9 daqiqada öqiladi

6 265 marta körilgan

Qahramonning qaytişi

Qahramonning qaytişi

Şu yilning 7-8-avgust kunlari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan “Özbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda örganiş va tarğib qilişning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro anjuman ötkaziladi. Mamlakatimizda ilk bor taşkil etilayotgan mazkur tadbirga jahonning qirqga yaqin davlatidan olim va tarjimonlar qatnaşiş istagini bildirgan. Ular orasida Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Uluğbek Yesdavlat, Tojikiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Nizom Qosim, Ozarboyjon Yozuvçilar birligi raisi Anor, Panjob ştati Yozuvçilar assotsiatsiyasi raisi Dev Bxadvey (Hindiston), “Mastera literaturnogo perevoda” gildiyasi boşqaruv raisi Aleksandr Livergant (Rossiya), şuningdek, Veli Savaş Yelok (Turkiya), Xendrik Boyoşoten (Belgiya), Radmila Meçanin (Serbiya), Xisao Komatsu (Yaponiya) kabi nufuzli ijodkorlar, özbek adabiyoti tadqiqotçilari bor. Professor Karl Reyxl ham anjumanning faxriy mehmonlardan biri. Olimning “Qahramonning qaytişi: Alpomiş, Arastu va epos” (“The Return of the Hero: Alpomish, Aristotle and the Oral Epic” nomli ilmiy maqolasini ayrim qisqartirişlar bilan eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz.

Qahramonning qaytişi

Özbek xalq oğzaki ijodining şoh asari – “Alpomiş” dostoni ikki qismdan taşkil topgan bölib, birinçi bölimida qahramonning Barçinga uylaniş voqeasi röy bersa, keyingi qismda bu juftlikning bir-biridan ayrilişi va ayriliqdan söng qayta visolga yetişişi bayon qilinadi. Dastlabki bölim “Kelinning ğalabasi” deya nomlanuvçi keng tarqalgan motivga qurilgan bölsa, dostonning ikkinçi qismi asosini folklorşunoslik tadqiqotlarida “Erning qaytişi” yoki “Qahramonning yurtga qaytişi” deya bilan ataladigan, Aarne-Tompson-Uterning Ertak syujet tiplari körsatkiçida 974 raqami bilan qayd etilgan motiv taşkil etadi.

Viktor Jirmunskiy ilmiy izlanişlarida “Alpomiş” va “Odisseya” dostonlari voqealarida özaro yaqinlik borligiga alohida eʼtibor qaratadi. Ayniqsa, bu öxşaşlik “Erning qaytişi” qismidagi voqealarda, aniqroq aytganda, Alpomiş bilan Barçinning uçraşib, bir-birlarini tanib qoliş sahnasida yorqinroq körinadi. Yurtiga qaytgan qahramonlarni birinçi bölib sodiq xizmatkorlari: Alpomişni çöpon Qultoy, Odisseyni esa enagasi Evrikleya bilib qoladi. Qultoy Alpomişni yelkasiga bosilgan Şohimardon pirning panjasi izidan, Evrikleya esa Odisseyni oyoğidagi çandiqdan tanib oladi.

Yunonlarda bir insonni boşqa bir inson tanib qolişi anagnorisis deb ataladi. Arastu “Poetika”da anagnorisisni tört turga ajratadi. Birinçisi – qahramonni badanidagi alohida belgilaridan tanib qoliş. Alpomiş bilan Odisseyning taniliş sahnasi şu turga kiradi. Ikkinçisi, “tanib qoliş” muallifning özi tomonidan amalga oşiriladi. Bunda muallif qahramonning ismini aytib yoki qandaydir öyin orqali taniştiradi. Uçinçi turda esa, qahramonning tanilişi uçun ötmiş eslanadi yoki şu qahramonga xos biror belgiga işora beriladi. Nihoyat, törtinçi turda qahramon mantiqiy xulosalar evaziga tanib olinadi. Epik asarlarda anagnorisisning birinçi va uçinçi turlari köp uçraydi. Arastu bu ikki tur uçun “Odisseya”dan misollar keltirib ötgan.

“Alpomiş” dostonining ilk turkiy talqini “Kitobi Dada Qörqut” qöşiqlarida uçraydi. Ön ikkita alohida qöşiqni jamlagan “Kitobi Dada Qörqut”ning yettinçi qöşiğida asir olingan va oradan vaqtlar ötib ozodlikka erişgan öğuz botirlari va bir öğlonning qahramonliklari kuylanadi. Asir tuşgan baxtsiz qahramonlardan biri – Bamsi Beyrekdir. U ön olti yil tutqunlikda yaşab, keyinçalik unga köngli tuşib qolgan nasroniy hukmdor Şoklining qizi yordamida zindondan qoçişga muvaffaq böladi. Bamsi uyiga qaytarkan, yölda unaştirib qöyilgan qayliği – Çeçak Bonuning töyiga ketayotgan jirov (baxşi) bilan tasodifan uçraşib qoladi. Voqeadan xabar topgan Bamsi otini uning udiga ayirboşlaydi. Söng jirov qiyofasiga kirib, töyga yetib kelgunga qadar yölda bir guruh çöponlar bilan, özining opa-singillari bilan ham uçraşadi. Avvaliga ularning heç biri Beyrekni tanimaydi. Ammo juldur çakmoni bilan davraga tuşgan “jirov” aslida kimligini Beyrekning opasi bilib qoladi. “Jirov” özi çalgan köyga kelinning raqsga tuşişini söraydi. Şu çoğ ikki qiz özini kelinlikka solib, davraga kiradi, biroq Beyrek ularning hiylasiga aldanmaydi. Birozdan söng “jirov” töy bazmida haqiqiy kelinni köradi, köradi-yu, uni bevafolikda ayblaydi. Şunda Çeçak Bonu barmoğidagi bir vaqtlar Beyrekning özi taqqan uzukni körsatadi va izsiz yöqolgan sevgilisi uçun şu kunga qadar sadoqat bilan yaşaganini aytadi. Bularni eşitib, Beyrek özini oşkor qiladi. Öğlining dardida yiğlayverib, kör bölib qolgan otasi “Qaniydi, omonlik bölib, közimning nuri qaytsa, öğlimning diydoriga töyib-töyib olsam”, deyayotganida möjiza röy berib közi köra boşlaydi.

Bundan körinadiki, Bamsi Beyrek – Alpomiş hikoyasi. Ammo Bamsi Beyrekning öziga xosligi şundaki, bu yerda anagnorisis birdan emas, aksinça, asta-sekinlikda sodir böladi. Qahramon va uning suyukli yori yoki Çeçak Bonuga uylanmoqçi bölgan yigitning onasi örtasida bölib ötadigan aytişuvlar, töy qöşiqlarida hazil-mutoyibaga moyillik bor. Bu xususiyat özbek, umuman, Markaziy Osiyodagi boşqa xalqlarning epik asarlarida muhim örin tutadi. Ayniqsa, anagnorisis sahnalariga öziga xos böyoq, öziga xos nozik ifodani baxş etadi. Özbek xalq dostonlaridan xuşçaqçaq, hajviy ohanglar ufurib tursa, özga xalqlarning dostonlarida behad hassoslik va qandaydir jangovar kayfiyat ustunlik qiladi. Quyida epik adabiyotda ana şunday motivlar asosiga qurilgan ayrim namunalardan misol keltirmoqçiman.

