17 daqiqada öqiladi

400 marta körilgan

Tuman

Isajon Sulton

Bu voqeaga ança bölgan-da. U sovuqlar ötib, yomğirlar yerga singib, u qorlar erib, örnida yam-yaşil ötloqlar kökarib çiqqan.

Öşa kuni vodiylaru vohalarni quyuq tuman bosgan edi. Sira tarqamas, bulut kabi har yoqni birday enlab olgan, goh quyuqlaşib, goh siyraklaşib turadigan jonli bir nimaga öxşardi.

Tuman hamma yoqni namlab taşlaydi. Sovuqda battar diydiratadi. Tevarak xuddi yomğir yoqqanday bölib qoladi. Ötinlaru yoğoçlarni, qolgan-qutgan şox-şabbalarni, ayvonlarda qolib ketgan töşagu şolçalarni ham jiqqa höl qiladi. Bunaqa mahalda çorvani oçiqda qoldirib bölmaydi, deydilar. Bostirma ostida ham qoldirib bölmaydi, çunki tuman – oquvçi bir nima, bostirma ostiga bulutday oqib kiradi, tandir içidagi kullarini namlaydi, mol-holning öpkasini şamollatadi. Şu sabab, bostirmada turgan sigir-qöylar ustiga goho eski şolça yoki yirtiq-sirtiq töşak taşlab qöyişadi.

Uyda ötin tugagan edi. Ona bolalariga:

– Bolalarim, yobonga çiqib ötin-çöp terib kelmasangiz bölmaydi, – dedi.

Qişloq dalalari tugagan joydan boşlanib, köz yetmas ufqlarga qadar yastanib ketgan daştni kişilar “yobon” deyişadi. Pastak qayişqoq butalar, har yer-har yerida dov-daraxt yakkam-dukkam ösgan u yaydoq hudud turli yovvoyi jonvorlarning makoni.

Katta öğil – böyi çözilib, ança esi kirib qolgan barvasta yigit:

– Xöp, onajon, darrov töplab kelamiz, – dedi.

Ukalariga aytgan edi, ukalar ham biri bolta, biri arqon olib, qalinroq ust-boşlarini kiyib tayyor bölişdi.

– Ğözapoya yoqsak bölmaydimi? – deb söradi örta böyli, közlarida ğayrati çaqnab turadigan kiçkina uka.

Katta aka javob qildi:

– Ğözapoya darrov öçadi, kulini çöğiyam qolmaydi. Eng yaxşisi – tut. Daştdagi qurigan tutlardan kallaklab kelamiz.

Eng kenjasi akalari singari şiddatli emas, qöy közlari öyçanroq bolakay esa qölidagi bir burda nonini olovga tutib, öçoq oldida ötirardi. Bilsangiz, u mahallarning öçoqlari uylarning içida bölardi. Öçoqda yonayotgan ötga qölidagi nonini tutib isitib ötirişni yaxşi körardi şu bola.

Katta aka:

– Yur, sen ham erkak bölib ötin kesib kelişni örgan, – dedi. Keyin onasiga qarata:

– Ona, kiçkinangizniyam opketaqolaylik, közi örgansin.

– Mayli, – dedi ona. – Faqat oğir kötartirmagin, yoş bola, çaqilib qolmasin tağin.

– Xöp, – dedi katta aka.

Şu tariqa törtovlon, kattasining va örtançasining qölida bolta, keyingisining qölida öram arqon, uydan çiqib daştga yöl olişdi.

Kenjatoy boyagina isitib ötirgan non parçasini ham qöyniga solvoldi, “Oçqasak, akalarim bilan yeymiz”, deb öyladi.

Ha, bular tört öğlon edilar. Ota dunyodan erta ötib ketgan, şu sababli uy-rözğor taşvişi barvaqt yelkasiga tuşgan uç pahlavon hamda kiçik uka. Kenjatoyning akalariga mehru muhabbati baland, buni isitilgan nonni qöyniga solvolişidan ham, “hammamiz birga yeymiz” deyişidan ham bilsa bölardi…

Qişloq yölidan biroz yurişgaç, zovur ustiga qaçonlardir qurilgan omonat köprikdan ötib, yobonga çiqişdi.

Yobonda tuman yanada quyuq, oyoq ostida rutubat qoplagan jonsiz öt-ölanlarning ilviragan tanasi közga taşlanar, çökirtaklari qoraygan, muz tuproği ne uçundir oqarinqiragan ekin yerlarining bir qismi, goho qay bir quşning buzilgan ini ham körinardi.

Daştda tuman yanada quyuqlaşdi. Dönglari, kesaklari katta-katta zovur ustida quyuqroq, yöl ustida esa siyrakroq bölib suzardi. Tumanda qadam tovuşlari eşitilmay qolar ekan. Oldinma-keyin borişaversa, ilgarida katta bir nima elas-elas qorayib körinaverdi. Yaqinlaşib qaraşsa, bahaybat tol ekan. Jiqqa höl şoxlaridan tomçilar tomçilamoqda.

– Şuni şoxidan kesib ketsak-çi? – deb söradi kiçkina uka.

– Tol mört böladi, tezda yonib tugab qoladi, – dedi katta aka qovoğini solib. – Oz qoldi, yana piça yursak, jarlik oldida qurib qolgan beş-oltita tut bor, öşani kallaklaymiz.

– Yanayam boraversang, daşt içkarisida saksovullar ham bor, – dedi örtança aka. – Ammo juda uzoqda-da, adaşib qoliş heç gapmas. Keyin, u tomonlarda katta-katta eçkemarlar izğib yuradi.

– Çiyabörilarni aytmaysanmi? – dedi katta aka, közlarini ola-kula qilib. – Qişda oç qolib yemiş izlab sanqişadi. Yemiş topolmasa, oçligidan osmonga qarab uvillab, xudodan rizq söraşadi.

Kenjatoy esa tevarakka hurkib nigoh taşlab borardi-yu, “Nimaga oldinroqdan ğamlab qöymadik-a? Ammo ötin kesib kelmasak ham bölmaydi-da. Keçasi ayoz kuçaysa, uy sovib ketadi, keyin hammamiz qiynalamiz”, deb öylardi.

Uning nazarida ayoz harakatlanuvçi, siljuvçi bir nimaday tuyuldi. Yöqsa, kuçayib yoki zaiflaşib qolişi nimadan? Qiş qattiq kelganida ötlarni qoraytirib ilviratadi, oçiq makonlarni bildirmay kezadi, tirqişlardan uylarning içiga kirib, sabzavotlarni muzlatadi, yanada kuçaysa, öraga kömilgan sabzini ham yaxlatib qöyadi. Qopdagi yarimlab qolgan un seskantiruvçi bölib qoladi. Yerda yotgan barglar ustini juda yupqa muz qoplaydi, qölingizga olsangiz, börtiq tomirlari öz-özidan qirsillab sinadi. Kölmaklar tubiyu oqar suvning ustini ham muz bilan qoplab, naqşlar çizib qöyadi.

Bolakayning yuzi, qöllari sovqotardi. Namda ayoz taʼsiri yanada ortar ekan. Arqonni bağriga bosib, qölini qöyniga tiqqan edi, battar muzlatdi. “Paxtali qölqop bölsaydi” deb öyladi. Akalar – toğ kelbatli, böyçan akalar unga qaramay, tez-tez qadam taşlab ketib borişardi.

“Nimaga akalar şunaqa bölar ekan, – deb öyladi u, hanuz arqonini quçib ular ortidan çoparkan. – Kuçli bölişgani uçunmi? Katta akamning aççiği yomon. Sira ayamaydi, suyaklarimni oğritib-oğritib uradi. Şiddati, ğazabi tez-da. Mana, hozir ham qaragisi kelmayapti. Boltasini yelkasiga qöyib bemalol ketyapti. Bolta katta, ötkir, oddiy emas – oybolta. Şox kesişga yaraydi-yu, tönka yorişga yaramaydi. Tönka yorgani ingiçka, ammo pişiq oddiy bolta kerak böladi”.

Boşqa mahal bölganida aka quvvatini köz-közlab, yöl yoqasidagi burganu yantoqlarni bir urişda kesib ötgan bölardi. Yantoq ostidagi qumda “kuldirgiç” degan haşarot yaşaydi. Tumanda qanday jon saqladi ekan? Bolakay qiziqsinib, yantoqlardan birining oldiga bordi. Ini turibdi, ammo özi yöq. “Sovuqda ölib qolgan bölsa-ya”, deb öyladi. In ostini kovlab ham körmoqçi edi, ammo barmoqlari battar sovqotişini öylab fikridan qaytdi. Yana akalarining ortidan çopdi.

Ha, dala-tuzda har jonzot sovuqdan har turli saqlanadi. Yumronlarning ini çuqur böladi, quruq xaslardan opkirib solvoladi. Öşa yerda qiş tugaşini kutib mudraydi. Quşlar uzoqlarga uçib ketişadi. Çiyabörilar, yovvoyilaşib ketgan kuçuklar esa yayloqlarda izğib yurişadi. Qişda odamlar eşaklarini haydab yuborişadi, ular daştda vahşiylarga yem bölişadi.

Kenjatoyning tasavvurida zaif bir hayvonni talaşib-tortişib, etlarini uzib-uzib ğajiyotgan katta kuçuklar jonlandi. Itlar bunaqa mahalda birovni yaqinlaştirmaydi. Birov yovuq borsa, panjasi bilan öljasini bosib turib, oğzida qoni silqib turgan eti bilan tahdidli irillaydi. Yaqin kelma, bu meni öljam, deyayotganday böladi.

Ana, dunyoni bosib turgan şu nomaʼlumlik aro bir nima çözib-çözib uvilladi.

– Aka, çiyabörimi?

– Börining naq özi, – deb javob qildi katta aka.

– Yöğ-e, qişda itlar ham şunaqa uvillaydi-ku?

– It boşqaça uvillaydi.

Kenjatoy endi akalariga yetib yurgisi kelardi. “Bekor arqon olibman, – deb afsuslandi. – Oybolta olsaydim…” Ammo çiyaböri çiqib qolsa, oybolta bilan urişni tasavvur qilolmadi. Çunki bolta oğir. Uyda, ayvondagi töşak qatida buklama piçoqçasi boriydi, şuni olmaganidan afsuslandi.

– Tez-tez yuraqolinglar, eh-he, hali qança iş bor, – dedi katta aka. – Qaytgunimizça qoronği tuşib qolmasin.

Öram arqon namdan oğirlaşib, çuvalaşib qolgan edi. Bolakay engaşib, uni qayta öraşga urindi. Bu – taram-taram örilgan, pişiq jun arqon edi. Örmoqlari orasiga nam tuproq kirib, yanada oğirlaşib qoldi. Bir-ikki urinib kördi-da, eplayolmagaç, akalardan biriga “Arqonimni qaytadan örab ber” demoqçi bölib boş kötardi-yu, alanglab qoldi.

Çunki akalar ğoyib bölişgan edi!

Har taraf oqiş tuman, baʼzi joylari siyrakroq, pağa-pağa suzar, özgarar, orasida birov körinmasdi.

– Iye? – deb hayron böldi u.

Keyin pastroq ovozda çaqirdi:

– Aka-a?!

Heç kim javob qilmadi.

– Sodi-i-iq! – deya kattasining ismini aytib çaqirib kördi hurkak sas bilan. Ularning ismiga “aka” qöşmay çaqirardi. Akalar ham “Kiçkina-ku hali”, deb indaşmasdi.

Javob kelmadi.

– Sobi-i-r? – deya çaqirib kördi u örtançasini.

Jimlik.

– Nodi-i-ir?

Uçovlonni göyo tuman yamlab-yutib yuborgan, şu oqiş namçillik aro birdaniga ğoyib bölişgan edi.

Bolakay sarosimaga tuşib qoldi. Yarim öralgan arqonni qöliga oluvdi, battar nam tortganday tuyuldi. “Taşlab yuborsammikin” deb öyladi, ammo akalaridan hayiqdi.

Bu safar uçovining ismini birdan aytib çaqirdi:

– Sodi-i-q? Sobi-ir? Nodi-i-ir?

Sodiqdan ham, Sobirdan ham, Nodirdan ham javob kelmas edi.

Bolakay tevaragiga alanglab, “Akalarim ilgarilab ketişdiyu men payqamay qoldim” deb öyladi. Bu tuman aro qay tarafga ketişganini bilib bölmaydi, öziça izlaridan boraveray desa, adaşib qolişi heç gapmas. Akalarim qaytib kelib meni opketişar, deb öyladi sarosima ila.

Vaqtni ham bilib bölmasdi. Hozir peşinmi, asrmi? Qoronği tuşsa nima böladi? Bir-ikki odim otib, qarşisida höl yulğunning oqiş şarpasini kördi, nima sababdandir sovuq urmagan, kalta bargçalari, qizil tanasi yiltirab turardi.

Şu mahal yonginasida harakat sezildi. Qarasa, arqon örami öz-özidan eşilib-buralib, tuman orasiga kirib ketyapti! Ha, nimadir arqonni şitob bilan tortib ketdi. Uç-tört quloç arqon birpasda tuman orasida közdan ğoyib böldi.

Bolakayning yuzlari muzlab ketdi.

– Sodi-i-q? Sobi-ir? Nodi-i-ir?

Sado yöq.

Sas kelarmikin deb tevaragiga quloq osar, tuman saslarni ham yutib yuborganday edi.

– Ena-a! – deb nido qildi u çözib, ona yetib kelolmasligini, kiçkintoyining boşiga ne iş tuşganidan bexabarligini bilsa-da. “Ena-a” deya yiğlab yubordi oğzi-burni sovuqda qizarib ketgan, diydirab turgan muştdaygina şu bolakay…

Yiğlasa-da, nigohi har tarafga oğar, qaydan jon qutqaruvçi najot yoki xatar kelişini bilolmasdan alanglar ham edi.

Yelkalari uçib-uçib yiğlardi boyaqiş.

* * *

Şu mahalda şundoqqina yonginasidan qörqinçli bir tovuş tumanni yorib-kesib yangrab ketdi.

Bola ham qörqqanidan sarosimaga tuşib baqirib yubordi.

Tuman orasidan juda uzun, haybatli bir nima eşilib-buralib, öxşaşi yöq ğalati tovuş çiqarib yaqinlaşib kelayotganday edi.

Tovuş ötkir, yovvoyi, bir joydan emas, har joydan kelardi. Tovuşning ham boş-oxiri bölar ekan-da? Harakatlanadigan nomaʼlum bir nima şundoq yonginasida-ku? Ilonmi desa, ilonlar qişda yer ostiga kirib ketişadi. Hayvon desa, tovuş oğir, zalvorli.

Bolakay öşa tomondan közini uzmay, serrayganiça nam yerga ötirib qoldi. Oyoqçalari, qölçalari titrar, lablari bir nimalarni piçirlar ham edi. Tinmasdan “Ena… ena…” deya şivirlardi.

Şivirlaşining sababi qörquvdan edi. Qattiqroq çaqirsa, öşa ğalati hayvon tösatdan taşlanib qoladi deb qörqardi.

Şu mahal boyagi uvillagan tovuş özgarib, mudhiş qahqahaga aylandi. Bola hanuz öşa alpozda ötirardi. Tumanaro kimlardir şaraqlab kula boşlaşdi. Mudhiş u hayvonning kulişi aqlga siğmasdi, bola beşbattar qörqdi. Ha, tuman orasidagi ğalati kimsalar nima uçundir şodlanib kulmoqda edilar.

Yana bir soniya ötib, oqiş parda ortida şarpalar körindi. Qornini uşlab kula-kula kelayotgan uç şarpa. Uç aka, uç pahlavon!

