Tanişuv
Baytqörğon qişloğida yaşaydigan Ibrohim amakim bir gal biznikiga kelganlarida menga: “Hamidullajon, öğlim, yozuvçi böladigan harakatingiz bor. Öktamjon akangiz bilan bir uçraştirib qöyaman”, deb qoldi. Yozganlarim u-bu naşrda çop etilib turgan yoş ijodkor sifatida, men ana şu kundan boşlab Öktam Usmon bilan böladigan uçraşuvni muştoqlik bilan kuta boşladim. Öşa kezlarda Öktam akaning asarlari, allaqaçon, öquvçilar nazariga tuşgan, kitoblari esa qölma-qöl bölib öqilayotgandi. Köp ötmay, Öktam aka Yozuvçilar uyuşmasiga kotib bölib işga ötdi. Men esa amakimning tavsiyasi bilan uyuşmaga bordim. Öktam aka bilan Yozuvçilar uyuşmasi binosida joylaşgan “Kitoblar” dökoni yonida uçraşib qoldik:
Hamidullajon, ukam, kelibsiz-da, – deb qöl berib körişdi, hol-ahvol sörab xonasiga taklif qildi. Kotibasiga çoy buyurib, men bilan Böstonliq (sobiq Xöjakent) tumani, qişloqlarimiz, qavmu qarindoşlarimiz haqida ançagaça gaplaşib ötirdi.
– Hamidullajon, eşitdim, şeʼr yozar ekansiz, olib keling. Bu yerda Safar, Mirpölat, Hojiakbarlar bor, Quddus buvangiz ham bor, körib berişadi. Ha, darvoqe, yozganlaringiz toğlarimiz, tabiatimiz haqida-ya? Boşqalarga sira-sira öxşamasin, ularda Böstonliğimiz mana men deb körinib tursin…
Şu uçraşuv sababmi yo yozganlarim ustozlarga çindan maʼqul keldimi, bilmadim, matbuotda çiqişlar qila boşladim. Quddus Muhammadiy bilan tez-tez uçraşib, maslahatlar ola boşladim.
1986-yilning sentyabr oyida ötkazilgan respublika yoş ijodkorlarining IV seminariga qatnaşdim. Yozganlarim haqida Quddus Muhammadiy, Pölat Mömin kabi ustozlardan iliq sözlar eşitdim. Ilk şeʼriy kitobim naşrga tavsiya qilindi. Bu menga ozmi-köpmi ustozlik qilib, yöl-yöriq körsatgan bolajonlarning sevimli şoiri Quddus Muhammadiyning hamda iqtidorli adibimiz Öktam Usmonovning qilgan saʼy-harakatlari natijasi edi.
Yonbuloqda
Öktam aka bilan har gal uçraşganimda: “Hamidullajon, bilasiz, men Soyliq qişloğida tuğilib ösganman. Şuning uçun toğlarni yaxşi bilaman. Endi siz maqtagan Tovoqsoy toğlarini ham bir körsak, yomon bölmasdi”, derdi.
Öktam aka, siz qaçon Tovoqsoyga çiqamiz desangiz, öşa kuniyoq çiqaveramiz, toqqa çiqişdan qoçiş yöq, – derdim.
Nihoyat, 1985-yilning 8-may kuni Öktam aka bilan özim xuş körib maqtaydigan toğ – Yonbuloqqa qarab yöl oldik.
Toğimizga çiqqanlar juda yaxşi biladi, qişloğimiz uylari tugaşi bilan baland-baland qir-adirlar orasidan ilon iziga öxşaş buralib-buralib ketgan söqmoq yöllar boşlanadi. Bu yöllarning boşlaniş qismi piyoda yuruvçilar uçun biroz tikroq. Ayniqsa, toqqa çiqib yurmaganlar uçun biroz oğirlik qiladi. Şundanmi, ozgina yurgaç Öktam aka menga horğin qarab:
Yölingiz tikroq ekan… – dedi.
Nazarimda, Öktam aka mendan sal ranjiganday tuyuldi. Qaraşidan: “Agar yölning bunaqaligini avvalroq bilganimdami…” – degan maʼnoni uqib oldim.
– Biroz yuqoriroq kötarilaylik, manzarani körib mendan xursand bölasiz, – dedim şoşa-pişa.
Darhaqiqat, boşi tikroq boşlangan toş yölimiz bir-ikki tepalik aylanib ötilgaç, keng tekislikka – qir-yaylov ötloqlariga olib çiqardi. Ötloqzor manzarasi juda çiroyli va gözal bölib, bağrida şaşir, siroj yaproqlari quyuq ösib yotardi. Ana şu yerda turib butun Çirçiq vohasini, Böstonliğimiz bağrida joylaşgan qişloqlarimizni kuzatsa bölardi. Çoratrofdagi betakror gözallik, yam-yaşil manzaralar kişidagi bor çarçoqni aritib yuborardi. Dilimdagiday böldi, qirning ustiga çiqqanimdan keyin Öktam aka yöl çetidagi toşga borib ötirdi-da, atrofni havas bilan kuzata boşladi.
