XX asr özbek adabiyotining isteʼdodli namoyandalaridan biri şoir, nosir va dramaturg Şuhratdir. Adib nasrda barakali ijod qilgan bölsa–da, barça asarlarida avvalo şoirligi böyu basti bilan körinib turdi. Şu bois domlaning nasriy asarlarini öqigan öquvçini nazmning gözal ohanglari maftun etmay qöymaydi. Ammo yana şunisi ham qiziqki, adib hayotda qança murakkab vaziyatlarni, uruşning dahşatli kunlarini boşdan keçirgan bölmasin, yozganlarida, his va keçinmalarida norizolik, siniqlikni körmaysiz, uçratmaysiz. Aksinça, adibning mard va töğrisöz, odil hamda adolatli şaxsi oltinday yarqirab turadi.
Şu kunlarda Özbekiston xalq yozuvçisi Şuhrat tavalludining 100-yilligi adabiy jamoatçilik tomonidan keng nişonlanmoqda. Ana şu ayyom munosabati bilan özbek xalqining tanti farzandi, ulkan qalb sohibi Şuhratning fotosuratlarini, zamondoşlari va şogirdlarining adib şaxsiyati hamda ijodi haqidagi fikr-mulohazalarini Siz aziz jurnalxonlarga taqdim etmoqdamiz.



“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