– Ha-ha, qörqib ketdingmi? – deb kulardi kattasi.

– Öl-a, qörqoq! – der edi örtançasi.

– Ena-a, enajo-on… – deya mazaxlardi kichigi.

Kiçik uka mana şunda rosmanasiga yiğlab yubordi. Özini nihoyatda mayda, kiçik, ahamiyatsiz, heç kimga keragi yöq noşud deya his qilib yiğladi.

Qörqqani oşkor bölib qolganidan, akalari masxara qilişganidan alami kelib yiğladi u.

– Bor hammang, yöqol! – deb yiğladi.

– Aka bölmay öl hammang! – deb yiğladi.

Söng tuman orasiga çopib kirib, ğoyib böldi.

* * *

Tumanda beşbattar qörqmadimikan? Axir, oq yuzli, qora közlari öyçan boqadigan, kulganida çehrasi yaşnab ketadigan bolakay edi.

Ha, qörqoq edi. Özi tengi bolalar bilan urişolmasdi. Böyi ham past, özi zaifroq, ammo yuragi top-toza edi. Bilagida kuçi toşgan akalar biri çillak, biri oşiq öynagani köçaga çiqib ketişganida ham onasining yonidan ayrilmasdi. Katta paqirlarni kötarib suv taşirdi, ona tandirga öt yoqsa ğözapoya olib kelardi, öziyam öt yoqmoqçi bölardi-yu, ammo tandirga böyi yetmasdi. Onasiga boşqaça mehribon edi-da şu bola.

Katta akaning hikoyasi

Eh… Özimizça katta böpqobmizmi? Bizlarni hayot katta qildi. Otamdan keyin rözğorni hamma işi böynimizga tuşib qoldi-ku? Yer çopiş, ekinga qaraş-ku mayli. Suv janjallarida kap-katta odamlar bilan teppa-teng solişardim. Molbozorga saharlab mol yetaklab borib, moljalloblar bilan qöllarim uzilguday bölib savdolaşardim. Ötin deysiz, tut ötini qattiq böladi, boltani bir ursangiz sapçib qaytganida bilagingiz, yelkalaringiz zirqirab ketadi. Tutlarni kesib keldim, sandallar qurdim, qişning qirovlarida muzday loylar qilib imoratning nuragan joylarini urib-suvadim.

Uyda yuraversa, oyimbilak böpqoladi dedim-da. Bilagi kuçga tölsin, köngli qattiq bölsin! Bultur yozda suzişni örgatganimdayam xafa böluvdi. Udum şunaqa-da, kattalar kiçiklarni dast kötarib suvga otvorişadi. Joni şirin-ku, indamay çökib ketaverarmidi? Közlari olayib-olayib, boşi suvdan bir çiqib-bir kirib örganadi-da.

Hayot ham şunaqa. Pişişi uçun hayot degan daryoga otvoriş kerak. Hali bolaligi bor, köngli böş, ammo vaqti kelganida turmuşning özi şafqatsiz qilib qöyadi.

Mana, yana arazlab ketdi. Şu ketganiça uyga boradi, onamizga “Akam meni qörqitdi” deb şikoyat qiladi. Onamiz köngli ranjib “Supraqoqdimni nimaga qörqitasan?” deb bizlarni koyiydi. Biroq şunaqa yumşoqfeʼl bölib össa, öziga qiyin emasmi? Bir xil işlar böladi – zararga öxşaydi, ammo vaqti kelib foydasi tegadi.

Qani, boraveraylik-çi.

Hoy Sobir, kötar ötinni!

Örtança aka hikoyasi

Aslida katta akam juda beşafqat.

Bir kuni iş buyurgan edi, “Bor, özing qil” deb tönğilladim. Şunda qölimni qayirib yelkamga uruvdi, yomon oğridi. Alamim kelib “Nimaga urasan?” deb tikkamasiga taşlandim. Kuçim yetmasligini, bir ursa uçib ketişimni bilaman, ammo alamim şunçalar ediki, ölsam ham taşlanaverdim. Ikki yelkamdan uşlab bosganida qölimni qimirlatolmay qolsam, oyoqlarim bilan tepdim, bilagini tişladim. Közimning yoşi oqib-oqib, yiğlab baqiraverdim:

– Nimaga urasan? Kuçing kiçkinaga yetdimi?

