“Qiş edi…” romanidan parça
Said Oqmirza hayvonlarni, quşlarni kuzatişni yaxşi körardi, ularning odatlarini yaxşi bilardi. Toğ eçkilari uni hayratga solardi va maftun qilardi. U tabiatda toğ eçkilarining yöqolib ketişi oldini oliş uçun kuraşardi: özining duşmani deb hisoblaydigan brakonyer-ovçilarni foş etuvçi hajviyalar, maqolalar va xabarlar yozib, matbuotda çop ettirardi. Said majlislarda bu hayvonlarni qirib taşlayotganlarga qarşi nutq sözlardi, maktabda, darslarda doim öquvçilarni Ismoilday aşaddiy ovçidan örnak olmaslikka çaqirardi. Odamlarga toğ eçkilarini qiriş yovuzlik va şarmandalik ekanini tuşuntirardi. Ovulda köpçilik uning toğ eçkilarini yaxşi körişidan hayron qolardi, ayrimlari ustidan kulardi, ammo Said eʼtiqodidan çekinmasdi. Oqmirza şeʼrlaridan birida: “Toğ eçkisini otiş – erkinlikka öq uzişdir”, – deb yozgandi. Maqolalarining birida tabiat gözalligi va toğ eçkilarini himoya qiliş haqida bunday yozgandi:
“Baland çöqqilarda burgutdan keyin yaşaydigan jonzot toğ eçkilari hisoblanadi. Ular çiroyli va aqlli hayvon, çöqqilarda yaşaşini qahramonlikka qiyoslaş mumkin. Ularning yaşaş tarzi şunçalar ibratliki, odamda beixtiyor hayrat uyğotadi. Masalan, takalari toki tabiat çaqiriğini eşitmagunlariça eçkilardan alohida yaşaydilar. Buning hammasi uloqçalari qişgi sovuq va yemiş yöqligida dunyoga kelmasliklari uçun qilinadi. Heç kim ularni bu qoidalarga amal qilişlariga majbur qilmaydi, takalar özlari tödadan ketadilar. Odamlar-çi, bolalarimiz-çi? Tarbiyada bitta gapni takrorlaşdan çarçamaymiz: bola yaxşilikdan köra yomonlikni tez örganadi. Barça jumboq şundaki, toğ eçkilari hayoti gözal va ibratli. Ularning odatlaridan ajablanmay bölmaydi. Qöşiliş mavsumida takalar eçki talaşganda özlarini qanday tutişadi? Ular ham dunyodagi barça tirik jon singari mehr tuyğusini qozoniş huquqiga ega böliş uçun kuraşadi. Ammo kuraşiş va öz qadrini himoya qiliş turli usullarda amalga oşiriladi. Ajablanarlisi, toğ takalari bunday muşkul kuraşni jar yoqasida olib boradilar. Bittasi naryoği jarlik bölgan qoya yoqasida turadi, boşqasi undan teparoğiga çiqadi. Teparoqda turgani pastga turganiga yugurib kelib taşlanadi. Agar uni qulata olmasa, ular joy almaşadilar – endi teparoqda turgan taka boşini mağrur silkitib, hozirgina raqibi turgan xavfli joyga borib turadi. Ular şunday tarzda bittasi mağlub bölguniça kuraşadilar. Adolatli va gözal! Bunday kuraşişni ularga kim örgatgan? Heç kim! Mana şuning uçun ham hayvonlarning xatti-harakatlari hayratga soladi.