O, naqadar gözal manzara! Bir yonda Çirçiq şahri, bir yonda Böstonliq qişloqlari, hatto Çorboğ suv ombori ham kaftimizda turganday körinib turibdi-ya. Tovoqsoy qişloğingiz manzarasi esa juda gözal! Köryapsizmi, qanday ajoyib-a!..
Toğning baland-past, ilonizi yöllaridan yurib borar ekanmiz, Öktam aka ona tabiatimiz, toğlarimiz haqida maroq va hayajon bilan gapirişdan tinmasdi. Gap bilan bölib, Yonbuloq toği yon bağirlarini töldirib ösgan arçazorga ham yetib kelibmiz.
– Mana, bu körinib turgan daraxtlari quyuq manzil, gözal manzarali göşa – Yonbuloq! – deyman men.
– Yonbuloq! Yonbuloq! – manzilimiz nomini takrorlaydi Öktam aka. – Ajoyib! Qarang! Bunday gözal manzarali joy men körgan toğlar içida yöq. Ha, aytganday, buloq qani?
Biz yolğiz oyoq söqmoq yöldan pastga, buloqqa qarab enlaymiz. Yuz-yuz ellik odim yurib suvlari juda toza, tiniq, şarqirab oqişi jarangdor buloq oldidan çiqamiz.
– Joy tanlaşda yanglişmabsiz, didingiz zör, Hamidullajon! Men boya aytganimday, bunday gözal manzil biror joyda yöq. Yaşil libosli körkam daraxtlarga qarang… lolalarga qarang…
Öktam aka Yonbuloq suvidan hovuçlab-hovuçlab içarkan, atrof manzaralarining tavsifidan sira tinmasdi. Özi kabi pok orzular qilardi:
– Qani, mana şunday gözal manzara bağrida ijod ahli uçun dam oliş maskani qurilsa, ijodkorlarga mavzuni tabiatning özi bergan bölarmidi…
Sönggi uçraşuv…
Öktam aka katta qalb egasi, mehr-oqibatni öylaydigan, kattayu kiçikni birday hurmat qiladigan inson edi. Ijod ahlini juda qadrlar, qölidan kelgan yordamini ayamas, birini aka, birini uka, deb ardoqlardi. U qanday lavozimda işlamasin, öz kasbi va hamkasblari uçun doim xayrli işlar qilardi.
– Harakat qiling, Hamidullajon. Sölim boğ, solih farzand, yaxşi kitob – dunyoda insondan qoladigan eng katta boylik, – degan edi Öktam aka öşanda.
Yozuvçilar uyuşmasida ham, Kinematografiyaçilar uyuşmasida ham, markaziy gazetada işlaganida ham tez-tez oldiga hol sörab kirib turardim. Hol söraş uzoq suhbatga aylanib ketardi. Adabiyot, adiblar haqida, ayniqsa, Böstonliqda yaşagan şoirlar ijodidan suhbatlaşardik. Mavzu aylanib-aylanib Böstonliq tabiatiga köçardi. Sayohatga çiqqan yerimiz – Yonbuloq toği manzaralari suhbatimizning asosini taşkil qilardi. Asriy, devqomat yaşil arçalar, nomli, nomsiz qorli çöqqilar, tinim bilmas buloğu jilğalar bir-bir sözga köçardi. Bahor kelsa, albatta, öşa yerlarga çiqamiz, deb niyat qilardi. Afsuski, bu şirin niyatlar niyatligiça qoldi. Naçora, inson kutilmagan dardlar oldida ojiz ekan.
Sönggi bor Öktam aka çet el safaridan qaytganida, hozirgi “Özbekiston ovozi” gazetasi tahririyatida uçraşdik. Öktam aka sayohati çoğida körgan-keçirganlarini maroq bilan uzoq hikoya qilib berdi. Odati böyiça çoy damlab uzatdi. Qaytar çoğimda “Hamidullajon, kelib turing, odam odamga ğanimat” deb eşikkaça kuzatib çiqib xayrlaşdi.
Öktam akamning öşa paytdagi quvnoq qiyofasi, çaraqlagan tim qora közlari xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan. Buni sira-sira unutolmayman, unutib bölmaydi ham. Bu dunyoni tark etganiga yigirma yetti yil bölibdi, işongisi kelmaydi odamning. Men hamon ulkan adib işlagan joylariga borib turaman. Ammo u kişini topa olmayman. Şunday kezlarda Öktam aka yozgan kitoblarga qöl çözaman. “Girdob”ni, “Qismat”ni, “Kişan”ni takror öqiyman. Hikoyalar töplamlarini varaqlayman. Şunda biroz tasalli topaman. Öktam aka bilan ğoyibona sirlaşgandek, uni körgandek bölaman. Bu asarlarni adib hayotiga qöyilgan muqaddas haykal deb bilaman. Bu haykal bugun mustaqil yurt, ozod Vatan tuproği bağrida turibdi.
Şu el, şu tabarruk zamin bor ekan, Öktam Usmonov ham yuraklarda mangu barhayotdir.
Hamidullo MURODOV
1946-yili tuğilgan.
Toşkent davlat pedagogika nnistituti (hozirgi pedagogika universiteti)ni tamomlagan. “Ğalati bötaloq”, “Tovoqsoyda tong”, “Kiyik buloq”, “Qaldirğoçlar qöşiği” kabi kitoblari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


