Yoruğ kunlar
Osmon yoğdularning ravşan köyida
Çeçaklar kiprigi sevinçga tölib,
Hakkalab chopadi ariq böyida
Qöl çözar zilol suv qiqirlab kulib.
Rangin ziyolarga tölmoqda olam,
Munavvar kunlarning boşi yoruğdir.
Oltin qöşiqlarga töldi dalalar,
Tomlarning boşida qizğaldoq – tuğdir.
Çumoli karvoni öraydi toğni,
Qamal qilmoqlari çöqqini heçmas.
Bulbullar ijara olurlar boğni,
Römolli uyatçan gullardan keçmas.
Kelar
Bahor yomğiridan qor hidi kelar,
Iforlar içindan yor hidi kelar.
Könglimga qarasam, jurʼati yöqdir,
Nogoh rostin desam, dor hidi kelar.
Dilimni yorurğa sözlarim qani,
Köngulning çölponi – közlarim qani,
Men qayon borurman, bözlarim qani,
Jomimga boqurman, zor hidi kelar.
Men surat çizurman, dilimga surat,
Siyratim suvrati topmadi surʼat,
Tilagim qiynaydi: qon bilan sur xat,
Yöqsa, aʼmolingdan xor hidi kelar.
Men tunlar titrabon unsiz kuylayman,
U bilan tuproqni tinsiz öylayman.
Tasallo tinglayman, kökka böylayman:
Oşiq böylaringdan nor hidi kelar!
Men esa yöqman
Bir baxt yaşar, közing qamaşar,
Moviy ölka, bir nufuz içra.
Bir taxt yaşar, körmagan başar,
Bir kuy içra, bir şoh söz içra
Men esa yöqman…
Bir ulkan qişloq bor, oqquşlar qönar –
Ulkan köllari tor, nilufar unar,
Sovuqlar gullaydi, issiqlar könar,
Men esa yöqman…
Bir jajji şahar bor – bu ulkan olam,
Alamdan qoçganning bari şunda jam,
Bulbullar yelkangga qönib olar dam,
Men esa yöqman…
Bir kuyçi kuylaydi, yuragi billur,
Yurtdoşlari uni sulton deb bilur,
Sultonlari qulday quloğin ilur,
Men esa yöqman…
Sen bunday qarama, dösti vafodor,
Men senga heç qaçon bermasman ozor,
Sen bölmagan joylar menga xoru tor,
Men esa yöqman…
Kim kimning köksini nişon ataydi,
Ğiybat bozorida piçoq qadaydi,
Bir töp tovlamaçi meni aldaydi,
Men esa yöqman…
Bir öçoq boşida qaynaydi çoydiş,
Bir qölni, bir dilni kuydirar emiş,
Neça yil yöl qarar Muştipar, Xomuş,
Men esa yöqman…
Bir yöl bor – pokiza, ozoddan ozod,
Çorlagan hayot bor, hayotdan hayot,
Öh, qaçon ixtiyor qilurman, hayhot,
Men esa yöqman…
Qaydadir kuylaydi moviy bedazor,
Quşlar tovlanadi, şamollar zangor,
Bu buyuk tomoşo, sölmas bemador,
Men esa yöqman…
Barçasi ötadi, foniydir bari,
Jamuljam bölarmiz, biz yoşu qari,
Demaylik, Şafoat Kuni döstlarim:
“Men esa yöqman!”
Bu tun
Bu tun qaro kukundir,
Kunduzning parçalari.
Zarralari ötindir,
Qora gulxan – tun qaʼri.
E voh, butun sirga möl,
Yondi yostiqday kitob.
Qop-qora bölar ovul,
Kuydi nur, kuydi oftob.
Qora it qora hurar,
Oq it ham hurar qora.
Bilinmaydi, yugurar,
Buqalar tortar naʼra.
Butun bölarmi butun,
Zilzilaga öxşaş hol.
It közi – qora uçqun,
Tun tusida zör şamol.
Daraxtlar yugurganday,
Köp oldinga engaşib.
Yulduzlarni turtganday,
Oy bulutga ergaşib.
Qora bulut, qora oy,
Körinmaydi hoynahoy.
Tilsimlangan tun bu tun,
Hayvon… nobodod… şovqin.
Börilar tinmay uvlar,
Itlar muşukni quvlar.
Tilsimni boşga tortib,
Odamzod uxlar qotib.
Har kun
qança non ketar
qança pul
şunça odamga
şukr
baʼzan pul bölmasa-da
non bor
pul bölib non bölmasa yomon
bir odam bor
puli köp
puli köp
non yemas
faqat asal yer
faqat asalni
kasal yer
balki yer ham nenidir yer
tejab yesa bölardi faqat.
Ixtiro
Qöziçoq boqib yurardim
buzoq boqib yurardim
uzoq boqib turardim
osmonga…
baʼzan ketib qolardim
toğlar tomonga
qözilarni, buzoqlarni haydab
xavotir olardilar
bobom, katta otam, amakim,
sakkizdami töqqizda edim
qöl telefon bölsa derdilar
orzulardilar
umid qilardilar balki mendan
kista telefon bölsa
takrorlar edilar nuqul
balki ukamdan kutardilar
balki ölkamdan kutardilar
orzular uşaldi
umidlar boş kötardilar
xayol ketar
boş qolar
bizlar faqat orzu qilamiz
ixtiro qiladi
boşqalar.
Aylanar
Teran boq, tegrangda zamon aylanar,
Bu zamon bağrida imkon aylanar.
Aylanar şamollar, quyunlar baʼzan,
Goh vatan qöynida vijdon aylanar.
Aylanib örgilar millat deb dösting,
Közingni katta oç, şamdon aylanar.
Özingdan gina qil, yorişmasa yöl,
Gar oyoq tortmasa, çandon aylanar.
Boşni tutaverma mudom zarbaga,
Bosqon tuşaversa, sandon aylanar.
Yöldoş, top, Haq izla, aylanmaydi Haq,
Uning amri bilan jahon aylanar.
Ozodlik
kimga nafassizlik
kimga nafasdir
birovga qafassizlik
birovga qafasdir.
Quyoş
naq şaharning ustida
çarçar
şahardan qarasang.
Buloq
bilan bulbulning
qarindoşligi bor
ikkovi ham gul poyin
höl qilar.
Yöldoş Eşbek
1950-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. «Soğinib yaşayman», «Yuksak daraxtlar», «Moviy turnalar», «Yaxşilikka qarayman», «Daraxtlar ertagi», «Hayot çeçagi», «Mangu masofa», “Qizğaldoqlar oralab” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida