* * *
Men izlagan ranglarni topdim,
Men izlagan sözlar ölmadi.
Bor dardingni borliqqa soçib
Daraxtlarday yiğlab bölmadi.
Men tuşundim: şoirlik – qismat,
Nuri köçmiş soçim oqiga.
Goho çaqin urdi umrimning
Gullayotgan hamma yoğiga.
Sizib, sizib içimga oqdim,
Yaratgandan tilab tözimni.
Bu qoronğu dunyo bağriga
Qoldiraman yoruğ sözimni.
* * *
Ortda qoldi endi köhna Şoş,
Tavoningdan çeçak otibsan.
Namangan, sen dovondan ötsam,
Yuragimda gullab yotibsan.
Diydorimni tilading tonglar,
Qoşingga men bormadim neçun?!
Maysang öpib yiğladim olis,
Soğinç ezgan kunlarim uçun.
Sen onamning köziday munis,
Otam aytgan muloyim sassan.
Ayvondagi qaldirğoçlarning
Tumşuğidan tökilgan xassan.
Guzardagi ulkan çinorlar,
Maşrab ohin aytayotganday.
Sevinyapsan şunçalar qattiq
Boburiylar qaytayotganday.
Behilarda osilgan suzma,
Çelaklarda çayqalgan sutsan.
Soğinç bölib, ming soğinç bölib,
Bağrim yorib oçilgan yurtsan!
* * *
Yoşim tomdi çumolining söqmoğiga,
Silab qöydim musiçaning patlaridan.
Vatan degan bir tabarruk giyoh undi,
Yuragimning qaqrab yotgan qatlaridan.
Bu Yassaviy, bu Kubroning dodimasmi?..
Ketaverdim Xoja Ahror xoki qadar.
Qarang, Tangrim vatan sözin tikib qöymiş,
Yuragimning eng omonat çoki qadar.
Ne zamonlar, ne uruşlar, ne ğavğolar,
Ne nafaslar yutilmasdan taşda qoldi.
Beşigida gödaklari ingrab, ingrab,
Ayvonida tikilmagan kaşta qoldi.
Undan ayro tutolmasman heç özimni,
Aziz menga ilonlarning qolgan pösti.
Kökragimni yerga berib yotgan edim,
Mana bugun kökragimda Vatan ösdi.
* * *
Uçiş kerak – bu eski mavzu
Va azaldan qolgan tuşunça.
Yuragingni örtaydi qayğu,
Qanotlaring töla çiqqunça.
Havolanib ketmaslik kerak,
Havolarga soçib ğamingni.
Unutmasang böldi, azizim,
Senga qanot bergan zaminni.
* * *
Ey mömin daraxtlar, muslim daraxtlar,
Sanobar daraxtlar, salim daraxtlar.
Har bitta yaproği Haqni eslatgan
Halima daraxtlar, Halim daraxtlar.
Men daydi yölovçi, men bir musofir,
Bu qaro umrimga bir oqlik kerak.
Odamlar poyini öpmoqlik kufr,
Daraxtlar poyiga çökmoqlik kerak.
* * *
Bugun töyib yiğlagansan rost,
Yomğir yoğdi köklam faslida.
Ovutişni bilmadim, ammo
Baxtsizlik ham baxt-ku aslida.
Inkor etib ketişing mumkin,
Yuragingni sitamlar siqdi.
Tong otgunça kitob içida
Suratimiz sirlaşib çiqdi.
Muslimbek MUSALLAM
1986-yili tuğilgan. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
Şeʼrlari matbuotda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida