– Assalomu alayku-um!
Eşigiga tillarang harflarda “Q a b u l x o n a” deb yozilgan hayhotday göşaning susti bosdimi, sal egilibroq, misoli darğazab xöjayin qabuliga çorlangan gunohkor mulozimday qiyşayib kirib bordim. Qiziq, odatiy qabulxonalarga öxşamaydi, har tarafida eşik, çöğday gilam töşalgan, şiftidan nur balqiydi. Boşqa joylarda rahbar va örinbosar xonasiga kiradigan bir juft eşik böladi, bu yerda, nima balo, boşliq köpmi, muovinmi – har tarafda eşik, hammayoq dabdaba. Odamlar unisidan-bunisiga ötib turibdi. Töğrida esa, bir qultum suv bilan yutib yuborsang bölguday bir nozanin öltiribdiki, uni köriş uçun kelib-ketsang ham haqing ketmaydi. Ammo uning sen kabi faqirlar bilan işi yöq. Öng qölida telefon göşagi, çap qölida bir tişlam uzilgan şokolad, stolda buği çiqib turgan qaynoq qahva, kim bilandir hasratlaşyapti, şekilli.
– Hm-m… Şunaqa didimi? Vey, axmoğ-yey… Özinam loxsan-da, Nozi…
Salomimni eşitmadilar, çoği, deb yana bir marta qaytardim:
– Assalomu alayku-um!
– Hm-m… Hm-m… E-e, qöyvu-ur, xapa böma-a. Maningam qaynonam şunaqala… “Oyijon-oyijon” dib, zörğa eritib olaman… Bulani bari bir gör! Hm-m…
– Men raisning… Kattaning yoniga kelgandim…
U yana parvo qilmadi.
– Voy, etmadiymi… Hm-m… Mayli, Xudoga sol, örto… Ölib ketsin… Hm-m…
– Katta bova…
– Hey, qanaqa odamsiz özi? – göşakni kafti bilan berkitib, kutilmaganda öşqirdi xonim. – Telefonda gaplaşvomman, körmayapsizmi?..
Keyin yerga qarab sekin, ammo men eşitadigan qilib: “Anavi közmi yoki pöstayni teşigimi?..” deb qöydi çuvalçangsimon qoşlarini çimirib. Bor zahri içida ekan-ku, bu şumtuşiqning. Men uni öynab ötiribdi deb öylabman…
– Yö, sanga etmayamman, – telefondagi suhbatini bamaylixotir davom ettirdi u. – E, bittasi kepti…
– K… Ke-çirasiz, men uzoqdan… – şoşayotganimni bildirmoqçi böldim, – poyezdimiz tuşdan keyin jönaydi. Şunga…
U mening gaplarimga zarraça parvo qilmadi.
– Bu, haligi… – taşkilotning nomini aytdim. – Adaşmadim, şekilli…
Römolçam bilan qiş çillasida peşonamga köpçib kelgan terni artarkanman, jilmayişga urindim. Jilmayişim kotibaxonim köziga tirjayiş bölib körindimi, oşkora ijirğandi.
– Opajon, menga yarim minut… – gapimning qolgani “minğirlaş” bölib çiqdi: “Vaq-tingizni ajrata olasiz…mi?”.
Kotibasi şunça vahimayu, rahbari qanday ekan?!
E, bu şahari qiz bizni qabul qilmasa qilmasin, ammo siz bor-ku, bizni tuşunadigan. Xöş, kaminangiz, Jinjakqişloqdan, Omon boboning nevarasiman. Otim Obloqul. Universitetni aʼloga tugatdik, Xudoga şukr. Söng, belni boğlab işga kirişdik. Mana uçinçi yil ham ketyati. Bölim boşliği bölib tayinlandik. Birovdan kamimiz yöq. Ammo markazdagi xöjayin çaqirtirib qoldi – şunga kelgandik. Biz ham tanişib qöyaylik Omon boboning nevarasi bilan degandir-da… Ammo mana bu jinqarça tanimayapti bizni.
Xullas, doskaga çiqqan öquvçidek, tağin beş daqiqaça kotibaning qarşisida, tayoq yutganday tik turdim. Qani endi hasrati tugasa…
– Xolajon!?.