Rus xalqining “Dobrinya va Alyoşa” bilinasida (qöşiq-ertak, bizdagi dostonga yaqin – tarj.) voqealar Dobrinyaning uydan çiqib keta turib, xotini Nastasyaga agar u olti yil içida qaytmasa, boşqa er qilişi mumkinligini aytişi sahnasi bilan boşlanadi. Nastasya esa ön ikki yil erini kutadi. Axiyri ering olti yil oldin halok bölgan, deya xabar yetkazgan Alyoşaga tegişga rozilik bildiradi. Eʼtiborli jihati, bu yerda Alyoşa “Bamsi Beyrek”dagi xoin Yaltaçuk bilan bir xil örinda kelayapti. Töy arafasida Dobrinya Konstantinopolga borib qoladi va unga xotini Nastasyaning erga tegayotganini aytişadi. Qattiq taʼsirlangan Dobrinya uyiga şamol tezligida uçib boradi, biroq onasi öz öğlini tanimaydi. Şunda Dobrinya undan bir vaqtlar bedarak ketgan öğlining yaltiroq libosi va çolğusini sörab olib, podşoh Vladimir saroyida bölayotgan töyga boradi. Nastasya Alyoşaga nikohlanişiga oz fursat qolganida, Dobrinya öz xotinining röparasiga kelib ötiradi. Unga öz uzugi solingan bir qadah uzatadi. Nastasya uzukni körib, erini tanib qoladi. Bu örinda “tanib qoliş” motivida uzukdan foydalanilişi asarning öziga xosligini taʼminlaydi.

“Marko Kraleviç va kosturlik Mina” nomli serb eposida boş qahramon Marko turk hukmdori Sulton Boyazidga qarşi kuraşiş uçun saroyini tark etadi. Kosturlik Mina Markoning onasini öldirib, xotini Yelani öğirlaganidan xabar topadi va rohib qiyofasida Minaning oldiga boradi. Töy ustidan çiqqan “rohib” masxaraboz tomoşasini ijro etib beradi. Namoyişdan köngli tölgan Mina “rohib”ga haq tölaş uçun “rafiqa”sidan Markoning xazinasidan tanga olib çiqişini söraydi. Yela Markoning xazinasidan tanga bilan birga uning zang bosgan şamşirini ham olib çiqib, “rohib”ga uzatadi. Hali maqsadiga yetmagan Marko Minadan endi zohidlar raqsini körsatişga ijozat söraydi. Havoda şamşirini muallaq silkitib raqs boşlagan “rohib” kutilmaganda Minaning boşini tanasidan judo qiladi.

Dunyo xalqlari eposida boş qahramonning özga qiyofaga kirib, öz şaxsiyatini yaşirişga urinişi ulardagi syujetning öziga xos qirrasidir. XII–XV asr ingliz, nemis, italyan, ispan va fransuz xalqlari oğzaki ijodida ham şunday motiv asosiga qurilgan bir qança asarlarni uçratiş mumkin. Biroq men hozir ularni eslay turib, qanday qilib boşqa-boşqa xalqlarning turli dostonlari bir xil motiv asosiga qurilganini va, umuman, buning kelib çiqiş sabablari, xalq oğzaki ijodining anʼanalari xususida fikr bildirmoqçiman. Motiv aynan kimgadir tegişli bölmagan holda makoni va millatidan qatʼi nazar mustaqil şakllanib boraveradi (poligenezis). Ammo muayyan motiv asosida individual uslubda syujet yaratilişi ham mumkin. Individual uslubda motiv voqealar rivojida öziga xos qolip vazifasini bajaradi. Bu qolipning “Falon qahramon asirlikka tuşib qolibdi”, “Falon qahramonning xotini boşqa erga tegişidan avval yorini juda uzoq yillar kutibdi” yoki “Qahramonni badanidagi falon belgisidan tanib qolişibdi” kabi şakllari qahramon körgan-keçirgan sarguzaştlarning darajasiga qarab qöllanilaveradi.

Agar “Odisseya” dostonidagi öşa motiv voqealari şu yösinda yaratilgan özga xalqlar oğzaki adabiyoti namunalaridagi motivlarga tub manba sifatida xizmat qilgan bölsa, u holda biz Homerga xos mazmundagi motivlar bir tarafdan Adriatik dengizining şarqiy qirğoqlari orqali albanlarga, boşqa bir tomondan Amudaryo orqali turkiylarga yetib borib, uzun bir zanjir hosil etgan, deyişimiz mumkin.

