Mirtemir zamonaviy özbek şeʼriyatining rivojlanişiga salmoqli hissa qöşgan ardoqli lirik şoirdir. U milliy mumtoz adabiyotimizning barhayot anʼanalarini, xalq oğzaki ijodini çuqur örganib, özlaştirib, öz şeʼrlarida ularni ijodiy davom ettirdi, hozirgi özbek adabiyotini boyitdi.
Şoir şeʼrlarida tuyğu, hissiyot börtib turadi. U goh tarix sahifalarini varaqlab, ota–bobolarining uluğvor işlaridan hayratga tuşadi. Gohi bu hayratlari öz zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqotlardan şeʼrlarga köçadi. Şoirning ijodidagi boş mavzu nima deb söralsa, yurtga, tabiatga oşiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, öz xalqidan faxrlaniş, uni çin dildan seviş va ardoqlaş deb aytiş mumkin. Mirtemir şeʼrlarida bu mavzular köpinça birikib, omuxtalaşib keladi. Bir şeʼrning özida ham tabiat gözalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyğusi va yana hayotga muhabbat kabi tuşunçalarning ifodalanişini köriş mumkin.
* * *
Neçoğlik xokisor edingiz, ustoz,
Yalangtöş, mehnatkaş, qalam dehqoni.
Qadim Turkistonning tanti öğloni,
Pokiza edingiz misli oq qoğoz.
Sizning armoningiz yaşar qoğozda,
Balki, u böylagay asrlarni ham.
Vo dariğ, mana şu satrlarni ham
Yozsam bölmasmidi Siz tirik çoğda…
Abdulla Oripov

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