Ammo bu hammasi emas. Qoyalarning yaşil yon-bağrida, ovloqroq joylarda maysa-giyohlarni yeb töygan poda dam olişga yotadi, bitta taka tevarak-atrof körinib turadigan baland qoya ustiga çiqadi va dam olayotgan oilani qöriqlaydi. Taka qoya ustida mağrur turibdi, atrofida oq çöqqi va moviy osmon – qanday gözal manzara! U sergak soqçi, ovçi qaysi tomondan podaga yaqinlaşsa ham, masofa uzoq bölişiga qaramay, darrov sezadi. Xavfni sezgan soqçi taka huştakday tovuş çiqarib podani ogohlantiradi va sakrab tuşib podani xavfsiz tomonga boşlab qoçadi. Soqçilikda takalar galma-galdan turadi. Ularga heç kim buyruq bermaydi. Ular öz xohişlariga köra, soqçini almaştiradi. Agar soqçi taka sergak turişiga qaramay, ovçi tepalikka yaqinlaşa olsa, uning otgan birinçi öqidan şu soqçi taka öladi. Ammo öq yonidan ötib ketadigan paytlar ham böladi, şunda soqçi taka podani ogohlantiradi, keyin qoyadan sakraydi – pastga şoxi bilan tuşadi, bu uni jarohatlanişdan saqlaydi, tezda qoçayotgan podaga qöşiladi, özini va podani qutqarib qoladi. Bunda tasavvurimizga siğmaydigan oqillik va gözallik mujassam. Bir-biriga oqibatli bunday mavjudotlarni sevmay böladimi?! Toğlarimizdagi şunday ajoyib hayvonlarni beşafqat, baʼzan ermak uçun qirib taşlayotgan kimsalardan qanday qilib nafratlanmaslik mumkin? Agar ahvol şunday davom etaversa, tez orada toğ eçkilari yöqoladi, toğlar esa bitta gözalligidan ayriladi. Avlodlarimiz esa kitoblarni öqib, toğlarimizda toğ eçkisi deb nomlangan gözal hayvonlar yaşaganini bilib oladilar.
Balki öquvçilar söraşar: “Yuz yillar ilgari ajdodlarimiz toğ takalarini ovlaşmaganmi?” Ovlaganlar. Ammo hozirdagidek emas. Yegulik narsasi qolmagan, bolalarini boqişga heç nima topolmagan taqdirdagina yovvoyi hayvonlarni ovlaşga majbur bölişgan. Hozir esa özining ham, bolalarining ham qorni töq kimsalar toğ eçkilarini öldirişyapti. Ajdodlarimiz harbiy miltiq yoki qöl pulemyotidan toğ eçkilariga öq uzişmagan. Hozir esa bekorçixöjalar ermak uçun, maqtaniş uçun toğ eçkilarini otib öldirişyapti. Bu ablahlik! Bunday ablahlikni töxtatiş uçun tabiatni, gözallikni sevadigan har bir kişi oyoqqa qalqişi kerak, axir, biz şu zaminda yaşayapmiz. Biz ota makon deb ataydigan bir parça yerimiz, bilsangiz, heç narsaga qiyoslab bölmaydigan ajoyib maskan. Oq çöqqilar körinib turadigan şu afsonaviy toğlar bağrida tuğilganimiz uçun hayotdan minnatdor bölişimiz kerak. Har tong uyimizdan çiqqanimizda, birinçi bölib oppoq möjizani – Elbrusni, Kavkaz toğ tizmalarini köramiz. Ulardan ayriliş biz uçun katta fojia bölardi, bu yöq bölib ketişimiz bilan barobar. Şuning uçun biz har bir daraxtni asraşimiz, har bir gulga, har bir toş, daryo, quş, çumoliga mehr bilan qaraşimiz kerak. Heç qaçon biz dunyoda gözal ölkalar kam deb aytmaymiz. Gözal joylar köp. Balki bizning yerimizdan ham gözallari bordir. Ammo biz jonajon ölkamiz eng gözal maskanlar oldingi qatorida turadi, deyişga haqlimiz. Bu joy dunyoga maşhur Kavkazning bir bölagi. Qadimdan maʼlumki, har bir odam uçun özi tuğilgan vatan – boşqa yerlardan aziz. Har qanday soğlom odam bu insoniy tuyğuni tuşunişi va uni hurmat qilişi kerak. Mana şuning uçun bizga ham qadrdon zaminimiz hayotimizday aziz, muqaddas. Unda bizning ajdodlarimiz yaşagan, endilikda bağrida yotişibdi, biz ham şu zaminda yaşayapmiz, gözalliklaridan quvonyapmiz, nonini yemoqdamiz, suvini içyapmiz, navbatimiz kelganida, biz ham otalarimiz kabi uning quçoğidan joy olamiz.