Katta akam şundan keyin:

– Ha, tuzuk. Mana endi yigit bölding, – dedi qoniqiş bilan. Yelkamdan tutib bağriga bosdi:

– Ana, erkak bölding, uka!

Erkak bölişim uçun urişişim kerakmi? Baqirib sökinişim kerakmi?

– Erkak şunaqa böladi, – dedi katta akam. – Bir nimaga tiş-tirnoğing bilan yopişasan. Kuçing yetmasa, çaynab uzib olasan. Şunda birov senga tegolmaydi.

Yaxşi, aka. Sen aytganday bölaqolsin.

Bugun ham şunday qilding. Kiçkinamizni atay qörqitding.

Eng kenjamiz şu, vaqti kelib bizlar uydan birin-ketin çiqib ketsak, onamizni yonida qoladi. Biz ham qarab turmasmiz-u, biroq özining rözğoridan taşqari, onaga qaraş zahmatiyam böyniga tuşadi. Eh-he, hayot oson ekanmi? Böyniga tuşadi deyman-u, öylasam etim uvişib ketadi. Bir tuşsa emaklatib qöyadigan qiyinçiliklar bor hali oldinda.

Onamizga tuşuntirarmiz, bizlar atay qilmayapmiz, közi pişsin, dovdiramasin, qörqmasin, tumanu sovuq ne, hali şunaqa tumanlarni, şunaqa qahratonlarni köradiki, öşanda begona birovlarga javdirab qolmasin deymiz-da.

Ona-ku, bolasining ozor çekişini istarmidi? Öğil bola erkak bölib ulğayişi kerak. Katta akam şuning uçun qiynadi uni.

Rostini aytsam, özim ham bir mahallar şunaqa edim. Endi esa könglim toşday qattiq. Tuman tugul, dev oldimga çiqsayam kiprik qoqmayman. Oldimdan kelganini uzib-ğajib ötadigan şaxdim bor. Rizqimni şunaqa qilib topaman-da. Bölmasa, birovlar opketib qolişi heç gap emas.

Qani, boraveraylik-çi. Ötirgandir hozir uyda, sandalga tiqilib. Mendan esa sovuq ötib ketdi. Qovurğalarimgaça, suyaklarimgaça zirqiradi.

Kiçik akaning hikoyasi

Ikkala akam ham bekor qilişdi. Ukamni bekor qörqitişdi.

Axir, juda kiçkina-ku? Qörqar edi-ku? Boya qanaqa javdirab kelayotganini sezmadingmi? Şoqol çiyillaganida rangi bözarib ketdi. Senu menga qaradi, yonimizga çopib kelayotgan edi, arqoni çuvalaşib qoldi. Bizlardan tortindi, yöqsa, pinjimizga tiqilib olardi.

Bu tumanda yonimizda bölsa, özini bexavotir his qilardi-da.

Onam uni nimaga “Supraqoqdim” deyişini bilasanmi? Xamir qorib, non yasaganini körgansan-ku? Özing ham suvlar taşib berarding. Non yasab bölganidan keyin supraning eng tubida qolganlarini sidirib, jajji kulça yasab qöyardi. “Bu maydaginamga” deb alohida mehr bilan yopardi. Qip-qizil singib, qisirlaydigan bölib pişsa, öşaniyam yeb qöyardik. Jon aka, “supraqoqdi” degan gapni tuşunmayapsanmi?

– Fozil?

Javob kelmas edi

– Hoy Fozi-il?

Har taraf oppoq tuman edi, xolos.

Haqiqatan ham, qaylardadir şoqollar yana çiyillaşdi. Bilsangiz, ularning çiyillaşi goho odam ovoziga öxşab ketadi. Şoqollar qişda oç qolişadi, dala-daşt böylab izğib, yemiş axtarişadi. Bular gala-gala yurişadi, adaşib daştga kelib qolgan kuçuklarni ham köplaşib tutib yeydi.

