YuRTIM DEGAN HAR MARDNING…
Yurtim degan har mardning çiroği heç sönmagay,
Boğboni bor çamanning yaproği ham sölmagay.
Duo olgan omondir, qarğişdan özing asra,
Kimki eldan ayrilsa, kökarmagay, unmagay.
Mard yigitning qilgani aytganiga mos kelar,
Tili birla işi bir, asli mardga xos kelar.
Bahodirlar jangda ham duşmaniga rost kelar,
Vatan uçun jon bergan ölganda ham ölmagay.
Ğurur yerda yotmaydi, bozorlarda sotilmas,
Nogohon yöqotsang gar, nomusu şaʼn topilmas,
Bir burda non topilur, asl Vatan topilmas,
Közni tuproq töldirur, ungaça heç tölmagay.
Dilda himmating bölsin heç qursa çumoliça,
Yeganga toğ çidamas, rizq kelmas öz holiça,
Bu omonat dunyoni qabul etgin boriça,
Omad quşi yelkangga behudaga qönmagay.
Nasibang bölmas ekan, suv ham ötmas tomoqdan,
Rizq qöşilsa ajabmas, kelgay Şomu Iroqdan,
Asli jonfidolikni örgansaydik Şiroqdan,
Heç kim dunyoga ustun bölolmagan, bölmagay.
Har qariç tuproğidan taralgan huşböy Vatan,
Tinç-osuda kunlarga yaraşadi töy, Vatan,
Köngillarda ezgulik, yaratuvçan öy, Vatan,
Özbek elim mehrdan boşqasiga könmagay.
KERAK BÖLSIN
Іayot otli uzun-uzun karvon ketar,
Bilolmaysan manziliga yetmas, yetar,
Ö, birodar, taqdiringni Xoliq bitar,
Faqat dilda ezgu orzu, tilak bölsin,
Har bir inson bir-biriga kerak bölsin.
Halovatsiz par yostiğing toşdek bölar,
Birov moli minnat töla oşdek bölar,
Asl döstlik kiprigu köz, qoşdek bölar,
Dösting bölsa, yöğingda ham tirgak bölsin,
Har bir inson bir-biriga kerak bölsin.
Muhabbatdan yaralgandir asli olam,
Hayot zavqi işq atalmiş sehrda jam,
Ey, şeryurak, ey, közlari ohu sanam,
Ursa faqat sen deb urar yurak bölsin,
Har bir inson bir-biriga kerak bölsin.
Ota-onang bilan körkam uying töri,
Ular mehri quyoş kabi qalbing qöri,
Öğling bölsin, qizing bölsin, közing nuri,
Mardu maydon içra ğolib bilak bölsin,
Har bir inson bir-biriga kerak bölsin.
UMRIMIZ
Bir piyola çoy içgulik,
Fursatda ötdi umrimiz.
Vo dariğ, közni oçib –
Yumgunça bitdi umrimiz.
Or talab, izzat talab,
Zebu zar, dunyo tilab,
Közni oçsak, ertalab
Uzlatga ketdi umrimiz.
Anglamay sirni biroq –
Uyimizda şamçiroq,
Ota-onadan yiroq
Qaylarga yetdi umrimiz.
Tutab borar, umr – şam,
Qilmadik xotirni jam,
Kimga şodlik, kimga ğam
Baxşida etdi umrimiz.
Özidan özga panoh,
Yöqligin bilsak-da, oh,
Goh savob, gohi gunoh
Qölini tutdi umrimiz.
KÖZTUMOR BÖLAYLIK
Dunyo havas qilgan qadimiy diyor,
Har giyoh atrida jannatiy ifor,
Ajdodlardan meros zör şiddati bor,
Köz tegmasin desak, şunday oşyonga,
Köztumor bölaylik, Özbekistonga.
Bobolar yuzida tabassum, viqor,
Momolar sözida ajib sehr bor,
Hur Vatan qöynida yaşar baxtiyor,
Muqaddas tuproği har bir insonga,
Köztumor bölaylik, Özbekistonga!
Tadbirkor, mirişkor, har işga qodir,
Tinçlik qöriqçisi, öktam, bahodir,
Yigitlari tanti, qizlari botir,
Şu elni burkaylik, şarafu şonga,
Köztumor bölaylik, Özbekistonga!
Qişloqlar jamoli şaharga tengdir,
Odamlari sodda, feʼli ham kengdir,
Biri yoqa bölsa, birisi yengdir,
Fidoyi mehnati siğmas dostonga,
Köztumor bölaylik, Özbekistonga!
Ğanim bor, kir izlar tirnoq ostidan,
Qörğonni asraylik uning qasdidan,
Özbeklar keçmagay sodiq döstidan,
Huşyor böl, qaraylik atrofga, yonga,
Köztumor bölaylik, Özbekistonga!
Uluğlarning ruhi qöllagay bizni,
Asrab-avaylasak hur yurtimizni,
Şaxd ila bosaylik, munosib izni,
Qölni-qölga berib, hozir, şu onda,
Köztumor bölaylik, Özbekistonga!
Jahongir Şarofboyev
1975 yili Sirdaryo viloyatida tuğilgan.
Özbekiston Milliy universiteti (avvalgi ToşDU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Közim qaroğida surating”, “Ota hovlim” kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida