Icteʼdod siri haqida bir taʼrif bor: “Isteʼdod – öz dardingni mahorat bilan ifodalaş emas, özga dardni özingdan ötkazib yaşaşdir”. Çindan ham, özingdan özga taqdirlarning sevinçiyu oğriqlari bilan yaşay oliş – sening ijod odami ekaningdan darak beruvçi ilk alomat. Lekin… heç kim özidan qoçib keta olmaydi. Yozuvçi ikki azaliy qutb – ezgulik va yovuzlik haqiqatini tasvirlamoqçi bölsa, barça ranglarni hayot öz muhrini qoldirgan quvvai hofizasidan oladi. Masalan, Homid obrazi Abdulla Qodiriy ruhiyatining mahsuli. Yozuvçining tubanlik, xoinlikka bölgan munosabati. Qodiriyning jaholat haqidagi mezoni bu. Özimça öylayman: agarda roman ijodkori irodasi ojiz, iymoni zaif inson bölganida, uning feʼl–atvorida Homidga xos qora böyoqlar qay tariqa aks etgan bölardi? Va qanday körinişda? Birgina salbiynamo qiyofani ming xil tusda ham jumboqli, ham jozibali qilib körsata oliş uçun yozuvçining tasavvur dunyosi qançalar boy va rang–barang, şaxsiyati ham qay darajadadir köp qatlamli bölişi kerak. Masalan, Nazar Yaxşiboyev jozibasini adib Murod Muhammad Döstdan ayro tasavvur qiling–çi? Boş qahramon böladimi yo epizodik perjonaj – farqi yöq, bari bizga yozuvçining özi haqida söylaydi.
Anton Pavloviç Çexov hikoyalaridagi kulsang özing xijolat çekadigan, yiğlasang haqing ketadigan personajlar maʼrifatparvar rus ziyolisining hasratlari, közoynagi şişasini namlagan milt–milt közyoşlari edi. Çexovdagi gözal içki madaniyat qahramonlari ustidan qah–qah otib kuldirişga, ojizdan ojiz odamlarni masxaralatişgaça olib bormaydi. Pyesalari yozuvçining öziga, soçidan tovoni qadar ziyoli ijodkorning şaxsiyatiga öxşaydi. Sirtdan qaraganda, hamma narsa sokin, hayot öz yölida risoladagidek ketyapti. Odamlar kuladi, qöşiq aytadi. Lekin har bir yurakning öz bombasi bor. Qöl tekkizgudek bölsang, tamom – portlaydi! Çexovona lirizm ortida hayotning şunaqangi tasqara nuqsi borki… Kitobxondagi kulgiga moyil kayfiyat öz–özidan mahzun köyga tuşadi.
Uning qahramonlari şifokor Astrov (“Vanya toğa” pyesasi) va yozuvçi Trigorin (“Çayka” pyesasi) bilan yuzma–yuz kelgan kitobxon bevosita Anton Çexovning özi bilan muloqot qiladi, uning sof insoniy dardini tinglaydi. Yozuvçi özining bor öy–hasratini, keçinmalarini va hatto kasbini ham ortiqça böyoqlarsiz şu qahramonlariga köçirgandek. Çexov ham şifokor, ham yozuvçi. Astrov singari bemahal, visolsiz muhabbatga yöliqdi. Azob çekdi, azob berdi. Qahramoni kabi ham qalb, ham fikr va taşqi gözallik uyğunligini qömsadi, şunga intildi. Teatr xuddi Trigorin kabi Çexovning ham dramaturglik qobiliyatini kaşf etdi, aktrisalarning muhabbati esa yozuvçini çinakam erkak sifatida ulğaytirib, mahbubga aylantirdi, taqdirini aktrisa Olga Knipper bilan boğladi.
Trigorin öz isteʼdodiga qay darajada xavotirlanib, şubha aralaş qarasa, Çexov ham öziga işonçsizlik ila: “Ölganimdan söng meni uzoği bilan bir yil eslaşadi, xolos”, deb aytgan. Ortda qolgan asr va ötayotgan yillar esa yozuvçi bu borada adaşganini, özining ijodiga öta haqir köz bilan qaraganini isbotlab turibdi.
Quyidagi bitiklar “Çayka” asarining qahramonlaridan biri yozuvçi Trigoringa tegişli. Trigorinning fikrlarini yaxlit holda umumlaştirsak, göyo Çexov monologi kabi taassurot qoldiradi. Öqib, bunga özingiz ham amin bölasiz, yozuvçining öy–hasratlari söz dardiga çalinib, qöliga qalam uşlagan har bir "bemor" uçun begona emas.
Iqbol Qöşşayeva
gar odam keçayu kunduz bir narsa töğrisida, masalan, oy töğrisida öylay bersa, zörma-zöraki tasavvur hosil qiladi, mening ham şunaqa oyim bor. Meni keçayu kunduz sira qutulib bölmaydigan bir fikr band qiladi: men yozişim kerak, yozişim kerak, yozişim kerak… Biror qissani yozib tugatdimmi, nima uçundir darhol boşqasini boşlaşim kerak, söng uçinçisini, uçinçidan keyin törtinçisini yozişim lozim… Xuddi xat maşq qilayotgan kişidek yozganim-yozgan, boşqa ilojim yöq. Axir, buning nimasi ajoyib, nimasi maroqli? Qani, ayting-çi? O, bu qanday yovvoyi turmuş! Mana, men siz bilan birga ötiribman, hayajonlanyapman, holbuki, uyda meni tugamagan qissa kutayotganini bir daqiqa bölsin unutganim yöq. Mana, körib turibman, bulut xuddi royalga öxşaydi. Özimça öylayman: royalga öxşagan bulut suzib ketmoqda edi, deb biror hikoyada qayd qilib ötişim kerak.
Mana, ikkalamizning har bir gapimizni va har bir sözimizni eslab qolişga tirişaman, bu gap hamda sözlarni tezroq adabiy omborimga joylab olişga şoşilaman: bir kuni kerak bölib qolar! Işimni tamomlagaç, yo teatrga, yo baliq ovlaşga çopaman; bu yerda piça dam oliş va barça narsani unutiş mumkin, deb öylayman, biroq yöq, iloji bölmaydi, kallada tağin oğir çöyan soqqaga öxşab, yangi syujet aylana boşlaydi, söng stolimga borib ötirgim keladi, yana yoziş uçun şoşiliş kerak böladi va hamma vaqt şunday. Özimdan mening özimga sira tinçlik yöq. Men öz hayotimni özim kemirayotganimni, bu böşliqda kimgadir beradigan bol uçun, özimning eng asl gullarimdan şarbat töplayotganimni va u gullarni yulib olib, ildizlarini toptab taşlayotganimni sezib turaman. Axir, men telba emasmanmi? Axir, yaqinlarim va oşnalarim menga nisbatan, coğ kişilarga qilinadigan muomalada böladilarmi? “Nima yozyapsiz? Bizga nima hadya qilasiz?”. Hamma vaqt şu gap, hamma vaqt şu gap va menga oşnalarning bu iltifoti, tanişlarning maqtovlari, hammasi riyodek, meni xuddi kasal kişini aldaganlari kabi aldaşayotgandek tuyuladi, baʼzan hoziroq orqamdan yaşirinib kelib, uşlab olmasalar va meni jinnixonaga olib borib quyişmasa edi, deb qörqib ketaman.
Ilgarilari, gözal yoşlik yillarida, men yozuvçilikka endi qadam quygan vaqtimda hayotim boşdan-oyoq azob-uqubatdan iborat edi. Yoş yozuvçi muvaffaqiyatsizlikka uçraganda özini beöxşov, nönoq, ortiqça deb his qiladi, asablari tarang va joniga tekkan böladi; u eʼtirof etilmagan, heç kim tarafidan payqalmagan holda, xuddi puli yöq aşaddiy qimorbozdek ularning köziga tik va dadil qaraşdan qörqib, adabiyot va sanʼatga daxldor odamlar atrofida betöxtov aylanib yuradi. Men öz öquvçimni körgan emasman, ammo u mening tasavvurimda negadir adovatli va işonmaydigan kişi bölib jonlanadi. Men ommadan qörqardim, u mening uçun dahşatli edi, yangi pyesamni sahnaga qöygan vaqtlarida har safar nazarimda qora soçli kişilar duşman közi bilan qarayotgandek, sariq soçli odamlar esa sovuq, beparvodek tuyular edi! O, bu naqadar dahşat! Bu şunday azobki, sira tengi yöq!
Töğri, yozgan vaqtimda huzur qilaman. Tahrir jarayoni ham lazzatli, lekin… Kitob bosmadan çiqar-çiqmas, çiday olmayman, köramanki, men öylaganday bölib çiqmabdi, hatto umuman uni yozmaslik kerak edi, degan xayolga boraman. Alam qiladi, taʼbim tirriq böladi… Omma uni öqiydi-da: “Ha, juda soz, yaxşi yozilgan… tuzuk narsa, ammo Tolstoyga yetişiga hali ança bor”, yoki: “Ajoyib narsa, lekin Turgenevning “Otalar va bolalar” romani bundan yaxşi”, deydi. To görga kirgunga qadar faqat juda soz, yaxşi narsa, juda soz, yaxşi narsa, degan sözlardan bölak heç narsa eşitmayman, ölganimdan söng esa tanişlar qabrim yonidan öta turib: “Bu yerda Trigorin yotibdi. Yaxşi yozuvçi edi, ammo Turgenevdek yaxşi yozolmas edi”, deyişadi.
Siz muvaffaqiyat haqida gapirasiz. Qanaqa muvaffaqiyat? Men heç mahal özimga yoqqan emasman. Yozuvçi sifatida özimni sevmayman ham. Hammadan yomoni şuki, men özimni qandaydir bir tutun içida deb his qilaman va köp vaqt nima yozayotganimni bilmayman… Men suv, daraxtlar, osmonni yaxşi köraman, tabiatni sezaman, u menda ehtiros, yengib bölmaydigan yoziş istagi uyğotadi. Ammo faqat manzaraçi emasman-ku, men axir grajdaninman, öz vatanimni, xalqimni sevaman, modomiki özimni yozuvçi deb bilar ekanman, men xalq töğrisida, uning azob-uqubatlari, kelajagi haqida gapirişni, ilm, insonning huquqi va boşqalar töğrisida sözlaşni şart deb bilaman. Hamma narsa haqida gapirgim keladi. Şoşilaman, meni har tarafdan qistaydilar, koyiydilar, xuddi it quvgan tulkidek, u yoqdan-bu yoqqa yugurib yelaman, hayot va ilm bölsa hamon olğa qarab ketmoqda, men esa xuddi poyezdga keçikkan mujikdek orqada qolib ketayotganimni köraman, nihoyat, faqat manzaralarnigina yoza olişimni va boşqa narsalar töğrisida yozganlarimning hammasi sunʼiy, boşdan-oyoq yasama ekanini sezaman.
Gözal, şoirona, totli xayolot dunyosiga yetaklab ketuvçi muhabbatgina – olamda yolğiz ugina baxt bera oladi! Men bunday muhabbatni boşimdan keçirgan emasman… Yoşlik çoğimda vaqt yöq edi, u pallada men tahririyatlarga qatnab, muhtojlik bilan olişar edim… Mana endi, nihoyat, u muhabbat keldi, u öziga çorlamoqda… Endi undan qoçişda nima maʼno bor?..
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