Bizning bebaho xazinamiz va bebaho muhabbatimiz bölgan şu zaminimizni haqorat qilişlariga qanday çidaş mumkin?! Özing tuğilgan, onang beşigingni tebratib alla aytgan, birinçi qadam taşlagan va oyoğing tuproqni sezgan, tongni, quyoşni, osmonni, yulduzlarni, toğlarni, çöqqilarni, daryolar oqimini, oppoq qorlarni körgan, quşlar sayraşini, irmoqlar jildiraşini eşitgan zaminga hamişa mehrli böliş kerak.
Umid qilamanki, öquvçilar ona zaminimizning bebaho va betakror gözalligi bölgan baland toğlarda yaşovçi jonzotlarni şafqatsiz ravişda qirib taşlayotgan brakonyer-ovçilarga qarşi neça yillardan buyon kuraş olib borayotganimni töğri tuşunişadi. Odamning bitta vatani böladi, unga boşqa aziz joy yöq. Hatto quşlarning ham sevadigan inlari böladi. Har bahorda qaldirğoçlar Çalga qaytadilar, bu yerda ularning mehr bilan tirişib qurgan inlari bor. Ular uzoq mamlakatlardan, juda olis masofani uçib ötadilar. Qumli sahrolar, bepoyon dengiz, örmonlar ustidan uçib ötib, oddiy temirçi yoki toştaroşning eşigi tepasiga yoxud maktabga qurgan inlariga qaytadilar. Agar uyingizda qaldirğoç in qurgan bölsa, buni hamma yaxşilikka yöyişadi. Men Azimning ovulidagi eski uyiga boriş baxtiga muyassar bölganimda, eşigi ustida qaldirğoçlarning ikkita inini kördim. Men şoirning qaldirğoçlar haqida mehr bilan gapirganini va ularga hayratlanib tikilganini bir umr unutmayman. Har birimiz yaxşilikni nafaqat odamlardan, balki quşlardan, hayvonlardan, daraxtlardan, qoyalardan, daryolardan – barça mavjudotdan örganişimiz kerak. Hammamiz çumolilarning tirişib mehnat qilayotganini körganmiz. Ularni heç kim işga haydamaydi va majbur qilmaydi. Bunday tirişqoqlik va mehnatsevarlik ularga singib ketgan.
Doniş tabiatning gözalligi benazir. Lekin bizning Çalda ham şunday kaltafahmlar yaşaydiki, ular bu gözallik bormi-yöqmi sezmaydi, ertaga saqlanib qoladimi-qolmaydimi bariga tupuradi. Ajdodlarimiz bizga ibratli hikmat qoldirişgan: “Tentak özining uyini ham yoqib yuborişi mumkin”. Bizning tabiatga munosabatimiz şunday emasmi? Otalarimiz bizga qoldirgan bebaho gözal merosni yöq qiliş – jinoyat! “Bizdan keyin toğlar ham, daryolar ham qolmasin!” deb aytgan kimsalarga laʼnatlar bölsin. Bunday kimsalar xalqimizning ğururi bölgan Azim bilan birga şu zaminda yaşayaptilar, bitta havodan nafas olyaptilar, birga qor va maysalarga qarayaptilar. Qanday şarmandalik!