U menga öqraydi. Bu öqrayişdan: “Katta xolang emasman!” degan maʼnoni uqib, labimni tişladim…
– Keçirasiz… Opajon, demoqçiydim. Men…
Nihoyat, çuvalçangqoşning toqati toq böldi: “Böpti, örto, keyin gaplaşarmiz. Bollariyni öpib qöy, – dedi-yu, dugonasiga gapirayotganda kulib turgan közlarini menga qadagaç, birdan jilmayişdan töxtab: – Keyin özim telefon qilaman…” – dedi va göşakni “şarq” etkazib qöydi.
Issiqqina qahvadan havasni keltiradigan qilib obdon höpladi-da, “Tavba, odamlarning dastidan birov bilan bir yozilib gaplaşolmaysan…” deb tönğilladi. Men ham içimda: “Bu yer sening katta enangning uyimi, yozilib yotgani”, dedim.
– Keling, nima işingiz bor edi, – xonim nihoyat, menga yuzlanib tovuş çiqardi erinçoqlik bilan.
Qöltiğimda turgan bir papka hujjatni qölimga olib gapirganday böldim:
– Ustoz söratgan ekanlar, men Jinjakqişloqdan Obloqulman.
– Uff, – xuddi böşang eriga zarda qilayotgan bozorçi xotindek labini çöççaytirdi juvon. – Hali raisning oldiga şuni kötarib kirmoqçimidingiz?
– Ha, özi söragan hujjatlar şu! – dedim xuddi uzr söragandek. Xonimning yuzi ğazabdanmi yoki toqatsizlikdanmi, işqilib, gezara boşladi. Piça yerga tikilib turdi-da, oxiri, közimga ham qaramay, buyruqladi:
– Pastga tuşing!
– Pastga? Tuşunmadim… Özim bir pastdagi odamman…
– Ğalçamisiz, nima balo? Pastga, törtinçi qavatga tuşing, deyapman! Örinbosarlarning oldiga!
– Men… Men rais bovaning özlarini bir ziyorat qilay deb edim. Uzoqdan kelganman, axir, – ovozimdagi yalinçoqlikni sezib, özimdan jahlim çiqdi. – Yöq, yöq, notöğri tuşunmang, u kişi meni orqarovotdan bölsa ham yaxşi taniydi! Viloyatdagi vakiliman. Kelib ketsin debdi. Şunga… keluvdim…
Çuvalçangqoş, qarşisida men – uzoq bir manzildan kelgan yoş xodim emas, buzoqboş turgandek ijirğandi:
– Özbekça gapni tuşunasizmi, tuşunmaysizmi?
– Tuşunganim uçun siz bilan gaplaşayapman-ku!
– Vuy, manavini! – çap tomondagi eşik sari yörğalayotgan kişiga közi tuşib, istehzoli iljaydi xonim. – Raisning oldiga keptila… Qoğozini boşiga uradilarmi… – ayolning bu gapini eşitib bir zum tirjayib turgan tepakal qölidagi böş bokalini yengilgina öynatdi-da, unga javob tabassumini havolatgança, xonasiga kirib ketdi. “Bokal olib keliş kerakmikin?” degan bemaʼni öy ötdi könglimdan.
– Hoy, özingizni bosvoling, xömmi? – olaközlandi Çuvalçangqoş. – Bu yerni bilasizmi, qayer deydilar!
– Men özimni bosib turibman, yo biror nojöya gap qildimmi? Raisda işim bor, bir körişay dedim. Band bölsa, mayli, qaçon böşasa, kelaveramiz…
– Ha, b ö sh a s a l a r kelasiz! Ammo muomalangizni töğrilab keling, xömmi? Bu yer sizga podaxona emas, idora deb qöyişibdi!
Miyamga bir narsa “gurs” etib urilganday böldi. Stolida turgan qoğoz papkamni jahd bilan oldim-u, “Raising band bölsa, muoviniga kiraman!”, deya şartta olğa jildim. Xuddi şuni kutib turgandek, Çuvalçangqoş ham joyidan şitob qözğalib, ikki qölini beliga tirab yölimni tösdi:
– Qayoqqa!
– “Zam”ning xonasiga!
– Men sizga pastga tuşing dedim!
– Pastga tuşmayman! Özingiz örinbosarlar oldiga kiring dedingiz-ku!
– Sizga kerak örinbosar pastda! Tuşasiz!
Xuddi şu payt boyagi tepakal kirib ketgan xona eşigi şahd bilan oçilib, uning özi öljasiga otilgan yölbarsdek yonginamizda hozir böldi.
– Qanaqa odamsiz? Nega bu yerga kelib töpolon qilayapsiz? Katta xolangizning uyimi bu?!
