6 daqiqada öqiladi

281 marta körilgan

Öqiganimiz sari işonçimiz ortdi

Ijodingzni ançadan beri kuzatib kelaman. Esimda, VII Respublika yoş ijodkorlar seminarida qatnaşib, ustozlar eʼtiborini tortgan edingiz. Keyinçalik “Birinçi kitobim” loyihasida “Köhna belboğ” töplamingiz naşr etildi. Bot-bot hikoyalaringizni gazeta va jurnallardan öqiydigan böldik. Öqiganim sari sizga, bardam ösib borayotgan yozuvçiga işonçim orta boşladi.

“Yoşlik” jurnalining 1-sonida eʼlon qilingan “Ovçining sönggi ovi” hikoyangiz işonçlarimni yanada tasdiqladi.

Asaringizni öqib, sizga matbuot orqali maktub yoziş fikriga keldim. Taqriz öz yöliga, tahlil öz yöliga, lekin bir yaxşi asar öqiganingda muallifdan minnatdorlik maʼnosida xatlaşuvning öziga xos zavqi bor.

Hay, “Ovçining sönggi ovi”ga qaytamiz. Hikoyaga Ibn Sinoning: “Yo yetarman maqsadimning çöqqisiga oxiri…” sözlarini epigraf qilib olganingiz asar ruhiga juda mos kelgan. Hikoya şunday boşlanadi: “Men hayotda hali şunday odamlar borligini birovdan eşitganimda, işonmas edim.

Özim körib, gaplarini quloğim bilan eşitgaç, bandasi feʼli, aʼmoli, qatʼiyatiyu, birsözligiga, umr böyi sobit tura olişiga işonç hosil qildim.

Undagi yovvoyi viqor, mağrurlik nişonalari oddiy odam qavmidan emasligini bildirib turar edi…”. Mana şu ixçamgina kiriş bölmaganda ovçi Muqim toğaning tiynati, uning boşidan keçirganlari ança börttirilgandek tasavvur berardi. Boşqaça aytganda, kiriş hikoyaning ruhiga öquvçini tayyorlay olgan.

Hikoyada atrof-muhit sinçkovlik bilan tasvirlanadi. Gapga qöşilolmay turgan ovçi toğaning toğliklar haqida söz ketganda tili yeçilib ketişi ham örinli.

Menga yoqqan tomoni, hikoyada örnini topib, öz muşohadalaringizni, kişini öylovga tortadigan fikringizni aytib ketişdir. Masalan, toqqa ketayotganda Muqim toğa ariqning öng tomonidan yuramiz deganiga qaramasdan, ikki kişi ariqning narigi tomoniga ötib yurganingiz, biroz yurgaç, gap nimadaligini tuşunib, ikkingiz ham ariqqa yiqilganingiz va muzdek suvda şalabbo bölib, tişlar takillab, badaningiz kökarib ketganida xayolingizda keçgan fikrlar: “Nega ortingizdan ergaşmadik biz? Özimizga yangi yöl solmoqçimidik? Ota-bobolar yölidan yurmaganlar şuytib muqarrar adaşar ekan-da…”. Men bu sözlardan faqat ota-bobolar yölidan yuriş kerak, yoki bölmasam inson yangi yöl solişdan hadiklansin, degan çorlov bor deyişdan yiroqman. Asarda ham şu sezilib turadi. Bu joyda ota-bobolar yölidan yurmaganlikni tajribaga, kattalarning ögitiga, qolaversa, qadriyatlarga quloq osmagan odam oxir-oqibat afsus çekadi, maʼnosini uqdim.

