab, tergilab yozarkan. Qatʼiy qoliplari bor. Gaplari kalta-kulta, ortiqça çözilib ketmagan. Çandon axborot tiqiştirib, öquvçining boşini qotirmaydi. Kim, nima, qayerda, qaçon, qanday, nega – jurnalistikaning şu olti boqiy savoliga javob bersa, bas. Biroq siyrak tasvirlari ham yagona ustqurmaga kelib ulanmagandek tuyuladi.

Nomaʼlum muallif, ehtimol, kunda-kunora maqola-saqolani boplab taşlar, lekin hikoya-mikoyani onda-sonda yozadi. Buni matni aytib turibdi: qalam egasi badiiy ijodda bir qaraşda tajribalidek, çuqurroq nazar taşlaganda esa tajribasizdek taassurot qoldiradi. Muntazamlikka erişsanglar, masala öz-özidan hal böladi-qoladi, deya bizga ustozlar köp uqtirgan.

Mutolaa asnosida “hafta tugal yotdim”, “oçuvi çiqadi”, “gallaydi” kabi söz va iboralarga duç kelib, bolalikdagi qadrdoningni körganday quvonasan. Lekin barmoq bilan sanarli dösti-yoringning yoni-yoği “…deb ataşardi”, “mana, körib turganingizdek” singari siyqa, şilqim, kunda-şunda oğayniçalişlarga tölib-toşgani xomuş torttiradi odamni.

Asarda tasvirlangan makonu manzillardan tusmollaş mumkinki, böysira yozuvçimiz Denov tegarasida unib-ösgan. Şukur Xolmirzayev adabiyotga olib kirgan muhitdan yangi hikoyalar aytmoqqa çoğlangan. Uzoq yölda ötarçilarning qönoği töğrisida yozganda bu, ayniqsa, seziladi.

“Şitir-şitir ovoz keldi, gugurt çaqildi va toşdan terilgan boşpana yoridi, devorda çolning ulkan gavdasi akslandi”. Hikoyaning boşqa joylari haqida bir nima deyişim qiyin. Lekin aynan şu voqelikni qalamkaş bolaligida öz közi bilan körganiga işonaman.

Muallif tabiatan kuzatuvçilikka moyil, voqeaning bevosita iştirokçisi emas, balki çetdagi odam – tomoşagöy, muhokamaçi bölişni yoqtiradigan yigit çiqar. Yozuvçi feʼl-atvorining nuqsi asarlariga ham urişi bor gap. Ijodkor özining içimdantop, odamovi xarakteri tufayli hikoyadagi tirik odamlar dardi dunyosidan öquvçiga bir çimdim dard yuqtirolmaydi.

Gapimiz oxirida bir çimdib aytadigan bölsak, adabiyot ostonasida ança taraddudlanib, boşlovçilik pillapoyasida köp depsinib qolgan – öttizning ustidagi keçikayotgan avlodning bu “nomaʼlum” vakiliga ham, boşqa “namoyanda”lariga ham bir çimdim nimadir yetişmaydi. Xöş, öşa nimadir nima?! Bilganimda, özimni isloh qilişdan boşlardim…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)