Bobolarimiz qoldirgan bu zaminga qança avlodlarning peşona teri va qoni tökilgan, lekin ular öz burçini vijdonan bajarganlar. Ovullarda biz qadimiy jangovar minoralarni köramiz. Toğlar, qoyalar, toşlar – qança qahramonliklar guvohi, botirlarning köplari biz yaşayotgan şu zaminni himoya qilaman, deb beayov janglarda halok bölişdi, biz ularga nasib etmagan nonni yeyapmiz, ular içolmagan suvni içyapmiz. Şu zamin, uning gözalligi, barça mavjudot – bu bizning umumiy quvonçimiz, umumiy boyligimiz, umumiy baxtimiz, takrorlayman, bizning umumiy boqiyligimiz. Mana, nima uçun biz şu zaminni, undagi barça mavjudotni sevişimiz va asraşimiz kerak. Odamlar faqat şunday yaşamoqlari kerak. Mana, nima uçun men toğ eçkilariga qirğin keltirayotgan ovçilarni özimga duşman deb bilaman, mana, nima uçun men yagona va jonajon zaminimizning gözalligini şafqatsiz yöq qilayotgan kimsalardan nafratlanaman”.
Çalga uning şu maqolasi çop etilgan gazeta yetib kelganida, Said öziga yana bir bor tabiatga ayovsiz munosabatda bölayotganlarga qarşi kuraşni davom ettiraman deb söz berdi. Bu uning uçun muhim hayot-mamot masalasi edi. Umuman olganda, Oqmirza uçun tabiat va odamlarga tegişli bölgan nomuhim masalaning özi yöq edi. Maktabda uni yaxşi körişardi. U mehribon odam edi, bekordan-bekorga odamlarni xafa qilolmasdi, bolalarni-ku umuman, qattiqqöl va talabçan bölsa ham öquvçilarni heç qaçon biron sababsiz aybsitmasdi. Said butun umr katta va kiçik masalalarda adolat tomonida bölardi, bu eʼtiqodini heç narsa özgartira olmasdi. Özining haqligiga işonçi komil bölsa, tabiatan samimiy va rahmdil bölsa ham heç kimga yon bermasdi.
Maqolasi gazetada çop etilgan kun Oqmirza darslari tugagaç, uyiga yöl oldi. Ustoz oyoqlari tagiga xazon barglar tökilardi, daraxtlarning uçlari botayotgan quyoş nurlarida zarrin tovlanardi.
– Assalomu alaykum, Said Umaroviç! – unga salom berdi sobiq öquvçisi va qarindoşi Ismoil.
– Va alaykum assalom, – javob berdi istamaygina Said. – Aslida sen bilan salomlaşmasa ham böladi…
– Nimaga?
– Xuddi özing bilmaysan!
– Men rahmatli onangiz rahmatli bobomning opasi ekanini bilaman.
– Buni men sen tuğilmasingdan ilgari bilardim.
– Nimaga jahlingiz çiqyapti? Nimaga?
– Senga neça marta toğ eçkilarini ov qilişni bas qil deb aytganman? Bu şafqatsizlik ekanini tuşuntirganman. Gapim töğrimi?
– Albatta, aytgangiz…
– Bu yaramaslikni qaçon töxtatasan?
– Men ançadan beri toqqa bormayapman, – xotirjam javob berdi Ismoil va jiddiy bölişga harakat qildi, ammo uning jiddiy suhbatga toqati yetmasdi. U yaxşi kayfiyatda edi, çunki bir neça kun toğda kezib törtta toğ eçkisini ovlagandi. Uyiga yarim keçasi qaytib keldi. Onasi unga tanbeh berganida, hazilga burib qöya qoldi. Çallik dehqonlar iborasi bilan aytganda, bu tanbehlar Ismoil uçun toğ takasining quloğidan şamol ötganday gap. U Saidga heç uyalmasdan yolğon gapirdi. Holbuki, Said buni bilardi.
– Sening yolğoning öxşamadi, – dedi Said taʼna bilan. – Menga hammasi ayon. Keça sizlarnikiga kirgandim, onang Aja tört kundan beri yöqligingni aytgandi.
– Mening ovdan boşqa işlarim yöqmi?
– Bekorçi gaplarni gapirma. Keça törtta toğ eçkisini öldirib qaytgansan. Sendan omadsiz, ammo xuddi senga öxşagan kaltafahm ovçilar ularni olib kelişingga yordam berişgan.
– Ustoz, bularni siz qayerdan bildingiz?
– Çal Moskva emas.