Siz hikoyada şeva sözlarini ham örinli qöllaysiz. “Qor tuşmagan iq joyda oyoq ildi”. “Avruk xasini qöliga olib, hademay buyuq tursa”, “Uçinçisining tusi oqişga tovun”, gajir kabi. Badiiy asarda şeva sözlarini meʼyorida qöllab, matn rang-barangligini oşiriş yozuvçining muvaffaqiyati deb bilaman. Yaxşi bilamizki, adabiy tilni boyitiş vositalaridan biri şeva sözlarini keng isteʼmolga olib kirişdir. Şuningdek: “Mardligi böyidan baland keladi”, “panjasi bilan paşşa tutganday”, “devning çala tuğilgan bolasiga kelbat beradigan zot”, “tik jarlikni yalab ötgan ilonizi yolğizoyoq yöl”, “tovuqet bölib ketadi”, “elning elagini teşib yuribsan” yoki “maşinamiz çiranib-çiranib, toqqa örmalamoqda”, “yengil havodan simirib-simirib içkisi keladi odamning”, “yuksakka örlagani”, “hovlilariga dovur”, “borligini tusmolladi”, “önggay turgan” kabi öxşatişlaringiz, voqeani tasvirlaşda, holatni berişda qöllagan iboralaringiz hikoyaning til jozibasini oşirgan bölsa, “Qarçiğay qarisa, çumçuqqa mayna bölarmiş”, “Miltiq kötargan bilan ovçi bölmas, dağdağa solgan bilan dovçi bölmas”, “Ovni otsang bilib ot, dol nişonga ilib ot” singari xalq iboralarini örinli qilib Muqim ovçining tilidan berişingiz qahramoningiz maʼnaviy olamini körsatişda ham qöl kelgan.

Hikoyada aniq aytilmasa ham, öz-özidan tabiatga munosabat masalasi kelib çiqadi. Yozasiz:

“Inson va böri bir-biriga röbarö keldi!

Muqim ovçi miltiğini töğri uning peşonasiga töğrilab, yana bir qadam bosdi!

Inson va tabiat orasidagi muqarrar falokat masofasi yana bir qadamga qisqardi.

Hozir ovçi tepkini bosadi-yu, yana bir yirtqiçning hayotiga nuqta qöyiladi. Yoki aksinça…

U yoği ikki maxluqning epçilligiyu mahoratiga tan”. Ajoyib manzara. Hikoyadagi şu birgina kiçik parçadan xulosa qilib, inson va tabiat orasidagi masofa kundan-kun yomon maʼnoda qisqarayotgani, umuman ekologik muammoning tub mağzi haqida munozara qiliş, mulohazalar bildiriş mumkin. Börining-da, odamning-da maxluq-yaratiq deya bir maqomda berilişi ham özini oqlagan. Şuning özi asaringizda inson va tabiat muammosi kötarilgan, odamiyatni şu muammoga eʼtibor qilişiga işora bor deyiş huquqini beradi.

Jasurbek! Ayrim mulohazalarimni köngilga oğir olmagan holda tuşunasiz, degan umiddaman. Balki hikoyangizni kitobga kiritişdan oldin qayta işlasangiz qöl kelib qolar. Masalan, şunday yozasiz: “Muqim ovçi butalarni aylanib yurib, quruq öt töplanib turganini kördi-yu, yuragini battar vahima bosdi. Ayni bahorda butazorlar içida bundayin usti quruq öt bilan qoplangan yangi şabbalar paydo böldimi, bilingki, u joyda yaqin orada yovvoyi çöçqa bolalaydi”. Birinçidan, Muqim ovçidek dovyurakning yuragini battar vahim bosişi işontirmaydi, garçan bu holat öziga-da nashʼa qilib, öylagani biroz ovçini oqlagandek bölsa-da, ammo quruq öt töplanib turmaydi. Quruq ötni töplab qöyiş, töplab qöyilgan ötni köriş mumkin. Uslubiy ğalizlik bordek. Yana bir joyda şunday tasvirni berasiz: “U qaddini ğoz tutdi. Xuddi frontga kirayotgan mağrur askarday oldinga qarab intila boşladi”. Şu örinda “frontga” sözi örniga “jangga” sözini qöllasangiz maʼqul bölarmidi? Ayrim joylarda “ötirganini” yoki “turganini” anglab oliş qiyin: “…Uç böriga közi tuşdi. Ular bir-biriga qarama-qarşi çönqayib ötirar edi. Ikki kulrang börining jussasi katta, juni hurpaygan, biri yoldor, viqor bilan turardi” . Yana bir joyda yozasiz: “Miltiq stvolini yoldor kulrang böriga töğrilab, jonivorning naq kökragini nişonga oldi”. Şu örinda “stvol” sözi ham joyiga tuşmagandek. Xuddi şu söz guruçdan kurmak çiqqandek matnga tuşmay qolgan. Şuning örniga “miltiq oğzini” yoki “qöşoğizni” sözlarini qöllasa maqbulmidi? “Söng börining köziga sönggi bor tikildi va nişonini yanada rostlab, tepkini bosdi”. Mana şu joyda börining köziga tikiliş, birinçidan, bir-biriga tikilib ötirgan va qaysi biri közini yumsa, ğajişga tayyor turgan böri bilan ovçining bir-biriga köz tikişi, buning ustiga oradagi masofani ham uzoqroq – “ellik metrça narida” deb berasiz. Miltiğini ikkinçi bor öqlab, böri tomon qadam taşlaganda “Orada yigirma qadamça masofa qolganida böri oyoqqa turdi” – deb yozasiz. Yana bir fikr: ikkita börini öldirgan ovçi uni kuzatayotgan uçinçi börini nega otmagani işonçliroq tasvirlansa bölar edi.