Uşbu xulosani aqlga siğmas mulohaza, deya inkor etiş uçun birorta tösiq körinmaydi. “Odisseya”ning “Erning qaytişi” qismidagi öziga xos motiv ham bu fikrni asoslab turibdi. Garçi qahramonlarning turli sarguzaştlarni boşdan keçirib uyga qaytişi Şarq va Ğarb xalqlarining oğzaki adabiyotiga köçgan bölsa-da, aynan “Odisseya”dagi voqealar ularning ming yillik ildizga ega turmuş tarziga heç qaçon muvofiq kelmaydi. Şubhasiz, bunday hollarda adabiyot millatning öziga xos tabiatiga yuzlanadi. Jumladan, turk, alban, rus va serb xalq dostonlaridagi “Erning qaytişi” motividagi sahnalarga uşbu millatlarning hayotiy tajribalarida röy bergan voqealar asos qilib olingan.

Endi turli xalqlarga tegişli ikki asarning qay biri boşqasi uçun asos motiv sifatida xizmat qilgani va xalq dostonlarining öziga xos anʼanalarida motivning şakllaniş xususiyatlari haqida söz yuritsak.

“Alpomiş” dostoni töğrisida, u şu mazmundagi barça asarlarning tub manbasi, degan fikrni bildira olmaymiz. Zero, bu doston yunon eposi uçun asos böla olmaydi. Avval aytib ötganimizdek, “Alpomiş” dostonining turkiy tildagi ilk talqinini “Kitobi Dada Qörqut” asarida köriş mumkin. Biroq “Kitobi Dada Qörqut”da homerça unsurlar: qahramonni çandiq va xol yoki uning oti orqali tanib qoliş, kamon voqeasi, sodiq xizmatkorlar va boşqalar kuzatilmaydi.

“Alpomiş” dostonining “Erning qaytişi” qismidagi töy sahnasidagi kuy-qöşiqlar özbek töylarining öyin-kulgu bilan ötişini körsatib turadi. Ayol tilidan kuylangan bunday qöşiqlar özbek xalq eposida katta örin tutgan. Bular faqatgina Alpomiş va Barçinning örtasida keçgan özaro aytişuvlarda emas, balki özganing xotinini öz öğliga tegişga zörlik bilan majbur qilgan şafqatsiz ayol – tili çuçuk kampir bilan dialoglarda ham uçraydi. Bu kampirning çuldirab gapirişi hamda unga hazil bilan javob qaytargan qahramonning qöşiqlari dostonning intihosiga nafaqat jöşqin kayfiyat olib kiradi, balki öquvçini baxtli yakunga tayyorlab boradi.

Sönggi xulosa: “Alpomiş” dostonining baxşilar oğzidan yozib olingan öttizdan ortiq varianti bor (sönggi maʼlumotlarga qaraganda, qirqqa yaqin varianti bor – muh.). Ularning syujeti öxşaş bölsa-da, juda katta farqli tomonlari köp. Jumladan, “Erning qaytişi” motivining badiiy ifodasida ham. Vladimir Proppning izlanişlaridan kelib çiqib aytilsa, “Dobrinya va Alyoşa” bilinasining qariyb bir yuz oltmişda varianti bor. “Erning qaytişi” motivi bolqon xalqlarida  serb va alban qahramonlik qöşiqlaridagi namunalaridan köra ança keng tarqalgan. Guvohi bölganingizdek, xalq dostonlariga asos bölgan motiv va syujetlarning qiyosiy tahlili bu durdonalarni tuşunişimizda dengizdan bir tomçi bölib qolaveradi. Zotan, uşbu tadqiqotda tomçi tabiati mavjudligiga qaramay, men xalq oğzaki adabiyotidagi namunalarni bir-biri bilan taqqoslaş orqali, öziga xos va ayni paytda ğayrioddiy jihatlari hamda bu asarlarning tag-tomiriga singib ketgan milliy anʼanalarni oçib bera oldim, deb umid qilaman.

Karl Reyxl

Bonn universiteti professori (Germaniya). Reyn-Vestfaliya akademiyasi aʼzosi, Nukus universitetining faxriy professori. Turkiy xalqlar eposi tadqiqotçisi sifatida tanilgan. Xususan, “Alpomiş” dostoni haqida bir neça maqolalar eʼlon qilgan.

Ingliz tilidan

Gulhayo Mahamadaliyeva tarjimasi. 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)