– Töğri, Said Umaroviç, – taslim böldi Ismoil, – menday tentak qarindoşingizdan jahlingiz çiqmasin.
– Qanday jahlim çiqmasin? Sen rahmatli otang yurgan zamin gözalligini öldiryapsan!
– Jahlingiz çiqmasin, Said amaki.
– Yöq, jahlim çiqadi. Qişda sen şunday joylarga çiqasanki, u yerda seni qor köçkisi kömib taşlaşi mumkin. Atrofdagi qoyalarda qor, muz, toşlar osilib turadi. U toğlarga çiqqan paytimda sen hali dunyoga kelmagan eding. Menga har bir qoya, daradagi har bir qayriliş, har bir daraxt, har bir toş taniş, garçi men toğ eçkilarini öldirmagan bölsam ham.
– Men ovni taşlamoqçi böldim, ammo uddasidan çiqa olmayapman. Bunday qilolmayapman, meni tuşuning!
– Şunday qilişing kerak! Irodali bölişing kerak. Sen erkaksan. Yaxşi odamning öğlisan.
– Meni öldirsangiz ham ovsiz yaşay olmayman!
– Nimaga? Bolalaringni boqişga narsang yöqmi?
– Nima desam ekan, ov qilişni könglim tusab turadi. Ov qiliş va ot çoptirişni yaxşi köraman!
– Istaganingça ot çoptir. Bu toğliklarga, ajdodlarimizga xos iş.
– Ot çoptiriş bilan könglim tinçimaydi, men yana ov qilişim ham kerak, – dedi taslim bölğisi kelmagan Ismoil va hazilni yiğiştirib jiddiy qiyofaga kirdi.
Bir muddat ikkovlari jim ketişdi. Said bu gaplarni qaçondir Jonxotga ham aytganini esladi. Ov qiliş Ismoilning qon-qoniga singib bölibdi. Oqmirza buni tuşundi, ammo toğ eçkilarini himoya qiliş uning ham qon-qoniga singib ketgan. Endi bu masalada Ismoil emas, tirilib kelib Lev Tolstoy bahslaşsa ham böş kelmaydi.
– Nimaga şunday? Axir, sen erkaksan, – dedi jimlikni buzib. – Nahotki şunday yovuz işdan töxtatişga özingni majbur qila olmasang.
– Yöq, qila olmayman. Endi muğombirlik qilib, sizga ham, onamga ham, xotinimga ham ovni taşlayman deb yolğondakam vaʼda bermayman. Ovni taşlaşni öyladim. Urinib kördim. Uddasidan çiqmadim.
– Qiziq! – Said qarşisida ovçilik jini tekkan odam turganini tuşunib tursa ham ajablangança yelkasini qisdi.
– Nimasi qiziq? – yana eʼtiroz bildirdi Ismoil. – Men toğlarda yurişni va ov qilişni haddan taşqari yaxşi köraman.
– Toğlarda yurişni men ham sendan kam yaxşi körmayman, ammo hayvonlarni otişga qölim bormaydi, töğriroği, könglim yöl qöymaydi. Holbuki, otişni bilaman. Bundan sen ham xabardorsan.
– Men esa toğ eçkilarini otişni yaxşi köraman! Siz buni tuşunmaysiz. Toğlarda hayvonning iziga tuşiş, uning xatti-harakatlarini örganiş, orqasidan quviş, ayyorligini hiyla bilan yengiş naqadar qiziqarli ekanini bilmaysiz-da. Mana yaşil toğ yonbağrida poda heç nimadan xabarsiz ötlab yuribdi. Men yaşirinib, qornimda ovoz çiqarmasdan öq yetadigan masofagaça sudralib boraman va öq uzaman – ba-bax. Toğ takasi qulaganini köraman. Mamnun bölib örnimdan turaman. Pusib emaklab borganimdan, nişonni bexato urganimdan xursand bölib ketaman. Nima desangiz ham, Said Umaroviç, ovning gaşti özgaça-da.