Yana bir iştiboh, Muqim ovçi uçta ötirgan börini köradi. Keyinçalik otgandan keyin maʼlum böldiki, börilar törtta ekan. Muqim ovçidek közçil, sezgir odam bir börining ikkinçi böri panasida qolib ketganini körmasligi va ayni paytda bir öq bilan ikki börini yer tişlatişi ham badiiy qahramoningizni juda yaxşi körib ketganingizdan bölsa kerag-ov. Ammo Muqim ovçi otgan ikki böri “terisidan bir ötov tiksa bölar ekan”- degan mubolağalaringiz yaraşiqli.

Hikoyangizni öqib, xursand böladigan jihat, yozmoqçi bölgan mavzungizni puxta örganişga intilişingiz. Ozmi-köpmi, hammamiz ovçilar bilan gaplaşganmiz. Lekin börilarning oç qolganda bir-birini yeyişi, yaʼni oralaridagi “közi yumilgani”ni yeyişini birinçi bor eşitişim.

Muqim toğaning uyiga mehmon çaqirib, ikki mehmonni – kassir bilan buğaltirni öldiraman deya qörqitgani va ular qilgan qinğir işlarini töğrilab, odamlarning haqini yeb yurganini tan olib, hamma narsani joy-joyiga qöygani balki hayotda bölgandir? Lekin buni işonarliroq qilib, hayot haqiqatini badiiy haqiqatga yanada yaqinroq tarzda yoziş kerakmidi?

Jasurbek, hikoyangiz taʼsirida tuğilgan fikr, taassurotlarimni yozişdan maqsad, sizni izlanuvçan, xolis munosabatni qadrlovçi yoş ijodkorlarimizdan deb bilganimdan. Asaringizni sinçiklab öqişdan maqsad ham iloji boriça sizga jöyali fikr aytiş. Yozuvçiga örgatib bölmasligini hammamiz yaxşi bilamiz. Mening fikrlarimni tanqid qilişdan osoni yöq, maʼnosida tuşunmang. Bu tanqid emas, hikoya öqişdagi köngildan keçgan gaplar va muallif ijodini yuksalişiga istak natijasidir. Aytilgan fikrlarga qöşiliş yo inkor qiliş ixtiyoringiz, albatta. Mulohazalarimni sizga xayrixoh bölgan kitobxonning qaraşlari deb biling. Maşaqqatli ijod yölida sizga muvaffaqiyatlar tilab, hurmat bilan Adhambek Alimbekov.

Adhambek Alimbekov,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent.  

1954-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Yulduzning beş qirrasi”, “Latif şeʼriyat” monografiyalari, “Turk adabiyoti tarixi xrestomatiyasi”, “Turk adabiyoti tarixi” öquv qöllanmasi, “Işq asiri bölgan jon”, “Söz aytsang bilib ayt” risolalari naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)