Uçala aka, yelkasida ötini, ukalarini şu tariqa izlaşdi.

Keyin “Baribiram uyga boradi-da“ deb uylariga jönayverişdi.

Kenjatoy hikoyasi

“Ota” deya öksina-öksina ketib borardi kenja, uyiga qarab.

Jon ota, siz bölsangiz, bunaqa bölmas edi.

Uyda ötin ğaram bölardi, biz ham şunaqa tumanlarda ötinga çiqmasdik. Katta akam yelkalari mayişib, qopda un olib kelmasdi. Örtança akam bilaklari zirqirab ötin yormasdi. Kiçkina akam sovqotmasdi.

Jon ota, siz borligingizda akalarim bunaqa emas edilar. Yoningizda siz bilan birga iş qilişsa, suyunib ketardim. Tört tomonimda törtta toğ borday tuyulardi.

Siz yöqsiz-da, akalarim meni mazaxlaşadigan bölişdi. Şunaqa mahallarda doim sizni eslayveraman. Katta akam töningizni kiyib yuradi. Baʼzan kirib kelsa, otajonim keldimikin deb içim sevinçlarga töladi. Közimdan yoşim duvillab oqib ketaveradi…

Şunaqa soğinamanki sizni, ota.

Mana, hozir uyga yetib boraman. Onam “Maydaginam” deb bağriga bosadi. Keyin akalarim kirib kelişadi. Yana ustimdan kulişadi. Onamga “Şu bolangiz qörqoq” deb yomonlaşadi.

Otajon, heç kimga aytmasam ham sizga aytaman. Bularga aytsam, işonişmaydi baribir.

Tumanda tovuşlardan hayiqqanim rost. Orasida men bilmaydigan ğalati vahşiylar izğiganidan sarosimaga tuşdim. Daştda rosa katta ilon bor deyişardi, öşa kelib qolsa-ya, deb ham qörqdim.

Ammo yiğlaşimning sababi boşqa-ku?

Özim ne, yesa yeb ketardi-da. Akalarim körinmay ketganida yuragim zirqiradi. Men ham, akalarim ham adaşib qoldik deb öyladim. Öşanga yiğlab yubordim.

Nomaʼlum vahşiylar barimizni yeb ketsa, onam şörlik nima qiladi deb yiğladim.

Toğday-toğday akalarimga bir nima bölib qolsa-ya, deb qörqdim.

Keyin, meni mazax qilişganida öksinib ketdim. Xavotir olganimdan, akalarimga bir nima bölib qolmasin degan iztirobimdan özim oğrindim. Yuragimning içi oğrib qoldi-da, otajon.

Endi sira ularni öylamayman. Xavotir ham olmayman.

Hali katta bölvolay. Vaqt ötayotir, yil sayin yoşimga yoş qöşilayotir… Bir kun kelar axir, katta bölarman, kuçga ham tölarman?

Axir, şunday qolib ketmasman?

* * *

Bolalar birin-ketin uyga kirib kelişdi. Yelkalaridagi ötinlarni bostirma ostiga taşlaşdi.

– Dastyorlarimdan özim örgilay, – deb suyundi ona. – Bir ğaram ötin qilib kepsizlar-a? Endi ançagaça ötimiz öçmaydi, qozonimiz qaynaydi.

Kiçkina oldinroq kirib kelgan edi. Bağriga bosib, yuz-közlaridan öpmoqçi böldi:

– Kap-katta yigit böpqolgan maydaginamdan aylanay…

Kiçkina xomuş, özini çetga tortib turar edi.

– Senga nima böldi, bolajon? – deb söradi ona. – Sovqotib qoldingmi? Yo qiynaldingmi?

– Yöğ-e, ona, – dedi katta aka, dörillab. – Siz aytganday, kap-katta yigit böpti. Ötinlarni yarmini şu bolangiz töpladi.