– Bas qil. Ov qiliş yovuzlik, şafqatsizlikdan boşqa narsa emas.
– Xa-xa-xa! – kulib yubordi Ismoil va odatiy holiga qaytdi, özini jinnilikka solib, ğalati tuyuladigan öqituvçisini oçiqçasiga masxara qildi.
– Öz toğida tinçgina ötlab yurgan beozor, gözal mavjudotni öldirişingni sen qanday qilib uyalmasdan zavq bilan gapiryapsan. Toğ takasining qoyada, oppoq çöqqilarga tikilib turişi, uning mağrurligi, gözalligi, atrofidagi hayrat töla olamga öz vataniga, öz mulkiga qaragandek qaraşi – möjiza! Sen esa buyuk xayollar oğuşidagi donişmandga pusib, emaklab yaqinlaşasan, şunday mağrur jonzotga qarata öq uzasan. Bu yovuzlikni boşqalarga qahramonlik körsatgandek uyalmasdan hikoya qilasan. Bilsang, bu uyat va şarmandalik!
– Ustoz, – yana özini jinnilikka solib gapirdi Ismoil, – siz nega toğ takasi göştidan olib borgan nasibangizni olişga rozi bölmayapsiz? Agar istasangiz, hoziroq eltib beraman.
– Seni neça marta nasiba göşting bilan köçaga haydab çiqarganman. Yana borsang, yana haydayman.
– Ğalati odamsiz! Oyim ham şunday deydilar… Toğ takasining göşti qöy göştidan mazali-ku. Hammangiz ğalatisizlar!
– Sen hozirgi suhbatimiz haqida jiddiy öylab körişing kerak. Yana takrorlayman, toğda yuriş xavfli, ayniqsa, qişda.
– Qörqmang, Said Umaroviç, heç nima bölmaydi.
– Aytganing kelsin. Lekin Jonxotni esla…
Ular uylariga tarqalişdi. Har biri öz fikrida qoldi. Uyiga yaqinlaşayotganda Saidning xayolidan ötdi: Ismoilni qonxör va yovuz odam deb bölmaydi. U uyida, ovulda, odamlar orasida quvnoq, mehribon, kuyinçak. Nega bunça toğ eçkilarini otişni yaxşi köradi, ularni öldirişdan xursand böladi? Demak, u toğ eçkilari ham boşqa hayvonlar kabi odamlar ularni öldirişi va göştini yeyişi uçun yaratilgan deb hisoblaydi. Toğ eçkisi nima? Ular jonajon yurtimiz gözalligining bir qismi, toğ eçkilarini asraşimiz kerak, yöqsa, butunlay yöqolib ketişi mumkin. Bu haqda Ismoil öylab ham körmasdi, ehtimol, aqli ham yetmas. Said qarindoşiga taʼsir eta olmasligini, uning ovga bölgan iştiyoqini heç narsa bilan otib öldirib bölmasligini tuşundi. Bemulohaza qarindoşi boşiga ov paytida biron falokat tuşmasligini tiladi, çalliklar bunday fojialarning jabrini tortişgan, ayniqsa, qiş va erta bahorda qor uyumi qilt etgan şamoldan köçkiga aylanişi mumkin. Bari bir Oqmirza umrining oxirigaça zamin gözalligiga zarar keltiradigan, uni qadrlamaydigan kimsalarga qarşi qattiq kuraşişga ahd qildi.
Qaysin QULIYEV,
Bolqor adibi
1917-yili Kabardin – Bolqoriston Respublikasining Çegem vodiysida tuğilgan. Uning “Gul va xanjar”(1968), “Közlaringni sevaman”(1977), “Meni ardoqlagan ayollarga”(2004), “Hayrat”(2013) va “Mening mukofotim”(2017) kitoblari ona tilimizda çop etilgan. U oğir xastalikdan keyin 1985-yil 4 iyun kuni vafot etdi. Vafotidan söng 1987-yili uç jildli tanlangan asarlari va “Qiş edi…” romani bosmadan çiqdi.
Asror MÖMIN
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


