1981–1984-yillarda “Yoşlik” jurnalida muharrir vazifasida işlagan, köp yillar Islom dini hamda maʼrifati yölida xizmat qilgan taniqli ulamo Anvar qori Tursunov vafot etdi.
Anvar qori Tursunovning ilk mehnat faoliyati aynan tahririyatimiz bilan boğliq: ijodkor sifatida jurnalning xalqimiz könglidan joy olişiga munosib hissa qöşgan. Anvar qori Tursunov nafaqat diniy sohada, balki milliy va mumtoz adabiyotimizning bilimdoni sifatida ijodkor-ziyolilar orasida yuksak hurmat-eʼtibor qozongandi.
“Yoşlik” jurnali tahririyati jamoasi Anvar qori Tursunovning vafoti munosabati bilan marhumning oila aʼzolariga çuqur hamdardlik bildiradi.
* * *
Abdulla ORIPOV,
Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri
Tavallo
Öqing Anvar qori, öqing, birodar,
Muqaddas Qurʼonning oyatlaridan.
Ruhimga tinimsiz yoğdular yoğar,
Çeksiz samovotning qavatlaridan.
Öqing “Fotiha”ni, öqing “Yosin”ni,
Tavba eşiklari oçilsinlar lang.
Tazarru deb biling közda yoşimni,
Öqing, barçamizga şafoat tilang.
Öqing, bor gunohlar butkul tökilsin,
Arşgaça yuksalsin savobning haddi.
Öqing yovuzlikning beli bukilsin,
Toki ezgulikning rost bölsin qaddi.
Insonni ming yillar jaholatidan
Asliga qaytargan iymon-ku axir.
Öqing, ilohiy söz haroratidan
Erisin hattoki toş qotgan bağir.
Öqing, zarra ğubor qolmasin dilda,
Kunduz quyoş guvoh, tunda guvoh oy.
Möminlar qatori öşa manzilda
Bormikan menga ham tangaçalik joy?..
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