– Aytinglar, rostdan ham bir nima böldimi? Yo urişdingizmi?

Akalar bir köz uriştirib olişdi. Kiçkina hanuz ularga qaramas, lekin onasining oldiga bormas ham edi.

– Heç nima dedim-ku, sörayverasizmi? – dedi katta aka. – Sobir, bor, ötinni sarjinla, hozir özim ham boraman. Katta boltani topib qöy.

– Nodir, yur, – dedi örtança kiçigiga qarab.

Katta aka bostirma tomon ketarkan, onaga dedi:

– Xavotir olmang, ona. Heç nima bölgani yöq… Öğlingiz bizga qöşilib ötin qilib keldi, xolos. Bor-yöği şu.

Ha, bor-yöği şu…

Lekin imkon bölsaydi, uçovining ham onalariga aytadigan bir dunyo gaplari bor edi. Hammasidan har xil gap çiqişi ham tayin edi. Ötin yoriş, uyga opkiriş, olov yoqiş kerak edi-da. Rözğorda olov yonib turmasa kun ötarmidi? Har xil gaplarni köpaytirişdan nima naf? Bular hayotda röy beradigan voqealar-ku, vaqt-soati kelib hammasi joyiga tuşib ketadi.

Tuşmay qolarmidi…

Hayot qança narsalarni öz örniga qöyib, saranjomlab qöyadi, bu nima böpti? Har narsaning öz vaqt-soati bor. U vaqt-soat, albatta, keladi.

Kelmay qolarmidi…

Öşanda şu yigitçalar kap-katta, rosmana erkaklarga aylanişadi. Ona yanada keksayadi, akalar birin-ketin imorat solib, rözğorini bölak qilib çiqib ketişadi, onaizor kenjatoyi bilan qoladi. Kenjatoy esa, akalari istaganiday, köngli qattiq, şafqatsiz erkak bölib voyaga yetadi.

Yetmay qolarmidi…

Hayotning beşafqat qonuni şu: hamma narsa özgaradi. Bu sovuqlar ötib, yomğirlar yerga singib, qorlar erib, örnida yam-yaşil ötloqlar kökarib çiqadi.

Şunday… Vaqti kelib, özi ham bola-çaqali bölganida, kattalar keksayib, bolalar ulğayib kelayotganini idrok qilib körib, hali suyagi qotmagan öğilçasiga har turli qiyin yumuşlarni buyurib, sinab körişi ham tayin. Çunki kelajak olis, oldinda uni ham turli xatarlar, böri qiyofasidagi insonlar, daştu dalalarning vahşiylari kabi har narsaga taşlanişga hoziru nozir qança odamlar kutib turibdi. Toza qalbli, musaffo bolakay kelajakda öşalar orasidan haqini ayirib olib, topganini tişida tişlab kötarib kelib, rözğorini bir amallab tebratişni örganişi ham kerak-ku?

Umr poyoni körina boşlaganida esa, yaşab ötilgan hayotni mulohaza qilib, keçalari olis xotirotning sovuq tumanlari, yomğiru qorlari orasidan ğira-şira namoyon böladigan manzaralar aro, bolasiga bir mahallar bölib ötgan öşa voqeani sözlab berişi ham tayin, albatta. “Men ham senday işonuvçan, yuragi yaxşilik bilan limmo-lim tölgan bola edim. U mahallar daştlarga ötin töplagani çiqardik. Otam ötib ketgan, tört aka-ukaning yelkasiga rözğor degan juda oğir yuk tuşib qolgan edi. Uy-joyimni, rözğorimni but qilgunimça yetti suyagim ezilib, qirq söngagim mayişib ketdi. Endi mening umrim sizlarga ibrat bölsin” deya, barini birma-bir aytib ham beradi, albatta.

…Aytmay qöyarmidi?

 

Isajon Sulton,

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

 

1967-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Munojot”, “Oydinbuloq”, “Hazrati Xizr izidan” nomli qissa va hikoyalar töplamlari, “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik” kabi romanlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…