– As-salomu alay-kum, Ğulom aka! – tepakal ismi qanday tilimga kelib qoldi, özim ham bilmayman. Boyagina otini eslolmay turuvdim.
Salomimga kimsa alik olmadi.
– Sizdan sörayapman, kimsiz özi?!
– Men… Men rais bova bilan bir körişay deb edim, bu kişiga ham aytdim… (Çuvalçangqoşni körsatdim). Özi meni söratgan ekanlar. Men Obloqulman, Ovloq tumanidan Omonov Obloqul desangiz biladi. Özi bir safar bizning Ovloqqa borganida…
– “Borganlarida!”, – deb gapimni töğriladi tepakal.
– …borganlarida, Toşkentga yöllaring tuşganda, idoraga albatta kiringlar, eşigimiz sizlar uçun oçiq, deb tayinlagandi-lar. Şunga… eşik oçiq bölsa kerak, deb keluvdim…
– Man bulaga etsam, tuşunmasdan baqirib ketdilar… – Yo tavba! Haligina menga öşqirib turgan xotinning birdan höngrab yuborganini körib, dong qotib qoldim. – Ğulomjon aku-u, öziz gaplaşib qöying, bu bezbet bilan…
– Bezbet emasman!..
– Ayol kişi bilan ham şunday muomala qiladimi, uyat, uka, uyat! – boya yölbarsday otilib çiqqan kimsa vaziyat battar çigallaşişidan çöçidimi, qöliga “andava”sini olib, “suvaşga” tuşdi: – Tağin özimizning tizimda işlarkansiz? Bu qöpolligingiz nimasi, uka?..
Nima deyin, indamay turaverdim.
Söngra u kotibani yupatişga tuşdi.
– Böldi, yiğlamang, Dilnozxon! (Dilnozxon dedimi, Tannozxon dedimi, şu joyini aniq eslolmayman). Özingizni asrang, tinçlaning. Yana boşingiz oğrib qoladi-ya! Bu kişi bilan, – menga ğolibona tikildi, – hali gaplaşamiz! Opkegan hujjatlari qölimizga tuşar…
– Heç qaçon qölingizga tuşmaydi, umid qilmang! – dedim unga men ham zarda bilan. – Hujjatimni ğulom-pulomlarga körsatib ötirmayman!
Bu odam asli bizning tumandan, bu yerga yugurdak bölib kelgan edi, keyin xöjalik işlari böyiça muovin bölib olgani quloğimga çalinuvdi. Xöjalik mudiriga nega işim tuşadi mening?!
Şu payt qabulxonaga meni qayerda körsa, “Hoy, Obloqulboy, qandaysan?” deb körişadigan, mabodo uzoqdan közi tuşib qolsa ham qölini kötarib, salomlaşib ötadigan oqköngil, samimiy bir akam kirib keldi-ku! U kişi bilan sohamiz bir-u, ammo keyingi paytlarda qayerda işlayotganini bilmay yurgan edim. Şu yerda ekan-da! Yot ellarda yurtdoşini körib qolgan musofirday quvonib ketdim.
– Iye, Obloqul, bu yerlarga qanday şamol uçirdi? – deya öziga yaraşadigan dilovarlik bilan bağir oçib körişa ketdi u. Keyin anavi ikkisiga qarab:
– Tanişing, bu – Obloquljon! Bölajak Habib Abdulla! Zör geologlarimizdan! – deya “haligi” gaplarimizdan mutlaqo bexabar akam, kaminaning taʼrifini qila ketdi.
– Qayerlarda yuribsan? Soğliğing, işlaring yaxşimi? Aytgança, keça seni katta sörayotgandi. Ayting, bir kelib ketsin, deyotgandi. Buni qara-ya! Xizrni yöqlasak bölar ekan-da, a! Obbo sen-ey!..
Akamiz bilan söraşayotib, yer ostidan sekin kotibaga köz qirimni taşladim. U ikki qölining tirnoqlarini xuddi ularning böyoği joyida turibdimi, köçib ketganmi, tekşirayotgan kabi, sinçiklab qarar, barmoqlari bilinar-bilinmas titrar edi.
Ovloqlik Ğulom akamiz esa şu bir neça lahza içida qay görga ğoyib böldi, payqamay qoldim…
Biz bu asnoda qabulxona nozirlaridan omon ötib, “katta”ning huzuriga yöl oldik…
Elmurod NIŞONOV
1986-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


