2 daqiqada öqiladi

752 marta körilgan

Özbekiston xalq şoiri Halima Xudoyberdiyeva vafot etdi

Halima Xudoyberdiyeva

Halima Xudoyberdiyeva 1947-yilning 17 mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tuğilgan.

Şoiraning ilk şeʼrlari öquvçilik yillarida Yangiyer tumani gazetasida bosilgan (1964). Birinçi kitobi «Ilk muhabbat» 1968-yili talaba paytida naşr etilgan. Şundan söng uning «Oq olmalar» (1973), «Çaman» (1974), «Suyanç toğlarim» (1976), «Bobo quyoş» (1977), «Issiq qor» (1979), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1987), «Bu kunlarga yetganlar bor», «Hurlik öti» (1993), «Tömarisning aytgani» (1996), «Yöldadirman» (2005), «Buyuk quşlar» (2012), «Osoyişta şam»  (2017) va boşqa şeʼriy kitoblari, şuningdek, rus tilida “Gordost”(1976), “Beloye yabloko”(1979), “Reşimost”(1985) nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan.

Şoira 1990-yili Hamza nomidagi Özbekiston Davlat mukofoti laureati bölgan. 1992-yil Özbekiston xalq şoiri faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Halima Xudoyberdiyeva 1972-yili Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Iş faoliyatini «Saodat» jurnalida boşlagan. Şoira uzoq yillar uşbu naşrda adabiy xodim, bölim mudiri (1972-75), boş muharrir örinbosari va boş muharrir (1982-94) bölib xizmat qilgan. Şuningdek, mehnat faoliyati davomida Yoşlar naşriyotida bölim mudiri (1978-82), Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi (1990-94), «Yozuvçi» naşriyotida yetakçi muharrir (1996-98), «Sanam» jurnalida boş muharrir örinbosari (1998-2003), 2004-yildan «XXI asr» gazetasida bölim muharriri bölib işlagan. 2018-yildan «Dugonalar» jurnalida boş muharrir vazifasida işlab kelayotgan edi.

2017-yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga köra milliy adabiyotimiz rivoji yölidagi ijodiy mehnati, yoş avlod maʼnaviyatini yuksaltirişga qöşgan munosib hissasi, mamlakatimizning ijtimoiy hayotidagi samarali faoliyati uçun Özbekiston xalq şoiri Halima Xudoyberdiyeva “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangandi.

“Yoşlik” jurnali nomidan marhumaning oila aʼzolariga va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiramiz.

* * *

MEN BIR KUNI

Men bir kuni
Taşlab ketaman
Böz libosim, siymu zarimni
Qor ivitar,
Şamol varaqlar
Ortda qolgan daftarlarimni.
Garçand tişga bosib tişimni
Öz yelkamdan özim bosib tek
Gungday ketdim
Söng bekatgaça.
Lek ortimdan qolgan şeʼrlarim
bu dunyoning
yolğonlaridan
Qah-qah urar qiyomatgaça.

Halima Xudoyberdiyeva,
Özbekiston xalq şoiri

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (84)