2 daqiqada öqiladi

145 marta körilgan

Söz mulkiga safar

Şoir Nodir Jonuzoq söz ekologiyasi haqida doston yozişga jazm etibdi. Söz qurisa, olam quriydi, odam quriydi, qalb quriydi, ong quriydi debdi. Söz ekologiyasi deganda, avvalo, söz maʼnosining qurişi – maʼnoning ölimini nazarda tutibdi. Rostdan ham, tabiatda har bir holda ölim bu – eng oğir va eng oxirgi fojia. Hayotning  tugaşi va yakuni. Ammo dunyoda heç kim sözning ölimidan qayğurayotgani, ğam-alamga botayotgani yöq. Köpçilik hatto buni mutlaqo sezayotgani ham yöq. Holbuki, neça yuzlab, neça minglab sözlar odamlarga hayot, faroğat, lazzat baxş etuvçi fikr, öy, xayolning – tiriklik baxş  aylaguvçi gözal tafakkur tizmalaridan mahrum bölib, yöqlik, adam sahrolari qaʼriga kirib ketayotir.

Şoir hozirgi zamonda odamlarning loqaydligi, befarqligi va tobora avj olib borayotgan farosatsizlik tufayli sözlar öz azal maʼnolaridan mahrum bölayotgani haqida kuyunib, dard-alamga tölib yozadi.

Men ham keça yölda, rost gap

Bejon sözning yotganin kördim.

Guvoh dedi: “Moşin ostiga

Özin atay otganin kördim”.

Bu qandayin qayğuli maslak?

Bu qandayin dard jilvalari?

Nega sözlar bizlarni taşlab

Ketayapti sukunat sari?

Haqiqatan, sözlar bizni taşlab ketayotgani, tark etayotgani bugun bor gap-ku! Köz öngimizda beruh, bejon bölib borayotgani ayni haqiqat-ku! Şoir talqinida söz (nondek aziz söz!) insondan “toliqqan”, “zerikkan”. Bu sözga insonning endi loqaydligidan, mensimasligidan tuğilgan. Şuning uçun sözlar öz-öziga suiqasd qiladi. Najot bormi? Nimada? Najot bor! U faqat sözlarni eʼzozlaşda. Muqaddaslik mohiyatini saqlaşda! Şoir sözlar mohiyati, inson, jamiyat, tarix qoşidagi örni, vazifasini huqqaboz, ovçi, jinoyatkor, şoir, maslak, eski dard, saxovat, qismat, sir, omonatlik, pazanda, sözbozor, bedorlik, ozod söz, libos, uy va şukr singari timsoliy tuşunça va hodisalar orqali (ularni vosita qilib va göyo ular nuqtayi nazaridan) oçib boradi va şoirona falsafiy qaraşlari, xulosalarini subyektiv bir tarzda bayon qiladi. Insonning til, söz, tafakkuridagi masʼuliyatiga jiddiy urğu beradi. Juda qadimlardan kelayotgan mavzuning öziga xos qirralarini oçadi va bunda öziga xos yondaşuvga erişadi. Öquvçini  birgalikda fikrlaşga, bahsga çaqiradi.

Ibrohim ĞAFUROV,

Özbekiston Respublikasi sanʼat arbobi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)