Otayor  

0
26
marta ko‘rilgan.

947 yili 19 yanvarda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Oqtosh shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti(hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Shoirning “Lolarang ertak” (1978), “O‘sha ko‘zlar” (1984), “Oq fasl” (1989) kabi she’riy majmualari, “Do‘mbira” dostoni (1980), “Quyoshni ko‘rgani keldim” (1991),”Dunyoga tengdosh xazina” (1994), “Odamlar uchun yashayman” (1979) kabi esse va ocherklar kitoblari nashr etilgan. Uning Islom shoir, Bola baxshi, Yodgor baxshi, Umarqul Po‘lkan, Chori baxshi Xo‘jamberdi o‘g‘li va Qodir baxshi Rahim o‘g‘li to‘g‘risida tadqiqot maqolalar yozdi. Shoirning sa’y-harakatlari natijasida “Islom shoir zamondoshlari xotirasida” nomli to‘plam dunyoga keldi. U tarjimon sifatida karelo-fin xalqlari eposi bo‘lmish “Kalevala”ning bolalarga muvofiqlashtirilgan nasriy variantini, eston mumtoz adabiyoti namunasi bo‘lmish A. Tammsaarening “Do‘zaxdan chiqqan shayton” romanini, shuningdek, rus hamda turkiyzabon adiblar hikoyalarini ona tilimizga o‘girdi. Badiiy tarjimaning nazariy jihatlariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar yozib, “Tarjima san’ati” to‘plamida chop ettirdi.

Otayor Nahanov 1993 yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni bilan taqdirlangan.

Shoir 2001 yili Toshkent shahrida vafot etdi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.